KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
HUJJATLAR SÖZLAGANDA
Tarix haqida köp va xöb yoziş mumkin, uni turliça talqin qiliş ham mumkin. Ammo tarixiy şaxsni zamoniga qaytaroq jild-jild hujjat, maktublar, tergov bayonnomalari, matbuot naşrlari va zamondoşlari xotiralarida qayta jonlantiriş öziga yaraşa mas’uliyat talab etadi. Özbek tarixşunosligining taniqli namoyandalaridan biri, professor Rustambek Şamsutdinovning yangi – “Buyuk Çölpon merosidan” kitobini öqir ekanman, ana şunday mas’uliyatli yondaşuvga […]
28.10.2026 | 12:01
824
MILLAT ŞARAFI HIMOYAÇISI
Jahon estetik tafakkurining buyuk namoyandasi hazrat Alişer Navoiy hayoti va ijodining asosiy konsepsiyasi, birinçidan, dunyoning eng boy tillaridan hisoblangan turkiy tilning qadri neçoğliq yuksak ekanini nazariy va amaliy jihatdan isbotlaş, ikkinçidan, turkiy millatning şa’ni va şarafini munosib darajada himoya qiliş bölgani ayon. Aslida, VII-VIII asrlarda ajdodlarimiz tomonidan turkiy-run yozuvida Örxun-Enasoy toşbitiklarining, XI asrda “Devonu luğatit-turk” […]
28.10.2026 | 09:17
773
TIL VA KELAJAK
Uyğunlik Bugungi dunyoni kompyuter va internetsiz tasavvur qiliş qiyin. Inson ma’lumotni telefondan oladi, kompyuterda matn yozadi, elektron luğatdan foydalanadi, sun’iy intellekt bilan muloqot qiladi. Bugun özbek tili ilm-fan tili bölişi, zamonaviy sohalardagi murakkab tuşunçalarni ifodalay olişi, raqamli muhitda işlaşi, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanişi zarurligi töğrisida Davlatimiz rahbarining taklif va topşiriqlari bevosita lotin yozuviga asoslangan alifbomizga […]
27.10.2026 | 14:27
680
BITIRUVÇI PORTRETI
Sönggi vaqtda mamlakatimiz ta’lim tizimida katta yangiliklar yuz berdi: 3-oktyabrda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi birlaştirilib, Ta’lim va ilm-fan vazirligi tuzildi. Undan bir neça kun oldin, 28-sentyabrdagi taqdimot haqidagi rasmiy xabarda bitiruvçining yangi portretiga oid asosiy belgilar sanab ötildi: bilim, zamonaviy könikmalar, axborot texnologiyalarini puxta egallaş, ijodiy va […]
26.10.2026 | 15:04
729
ÖZIMIZNING ÖZ ĞOYAMIZ
Özbekiston hayotida taşqi siyosat, milliy özlik va hududiy taraqqiyotni qamrab olgan yana bir hafta tarixga muhrlandi. Bu yettikunlikda yetakçi söz millatimiz nomi özagida turgan “ÖZ” sözi böldi. Ana şu oltin özak Til bayrami tabrigida ham, murojaat va muloqotlarda ham sarbaland jarangladi. AQŞ Davlat kotibi Marko Rubioning taşrifi va Samarqanddagi “C5+1” muloqoti mamlakatimizning xalqaro şerikligini mustahkamlaşga […]
24.10.2026 | 14:28
749
“YAXŞILAR BOR YAXŞIYAM…”
Farğonaning tanti, zabardast şoiri Bahodir Isoni ilk bor bundan ön uç-ön tört yillar oldin Yozuvçilar uyuşmasining viloyat bölimida körgandim. Ustozimiz Enaxon Siddiqova bölim qoşida taşkil qilgan “Qalb sadosi” gazetasining yangi soniga urinib turganimizda, bir kişi baralla salom berib kirib keldi-yu, göyo hamma uni kutayotganday xona içi zavq-şavqqa tölib ketdi. Egnida odmigina kulrang kostyum, boşida döppi, qölidagi sumkada kitoblarning burçaklari börtib turibdi. […]
24.10.2026 | 12:12
861
Asosiy
MATQULOV – XULUSIYEV
2009-yili ”Şarq” naşriyotida çop etilgan ”Qatağon qurbonlari (1938-yil fevral, sentyabr). Beşinçi kitob”da Ahmad Xulusiyev haqida ham qisqagina ma’lumot berilgan. Unda 1888-yili tuğilgan qöqonlik Ahmad Xulusiyev ”bosmaçilar yugurdagi”, ”aksilinqilobiy taşkilotlar” iştirokçisi sifatida ayblanib, 1938-yil 9-fevralda Özbekiston SSR Içki işlar xalq komissarligi huzuridagi ”Uçlik” qarori bilan otuvga hukm qilinganlar qatorida tilga olingan. Oradan ön yetti yil ötib […]
23.10.2026 | 15:07
1122
ŞOHSUPADA AKBARŞOH
Şu kunlarda yurtdoşlarimiz katta ğalaba quvonçi va bayram kayfiyati bilan nafas olmoqda. Janubiy Koreyaning Inçxon şahrida ötkazilgan nufuzli ”First Global Çallenge” robototexnika musobaqasida Özbekiston terma jamoasi çinakam tarixiy natijaga erişdi. Vakillarimiz 3 ta oltin medalni qölga kiritib, umumiy hisobda faxrli birinçi örinni egalladi. Mamlakatimiz tarixida bu sohada hali bunday yuksak muvaffaqiyat kuzatilmagandi. Dunyoning yuz töqsonga […]
23.10.2026 | 14:18
609
OILA VA DAROMAD
Robert Xoll va Maykl Vudford tadqiqotlarining Özbekiston uçun ahamiyati Oila kelgusi daromadiga işonsa, farzandining ta’limi va uy-joy şaroitini yaxşilaş uçun uzoq muddatli reja tuzadi. Tadbirkor mahsulotiga talab bölişini kutsa, yangi uskuna xarid qiladi, xodim yollaydi. Millionlab insonlarning şunday qarorlari mamlakatdagi iste’mol, işlab çiqariş va bandlikka ta’sir etadi. 2026-yil 12-oktyabrda iqtisodiyot böyiça Nobel mukofoti amerikalik olimlar […]
22.10.2026 | 12:41
726
SÖZ ASLIYATI VA MAS’ULIYATI
Sarlavhada ikkita masala turibdi. Birinçisi – söz asliyatini biliş, ikkinçisi – sözni mas’uliyat bilan qöllaş. Ma’lumki, davr ötişi bilan xalq ayrim sözlarning asliyatidan uzoqlaşib boradi. Bu öşa sözlarning muomalada kam işlatilişi bilan boğliq. Şunga qarab, söz ham asliyatidan uzoqlaşib, özgarişlarga uçraydi. JAVPAZAKBu sözni öqigan kişi daf’atan özbek adabiy tilida bunday söz yöq, deya e’tiroz bildirişi […]
22.10.2026 | 08:30
825
XUROSONDA O‘ZBEK TILI
Afg‘oniston aholisining salmoqli qismini tashkil etuvchi o‘zbeklar mamlakatning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlari, shuningdek, Kobul va Hirot shaharlarida qadimdan istiqomat qilib keladi. O‘lkadagi asosiy qonunning 16-moddasiga muvofiq, aholining ko‘pchiligi o‘zbek tilida so‘zlashadigan hududlarda mazkur til rasmiy maqomga ega. Ammo 1873-yilda Kobulda ilk bosmaxona tashkil etilgan bo‘lishiga qaramay, turli tarixiy sharoit sababli o‘zbekcha chiqqan kitoblar soni ellik […]
20.10.2026 | 12:46
834
QADRIYATLARDA MUJASSAM UYG‘UNLIK
O‘zbekiston va Malayziya bir-biridan geografik uzoqlikda joylashgan bo‘lsa-da, qadim zamonlardan buyon bu ikki mamlakatni tarixiy aloqalar, madaniy va diniy umumiylik, bag‘rikenglik, an’ana va urf-odatlarning yaqinligi kabi umumiy qadriyatlar va jamiyatdagi xilma-xillik bir-biriga bog‘lab keladi. Bularning hammasi uzoq yillar davomida ikki davlatni vaqt sinovidan o‘tgan va hozirgi vaqtda ham yaqin sherikchilik aloqalarini amalga oshirayotgan hamkorlarga aylanishiga […]
20.10.2026 | 09:12
711
TIL DILNI ANGLATSIN
Bola edim. Bir o‘rta yashar, qotma odamni eslayman. Sipo kiyinar, bozorga kelib, balandroq joyda turganicha, qo‘llarini siltab-siltab, hech kim quloq solmayotgan bo‘lsa ham uzoq gapirar, ammo gapini anglab bo‘lmasdi. Bugun ayrim “savodli jinni”larni ko‘rganimda, o‘sha odam xayolimga keladi. Bir farqi – u kishi nima degani balki o‘ziga ayon bo‘lgandir, biroq bu “yangi”lar o‘z gapiga o‘zi […]
19.10.2026 | 14:35
825
“TILGA E’TIBOR – ELGA E’TIBOR”
Til xalqlar va madaniyatlarni bir-biriga bog‘laydigan eng muhim diplomatik ko‘prikdir. Xorijiy tilni o‘rganish orqali o‘sha xalqning tarixi, madaniyati, adabiyoti va bugungi hayoti bilan yaqindan tanishish mumkin. Boy tarix va merosga ega bo‘lishiga qaramay, o‘zbek tilini chet elda targ‘ib qilish hanuz oqsayapti. Tarixan turkiy, xoqoniy va chig‘atoy tili deb atalgan jonajon tilimiz 1920-yillardan boshlab rasman “o‘zbek […]
19.10.2026 | 12:44
678
MILLAT BARQARORLIGI GAROVI
Insoniyat tarixi, jamiyatlar tamadduni shuni isbotlaydiki, millat va mustaqil davlat uning milliy tili borligi uchun mavjuddir. Yana ham soddaroq aytganda, o‘zbek tili borligi uchun o‘zbeklar va ozod O‘zbekiston bor. Binobarin, buyuk ma’rifatparvar Abdulla Avloniy ta’biri bilan aytganda, milliy tilni yo‘qotmoq – millat ruhini, demakki, xalq-u davlatni yo‘qotmoq bilan barobardir. Bu haqiqatni chuqur anglab yetgan ajdodlarimiz […]
19.10.2026 | 11:05
991
QAT’IY KAFOLAT
O‘tayotgan hafta O‘zbekiston Respublikasining ichki taraqqiyoti va tashqi siyosiy maydondagi nufuzini yangi bosqichga olib chiqqan muhim va sermazmun voqealarga boy bo‘ldi. 12-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish bo‘yicha investorlar bilan ochiq va tanqidiy muloqot o‘tkazgan bo‘lsa, 14-15-oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha […]
16.10.2026 | 15:11
857
JADIDLAR JAVHARI
O‘zbekiston xalq artisti Gavhar ZOKIROVA bilan suhbat – Gavhar opa, Sizning teatr va kinodagi rollaringizni sahifa-sahifa ta’riflash mumkin. Siz faqat san’at emas, adabiyot ahlining ham sevimli namoyandalaridansiz. Ayniqsa, adib va shoirlar bilan bog‘liq qimmatli xotiralaringiz, go‘zal she’rlarning dilbar ijrolari muxlislar qalbidan joy olgan. Bizni esa gazetamiz mundarijasidan kelib chiqib, bir savol qiziqtiradi: Siz rostdan ham […]
16.10.2026 | 12:51
873
Asosiy
BIR SURAT TARIXI
Taxminan 80-yillar edi. Uyimizda ingichka temir romchaga solingan, chamasi 35×25 hajmdagi bir fotosurat paydo bo‘lib qoldi. U 1928–1930-yillarda bobomizning loyihalari asosida qurilgan “Katta uy”da turardi. – Bu qanaqa surat? – deb so‘radim dadamdan.– Buvangni qamoqdagi surati, – dedilar suratga ma’yus boqib.– Kim olib keldi?– Bir guruh ziyoli yoshlar, – deya menga ma’noli qaradilar. Bobomizga tegishli […]
15.10.2026 | 15:32
1265
“GUL BIR YON…”
Insonning bir sohada orttirgan tajribasi u boshqa kasbni ixtiyor etganida ham asqotaveradi. Ayniqsa, u o‘qituvchilik qilgan bo‘lsa… “Toshkent Gullari Group” korxonasining art direktori, taniqli tadbirkor Muborak Muxrimova ham Toshkent davlat pedagogika universitetining matematika va informatika fakultetini tugatgan, bir necha yillar shu institutda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. Taqdir uni gulchilik yo‘liga boshladi. 2002-yildan korxona asoschisi, qaynotasi Abdulaziz […]
15.10.2026 | 09:00
701
MENI VATAN QO‘LLAGAN
Og‘ir atletika bo‘yicha Jahon va Olimpiada chempioni, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Ruslan NURIDDINOV bilan suhbat – Siz Istiqlol tengdoshisiz. Ismingiz ham mustaqil O‘zbekiston tarixining zarvaraqlariga bir necha bor qayd etilgan. Suhbatni bir ochiq savol bilan boshlamoqchiman. Muvaffaqiyatlaringizdan keyin xorijdan “Bizning mamlakat nomidan qatnashing” degan takliflar ham bo‘lganmi? Bunda moddiy manfaat ham ko‘zda tutiladi, albatta. […]
14.10.2026 | 14:21
659
BIR BUYUK AHD
“Men to‘g‘rilik orqasida bosh ketsa, “ih” deydigan yigit emasman…” Bu – o‘zbek romanchiligi asoschisi, to‘g‘ri so‘zning to‘qmog‘ini yegan, haq so‘zni aytib qalbi yaralangan, “to‘g‘rilik orqasida” jar yoqasiga borgan Abdulla Qodiriyning so‘zi edi. Ma’lumki, jadidlarning maqsadi ilm-ma’rifat orqali millat ruhini uyg‘otish, xalqning bo‘ynidagi qullik zanjirini yechish va ularning haq-huquqini tanitish edi. Bu yo‘lda ular turli usullardan […]
13.10.2026 | 13:55
645