KUTUBXONA
Bo'lim: Yangiliklar
Asosiy yangiliklar
1-noyabrdan nimalar oʻzgaradi?
Norma.uz portali 2024-yil 1-noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etdi. Mehnat huquqlariga rioya etilishini tekshirishning yangi tartibi joriy etiladiDavlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan tekshiruv boshlangan paytdan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi […]
28.10.2024 | 11:10
525
O‘ZBЕKISTON MADANIY MЕROS HAFTALIGI
Poytaxtimizda ish boshlagan “Sharq Renessansi: davlatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” madaniy meros haftaligining yakuniy yalpi majlisi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari Xayriddin Sultonov va Muzaffar Komilov, TURKSOY tashkiloti Bosh kotibi Sulton Rayev, IRSIKA tashkiloti direktori Mahmud Erol Qilich va Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qo‘lyozmalari instituti direktori Irina Popovaning qutlov so‘zlaridan […]
25.10.2024 | 19:17
353
XALQARO MADANIY MEROS HAFTALIGI
O‘tgan haftaning 18-oktyabr kuni poytaxtimizdagi O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha butunjahon jamiyati (WOSCU) konferensiya zalida o‘z ishini boshlagan Madaniy meros forumi qizg‘in davom etmoqda. “Sharq renessansi fenomeni: davlatlar, dinlar va sivilizatsiyalar” mavzusida bo‘lib o‘tayotgan mazkur xalqaro anjumanda 100 dan ortiq xorijiy olimlar va mutaxassislar, jumladan, xalqaro madaniy tashkilotlar rahbarlari, chet el muzeylari […]
25.10.2024 | 11:32
527
Asosiy yangiliklar
Rassom Ahmad Isoyevning “Egoist” nomli koʻrgazmasidan fotoreportaj
Ko‘rgazma Toshkent shahridagi fotosuratlar uyida boʻlib oʻtmoqda. Namoyishga kirish bepul. Ma’lumot uchun: Ahmad Isoyev 1988-yil 14-fevralda Samarqand viloyati, Urgut shahrida tavallud topgan. Rassomning tasviriy san’atga boʻlgan qiziqishi uning maktab davridayoq boshlangan va Boʻlajak rassom 2003–2006-yillarda Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida tahsil olgan. Mazkur kollejda A.Isoyev Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Fayzulla Ahmadaliyev rahbarligida ta’lim olib, kollejni […]
24.10.2024 | 17:28
445
O‘ZBEKISTONDA TA’MINOT ZANJIRI BOSHQARUVIGA BAG‘ISHLANGAN ILK KITOB
Sohibxon Salixovning “Ta’minot zanjiri boshqaruvi asoslari” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu nashr O‘zbekistonning iqtisodiy va geografik sharoitlarini hisobga olgan holda, logistika va ta’minot zanjiri boshqaruvi sohasiga oid muhim yondashuvlarni o‘zida jamlagan. Kitob nafaqat akademik, balki sanoat amaliyotida ham yangi bilim manbasi sifatida e’tirof etilishi kutilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu sohada ilgari o‘zbek tilida […]
24.10.2024 | 12:45
10456
Mahmudxoʻja Behbudiydan zurriyod qolganmi?
Mahmudxoʻja Behbudiyning toʻrt nafar farzandi: uch oʻgʻil va bir qizi boʻlgan. Katta oʻgʻli Maʼsudxon, ikkinchi oʻgʻil Maqsudxon, uchinchi oʻgʻil Matlubxon, qizining ismi esa Parvinaxon edi. Ushbu surat o‘tgan asrning 20-yillari boshida olingan. Unda Mahmudxo‘ja Behbudiyning farzandlari – (pastki qator, o‘ngdan chapga) Mas’udxon, Maqsudxon va Matlubxon “Usuli jadid” maktabi muallim va ilmi toliblari bilan birga. Farzandlar orasida qizi […]
22.10.2024 | 13:35
885
VATANDAN SO‘ZLAGAN “VATAN”
“Vatan” jurnali nashr etilishi mamlakatimiz matbuotida katta qadam bo‘ldi. Jurnalning har sonini mushtariylar intiq kutishmoqda. Boisi, unda ko‘tarilayotgan masalalar, aytilayotgan fikrlar dolzarb. Matbuotning qudrati ham shunda! Jurnalning 3-sonini o‘qiy turib, matbuotning kuchi, ta’sirini yana bir bor chuqur his qildim. Uning muqovasida Shayboniyxon aks etgan. Bunda ham ramziylik bordek go‘yo. Rasm pastida “O‘zbek davlatchiligining yirik namoyandasi, […]
22.10.2024 | 11:14
538
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga tabrik yoʻlladi
Qadrli vatandoshlar! Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni, ona tilimizning barcha ixlosmandlarini bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Ma’lumki, milliy til har bir madaniy xalqning tarixi va o‘zligini, ruhiy-ma’naviy dunyosini o‘zida aks ettiradigan tengsiz boylikdir. Qadimiy tariximizning eng og‘ir va sinovli […]
21.10.2024 | 16:34
555
GLOBALLASHUV JARAYONIDA ISLOM: MO‘TADILLIK VA BAG‘RIKENGLIK
Joriy yilning 15-oktyabr kuni poytaxtimizda “Islom – ezgulik va tinchlik dini” mavzusidagi nufuzli xalqaro anjuman boshlandi. Tadbirda Saudiya Arabistoni, Misr, Turkiya, Iordaniya, Ummon, Rossiya, AQSh, Fransiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Hindiston va Pokiston kabi dunyoning 22 mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli xalqaro tashkilot rahbarlari, din arboblari, muftiylar va taniqli ulamolar ishtirok etmoqda. Ma’lumot o‘rnida: mazkur […]
21.10.2024 | 14:51
912
Toshkentda “Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” madaniy meros haftaligi boshlandi
Poytaxtimiz tobora xalqaro madaniy muloqotlar shahriga aylanib bormoqda. Bugun Oʻzbekiston madaniy merosni oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati (WOSCU)ning anjumanlar zalida ish boshlagan “Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” deb nomlangan madaniy meros haftaligi fikrimizning dalilidir. Mazkur xalqaro anjumanning ochilishida Yangi Oʻzbekistonda davlat tomonidan fan, madaniyat va taʼlim sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar […]
18.10.2024 | 17:35
814
XX asr boshlarida Oʻrta Osiyoda tatar maktablari ochilgan va unda oʻzbek bolalari ham tahsil olgan
XX asr boshlarida (1898-yil — tahririyat) Qoʻqon shahrida tatar jadidi Salohiddin Majidiy tomonidan yangi usuldagi maktabga asos solingan boʻlib, ushbu maktabda matematika, geografiya, tarix, chet tili, xususan, rus tili va nemis tili fanlaridan dars berilgan. Darslar tatar tilida olib borilgan, lekin oʻzbek va tatar tillari bir-biriga yaqin boʻlganligi sababli, maktabda nafaqat tatar, balki oʻzbek bolalari […]
17.10.2024 | 14:13
417
Yangi Toshkentda quriladigan Alisher Navoiy markazi loyihasi taqdim etildi
“Zaha Hadid Architects” arxitektura byurosi Yangi Toshkent uchun madaniyat markazining tasvirlarini e’lon qildi. Majmuada Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazi joylashishi kutilmoqda. Ma’lumotga koʻra, adabiyot muzeyida 3,5 mingta noyob qo‘lyozma va kitob namunalari saqlanadi. Bundan tashqari, muzeyda restavratsiya ustaxonalari va 13 ta ko‘rgazma zali bo‘ladi. Majmuada o‘zbek tili, adabiyoti va musiqa maktabi ham faoliyat ko‘rsatadi. Ta’kidlanishicha, […]
16.10.2024 | 10:45
620
“San’at va dunyo” biyennalesi ish boshladi
Shu yilning 14-oktabr kuni poytaxtimizdagi Markaziy ko‘rgazmalar zalida “San’at va dunyo” deb nomlangan X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi o‘z ishini boshladi. Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Xalq rassomi Akmal NUR mazkur anjumanning ahamiyati haqida gapirar ekan, jumladan, shunday dedi: Aytish joizki, bu yilgi biyennaleda 40 dan ortiq xorijiy mamlakatdan ellikka […]
15.10.2024 | 15:11
412
“Sahna nutqi masalalari: muammo va yechimlar” Respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda ma’naviyatning o‘rni beqiyos. Ayniqsa, kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarning aqliy salohiyatini oshirish, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirish bugungi kun pedagogining asosiy vazifasi hisoblanadi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida uzoq yillardan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Sahna nutqi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bo‘lajak san’atkorlarning sahnaviy nutqini tarbiyalash barobarida madaniyatimizning, […]
15.10.2024 | 14:12
523
LAHZALARGA JO BO‘LGAN UMR
Yaqinda poytaxtimizdagi Fotosuratlar uyida O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, grafik rassom Nusratulla Abdullayevning “Unutilmas lahzalar” nomli shaxsiy ko‘zgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada rassomning saksondan ortiq rangtasvir va grafik asarlari, qator kitoblarga ishlangan muqova va illyustratsiyalari namoyish etildi. Ko‘rgazma muallifi Nusratulla Abdullayev uzoq yillardan buyon Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida talabalarga sabob keladi. Uning […]
14.10.2024 | 09:46
269
BIYENNALE – MULOQOTLAR JARAYONI
Bugun zamonaviy tasviriy san’atga yangi yo‘nalishlar, yangicha ifoda usullari shitob bilan kirib kelmoqda. Bunday o‘zgarishlar ortida, avvalo, tezkor zamon ruhi, qolaversa, sohaga dadil qadam qo‘yayotgan yosh ijodkorlarning o‘ziga xos fikrlashi, tasvirda rang-baranglikka, muhimi, mustaqil ijodiy yo‘lini yaratishga bo‘lgan intilishi turibdi. Ayni paytda tajribali rassomlar va haykaltaroshlar ijodida ham zamon bilan hamnafaslikka intilish kuzatilayotir. 14–18-oktyabr kunlari […]
14.10.2024 | 09:27
215
FARGʻONADA ADABIYOT BAYRAMI
O‘zbek adabiyotiga yirik siymolarni yetishtirib bergan Farg‘onada adabiyot bayrami bo‘lib o‘tdi. Mamlakatning taniqli yozuvchi va shoirlari Qo‘qon shahrida jam bo‘lishdi. Adabiyot bayrami doirasida Jahon otin Uvaysiy, Xo‘janazar Huvaydo, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Furqat ijodi tarannum etilib, Enaxon Siddiqova, Habibullo Saidg‘ani kabi ustoz ijodkorlar xotirlandi. Ne-ne anjumanlarga shohid bo‘lgan Qo‘qon teatr binosi adabiyotning asl muxlislari bilan gavjum. […]
12.10.2024 | 10:55
365
ZIYOSI BIR O‘ZBEK BILAN TURKMANNING
O‘zbek-turkman do‘stligi ildizi asrlar qa’riga borib tutashadi. Azaldan yelkadosh bo‘lib yashab kelgan bu ikki millatning to‘y va bayramlari, ma’raka-marosimlari ham mushtarak edi. Markaziy Osiyoda ezgu ishlar bunyodkorligida ham, tashvishli kunlarda ham o‘zbeklar va turkmanlar bir-biriga madadkor bo‘lib kelganlar. Tarix zarvaraqlaridan bunga istagancha misollar keltirish mumkin. Balki bu azaliy do‘stlik “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi dostonlar har ikkala millat baxshilari tomonidan sevib kuylana boshlagan pallada yanada chambarchas […]
11.10.2024 | 14:42
433
Adabiyot boʻyicha 2024-yilgi Nobel mukofoti janubiy koreyalik yozuvchi Han Kangga berildi. Uning mukofot sohibi boʻlganidan keyingi ilk taassuroti qanday?
Adabiyot boʻyicha 2024-yilgi Nobel mukofoti janubiy koreyalik yozuvchi Han Kangga tarixiy jarohatlarga qarshi kurashadigan va inson hayotining nozikligini ochib beradigan taʼsirli sheʼriy nasri uchun berildi. Han Kang 1970-yil Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida tugʻilgan, toʻqqiz yoshida oilasi bilan Seulga koʻchib kelgan. Han adabiy muhitda voyaga yetgan, uning otasi taniqli yozuvchi boʻlgan. Yozish bilan bir qatorda u oʻzini […]
11.10.2024 | 10:28
660
Oybek uy-muzeyiga fotosayohat
Uy-muzey Yunusobod tumani «Yangiariq» mahallasida joylashgan. Uy-muzey 1980 yili — adib tavalludining 75 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan. U ikki — badiiy va memorial qismdan iborat. Muzeyda 10 mingdan ortiq eksponat mavjud bo‘lib, yiliga 13 mingga yaqin tashrifchi keladi. Muallif: Abdumannon Muhammad
10.10.2024 | 10:35
817
Asosiy yangiliklar
Jadidlar faoliyatini oʻrgangan maktab oʻquvchilari xorijiy mamlakatga sayohat qiladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy maʼnaviy merosini keng targʻib qilish, maʼnaviy dunyosini boyitish maqsadida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovi tashkil etiladi. Tanlov ikki toifa — 6–8 hamda 9–10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oktyabr-noyabr oylarida oʻtkaziladi. Nizom bilan tanishishAdabiyotlar ro‘yxati 2024–2025-oʻquv yilidan boshlab barcha umumiy […]
08.10.2024 | 11:23
1833