Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Muallif: admin

YOZISHGA EMAS… SANASHGA-DA ULGURMAYMIZ

Huv o‘sha zamonlarda – o‘tgan asrning 80-yillari adog‘ida uch yilcha tuman gazetasida ishlaganman. Bosh muharrir o‘rinbosari o‘laroq, har oy uchun reja tuzish zimmamda edi. Gazetaning doimiy ruknlaridan biri “Dolzarb qurilish inshootlarida” deb atalar va har oyda qaysidir qurilishning borishi to‘g‘risida lavha, reportaj tayyorlash majburiyati yuklangandi bizga. Yodimda, o‘sha vaqtda tumanda shunday ikki inshoot: 640 o‘rinli […]

10.09.2025 | 17:15

img504

BUGUN BIZGA JADIDCHA RUH KERAK

G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali rektori, akademik Qalandar Abdurahmonovni yurtdoshlarimiz yaxshi biladi. Inson kapitali va mehnat iqtisodiyoti yo‘nalishida ilmiy maktab yaratgan taniqli olim bilan suhbatimizning asosiy mavzusi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar doirasida kechdi. – Ustoz, Yangi O‘zbekiston g‘oyasi mamlakatimiz taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi. Olim sifatida bu islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini […]

10.09.2025 | 12:24

img417

HAR BIR SO‘ZI SABOQ, HARAKATI DASTUR EDI

Rustam Qosimov haqida so‘z borsa, suyukli adibimiz O‘tkir Hoshimovning quyidagi gaplari yodimga tushadi. Yozuvchi maktabi yonidagi charxpalakni eslab yozadi: “Charxpalak kaftida suv ko‘tarib, yuqoriga olib chiqadi… tepaga chiqib olgan suv ortiga qaytmaydi… Charxpalak ham bundan ranjimaydi. Yangidan yangi suv tomchilarini yuqoriga ko‘tarib beraveradi… So‘ng… bir haqiqatni angladim. Men charxpalakni emas, ustozlarimni qo‘msar ekanman. Suv – […]

10.09.2025 | 09:48

img400

AL-O‘ZBAKIYALIK SARKARDA

Necha asrlik ayovsiz istibdodga – mo‘g‘ullar bosqiniga qarshi kurash Jaloliddin Manguberdining bemisl jasorati bilan yakun topgan emasdi. Tarixning ajabtovur evrilishini qarangki, vaqti kelib mamlukiy Misr taxtini egallagan uning qondosh-jigarbandi Malik Muzaffar – Mahmud ibn Mamdud Sayfiddin Qutuz shavkatli sarkarda halokatidan 29 yil o‘tib, 1260-yilda Ayn Jolut yonidagi muhorabada mo‘g‘uliy lashkarni tamom yer tishlatdi. Misr taxtiga […]

09.09.2025 | 15:16

img1857

Asosiy

O‘ZBEKISTON–YAPONIYA: XALQLARNI MA’NAVIYAT BIRLASHTIRADI

Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev joriy yil 27-avgust kuni Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takeshi Ivayani rasman qabul qilishi, aslida, protokoldan kengroq ma’no kasb etdi. Unda O‘zbekiston–Yaponiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston–Yaponiya markazi faoliyatini kengaytirish va kelgusida uning negizida Yaponiyaning yetakchi universitetlari ishtirokida qo‘shma universitet tashkil etish rejalari […]

09.09.2025 | 12:49

img889

O‘ZBEKISTON TASHABBUSLARI SHHT TA’SIRI VA JOZIBADORLIGINI OSHIRISHGA XIZMAT QILADI

Yaqinda Xitoy Xalq Respublikasining yirik port shahri – Tyantszinda bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti xalqaro miqyosda ushbu tuzilmaning siyosiy va iqtisodiy vazni tobora ortib borayotganini namoyon etdi, desak, adashmagan bo‘lamiz. 2001-yil iyun oyida oltita davlat tomonidan asos solingan va mintaqaviy xavfsizlik guruhi sifatida ish boshlagan ushbu birlashma bugungi kunda dunyo aholisining deyarli yarmini, Yer […]

09.09.2025 | 09:18

img503

Asosiy

ALLOMANING BOQIY TIMSOLI

Turkistonda bir necha yillar davomida sovet bolsheviklari tomonidan “Bosmachilik harakati” deb atalgan, aslida esa milliy istiqlolchilik ruhidagi harakatlar hamda “Milliy ittihod” deb nomlangan ayblov ishlari natijasida – 1917–1924 yillar oralig‘ida Usmon Xo‘ja (1878–1968), Sadriddinxon Mufti Sharifxo‘jayev (1878–1946), Zakiy Validiy To‘g‘on (1890–1970), Tohir Chig‘atoy (1902–1987), Abdulvahob O‘qtoy (1904–1962) va boshqa ziyolilar vatanni tark etib, xorijda ham […]

08.09.2025 | 16:16

img643

BEKAT

Tilimizda ixcham va jozibali bir so‘z bor – “bekat”, biroq u Navoiy asarlari yoki undan oldingi bitiklarda uchramaydi, demak, bu so‘z keyingi davrlarda paydo bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da unga “tar”, ya’ni “tarixga oid” deb nisbat berilgan. Tilimizda uzoq o‘tmishdan yashab kelayotgan “bek-” o‘zagi mavjud, uni biz hatto eng qadimgi turkiy bitiklarda ham […]

08.09.2025 | 09:41

img1873

Asosiy

“UNI SARSON ETDI RASVO ZAMONA”

“Padarkush” dramasidagi badavlat, ammo ma’naviy qashshoq ota obrazi orqali Mahmudxo‘ja Behbudiy zamona boylarining tipik obrazini yaratgan. Ammo istisnolar ham yo‘q emasdi. XX asr boshlarida mintaqada ma’rifatli zodagonlar ham topilardi. Ulardan biri nurotalik Qozoqboy bo‘lib, yetti avlodiga yetadigan xazinalarga ko‘milib yashar edi. Shunga qaramay, o‘g‘li Boltaning erkatoy, yalqov va ishratparast bo‘lib ulg‘ayishini istamaydi. Erta kundan ilmga […]

07.09.2025 | 15:46

img582

INSONIY ISHDAN CHETDA QOLMA!

Menimcha, odamzodning chekiga tushgan eng dahshatli fojia Vatanni himoya qila bilmaslikdir. Bunday ko‘rgilik hech bir bandaning boshiga tushmasin. Allohga shukr, bizda chegarasi mustahkam, manzillari obod ona Vatan bor. Barchamiz uning mehri, tafti, ardog‘i va siylovi bilan xushvaqtmiz. Peshonamizning olti qarichligi ham shundan. Dunyoda hamma uchun o‘z vatanidan yaxshi joy topilmaydi. Vatan yiqilganingda tog‘dek yelkasini tutadi, […]

05.09.2025 | 15:35

img583

“MUMKINMI?!”

O‘tgan asrning 20-yillari Abdurauf Fitratning ilmiy-adabiy faoliyatida sermahsul davr sanaladi. Ilmiy-ommaviy ocherk deya ta’riflangan “Bedil” risolasi ayni shu davrda e’lon qilingan. Asar 1923-yili Moskvada yozilib, bir yildan so‘ng Toshkentda chop etiladi. Kitob buxorolik Qutlug‘ otlig‘ ziyoli yigitning o‘qishdan ta’tilga chiqib, Moskvadan yurtga qaytishi, do‘sti Rustam bilan suhbat-munozarasi orqali  boshlanadi. Do‘stona suhbat Hamid ismli yigitning uyidagi […]

05.09.2025 | 12:21

img1219

“MANGU QUYOSH”: TARIXIY HAQIQAT VA BADIIY TAFAKKUR CHORRAHASIDA

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali tarixiy mavzularda teran va keng qamrovli asarlar yaratishda yetakchi adiblarimizdan biri sanaladi. Uning “Ulug‘ saltanat” roman-epopeyasi, “Sarbadorlar” dilogiyasi, “Kleopatra” va “Abadiy sog‘inchlar” singari tarixiy asarlari xalqimiz madaniy merosini o‘rganishda muhim o‘rin tutsa, yaqinda nashr etilgan “Mangu quyosh” romani adib ijodidagi yangi yutuqdir. Alisher Navoiy obrazini yaratish yozuvchidan katta mahorat talab […]

05.09.2025 | 09:33

img991

“YOZARLAR ANI AHKOMIDAN AHKOM…”

Zahmatkash olim, pedagogika fanlari doktori, professor Ulug‘bek Dolimovning “O‘zbekiston maktablari tarixi” kitobi “Muharrir” nashriyotining “Asliyat” ruknida chop etildi. Muallif bu mavzuni bejiz tanlamagan. O‘zi ustozlar sulolasidan, jadid pedagogikasi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi yoqlagan, qariyb oltmish yil oliy ta’lim dargohlarida dars bergan. O‘tgan asrning 70-yillarida Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) o‘zbek filologiyasi fakultetida salohiyatli ilmiy-pedagogik muhit shakllangan […]

04.09.2025 | 16:50

img672

“O‘TLOVI UZOQ BO‘LSIN!”

Xorazmda birov yengil mashina olsa, qutlab borganda aytiladigan “O‘tlovi uzoq bo‘lsin!” iborasi mazmuni ulovning o‘ziga va egasiga uzoq umr tilamoqdir. Qadim bobolarimizga ot ham ulov, ham yo‘ldosh vazifasini bajargan bo‘lsa, texnika taraqqiyoti zamonasida uning o‘rnini yengil mashinalar egalladi. Inson bolasi borki, o‘ziga ulov olmoqni orzu qiladi. Imkoni bori ham, yo‘g‘i ham. Yodimda, 1966-yili otam traktorchiligi […]

04.09.2025 | 12:21

img488

OTAM HAYOTINING MAZMUNI

Men professor Begali Qosimovning kenja farzandiman. Otamning o‘zbek adabiyoti oldidagi, xususan, jadidlik tadqiqoti borasidagi xizmatlarini asta-sekin anglab bormoqdaman. Chunki Begali Qosimovning aynan o‘zbek matbuotidagi adabiy-ijtimoiy maqolalari yuzasidan tadqiqot olib borib, dissertatsiya himoya qildim. Otam 60-yillar avvalida hali atroflicha o‘rganilmagan, juda chigal bo‘lgan davrdagi bir adabiy siymo, ya’ni Siddiqiy-Ajziy hayoti va ijodi bo‘yicha diplom ishini yozadi. […]

04.09.2025 | 09:14

img561

EL-YURT FAROVONLIGI YO‘LIDA BIRDAMMIZ!

Serikbay USENOV,O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi raisi: – Muhtaram Prezidentimiz Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida “Dunyoning turli mintaqalarida milliy va diniy asosda turli nizolar davom etayotgan hozirgi o‘ta tahlikali sharoitda yagona O‘zbekiston g‘oyasi asosida eng katta boyligimiz – yurtimizdagi osoyishtalik va barqarorlik, o‘zaro hurmat va totuvlik muhitini yanada mustahkamlash, yoshlarni milliy va […]

03.09.2025 | 15:40

img580

ANVAR OBIDJON MAKTUBI

Uch yillik harbiy xizmatni mashhur Boyqo‘ng‘ir kosmodromida o‘taganman. Sinov raketasini parvozga tayyorlash oson ish emasdi. Harbiy qo‘mondonlik shtabida ishlaganim uchun qo‘shni qismlar bilan ham aloqa qilib turardim. Bir kuni shu yerda oltiariqlik Abdusalom ismli yigit bilan tanishib qoldim. Adabiyotga qiziqadigan, musiqani yaxshi tushunadigan, rubob chalishga qo‘li kelib qolgan yigit ekan, suhbatimiz tez qovushdi. Bo‘sh paytlari […]

03.09.2025 | 12:26

img887

JONIMSAN, O‘ZBEKISTONIMSAN!

Tan og‘rib, qon ko‘pchib, ingranadi jonYalang oyog‘imga sanchilsa tikan.O‘zni sendan o‘zga sanamadim men,Tanimsan, qonimsan, jonimsan, Vatan! Tan – ko‘zga ko‘ringan savlatim mening,Qonim-chi, jonimga, ruhimga maskan.Alqovga so‘z yetmas vasfingni sening,Tanam ichindagi tanimsan, Vatan! Million yil sahroda chechaklar sochganSir, Surxon, Zarafshon, O‘kuzdaryosan.Momom jelagiga jig‘adek sanchganBinafsha gulimsan, dilimsan, Vatan! Jon – Alloh ne’mati: biz uchun iqbol,Erkin ruh – […]

03.09.2025 | 09:34

img565

“AVAZA”NING OVOZASI

Bugun dunyo qalqib turibdi. Mushtdek zaminning turli puchmoqlarida gohi notinchlik, gohi tortishuv va janjallarni eshitib, televideniyeda ko‘rib, to‘g‘risi, boshidan qattiq kunlarni o‘tkazgan, qahatchilik zamonlarni ko‘rgan bizdek mo‘ysafidlar yurak hovuchlab o‘tiradi. Insoniyat uchun bu olamda tinchlik va xotirjamlikdan ko‘ra buyukroq ne’mat yo‘q. Xotirjam odam bunyodkorlik ishlari, ijod va san’at bilan mashg‘ul bo‘ladi. El-yurtida, oilasida tinchligi bo‘lgan […]

02.09.2025 | 15:48

img332

Asosiy

TURKISTON TARIXINI YOZISH ORZUSI

Tarix milliy o‘zlikni anglash va targ‘ib etish uchun eng muhim vositalardan biri sanaladi. Shu bois XX asrning boshlarida jadidlar orasida Turkiston tarixini yozish masalasi maydonga chiqa boshladi. Bu xonliklarning xonadon tarixidan butunlay farqli o‘laroq, milliy tarix xususiyatiga ega bo‘lishi lozim edi. Turkiston tarixi yozma loyihasining rejasini Ismoil Gʻasprali “Tarixi jadidiy Turkiston” asarida taqdim etgan edi. […]

02.09.2025 | 09:15

img967

TUYA YILDAN QOLSA HAM, ELDAN QOLMAGAN

Xalqimizda “yildan qolgan tuya” deya naql bor. Bu naql ishi unmaydigan, zarur ishlarga kechikib qoladigan, e’tibordan chetda turadigan odamlarga nisbatan qo‘llanadi. Bu naqlning paydo bo‘lishi qadimda yil nomlari hayvonlarga taqsim qilinayotganda, tuya tadbirga kechikib borganligi bilan bog‘lanadi. Gap shundaki, jimitday bo‘lgan sichqonning nomida muchal yili bor, lekin tog‘day tuya bu nasibadan quruq qolgan. Shunday bo‘lsa-da, […]

29.08.2025 | 09:00

img759

JADID KUTUBXONASI