KUTUBXONA
Muallif: admin
TAJRIBA QUYONI KIM?
Instagramda bir videoga ko‘zim tushdi. Ko‘rinishidan tuppa-tuzuk ayol uyqudagi yosh bolaning tepasida suv to‘ldirilgan pufakni igna bilan yordi. Uch-to‘rt yoshlardagi go‘dak qattiq qo‘rqib ketdi va chinqirib yubordi. Bola yig‘lagani sari videoga olayotgan ham, uyg‘otgan ayollar ham beo‘xshov qahqaha uradi. Shu narsa 16 mingta “layk” olib, 18 mingdan ortiq izohga sabab bo‘libdi. Xo‘sh, norasidaning sog‘lig‘i, psixologiyasi […]
28.08.2025 | 17:27
893
BOSHBURTSIZ BEVATANLAR
Esimda, o‘rta maktabning yuqori sinfida ta’lim olayotganimizda adabiyot muallimimiz proletar kuychisi Mayakovskiyning “Sovet pasporti haqida she’r”ini baland pardalarda o‘qigan va yodlab kelishni topshirgandi. She’r xiyla katta va sarbast janrida yozilgani uchunmi, yodlash oson kechmagan. O‘shanda “Pasport degani qanday narsa? Siz ko‘rganmisiz?” deb so‘raganimda qishlog‘imizdan chiqqan birinchi oliy ma’lumotli muallim savolimni kutgandek kostyumi yon cho‘ntagidan qip-qizil […]
28.08.2025 | 12:20
545
IBRAT BAYOZI
Ilmiy jamoatchilik orasida bobomiz Is’hoqxon to‘ra Ibrat asarlari va ularning adadi borasida turlicha qarashlar bor. Xususan, alloma merosini chuqur o‘rgangan Haydarbek Bobobekov “Ibrat she’riy devonidan tashqari, 14 ta tilshunoslik va ilmiy tarixiy asar yaratgan”, deydi. Boshqa olimlar Is’hoqxon to‘ra Ibratning jami 20 ta asari topilganini aytishadi. Bizningcha, ular soni bundan ham ko‘p. Masalan, ulug‘ ma’rifatparvarning […]
28.08.2025 | 09:11
788
INTERNET XUMORI YOXUD ASALNING HAM OZI SHIRIN
Bugun butun jamiyat, ayniqsa, yosh avlod qo‘lida, o‘ng-u so‘lida telefon: real hayot qolib, virtual olamga sho‘ng‘ib ketgan. Ko‘cha-ko‘yga razm solsangiz, deyarli bir xil manzara: yurib borayotgani ham, o‘rindiqqa cho‘kkani ham, bozor rastasida xarid qilayotgani, mashinada ketayotgani, savdoda navbatda turgani, shifoxonada yotgani-yu, oshxonada luqmaga qo‘l cho‘zayotgani… qay vaziyatda bo‘lmasin, qo‘lda telefon. Shunday, ko‘plar internetdan ko‘zini uzolmay […]
27.08.2025 | 16:10
523
SUV TEKIN… EMAS
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, biz foydalanayotgan ichimlik suvi qayerdan keladi? Xonadonimizdagi jo‘mrakkacha qanday bosqichlardan o‘tadi? Jahonda va yurtimizda suvga munosabat qanday? Yaqinlashib kelayotgan qurg‘oqchilik haqidagi ogohlantirishlar qanchalar jiddiy? Tizimdagi muammo va yutuqlar haqidagi savollarimizga “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati rahbari Akmal Murodovdan atroflicha javob oldik. – Jamiyatimiz 2019-yil 26-noyabrda “Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish […]
27.08.2025 | 12:18
655
INSONIYAT TOLEYI KAFOLATI
Jahon kinematografiyasi durdonasi bo‘lmish “Professor Douelning vasiyati” badiiy filmi 1984-yili suratga olingan. Syujet mohiyatiga tibbiyot, xususan, neyroxirurgiya taraqqiyotiga oid ilmiy bashoratlar singdirilgan. Filmda ilgari surilgan fikrni shunday talqin qilish mumkin: “Birinchi jarroh – Yaratganning o‘zidir. U Odam Atoning qovurg‘asidan Momo Havoni vujudga keltirgan. Agar olimlar to‘qimalarning xususiyatini mukammal o‘rgansa, ko‘chirib o‘tkazishdagi murakkabliklarni yecha olsa, tanadagi […]
27.08.2025 | 09:12
373
YANGI O‘ZBEKISTON: ILM-FAN, TA’LIM VATARAQQIYOT
Yaqin o‘tmishimizga tosh otish xalqqa ham, davlatga ham foyda keltirmaydi. Aksincha, dunyo miqyosida obro‘mizga putur yetadi. Qaysidir ma’noda uyning siri ko‘chaga chiqadi ham. Axir: “Saringni bersang ham, siringni berma!” degan donolarcha aytilgan maqolimiz bor. Bu yerdagi “sar” so‘zi “bosh” ma’nosida kelgan. Lekin… Yangi O‘zbekiston o‘tgan 9 yil mobaynida aynan qanday murakkab holatdan chiqib, qanday darajaga […]
26.08.2025 | 12:00
703
“BUNDA BOR HARORAT, MUHABBAT, SHAFQAT…”
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 14-avgust kuni imzolagan farmonini o‘qib, akademik shoirimiz Gʻafur Gʻulomning “Sen yetim emassan” she’rini yana bir bor mutolaa qilish ehtiyoji tug‘ildi. “O‘zbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga davlat g‘amxo‘rligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida ko‘mak berish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi ushbu farmon haqiqiy insonparvarlik siyosatining amaldagi ifodasidir. Shoir iborasi bilan aytganda, “Quyoshday mehribon Vatan”imiz barcha […]
26.08.2025 | 09:12
573
MUHTASHAM OLTI YUZ YIL
Bashar tarixidagi eng mumtoz, viqorli, shu bilan birga, g‘oyat sirli shaxslardan biri – buyuk Amir Temurdir. Ayni shu xususiyatlariga ko‘ra Sohibqiron yuragini, botiniy olamini har kimga ham ochmaydi – garchi ul zot xususida dunyoda yuzlab, balki minglab tadqiqot va romanlar, yodnoma va dramalar yaratilgan bo‘lsa-da, aksariyat hollarda ulug‘ ajdodimizning qalb daftari yopiqligicha qoladi. Chindan ham, […]
25.08.2025 | 15:49
954
Asosiy
HUQUQSIZ HUQUQSHUNOS QISMATI
Muhammadjon Mo‘minov 1903-yil Namangan shahrida tug‘ilgan. Dastlab eski maktabda, so‘ng gimnaziyada o‘qigan. 1917–1920-yillarda mustaqil ta’lim olib, yoshlar tashkilotiga ishga kiradi. O‘tgan asrning 20-yillarida o‘lkamizda milliy ozodlik harakati avj olgan edi. Bolsheviklar xalq qarshiligini tezroq bostirish hamda e’tiborni chalg‘itish maqsadida obro‘-e’tiborli ulamo, el ixlos qo‘ygan yo‘lboshchilarni birin-ketin xufyona qatl etib, aybni o‘zlari uchun noqulay bo‘lgan, xalq […]
25.08.2025 | 09:19
1027
KO‘NGIL OVOZI
O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov bilan ikki pardali, to‘rt ko‘rinishli suhbat Birinchi parda.Birinchi ko‘rinish. Teatr. – 1973-yil. Hozirgi O‘zbek milliy akademik drama teatriga ishga keldim. Boshida sahna ishchisi bo‘lganman. Bolg‘amni kamarimga qistirib, aktyorlarning sahnadagi harakatlari, yuz ifodasi, ovozini kuzatardim. Besh yillik institut tahsili bir yon, ustozlarni kuzatish bir yon bo‘lgan. U paytlarda sahnada kimsan – […]
22.08.2025 | 12:17
766
QURIGAN BIR CHO‘PNI QUSHDAY SAYRATDING
Hamma laqqillasa bozor tilida,Sen ko‘ngil tilida biror jumla ayt… Atrofga birrov razm solsangiz, bugun eshitadigan quloq topish amri maholdek. Balki bu “eshitish moslamalari” laqillashlardan bezigandir. Ko‘ngil tilida biror jumla eshitishni istar. Katta oqin – suvni tinglamay qo‘ygan odamlar, dillaridagi ko‘milib ketgan iztiroblar, samimiy tuyg‘ularni qanday ilg‘asin?! Kechinmalar “mozoristoni”ga aylangan yurak, tabiat bilan tillashishni ham unutadi. […]
22.08.2025 | 09:41
794
QADIMDA ITNI KIM BOQQAN?
Itlarni o‘rganish, urchitish, oziqlantirish, saqlash, qo‘riqlash, qidiruv, bojxona, chegara va boshqa xizmatlarda foydalanish uchun maxsus ko‘nikmalarga o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi soha mutaxassislariga nisbatan yurtimizda XX asr boshidan buyon kinolog so‘zi qo‘llaniladi. Bunga rus ofitserlarining ovchi itlarni saqlash va ko‘paytirishga oid klublari faoliyati sabab bo‘lgan ekan. Ammo ungacha mintaqada it boquvchilar bo‘lmaganmi? Hukmdorlar va aslzodalarning zotdor ko‘ppaklarini […]
21.08.2025 | 16:57
607
“TURKISTON DAHOSI”NING CHIN BAHOSI
Yaqinda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan jadidshunos olim Halim Saidovning “Turkiston dahosi” kitobi nashrdan chiqarildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan bosilgan ushbu kitobdan adabiy-ilmiy maqolalar o‘rin olgan. Halim Saidov jadidlik harakati, o‘zbek jadid adabiyoti va publitsistikasi, xususan, Behbudiy adabiy shaxsiyatining xolis va bilimdon tadqiqotchisidir. Uning yozganlarini erinmasdan sinchiklab o‘qish kerak. Chunki bu halim olim […]
21.08.2025 | 12:26
571
IJOBIY “YO‘QOTISHLAR” DAVOM ETADI…
Chegachi atalmish kasb egalari bo‘lganini bilasizmi? Katta avlod vakillari eslashar, ammo yoshlar “Bu qanaqa kasb?” deb yelka qisishlari aniq. O‘tgan asrning 60-yillarida aksar idish-tovoqlar sopoldan yasalgani uchun ehtiyotsizlik oqibatida sinib qolishi odatiy hol edi. Uy bekasi siniqlarni tashlab yubormas, yakshanba kuni bo‘ladigan bozorga yo‘li tushganida chegachiga chegalatib olardi. Chegalatish – sopol idishni yamash degani. Bizning […]
21.08.2025 | 09:30
388
Islom sivilizatsiyasi markazida qurilish ishlari rejaga muvofiq davom etmoqda
2025-yil 19-avgust kuni soat 11:11 da Toshkent shahri Olmazor tumanida barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi binolaridan birining tom qismida izolyasiya qoplamalarini yotqizish jarayonida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa texnologik qoidalarga rioya etilmagani sababli yuzaga kelgani ma’lum qilindi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida binoning 19 kvadrat metrlik qismi zararlandi, ammo binoda fuqarolar jabrlanmadi va ichki qism mutlaqo […]
20.08.2025 | 16:35
434
QIZLARIMIZ O‘QISIN!
O‘zbek hamjamiyatida ayollarning ko‘pchiligi qizini o‘qitish istagida ekanini aytadi. Biroq ular hamisha so‘zini quyidagicha davom ettiradi: – Qiz bola o‘qisa yaxshi-da. Zamonni ko‘ryapsiz-ku. Ertaga erini qo‘liga qarab qolmasin, deyman. O‘zini uddalasin, xarajatlarni bemalol o‘zi qoplay oladigan bo‘lsin, deb niyat qilaman. Shuningdek, kelin olish rejasidagi ayollar ham o‘qimishli qiz qidirayotganini aytishadi. Ularning so‘zi ham xuddi yuqoridagi […]
20.08.2025 | 16:29
539
BO‘TAKO‘ZNOMA
Kimdir bildi, kimdir bilmay qoldi – shu yilning 7-avgust kuni o‘zbek xalqi, millatimiz o‘zining ulkan bir ziyolisidan, qalbi-yu orzu-armonlari tog‘larday yuksak ulug‘ farzandidan ayrildi. Mashhur vatandoshimiz, ma’rifatparvar inson, zamonamiz jadidlaridan biri Jo‘ra qori Bo‘tako‘z 99 yoshida bu yorug‘ dunyoni tark etdi. Turli manbalar, xususan, adibning 2013-yil Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyotida chop etilgan […]
20.08.2025 | 12:38
709
ISHDAN ZAVQLANADIGAN DAVR KELDI
Yaxshilikning qanoti bor, degan gap to‘g‘ri ekan. Gazetamizning 25-iyuldagi 30-sonida urganchlik tadbirkorlar – ota-bola Abdullayevlarning zamonaviy kutubxonalar va kitob do‘konlari ochgani haqida maqola chop etilgan edi. Uni o‘qigan samarqandlik mushtariylarimiz “Biz tomonga ham bir qarab qo‘ying, opaginam, Paxtachidagi kutubxonani ko‘rsangiz, bahri dilingiz ochilib, siz ham bir maqola yozib yuborasiz”, deb qo‘ng‘iroq qilishdi. Darhaqiqat, Paxtachi tuman […]
20.08.2025 | 09:20
590
ZULMAT ICHRA NUR
O‘quvchilik yillarimda atoqli adib Mirkarim Osim asarlariga juda qiziqib qoldim. U kishi qalamga olgan Jaloliddin Manguberdi, Mashrab, Navoiy kabi buyuk tarixiy siymolarimiz obrazlari meni maftun qilib qo‘ygandi. Yana bir gapni ta’kidlab o‘tishim kerakki, u davrlarda tarixiy shaxslar hayotini yoritish nihoyatda qaltis ish edi: salga sen o‘tmishni ideallashtiryapsan, sovet mafkurasiga qarshi chiqyapsan, deb juvonmarg qilib yuborishlari […]
19.08.2025 | 15:49
1884
KUCH – ILMDA
Gulasal Bo‘tayeva – “Kelajak bunyodkori” medali sohibasi, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining 2-bosqich talabasi: – Joriy yilning 30-iyunida hayotimdagi eng unutilmas hodisa ro‘y berdi – davlatimiz rahbari qo‘llaridan “Kelajak bunyodkori” medalini oldim. Nazarimda, bu mening shaxsiy yutug‘im bo‘lsa-da, u minglab yoshlarga ilhom ulashdi. Chunki biz, ming shukurlar bo‘lsinkim, yoshlarga beqiyos imkoniyatlar yaratilgan shunday tinch yurtda […]
19.08.2025 | 12:35
552