KUTUBXONA
Muallif: admin
HAYOT YO‘LI – QUVVAT MANBAYI
“Odam tanasining muhandislik moʻjizasi – umurtqa”, deydi Ilon Mask. Darhaqiqat, umurtqa inson bo‘yining to‘rtdan birini tashkil etuvchi murakkab tuzilmadir. Abu Ali ibn Sino umurtqaga ozor yetsa odamning jismi ham, ruhi ham aziyat chekishini aytib, har qanday tabib tekshiruvni umurtqadan boshlashi kerakligi bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda eng keng tarqalgan […]
30.07.2025 | 08:59
392
QUYOSH FARZANDI
1Qatim nur qatida ajib yorug‘lik,Yo‘lma-yo‘l ulashib borar ziyoni.Taqdiri azali Quyoshga bog‘liq,Ezgulik tomonga boshlar dunyoni… Yorishib jilolar etadi maftun,Qatrada aks etar uning borligi.Tong otib, boshlangan sehrli bu kunKo‘rsatar bo‘y-bastin, ulug‘vorligin. Nurafshon yuzidan yog‘adi mehr,Qadami yetgan joy turar uyqudan.Dillarga oydinlik baxsh etib axir,Bahramand aylaydi ajib tuyg‘udan. Nish urgan maysalar bahordan darak,Novdalar ko‘ksida kurtaklar – marjon.Hapriqib ko‘z tashlar […]
29.07.2025 | 16:22
562
O‘ZBEK KELAYOTIR…
O‘zbekiston deganda o‘ng qo‘lim beixtiyor ko‘ksimga qanday ko‘tarilganini o‘zim ham sezmay qolaman. Ayniqsa, Yangi O‘zbekistonning keyingi yillardagi ulkan zafarlarining xush mujdalarini eshitganimda quvonganimdan o‘zimni qo‘yarga joy topolmayman. Aslida, kamtarin ijodim namunasi bo‘lgan “O‘zbek kelayotir…” balladasi bir paytlar “o‘zbek ishi”ni uyushtirganlarga javob o‘laroq yozilgan. She’r ulug‘ o‘zbek tarixining tarannumi bilan boshlansa-da, keyingi davrda Yangi O‘zbekiston zafarlarining […]
29.07.2025 | 12:38
1517
KUTUBXONA – BIRNIKI, MANFAAT – MINGNIKI
Prezidentimiz tashabbusi bilan mutolaa madaniyatini yangi bosqichga olib chiqish harakati boshlanganiga sakkiz yil to‘lmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida tizimli islohotlar samara berib, yurtimizda kitobxonlar safi kengaydi, kitoblar soni bilan birga sifati ham ortdi. Nashriyotlar va bosmaxonalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllandi. O‘z navbatida kitob savdosi bilan shug‘ullanayotganlarga qator imtiyozlar ham berildi. Bu o‘zgarishlar tadbirkorlarni ham befarq […]
29.07.2025 | 09:21
826
“ANOYINING JAYDARI OLMASI” QARDOSHLAR SAHNASIDA
Qozog‘istonning Chimkent shahrida yigirma ikki yildan buyon o‘zbek drama teatri faoliyat ko‘rsatib keladi. Bu ajoyib teatr haqida anchadan beri bilib-eshitib yurgan bo‘lsam-da, u yerga borish, spektakllarini tomosha qilish shu chog‘gacha nasib qilmagan edi. Yaqinda shu niyatim amalga oshdi. Chimkentdagi o‘zbek drama teatri sahnasida ustoz adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam qalamiga mansub “Anoyining jaydari olmasi” […]
28.07.2025 | 17:10
910
Zulfiya Qurolboy qizining “Oyimtilla” romanidan iqtiboslar
“Oyimtilla” Zulfiya Qurolboy qizining qismat, muhabbat va kurash haqida hikoya qiluvchi romani hisoblanadi. Asar taqdirning sinovlariga duch kelgan, ammo o’z ichki kuchi va orzulariga sodiq qolgan qahramon haqida hikoya qiladi. U o’zi uchun emas, balki hayotning adolatli bo’lishi uchun kurashadi. * * *Bugunni eplay olmaydiganlar ertangi kunni qanday yashaydi?! * * *Aytishlaricha, yorugʻ olamda bor-yoʻgʻi […]
28.07.2025 | 16:45
738
SUKUNATDA “SO‘ZLAYDIGAN” SAN’AT
San’atning turlari ko‘p. Insonning ular orasidan o‘ziga keraklisini topib olishi ham bir san’at. Mening haykaltaroshlik yo‘nalishida ijod qilishim bevosita rassomlik, rang-tasvir bilan bog‘liq. Har bir haykal muayyan bir tarix, dunyoqarash va ruhiyat haqida so‘zlovchi badiiy hujjatdir. Ko‘pchilik, ayniqsa sayyohlar haykallar poyida suratga tushishni, ularning mahobati oldida zavq va hayrat tuyishni xush ko‘radi. Bu tabiiy, chunki […]
28.07.2025 | 09:10
643
Asosiy
AYBIN BILMAY KETGAN FUZAYL SHERAHMEDOV
O‘tgan asrning 20-yillarida Germaniyada tahsil olgan turkistonlik talabalar mavzusi keyingi vaqtda keng yoritilgan. Bu izlanishlarni qo‘llab-quvvatlagan holda, ushbu mavzudagi dastlabki ilmiy tadqiqotlar zahmatkash olim Sherali Turdiyevning “Ular Germaniyada o‘qigan edilar” kitobi (1992-yili)da, marhum ustozlarimiz – Begali Qosimov, Naim Karimov, Boybo‘ta Do‘stqorayevning maqolalarida o‘z ifodasini topganini adolat yuzasidan ta’kidlash lozim. Shuningdek, 1998-yili “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan […]
27.07.2025 | 15:27
911
ANGLASH IZTIROBI
Ko‘rdim bu olamda turfa qiyofat,Ko‘rdim bu hayotda har son bo‘rini.Sizni uchratguncha va lekin faqatKo‘rmagandim sizdek Luqmon Bo‘rini… Mansur JUMAYEV Erka inson edi Luqmon Bo‘rixon. Qadrini bilar, izzatini joyiga qo‘ymagan yerga qadam bosmasdi. Ba’zida kekkaygan, ba’zida xoksor, xullas, o‘z dunyosi bilan yashayotgan o‘spiringa o‘xshab ketardi. Hamisha ojizlarni himoya etar, zaiflarning tarafida turar, hatto futbolda ham, ataylab […]
25.07.2025 | 15:47
973
MEHR-U IXLOSIMGA BOIS…
Vahob Rahmon bilan meni bir-birimizga yaqinlashtirgan vositalardan biri atoqli shoir va mutafakkir, iste’dodli sarkarda, adolatli hukmdor Zahiriddin Muhammad Bobur va uning xotirasidir. Har yili 14-fevral kuni hazratning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro yo an’anaviy yig‘inlar viloyat hokimligi va Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi tomonidan Andijonda tashkil etiladi. Mazkur ilmiy-adabiy anjumanlarda Vahob Rahmon ham Bobur ijodiy […]
25.07.2025 | 11:56
831
OSHGAMI, ISHGAMI?
“Agar o‘zbeklar boshqa ishlarga ham oshga kelgandek birlashib yig‘ila olganlarida edi, dunyoda bundan qudratli millat bo‘lmas edi”. Alixonto‘ra Sog‘uniyning bu gapini ilk bor o‘qiganimda, hayron bo‘lgandim: nega aynan osh? Nega boshqa bir o‘xshatish emas? Ammo bu so‘zlarning naqadar chuqur ma’no anglatishini hayotimda o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Bir mahalladoshimizning nahorgi oshiga bordik. Tonggi soat oltida boshlanadigan […]
24.07.2025 | 16:16
960
Asosiy
BIRINCHI O‘ZBEK SHE’RIY ROMANINI KIM YOZGAN?
She’riy roman yozilishi kamyob hodisa. Roman darajasidagi keng qamrovli voqea-hodisalarni nazmiy shaklda ifoda etish juda murakkab. “She’riy roman” tushunchasi adabiyotshunoslikka kirib kelguniga qadar ham katta hajmdagi she’riy epik asarlar ko‘p yaratilgan. Firdavsiyning “Shohnoma”si, Navoiyning “Farhod va Shirin”, “Saddi Iskandariy” dostonlari, undan ham oldin yaralgan “Iliada” va “Odissey” eposlari mohiyatan olib qaralsa, she’riy romanning bir ko‘rinishi […]
24.07.2025 | 14:14
1814
MARJON IPGA TIZILSA GO‘ZAL
“Matbuot tarixi – uyg‘onish davri tarixining bir bo‘lagidir”, deb yozgan edi atoqli jadid bobomiz Hoji Muin. Shu vaqtgacha “Bizning uzoq va boy tarixga ega jurnalistikamiz bor”, deya bot-bot takrorlab kelindi. Ammo bu meros asosan tor doiraga tanish bo‘lib, uning haqiqiy ko‘lamini ko‘rsatib beradigan, omma ko‘z oldida gavdalantiradigan loyihaga qo‘l urilmagandi. Prezidentimizning “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash […]
24.07.2025 | 10:25
829
YOLG‘IZLIKNING TANHO YOZUVCHISI
Frans Kafka XX asr adabiyotining sirli va betakror dahosi, inson ruhiyatidagi qo‘rquv va xavotirni tipiklashtirish darajasiga olib chiqqan birinchi yozuvchi degan ta’rif bor. Nemis tilida ijod qilgan chexiyalik yozuvchi 1883-yili Pragada tug‘ilib, voyaga yetgan. Nemis gimnaziyasini tugatganidan so‘ng, otasining istagi bilan Praga universitetida huquqshunoslik yo‘nalishida ta’lim olgan. Otasi German Kafka qattiqqo‘l, hissiyotlarga berilmaydigan og‘irkarvon inson […]
23.07.2025 | 12:15
1066
BOLALAR KONTENTINI YARATISH – DAVR TALABI
Yosh ijodkor Qobiljon SHERMATOV bilan suhbat – Qobiljon, avvalo, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti muborak bo‘lsin! Taqdirlash marosimida Prezidentimiz “Yosh avlodni turli zararli ta’sirlardan asrash, ularga axborot makonida foydali, mazmunli ma’lumotlarni yetkazish va targ‘ib qilish doim e’tiborimiz markazida bo‘lishi zarur”, degan fikrni ta’kidlab o‘tdi. Shu maqsadda Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilingani qayd etildi. Milliy kontent […]
23.07.2025 | 09:32
982
TANDIRDA TOBLANGAN TOR
Yakkaxon ijroda torning o‘rni beqiyos. “Shashmaqom”dan tortib, barcha mumtoz qo‘shiqlarimiz musiqasi ijrosida tor sasi alohida ajralib turadi. Shu bois, tor cholg‘usi hofiz-u go‘yanda, qo‘shiqchi-yu xonanda ahli tanasining bir bo‘lagiga aylanib ulgurgan. Odatda, “umrida tor ushlab ko‘rmagan” iborasining o‘zidan “yulduz” yasab olgan otarchilarga nisbatan ishlatilishi ham uning milliy qo‘shiqchilik san’atimizdagi o‘rni, nufuzi naqadar yuksak ekanini ko‘rsatadi. […]
22.07.2025 | 12:28
961
Asosiy
Akademik Abdulla A’ZAMOV: “ILMGA ASOSLANIB ISHGA KIRISHMOQ KERAK”
– Bu suhbat aynan “Jadid” gazetasi muxlislarining iltimosiga ko‘ra tashkil etilmoqda. Bunga ikki oy muqaddam gazetaning solnoma kitobi taqdimotida tabiiy va aniq fanlar, IT texnologiyalari va sun’iy intellekt rivoji haqida so‘zlaganingiz, millat oydinlarini, yoshlarni bu ilmlarni egallashga undaganingiz ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otgani turtki berdi. – Ha, shunday bo‘lgan edi. Aslida men o‘shanda “Hazrat Navoiy – zamondoshimiz” […]
22.07.2025 | 08:45
1342
Asosiy
AKA-UKANING AYANCHLI EGIZ TAQDIRI
Inson va jamiyat taraqqiyoti hech qachon oson kechmagan. Tarix tajribasi shuni ko‘rsatadi. Tabiiyki ijtimoiy o‘zgarishlar, ma’naviy uyg‘onish, hurriyat uchun kurash sinov-u imtihonlarsiz o‘tmagan. Erk osonlikcha kelmagan va yoki “oydan tushgan emas”. O‘z davrining yetuk olimi, shoir Rudakiy deganidek: Bilki, qiyin hayot berurtappa-taxt,Fozillik, ulug‘lik,mardlik hamma vaqt. XX asrning 30-yillaridagi siyosiy qatag‘on davri ayni haqiqatni yanada yaqqol […]
21.07.2025 | 09:55
966
“QABR”NING 23 MILLIONLIK JABRI
“Samarqand shahrida ilk marotaba, 7 yoshdan 70 yoshgacha, o‘tkir syujetli “Qabr” filmiga kinokasting! Shoshiling, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Manzil: Pastdarg‘om tumani madaniyat bo‘limi zali”. Ushbu e’lon katta-kichikni birdek qiziqtirib, shoshirib qo‘ydi. Viloyatlarda bunaqa kasting-pastinglar hadeganda bo‘lavermaydi-da! Qolaversa, film rejissyori Ahmad Qiyomsho poytaxtdan kelgan. Qo‘lida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yangiyo‘l shahar kengashi yosh rejissyorlar to‘garagi rahbari, degan […]
19.07.2025 | 12:44
1087
Asosiy
AVLONIYNING GULISTONI
Ulug‘ ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniyning nevarasi, kimyo fanlari nomzodi, falsafa doktori, polimerlar va nanotexnologiyalar kimyosi bo‘yicha muhandis Jamshid Avloniy uzoq yillar AQSHda yashab, nufuzli kompaniyalarda rahbar lavozimida faoliyat olib borgan. Bugungi kunda esa, olim bobosi nomi bilan atalgan malaka oshirish instituti bilan hamkorlikda mamlakatimizga ilg‘or texnologiyalarning kirib kelishida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Jamshid Avloniy 1956-yilda […]
17.07.2025 | 12:39
1361
YANGI O‘ZBEKISTONGA XOS YANGICHA MUHTASHAM “DEVON”
O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning “Yarim asr devoni” nomli bir jildlik salmoqli kitobi yaqinda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida yuksak did va nafosat bilan nashr etildi. Kitobning nomlanishi haqida Kitobda shoirning roppa-rosa 50 yil davomida bitgan she’rlaridan boy namunalar jamlangan. Muhimi, el-yurtimiz tarixi, qismati dardini kuylashni o‘zi uchun farz va qarz deb bilgan hassos […]
17.07.2025 | 09:19
1122