KUTUBXONA
Muallif: admin
BU DARDLARGA DAVO BORMU?
Kun hindining tandiriday qiziganda ayiqpolvonning terskay qazilgan o‘rasiday muzdekkina uyda “Barra bodring” degan yopishtirmasi xira tortib ketgan bonkadagi sovuq choyni xo‘plab, “insta” oralab taltayib yotgandim. Qarasam, birovi maylisda boshqasiga aql beryapti: “Mana, misol uchun sigirni olaylik. U tarvuz po‘chog‘ni yeb, sut beradi, qatig‘ beradi, pishloq beradi, yana go‘sht ham beradi. Biz-chi? Siz bilan biz tarvuzni […]
07.08.2025 | 16:56
530
SAN’AT SAYYORASINING FUQAROSI
O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov bilan suhbat – Jenisbek, bugun atrofimizda “yulduzlik kasali”ga chalinayotganlar ko‘payib borayotgani sir emas. Lekin dunyoga mashhur opera xonandasi sifatida sizda bunday qusur ko‘zga tashlanmaydi. Yuz-ko‘zingizda kamtarlik sezilib turadi. Ayting-chi, siz uchun mashhurlik nima? – San’atkorda o‘tish davri bo‘ladi. Shu davrda kimdir birdan “yuqorilab” ketadi, kimdir bu jarayonni asta-sekinlik bilan bosib […]
07.08.2025 | 12:25
860
Asosiy
QOZI –TAROZI. RAIYAT ULARDAN ROZI EDIMI?
Inson paydo bo‘libdiki, yaxshilik va yomonlik, ezgulik va qabohat unga hamisha hamrohlik qilib keladi. Aslida, hayot atalmish ne’matning o‘zi ushbu ikki kuch orasidagi kurashdan iborat. Ertak qahramonlari boshdan kechiradigan voqealar ham aynan shu asosga qurilgan. Ta’lim-tarbiya va unga hamohang iqtisod mo‘tadil zamonlarda yaxshilik g‘olib kelsa, bid’at ufurgan, tarbiya izdan chiqqan tizim va saltanatlarda yomonlik davri […]
07.08.2025 | 09:07
796
OQIBATNI YOD ETIB…
Ne’matulloh Ibrohim davrimizning nodir shaxslaridan biridir. U kishi katta olim, arab lug‘ati bilimdoni, jamoat arbobi, ulkan tashkilotchi. Domlani Toshkent davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetida dekan lavozimida xizmat qilgan chog‘laridan bilaman. 1991-yilda mazkur fakultet bazasida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tashkil etildi. Qahramonimiz bu institutning asoschisi va bosh tashkilotchisi edi. O‘zi 1991–2005-yillarda rektor vazifasida xizmat qildi. Fakultet ekanida […]
06.08.2025 | 16:50
672
Asosiy
JAVOHARLA’L NERU TANIGAN JADID YOXUD TARIX BO‘YICHA BIRINCHI O‘ZBEK PROFESSORI PO‘LAT SOLIYEV HAQIDA
Tarix o‘tgan kunlarning tovushsiz va ruhsiz manzarasi emas. Sirtdan qaraganda, tarix faktlar, sanalar, buyuklar va zabunlarning ro‘yxatidek ko‘rinishi mumkin. Lekin tarixni xolis va haqiqatga sodiq holda o‘rganish, uni aniq faktlar asosida tahlil qilish har bir avlod uchun hayotiy zaruratdir. Po‘lat Soliyev ana shu tamoyilga umrini bag‘ishlagan fidoyi olimlardan biri, haqiqatparvar va jasur shaxs edi. Po‘lat […]
06.08.2025 | 12:20
804
KO‘NGIL DAFTARIDAGI BITIKLAR
Ilm – zulmatning kushandasi Erkensal degan olim bundan ancha yillar avval: “Zamonaviy ilmlarning tamal toshini qo‘yishdek sharafli vazifa musulmonlarga tegishlidir”, deb yozgan ekan. Allen Debusning fikri yanada g‘ururli: “Musulmonlar Uyg‘onish davriga debocha bo‘lgan texnologik o‘sishlar eshigini ochib berishdi. Afsuski, keyinchalik johillik degan illat urchidi. Ilm-ma’rifat yo‘llarida g‘ovlar paydo bo‘ldi, uxroviy va dunyoviy ilmlar o‘rtasida o‘tib […]
06.08.2025 | 09:09
464
QO‘LIGUL TOSHTAROSH
Har insonning barmoq izi – uning genetik kodi. Bu kod faqat ungagina xos. Lekin dunyoda shunday sohir qo‘llar borki, ularning kodlari – mehnati o‘z egasi nomini abadiyatga muhrlaydi. Sangtaroshlar sulolasining yettinchi avlodi bo‘lmish Tohir ota Rahimov mohir usta. U pardoztosh qazib olish va ishlov berishga ixtisoslashgan sanoat shahri – Gʻozg‘onda ikki o‘g‘li, bir qizi, o‘n […]
05.08.2025 | 16:37
531
Asosiy
O‘tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asaridan iqtiboslar
Ushbu kitob muallifning sinchkov kuzatuvlan, o’y-kechinmalari, armonlari, istehzoli va tabassumli xulosalari asosida dunyo yuziini ko’rgan bo’lib, unda falsafiy fikrlar bilan birga Vatanimiz boshiga tushgan og’ir kulfat – “o’zbek ishi”, “paxta ishi” degan qatag’on yillari tog’risidagi ma’lumotlar go’zal lavhalarda tasvirlangan. Telbalarga ta’zim qiling! Yuzta donishmand aytolmagan haqiqatni bitta telba aytadi! Darvin ta’limoti noto‘g‘ri. Odam maymundan emas, […]
05.08.2025 | 15:00
3517
Asosiy
ASARLARI UMRINING DAVOMCHISI
O‘tkir aka bilan bir idorada ishlamaganmiz. Ammo birga ishlagan ayrim hamkasblarimizdan ko‘ra yaqinroq bo‘lib ketgan edik… … Bu voqeaga oltmish yil bo‘ldi.1965-yilning kuz oylari edi. Men talabalik yillarimda Chilonzorda ijarada yashardim. Hozirgi Amir Temur xiyobonidan Do‘mbirobodga 23-avtobus qatnardi. Toshkent davlat universiteti shu xiyobonda, Yuridik universitet joylashgan qadimgi g‘ishtin binoda qo‘nim topgan edi. Bir kuni qosh […]
05.08.2025 | 12:46
562
O‘ZBEK MATEMATIKASINING OLTIN DAVRI
Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabr kuni mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashib, dildan muloqot qilgan edi. Ana shu uchrashuvda ilgari surilgan tashabbuslar, Davlat rahbarining olimlar oldiga qo‘ygan dolzarb va kechiktirib bo‘lmas masalalari shundan dalolat ediki, endi ilm-fanga munosabat tubdan o‘zgaradi, yangicha dunyoqarash shakllanadi. Bundan keyin ilm ahli faqat o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘ladi, ularni […]
05.08.2025 | 08:40
530
ATLAS KIYIB, ATIR SEPGAN CHAMANIM…
YURT VASFI Shaydolikda oy oldimga tusholmaydi,Kiprigidan poyondozlar to‘shalgaydir.Yurtim, sening go‘zalliging qarshisida,Go‘zallikning o‘zi ham ip esholmaydi. So‘ylar qadding xaritasi sirlarimni,Eslatar u xipchabelli dilbarimni.Zavqim toshib, aqlim shoshar, oy o‘rnidanBo‘yginangga tashlasam ko‘z qirlarimni. Do‘ppi kiygan qizday dilga solsang g‘uluv,Ichar sening boshingdan gul o‘girib suv,Ikki o‘rim sochi – ikki daryo bo‘lib,Ey beliga tushgan yurt, sen buncha suluv. Dilim yayrar […]
04.08.2025 | 16:47
832
Asosiy
“O‘RNAK” BIZGA O‘RNAK BO‘LSIN!
Jadidlik harakatining atoqli vakili Elbek (Mashriq Yunusov) ko‘p qirrali ijodkor hisoblanadi. O‘tli she’rlari, davr ruhini aks ettirgan hikoyalari, Pushkin, Krilov, Nekrasovlardan qilgan tarjimalari, tilshunoslikka oid maqolalari, tuzgan lug‘atlari, darsliklari va to‘plagan folklorshunoslik namunalari – shoir, nosir, tarjimon, tilshunos, folklorshunos, pedagog hamda taniqli publitsist sifatida Elbek juda katta adabiy va ilmiy meros qoldirganidan dalolatdir. Hayoti davomida […]
04.08.2025 | 14:21
675
DO‘STLIK CHINORI
Bag‘ri va ko‘ngli keng mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari tinch-totuv yashamoqda. Vatandoshlarimiz to‘laqonli hayot kechirishlari, o‘z milliy an’analari va qadriyatlarini rivojlantirishlari uchun 157 ta milliy-madaniy markaz, 42 ta do‘stlik jamiyati qizg‘in faoliyat olib boryapti. Milliy madaniy markazlar faoliyatini rivojlantirish uchun hududlarda “Do‘stlik uylari” tashkil etilgan bo‘lib, har yili Parlament fondi tomonidan moliyaviy […]
03.08.2025 | 09:00
585
Asosiy
BAHROMBEK TARJIMON KIM BO‘LGAN?
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sirojiddin Ahmad Bahrombek Tarjimonga bag‘ishlangan yangi asarni kitobxonlarga taqdim etdi. Olim Bahrombek Tarjimonning P-32607-raqamli “Jinoiy ishi” va arxiv materiallari asosida ma’rifatparvarning tarjimayi holini tiklagan hamda “Milliy ash’ori Tarjimon” to‘plamini to‘liq tabdil qilgan. Bahrombek Tarjimon (Davlatshoyev) 1871–1933-yillarda yashagan o‘zbek ziyolisi, shoir, yozuvchi va tarjimon. Ne’matullo Muhtaramning “Tazkirat ush-shuaro” asarida yozishicha, “Tarjimon […]
01.08.2025 | 15:57
865
“O‘ZBEKISTON – OHANRABOLI YURT”
Hindistondagi Javoharla’l Neru universiteti professori, turkolog Axlok Ahmad Axan bilan suhbat – Hurmatli professor, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarining yangi bosqichga ko‘tarilayotgani ilm-fan sohasida ham ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Sizning misolingizda olsak, so‘nggi yillarda yurtimizga tashrifingiz soni ortib bormoqda. Bu quvonarli hol, albatta. Sizni O‘zbekiston, o‘zbek xalqi tarixini o‘rganishga nima ilhomlantirgan? – O‘zbekistonga tez-tez […]
01.08.2025 | 12:21
797
BO‘RBOY
“Bo‘rboy” (“bo‘rbay”, “bo‘rvay”) degan so‘zni eshitganmisiz? Bu so‘z izohli lug‘atda yo‘q, demak, adabiy tilda ham yo‘q, lekin shevalarda bor, shuning uchun “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”da bor. Xo‘sh, “bo‘rboy” nima? Adabiy tildagi “boldir” bilan aynan bir ma’noga ega, ya’ni oyoq tizzasi yoki taqimdan to to‘piqqacha bo‘lgan qismi ba’zi shevalarda “bo‘rboy” deb ataladi. Kimdadir “taqim nima?” degan […]
01.08.2025 | 09:15
633
IKKI QUTBNI BIRLASHTIRGAN HOFIZ
Negadir, xonandalardan “kumir”im, ya’ni jon-dildan yaxshi ko‘radiganim yo‘q. Ehtimol, bu ashula aytishga layoqatim kamligidandir. Chunki o‘zim rubob yo dutor chalib, ko‘proq zavq olsam kerak-da. Endi sekin-sekin tanburga ham o‘tilyapti. Lekin Hoji Abdulaziz Rasulov, Rasul qori Mamadaliyev, Halima Nosirova, Ma’murjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozov, Berta Davidova, Botir Zokirov, Bobomurod Hamdamov, Sherali Jo‘rayev va boshqalar ovozi-yu ijrosida ajib […]
31.07.2025 | 16:55
644
SHOXIGA URSANG, TUYOGʻI ZIRQIRAYDI
“Menga yoqdi”, “Unga ham yoqdi”, “O‘h-ho‘! Juda ko‘p odamga yoqibdi”… Ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi xulosalar uchun “poyga” boshlanib ketganiga ancha bo‘ldi. Ammo “Nima yoqibdi?”, “Kimga yoqibdi?”, “layk”chilarning saviyasi qanday?” degan savollar, afsuski, javobsiz… Tarixan qaysidir g‘oya va maqsadlarni yuzaga chiqarish yoki siyosiy jarayonlardagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun olomonchilik kayfiyatidan ustomonlik bilan foydalanilgan. Hozir ana shunday […]
31.07.2025 | 12:25
386
“ILMNING AVVALI ISHTIYOQ”
Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti professori, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Sirojiddin Zaynobiddinov bilan suhbat – Keling, suhbatimizni xotiralardan boshlab, talabalik yillaringizga nazar tashlasak. O‘sha paytda siz yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi sohasini tanlagan ekansiz. – Fizikaga bolalikdan qiziqqanman. Tabiiy fanlarga ishtiyoqim balandligi tufayli 1963-yili Toshkent davlat universitetining fizika fakultetiga hujjat topshirganman. U paytlarda o‘qishning ikkinchi bosqichidan […]
31.07.2025 | 09:07
539
Asosiy
MANNON RAMZIY
Yaqin tarixning og‘riqli, kam o‘rganilgan sahifalarida qatag‘on qurbonlari haqidagi ma’lumotlar tobora oydinlashib borayotir. XX asrning 30-yillarida minglab o‘zbek ziyolilari, ma’rifatparvarlar qatorida asossiz ayblovlar bilan fojialar qurboniga aylangan jadidlardan biri Mannon Ramziy bo‘ladi. Bu nom ilk bor mustaqillik yillarida tadqiqotchilar e’tiboriga tusha boshladi. 2009-yili G‘afur G‘ulom nashriyotida chop etilgan “Tarixning noma’lum sahifalari. Hujjat va materiallar. Birinchi […]
30.07.2025 | 13:39
855
“PREZIDENTIMIZGA VA’DA BERGANMAN!”
Abdulloh Jamoliddinov, yosh ixtirochi: – Bu yil Yoshlar kunida Prezidentimiz bir guruh iqtidorli va ixtirochi yoshlar bilan uchrashdi. Unda men ham “Aqlli tomorqa” loyihasi bilan ishtirok etdim. Loyiham ekin maydonining tuproq namligini o‘lchab, avtomatik tarzda sug‘orib berishga ixtisoslashtirilgan. Natijada, bir tomchi ham ortiqcha suv isrof bo‘lmaydi. Butun dunyoda qurg‘oqchilik xavfi yildan-yilga oshib borayotgan bir paytda […]
30.07.2025 | 11:32
445