KUTUBXONA
Muallif: admin
Spektakl hamda 1000 dollarga sotilgan “Koʻk boʻri” – Najmiddin Ermatovning nazm kechasi boʻlib oʻtdi
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida “Mutolaa” loyihasi doirasida isteʼdodli shoir Najmiddin Ermatovning «Qo‘rboshilar qo‘shig‘i» nomli nazm kechasi tashkil etildi. Dastur mehmoni sifatida taniqli aktyor va shoir Erkin Bozorov hamda rassom Erkin Orol ishtirok etdi. Shu jumladan, spektakl davomida rassom Erkin Orol tomonidan Najmiddin Ermatov sheʼri asosida “Koʻk boʻri” surati chizildi va auksion orqali 1000 […]
13.12.2024 | 11:56
2518
Dunyoning eng yaxshi shahri maʼlum boʻldi
Euromonitor International shaharlar boʻyicha tadqiqot olib borib, 2024-yilgi natijalarni maʼlum qildi. Shaharlarni baholashda turizm koʻrsatkichlari, turizm infratuzilmasi, turizm siyosati va jozibadorligi, salomatlik va xavfsizlik, barqarorlik hamda iqtisodiy faoliyat singari oltita asosiy yoʻnalish boʻyicha 55 ta omil hisobga olingan. Fransiya poytaxti Parij shahri 2024-yil 100 ta nomzod hudud orasida dunyoning eng yaxshi shahar yoʻnalishi unvonini saqlab […]
13.12.2024 | 10:23
437
IJODNING QO‘SH QANOTI
Akademik Abdulla A’zamov haqida yozish oson emas. Bu ishga kirishmoqchi bo‘lgan kishi kamida ustoz Alibek Rustamiydan uzoq yillar saboq olgan bo‘lishi kerak. Va yana: bu olim haqida bir nima yozmoqchi bo‘lgan kishi niyatini oshkor qilmagani ma’qul. Boshqalarni bilmadim, ammo Abdulla aka eshitib qolsa, quyuq qoshlarini chimirib, taqa-taq to‘xtatadi. “E, qo‘ying, boshqa ish yo‘qmi?”, deydi. Besh […]
13.12.2024 | 09:43
864
BIR MUSAVVIR NIGOHIDA UCH OBRAZ
Biz o‘qigan maktab sinfxonalari o‘quv yili avvalida oqlansa ham, sovuq qish kunlari yoqilgan pechkadan sizgan tutun shift va devorlarni qoraytirib qo‘yardi. O‘sha devorlarda esa biz uchun qadrli bo‘lgan siymolar – Navoiy, Bobur, Mirzo Ulug‘bek bobolarimiz tikilib turishardi. Afsuski, biz u portretlar mualliflarini bilmasdik. O‘zimizcha suratlardagi ranglar orqali namoyon bo‘lgan ulug‘vorlik va donolikdan hayratlanar edik. Ammo […]
12.12.2024 | 14:35
537
Bill Geyts milliarder bo‘lishda yordam bergan bolaligidagi odati haqida aytib berdi
Microsoft hammuassisi va sobiq bosh direktori Bill Geyts hozirgi bolalar kabi smartfon va ijtimoiy tarmoqlarga chalg‘ib o‘sganida, katta ehtimol bilan milliarder bo‘la olmasligini ta’kidladi. Geytsning aytishicha, aynan bolaligida do‘stlari bilan sayr qilib, tashqi dunyoni kashf etishga, xonasida soatlab kitob o‘qish va chuqur mulohaza yuritishga sarflagan vaqtlari unga 3,26 trillion dollarlik kompaniyani tashkil etishda yordam bergan, […]
12.12.2024 | 13:01
262
Chingiz Aytmatovning «Sarvqomat dilbarim» qissasidan iqtiboslar
Chingiz Aytmatovning “Sarvqomat dilbarim” asari sevgi, sadoqat va insoniylik haqida chuqur falsafiy fikrlar mujassam bo‘lgan qissa hisoblanadi. Asar bosh qahramonlari Ilyos va Asal o‘rtasidagi murakkab munosabatlar orqali urush davridagi inson hayoti, sevgining ichki ziddiyatlari va fojiali o‘tish jarayonlari tasvirlanadi. Ushbu asarda tabiatning go‘zalligi, inson qalbining nozik tuyg‘ulari va ziddiyatli kechinmalari betakror uslubda tasvirlangan. Chingiz Aytmatov […]
12.12.2024 | 12:05
15852
Toshkent fotosuratlar uyida “Bir maktab — turfa nigoh” fotokoʻrgazmasining ochilishi boʻlib oʻtdi
Koʻrgazma “Ustoz-shogird” anʼanasiga asoslangan boʻlib, undan fotorassom va fotojurnalist Husniddin Atoning shogirdlari — Dilruh Isomiddinova, Madina A’zam, Xolida Musulmon, Kamron Hasanov, Ezoza Umr, Fazilat Soib, Mumtozbegim, Marvarida Isroil, Murod Yusuf, Gulnoza Adham hamda Mariya Malinovskayalarning turli yoʻnalishdagi sara fotoasarlari, shuningdek, Husniddin Atoning Parij-24 Paralimpiya o‘yinlaridagi eng sara suratlari oʻrin olgan. “Jadid” gazetasi muxbiri Abdumannon Muhammad […]
12.12.2024 | 11:25
248
NAVOIYLIK NOVVOY OPA
Shahnoza oyning o‘n beshi qorong‘i, degan gap haq rost ekaniga imon keltirganiga ko‘p yillar bo‘ldi. U pulini to‘lolmay, ijara uylardan quvilgani, ikki go‘dak bolasi bilan haftalab eski “Moskvich” ichida yashagan kunlarini eslarkan, Xudoning sinovidan yorug‘ yuz bilan o‘tdim, deydi. Lekin avtoulov panasida yelkalari silkinib-silkinib yig‘layotgan turmush o‘rtog‘ini eslasa, baribir, eziladi. Biroq shu onda ixlos bilan […]
12.12.2024 | 10:15
327
12-dekabr kuni tavallud topganlar
Naim Karimov – adabiyotshunos olim, Ozbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik;Chingiz Aytmatov – qirg‘iz yozuvchisi;Hamid Olimjon – shoir, dramaturg;Yulduz Usmonova – O‘zbekiston xalq artisti.
12.12.2024 | 09:07
646
NOVELLA
Novella – hikoyaga yaqin hajmdagi kichik nasriy janr. U oʻtkir syujet, kutilmagan yakun va aniq mualliflik nuqtai nazarining yoʻqligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, novellalarda, odatda, uchdan ortiq personaj ishtirok etmaydi. Novella mualliflari koʻpincha qahramonlarning ichki dunyosini chuqur ochib bermaydi. Bunday asarlar bitta gʻayrioddiy voqea atrofida rivojlanadigan kichik hikoyalarni bayon etadi. Masalan, nemis yozuvchisi Iogann Gyote […]
11.12.2024 | 16:24
1804
BIZ HAM DUNYOGA CHIQAYLIK
– Men, Zufarbek Abdurahmonov, yoshim yigirma oltida, yetti yildan buyon dasturlash bilan shug‘ullanaman. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining kasbiy ta’lim fakultetida o‘qidim. Hozir bir nechta dasturiy loyihalar ustida jamoa bo‘lib ishlayapmiz. O‘zbek tili rivoji uchun Sohada ilk o‘quv markazi ochgan yoshlardan biriman, desam bo‘ladi. Axborot texnologiyalari sohasiga qiziqqan yoshlardan yaxshi mutaxassis tayyorlash o‘z yo‘liga, lekin ularning […]
11.12.2024 | 14:25
383
Chori Avaz tavallud topgan kun
Chori Avaz 1957-yil 11-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatiga qarashli Gʻuzor tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Uning tiriklik chogʻida «Baxtiyorlik shu emasmi?» nomli esselar kitobi, shuningdek, «Tortilgan kamon», «Uygʻonishdan oʻzga tole izlama», «Kuz ertasi» kabi asarlari nashrdan chiqqan. Vafotidan keyin «Saylanma», «Yashil so’qmoq» nomli kitoblari chop etilgan. SHOIR Zulmat bosib kela boshladi,Tun tushirdi qora […]
11.12.2024 | 11:49
413
KEYINGI BEKAT — “ADIBLAR XIYOBONI”
Poytaxt jamoat transportlari orasida eng qulayi, shubhasiz – metro! Yozning saratonida salqin, qishning qahratonida issiq. Asosiysi, manzilga o‘z vaqtida yetib olish uchun arzon va qulay transport vositasi. Agar bir necha yil ilgari metro haqida yozganimda, shuncha qulayliklari orasiga, avtobusdan farqli o‘laroq, tirbandlik yo‘q, degan jumlani ham qo‘shgan bo‘lardim. Tirbandlik bo‘lgandan keyin bir nuqtaga ko‘zingni tikkan […]
11.12.2024 | 11:32
408
Asosiy
HAMMA O‘QIYAPTI. O‘QING!
Qaysi kitobni o‘qiyapsiz? Ha, savolni aynan shunday bermoqchiman: siz qaysi kitobni o‘qiyapsiz? “Siz kitob o‘qiysizmi o‘zi yoki hozir o‘qiyapsizmi?”, deb so‘ramoqchi emasman. Men o‘qiyapman va ishonaman, umid qilamanki, siz ham o‘qiyapsiz, boshqalar ham o‘qiyapti. Donolar aytadiki, zamona aynidi, deya nolib yuruvchilar zamona aynishida ayblidirlar. Eng noinsof kimsalar “Odamlar noinsof bo‘lib ketdi” deb yanuvchilar orasida uchraydi. […]
11.12.2024 | 10:17
2883
ADABIYOT, DO‘STLIK, QARDOSHLIK TARANNUMI
Poytaxtimizda Turkiy tilli davlatlar ijodkorlari ishtirokidagi XVI Turkiy she’riyat festivali adabiyot, do‘stlik, hamjihatlik haftaligi sifatida baland ruhda o‘tkazildi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda TURKSOY, TIKA kabi xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu anjumanda bir qator turkiy tilli davlatlardan shoirlar ishtirok etdi. Mamlakatimizda adabiyot ahli TURKSOY tashkiloti bilan birgalikda ko‘plab yangi asarlar taqdimotlari, she’riyat va adabiyot bayramlari, […]
10.12.2024 | 17:24
545
SAYXUN BO‘YIDAGI MUAZZAM MASKAN
Ayni kunlarda O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon tavalludining 90 yilligi mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda. Kuni kecha Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi To‘ra Sulaymon yashagan xonadonda tashkil etilgan shoirning uy-muzeyi va haykali ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Poytaxtdan tashrif buyurgan bir guruh taniqli ijodkorlar hamda yurtimizning turli hududlaridan kelgan mehmonlar, shoirning yaqinlari va adabiyot ixlosmandlari ishtirok […]
10.12.2024 | 17:12
491
Afrika qit’asi parchalanmoqda, buning natijasida yangi okean paydo bo‘lishi mumkin
Yerning oltinchi okeani shakllanishini kuzatgan olimlar geologiya sohasida inqilobiy kashfiyot qilishdi. Bu misli ko‘rilmagan hodisa tektonik plitalarning asta-sekin ajralishi natijasida yuz bermoqda. Bu jarayon Afrika qit’asining shaklini o‘zgartirib, geografiyaga global ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yer qobig‘i uzluksiz harakatda bo‘lib, tektonik plitalar millionlab yillar davomida sezilarsiz tarzda siljib boradi. Yaqinda olimlar g‘oyat qiziqarli hodisani aniqlashdi: Afrika qit’asining […]
10.12.2024 | 16:47
601
KONSTITUTSIYANING DA’VATKOR RUHI, SHUKUHI
O‘tgan yilning bahori mamlakatimiz tarixi va xalqimiz hayotida unutilmas va shukuhli voqealarga boy bo‘ldi. Xususan, O‘zbekiston Konstitutsiyasini eng zamonaviy talablar maqomida yanada takomillashtirish maqsadida e’lon qilingan referendum munosabati bilan yo‘llangan taklif-mulohazalar oqimi qizg‘in tus oldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida tashkil etilgan maxsus guruh a’zolarining qo‘li qo‘liga tegmas, mamlakatimizning turli viloyatlari, shahar va […]
10.12.2024 | 15:42
408
Dante qalamiga mansub “Ilohiy komediya” asarining XIV asrda chop etilgan asl nusxasi topildi
Italiyaning Spetsiya shahrida Dante Aligyeri qalamiga mansub “Ilohiy komediya” asarining XIV asrda chop etilgan birinchi nashriga oid ikki sahifa topildi. Nodir qoʻlyozmalar davlat arxivlarini koʻchirish paytida aniqlandi. Bu haqda shahar meri Pyerluiji Perakkini maʼlum qildi. Ikkala sahifa Dantening epik asaridagi “Aʼrof” va “Jannat” qismlariga tegishli boʻlib, oʻrta asr shoiri va faylasufi bu asarni 1321-yil yozib […]
10.12.2024 | 14:50
850
KITOBSIZ UY
Bugungi kunda Xorazm viloyatida 16 ta nashriyot bor, ularda har yili o‘rtacha 500 nomdagi kitob chop qilinyapti. Ammo… Elatlik ayol maslahat so‘rab kelibdi. Kayfiyati inqadar – yig‘lab yuboray deydi: “Erim chetda ishlab topgan pullarini oy sayin yuboradi. “Taxini buzmay to‘pla!” deb har safar tayinlaydi. Orzumiz – yengil mashina olish edi. Mana bu kasofatni qarang!” Ayol […]
10.12.2024 | 14:10
464
AFSONALAR JILVASI
Ko‘chada mayda-mayda qor parchalari dekabrning sehrli kuyiga raqs tushardi. Qadamim ularning valsiga hamohang jadallar ekan xotiramni hozirgina ko‘rgazmada guvoh bo‘lganim — suratlarning mohiyat ildizi qitiqladi. «Ayoz momo» — bolaligimizning iliq tasavvurlariga uyqash epik qahramon. Ana, hozir ham u par ko‘rpasini qoqyapti-yu, naqshinkor qorlar yerga yopirilib inyapti.Esladingiz-a? Bugun o‘ziga xos uslubga ega rassom Elnur Egamov va […]
08.12.2024 | 17:59
452