KUTUBXONA
Muallif: admin
BAHRAMANDLIK BAXTI
Azaldan Samarqand dunyo sivilizatsiyasi markazlaridan biri hisoblanadi. “Zamin sayqali” deb ta’riflangan bu shahardan ko‘p olim va mutafakkirlar yetishib chiqqan va ular jahon tamadduni rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan. Birgina hadisshunoslik yo‘nalishida mingdan ortiq muhaddislar Samarqandda yashab barakali ijod qilgan. XV asrning buyuk shoir va mutafakkiri Abdurahmon Jomiy ham bir muddat Samarqandda ta’lim olgan va dars bergan. […]
12.11.2024 | 10:48
519
OSTONASI TILLO UY
Bu hikoyani menga bir hamkasbim aytib bergandi. Ko‘p vaqt bu hikmatomuz voqea menga uyqu bermadi. Hayotda o‘z o‘rnimni topib, mahalla-ko‘yda izzatga erishib, oltita farzandni o‘qitib, uyli-joyli qilishimga bobom sababchi bo‘lgan. U kishi o‘ttizinchi yillar ocharchiligini ko‘rgan, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, bir necha bor yarador bo‘lgan. Atigi yettinchi sinfni tugatgan bobomning bilimi hozirgi oliy ma’lumotlilardan kam […]
12.11.2024 | 10:20
450
Sun’iy intellekt yordamida robot tomonidan chizilgan surat 1 million dollarga sotildi
Sotheby’s yaqinda sun’iy intellekt (AI) algoritmlaridan foydalangan holda inson qiyofasidagi robot tomonidan yaratilgan birinchi san’at asarini 1 million dollarga sotdi. 7-noyabr kuni Sotheby’s auksion uyidagi kimoshdi savdosida gumanoid robot rassom AI-Da tomonidan yaratilgan «Alan Tyuringning portreti» (2024) nomli asar 1 084 800 dollarga sotildi. Matematika va kompyuter olimi Alan Tyuringning AI-Da Robot sun’iy intellekt algoritmlari […]
11.11.2024 | 16:26
502
DRAMA
Drama adabiy janrlardan biri hisoblanadi. Dramatik asar dialoglar shaklida qurilib, sahnada namoyish etish uchun mo‘ljallanadi. «Drama» atamasi qadimgi yunon tilidan kelib chiqqan. Yunonlar teatr namoyishlari va boshqa ko‘ngilochar tomoshalarni shunday atashgan. Teatr san’atining o‘zi miloddan avvalgi V asrda Qadimgi Yunonistonda paydo bo‘lgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, u diniy e’tiqodlardan kelib chiqqan. Qadimgi yunonlarda Dionis eng ulug‘lanadigan xudolardan […]
11.11.2024 | 15:57
2483
Asosiy
SHARAFLI ZAMONDOSH
Mamlakatimiz hududida yaqin tarixda yashab o‘tgan shaxslar xususida o‘ylaganimda, beixtiyor ularning oydin siymosi ko‘z oldimda gavdalanadi. Zero, O‘zbekiston tarixida yozilgan juda ko‘p sanalarni, voqea-hodisalarni zamonamiz yoshlari kitoblardan o‘qib o‘rganishadi. Biz yoshi ulug‘ insonlar esa o‘sha hodisalarning bevosita guvohi, ko‘pgina tarixiy voqealarning ishtirokchisi o‘laroq, millatning asl fidoyi fenomen shaxslariga maslakdosh va izdosh ham bo‘lganmiz. XX asrda […]
11.11.2024 | 15:00
429
Fyodor Dostoyevskiyning “Telba” romanidan iqtiboslar
«Hammadan o‘zim zo‘rman» deb yashaydigan, bir zarbaga o‘n zarba bilan javob beradigan, kimgadir ozgina ko‘rsatgan yaxshiligini «dunyoni qutqarish» deb biladigan, manman, takabbur, go‘zallikni yanchib rohatlanadiganlar jamiyatida «dunyoni go‘zallik qutqaradi» degan g‘oya bilan yashovchi, unga qancha zarba berishmasin kechirguvchi, har bir insonga yuksak ehtirom bilan boquvchi, soddadil, begunoh kimsani kim deb atashadi? Ha, telba! Romanning yozilganiga […]
11.11.2024 | 14:14
2158
NOBEL SOVRINDORI NAVOIY MUKOFOTIGA SAZOVOR BO‘LDI
Ma’lumki, Turkiy davlatlar tashkilotining 2021-yil 12-noyabrda Istanbul shahrida o‘tkazilgan VIII sammitida Prezidentimiz tashabbusi bilan ushbu tuzilma doirasida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etilgan edi. Turkiy xalqlar madaniyatini yanada rivojlantirish, ularning bebaho madaniy qadriyatlarini asrab-avaylash va ommalashtirish, iqtisodiyot, fan va ta’lim, sog‘liqni saqlash, turizm va boshqa sohalar rivojiga beqiyos hissa qo‘shayotgan shaxslar ana shu nufuzli […]
11.11.2024 | 13:32
455
“Olimga yondashsang, ochilar ko‘zing…”
Turkman xalqining mutafakkir shoiri Maxtumquli tavalludining 300 yillik yubileyiga bag‘ishlangan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik teatrida bo‘lib o‘tgan adabiy-ma’rifiy anjuman chinakamiga bayramona tus oldi. Shoirning hikmatlarga to‘la she’rlari, ibratli hayot yo‘li eslandi. Darhaqiqat, shoirning betakror poetik tafakkuri va jahon she’riyati xazinasiga qo‘shgan hissasi Gʻarb-u Sharqdagi eng dongdor shoirlar ulushidan aslo kam emas. Bu orif, […]
11.11.2024 | 12:17
281
TURKIY DUNYO RIVOJIDA YANGI BOSQICH
Dunyo tarixi hikmatlar xazinasiga to‘la ummonga o‘xshaydi. Bu xazinada olis o‘tmish saboqlari, mamlakatlar, tuzumlar tarixi va taqdiridan kelib chiqadigan, bugun va ertangi kun uchun ham g‘oyat muhim xulosalar mavjud. Gap ularni vaqtida anglashda. Uzoq-yaqin o‘tmish bilan bog‘liq xatolarni takrorlamaslik, oldinga qarab intilish, global muammolarni har bir tomon manfaatidan kelib chiqqan holda hal qilish harakati susaymasa […]
11.11.2024 | 11:49
312
AHLI FAZL VA AHLI HUNARGA YUKSAK EHTIROM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-oktyabr – 1-noyabr kunlari Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, yirik sanoat obyektlari, ishlab chiqarish korxonalari, ijtimoiy soha tashkilotlari vakillari bilan muloqot qildi, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun turtki berdi. O‘zbekiston iqtisodini rivojlantirish, ishlab chiqarishning yangi tizimlarini yo‘lga qo‘yish va bu borada viloyat rahbarlari, mutasaddilari, mutaxassislari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarning […]
11.11.2024 | 11:10
383
Rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiy tavallud topgan kun
Fyodor Dostoyevskiy 1821-yilning 11-noyabrida Rossiyaning Moskva shahrida tug‘ilgan. Yozuvchi adabiyotga 1844-yilda nasriy asarlari bilan kirib keladi. 1845-yil may oyining oxirida Fyodor Dostoyevskiy oʻzining ilk romani — “Kambagʻallar”ni yozib tugatadi. Romanda xoʻrlangan, ijtimoiy adolatsizliklar qurboniga aylangan kishilar taqdiri haqida hikoya qilingan. Shuningdek, uning “Qiyofadosh” (1846-yil), “Oydin tunlar” (1848-yil) qissalari ham ijtimoiy mavzuda yaratilgan asarlar sirasiga kiradi. […]
11.11.2024 | 09:46
753
Murod Muhammad Do‘stning “Lolazor” romanidan iqtiboslar
Asar voqealari ayni kunimizdan, biz yashayotgan jamiyat “sir”laridan soʻzlaydi. Mutolaa davomida qahramonning umr yoʻli, faoliyati bilan tanishasiz. Bu yoʻlning dastlabki qadamidan to soʻnggiga qadar oʻquvchi asosiy obrazlardan biri – Yaxshiboyevga hamroh boʻladi. Yana biri – Oshno bilan doʻst tutinadi. Lekin birda hamfikr boʻlsa, birda ularga qarshi chiqadi. Qarshi chiqish bilan esa tabiiyki, oʻquvchi vaziyatni oʻzgartirmaydi, […]
10.11.2024 | 11:37
2526
O‘tkir Hoshimovning «Ikki eshik orasi» romanidan iqtiboslar
Mazkur asar O‘tkir Hoshimov asarlari ichida qamrovi, o‘quvchi qalbiga yaqinligi bilan alohida ahamiyatga ega. Unda adib qariyb qirq yillik davrni o‘z ichiga olgan, bir qancha chigal va murakkab taqdirlar misolida o‘z xalqining urush davrida boshdan kechirgan hayoti, qismati haqida mahorat bilan qalam tebratgan. Zamon va davr qanday sharoitda kechishidan qatʼiy nazar insoniy qadr-qimmat tushunchalarini saqlab […]
09.11.2024 | 14:18
15854
Misrda zamonaviy san’at ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda
Misrda har yili o‘tkaziladigan «Abadiylik hozirgi kunda» ko‘rgazmasi yana tashkil etildi. 4500 yillik Giza piramidalar joylashgan hududda o‘tkaziladigan ushbu ko‘rgazma ulkan haykallar, qurilmalar va immersiv tajribalar orqali o‘tmish va bugunni bog‘lashga qaratilgan zamonaviy san’at asarlarini taqdim etadi. Ko‘rgazmani tashkil etayotgan CulturVator va Art D’Egypte kompaniyalari bayonotida shunday deyiladi: «Ko‘rgazma qadimiy marosimlarning aks-sadosini, gavjum sivilizatsiyalarni va […]
08.11.2024 | 15:22
462
BALLADA
«Ballada» so‘zining bir nechta ta’rifi mavjud. Roman xalqlari o‘rta asrlardagi raqs qo‘shiqlarini shunday atashgan. Keyingi o‘rta asrlar va Uyg‘onish davrida esa «ballada» so‘zi musiqa jo‘rligida ijro etiladigan she’riy hikoyani, keyinchalik esa romantik hikoyanavis she’riyatning butun janrini anglatadigan bo‘ldi. Shuningdek, «ballada» deb hikoya qilish xususiyatiga ega musiqiy asarlarga ham aytilgan; zamonamizda esa sekin sur’atli romantik yoki […]
08.11.2024 | 14:21
1848
Behbudiyni kim oʻldirgan?
Amalimning yulduzikim, koʻz tikdiQora, jirkanch, oʻlim koni – yerlarga. Savol berdim: “Yoʻqotganim qayda?” – deb Oʻzimni ham yutmoq boʻlgan erlarga.Choʻlpon Rossiyada 1917-yil Fevral inqilobining roʻy berishi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonni tezlashtirib yubordi. “Inqilob davrida mufti Mahmudxoʻja, – deb yozgan edi Hoji Muin, – Jahon muhorabasining soʻnggi yillarinda asabiy xastaligi shiddatlanib, ishlay olmaydigan bir holgʻa kelib edi. Fevral inqilobi […]
08.11.2024 | 10:59
920
Germaniyadagi kutubxonalardan birida Motsartning nomaʼlum asari topildi
Germaniyadagi kutubxonalarning biridan Volfgang Amadey Motsart tomonidan yaratilgan 12 daqiqalik musiqa asari topildi. Tadqiqotchilarning taxminicha, bastakor ilgari nomaʼlum boʻlgan “Serenada” nomli asarni oʻsmirlik paytida yozgan. Ushbu kompozitsiya Germaniyaning Leypsig shahar kutubxonalari fondlarida saqlanib kelgan. Bu hudud Motsart tugʻilgan Avstriyaning Zalsburg shahridan taxminan 450 kilometr shimolda joylashgan. Kutubxona tadqiqotchilari Motsart ijodining mukammal roʻyxati hisoblangan Kuxel katalogining […]
07.11.2024 | 17:04
520
Halima Ahmedovaning yangi kitobi chop etildi
Taniqli shoira Halima Ahmedovaning «Shudringli parchalar» nomli yangi kitobi nashrdan chiqdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati xabar berdi. Kitobda shoiraning she’rga sig‘magan tuyg‘ulari, xotiralari, xulosa-yu o‘ylari jamlangan esse, maqola, hikoya va novellalar o‘rin olgan. Shoiraning dramaturg, ssenariynavis sifatidagi ijodi bilan ham shu to‘plam orqali tanishish mumkin.
07.11.2024 | 14:56
701
ABSTRAKSIONIZM
Abstraksionizm – tasviriy san’atdagi ushbu yo‘nalish vakillari real voqelikni aks ettirishdan voz kechadi. «Abstraksionizm» atamasi lotincha «abstractio» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «chetlashish, diqqatni bo‘lish» ma’nosini anglatadi. Atrofdagi voqelik hodisalari o‘rniga shakllar, chiziqlar va ranglar tasvirlarning obyektiga aylanadi, kompozitsiyalarning ifodaliligini esa bu elementlar o‘rtasidagi munosabatlar tashkil etadi. Rassomlar ular yordamida voqelikning subyektiv ekanligini ko‘rsatishga intiladi. Bunday […]
07.11.2024 | 12:06
1024
TO‘Y HAQINDA
O‘g‘lingizni o‘qutmoqg‘a bo‘lasiz ayyor-o‘v,To‘y qilsangiz osh bermoqqa aqchangiz bisyor-o‘v. Kambag‘al kelub to‘yga kirsa, ket, nari bor, boru,Boylar kelsa, to‘rga olub, oshu non tayyor-o‘v. Bid’atmi bu? Odatmi bu? – Nog‘ora qoqmog‘u,Shavkatmi bu tom boshida surnayin tortar-o‘v. Kulgan bizning bu ishlarga boshqa millatlar-o‘v,Pul sarf etub hajviy bo‘lmak bizga ne darkor-o‘v… Bid’at uchun sarf o‘ladir oltinu dinor-o‘v,Maktab desa, […]
07.11.2024 | 11:35
437
Alber Kamyu hikmatlari
7-noyabr – fransuz yozuvchisi va faylasufi Alber Kamyu tavallud topgan kun. Odamlarni yomon ko‘rishdan ko‘ra yoqtirishga asoslar ko‘proqdir. Hayotda tushkunliksiz hayotga muhabbat ham bo‘lmaydi. Inson — o‘zligicha qolishni istamaydigan yagona mavjudot. Odamlar o‘zini qonunni hurmat qilmayotganday qilib ko‘rsatishadi, aslida ular faqat kuchga bo‘ysunadilar. Men sening kelishingni bilsam, qancha bo‘lsa ham kutishga tayyorman. Yolg‘on gapirmaslikni biladigan […]
07.11.2024 | 11:24
314