KUTUBXONA
Bo'lim: E’lonlar
12-IYUL – ABDULLA AVLONIY TAVALLUD TOPGAN KUN
XIX asr oxiri XX asr boshidagi oʻzbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri, maʼrifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkentda Mergancha mahallsida toʻquvchilar oilasida tugʻilgan. Oilasidagi moddiy yetishmovchiliklar sababli bolaligidan suvoqchilik, gʻisht quyish, pechkachilik, binokorlik, duradgorlik kabi kasblar bilan shugʻullangan. Bularning ortidan “Imoratchi usta” degan nom oladi. U tarjimai holida bu haqida shunday yozgan: “12 yoshimdan Oʻqchi mahallasidagi madrasada dars oʻqiy […]
12.07.2024 | 07:28
3267
3-IYUL – FRANS KAFKA TAVALLUD TOPGAN KUN
Frans Kafka 1883-yilning 3-iyulida Praga shahrida tug’ilgan. Otasi o’z mehnati tufayli shaharda kichikroq bir fabrikaning egasi bo’lgan. Kafka Pragadagi nemis gimnaziyasini tugatib, 1901–1905-yillarda Praga universitetida huquqshunoslikni o’rgandi, san’at tarixi va olmonshunoslik bo’yicha ma’ruzalar tingladi. 1906–1907-yillarda Praga shahar sudining advokatlar idorasida amaliyot o’tadi. 1907-yilning oktyabridan boshlab xususiy sug’urta jamiyatiga xizmatga kirdi. 1908-yilda Praga tijorat akademiyasida shu […]
03.07.2024 | 07:33
567
2-IYUL – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GERBI QABUL QILINGAN KUN
Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 616-XII sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim […]
02.07.2024 | 08:09
641
22-IYUN – ERIX MARIYA REMARK TAVALLUD TOPGAN KUN
Nemis yozuvchisi Erix Mariya Remark 1898-yil 22-iyunda Germaniyaning Osnabryuk shahrida tavallud topgan. G‘arbda “Yo‘qotilgan avlod” deb atalgan adabiyotning yirik vakili. 1-jahon urushi qatnashgan yozuvchi asarlarida urush dahshatlari, 2-jahon urushi yillari va undan keyingi davrdagi hayotni, fashizmning mudhish qiyofasi, ma’naviy ezilgan, o‘zini jamiyatdan begonalashgan deb his qiluvchi kishilar qismati aks etgan “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” (1929) […]
22.06.2024 | 10:26
2611
17-IYUN – JAVLON UMARBEKOV TUG‘ILGAN KUN
Javlon Yusupovich Umarbekov 1946-yil 17-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti va Butunittifoq davlat kinematografiya institutini tugatgan. 1972-73-yillar Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida bosh rassom, 1974-76-yillar Toshkent sanʼat institutida pedagog, 1976-yildan Oʻzbekiston rassomlar uyushmasi boshqaruvi aʼzosi, 1984-87-yillarda raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. Uning ijodi serqirra, mavzuga boyligi, uslubiy rang-barangligi bilan diqqatga sazovor. Ilk ijodi realistik […]
17.06.2024 | 08:28
1177
16-IYUN – JOVANNI BOKKACHCHO TAVALLUD TOPGAN KUN
Yevropa Uyg‘onish davri adabiyotining yirik vakili Jovanni Bokkachcho 1313-yil 16-iyun kuni Parijda tug‘ilgan. U Neapolda huquq fanlarini oʻrganib, Florensiya siyosiy hayotida faol qatnashgan. Dastlabki asarlari “Filokolo” va “Filostrato” bo‘lib, unda ishqiy sarguzashtlar tasvirlangan. Bokkachchoning antik mifologiya syujetlari asosida yaratilgan “Ameto”, “Fyezolan parilari” pastorallari, “Fyametta” qissasi hamda sonetlari bor. 100 ta novelladan iborat “Dekameron” asari Bokkachcho […]
16.06.2024 | 02:39
1388
15-IYUN – NAZAR ESHONQUL TAVALLUD TOPGAN KUN
Nazar Eshonqul 1962-yil 15-iyun Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Tersota qishlogʻida dunyoga kelgan. 1979-yilda oʻrta maktabni tamomlab, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil oladi va oʻshu yerda aspiranturani ham davom ettiradi. Yozuvchi oʻzbek nasriga, ayniqsa, hikoyachiligiga oʻzgacha ovoz va ruh olib kirdi. U mana shu janrni Sharq va Gʻarb adabiyoti anʼanalari bilan uygʻunlashtirayotgan adiblar qatoridan joy olgan. Uning dastlabki asari – “Urush odamlari” qissasi. Shundan soʻng […]
14.06.2024 | 21:02
376
12-IYUN – ANNA FRANK TAVALLUD TOPGAN KUN
Anna Frank 1929-yil 12-iyunda Germaniyaning Frankfurt shahrida tugʻilgan. Asli yahudiy boʻlgan Anna Frank 1942-yildan 1944-yilgacha bosib olingan Gollandiyadagi hayoti haqida kundalik yozadi. Uning otasi Otto Frank II jahon urushidan omon qolib, Amsterdamga qaytib keladi va 1947-yilda kundalikni nashr ettiradi. Kundalik 1952-yilda “Yosh qizning kundaligi” nomi bilan ingliz tiliga tarjima qilinadi va keyinchalik “Anne Frankning kundaligi” […]
11.06.2024 | 21:01
439
11-IYUN – KAVABATA YOSUNARI TAVALLUD TOPGAN KUN
Yapon yozuvchisi Kavabata Yasunari 1899-yil 11-iyunda Osaka shahrida tavallud topgan. “Idzunlik o‘yinchi”, “Qorli o‘lka”, “Ming qanotli turna”, “Tog‘lar nolasi”, “Eski poytaxt”, “Uyqudagi nozaninlar” va “Go‘zallikning yaratilishi va mavjudligi” kabi asarlar muallifi. “Uyqudagi nozaninlar” qissasi tarjimon Uchqun Nazarov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Yozuvchi 1968-yil Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
11.06.2024 | 20:53
445
10-IYUN – SAID AHMAD TAVALLUD TOPGAN KUN
Said Ahmad 1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrining Samarqand darvoza mahallasida tugʻilgan. Uning bolaligi Elbek, Oybek, Gʻafur Gʻulom singari adiblar davrasida oʻtdi. Tabiatan qiziquvchan, tinib-tinchimas Said Ahmad adabiyotga kirib kelguncha juda koʻp sohalarda oʻzini sinab koʻrdi: agitplakatlar yozdi, artist boʻlishga urinib koʻrdi, doktorlik maktabida oʻqidi, qurilish texnikumida tahsil oldi, rassomlik maktabiga qatnadi, mashhur fotochi Pensonga shogird tushdi, gazetalarga xabarlar yozdi. U Nizomiy nomidagi pedinstitutda bir […]
11.06.2024 | 20:01
579
7-IYUNDA TAVALLUD TOPGANLAR:
Neʼmat Arslon 1941-yil 7-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Miraki qoʻrgʻonchasi yaqinidagi Takiya qishlogʻida dunyoga kelgan. “Mahmasharif xabardor”, “Ayol suvratiga chizgilar”, “Bir yigitning xayoli”, “Quyoshning koʻz yoshlari”, “Dengizda suzardi bir kema”, “Kafolat”, “Qoʻmondon” kabi asarlar muallifi. Adibning ikkinchi kitobi “Ayol suvratiga chizgilar” deb nomlandi. Bu kitobga “Muhabbat oʻyini”, “Osmonning boʻyogʻi”, “Aravakash”, “Oqqanotli kapalak”, “Enaga”, “Bugʻdoyzorda”, […]
06.06.2024 | 20:05
304
7-IYUN – O‘RXON PAMUQ TUG‘ILGAN KUN
Farit Oʻrxon Pamuq 1952-yil 7-iyunda Istanbul shahrining Nishontoshi tumanida dunyoga keldi. Ota avlodi oppoq lo‘ppi yuzli bo‘lganlari uchun odamlar ularga “Pamuqlar” deb laqab qo‘yishgan (“pamuq”- “paxta” degani), keyin ular bu laqabni o‘zlariga familiya qilib olishgan. U 1985-1988-yillarda Yava universitetida dunyo yozuvchilarining AQSh hayotini o‘rganishlari va kitob yoza oladigan bir holga erishishlariga imkon beradigan kursni bitirdi […]
06.06.2024 | 18:55
581
6-IYUN – ALEKSANDR SERGEYEVICH PUSHKIN TUGʻILGAN KUN
Rus yozuvchisi, yangi rus adabiyotining asoschisi Aleksandr Sergeyevich Pushkin 1799-yil 6-iyun Moskvada dunyoga keldi. Pushkinning “Boris Godunov”, “Dubrovskiy”, “Kavkaz asiri” asarlarini Choʻlpon, “Yevgeniy Onegin” asarini Oybek, “Boqchasaroy fontani” asarini Usmon Nosir, “Kapitan qizi” asarini Abdulla Qahhor, “Ruslan va Lyudmila” asarini Mirtemir o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Pushkinning rang-barang ijodi nafaqat rus adabiyoti, balki musiqa, […]
05.06.2024 | 19:33
1026
5-IYUN – FEDERIKO GARSIA LORKA TUG‘ILGAN KUN
Ispan shoiri va dramaturgi Federiko Garsia Lorka “Qo‘shiqlar”, “Lo‘lilar romanserosi” kabi asarlarida og‘ir va fojiali voqea-hodisalarni boshidan kechirgan jabrdiyda kishilarga, oddiy mehnatkashlarga hamdo‘stlik va xayrixohlik tuyg‘ularni kuchli va yorqin ifoda etgan. “Shoir Nyu-Yorkda” she’rlar to‘plami, “Ajoyib kavushdo‘z ayol”, “Qonli to‘y” qahramonlik dramasida oddiy kishilarning zolimlar zulmiga qarshi nafrati ifodalangan. Shoirning “Ispan jandarmlari haqida romans”, “Gitara”, […]
05.06.2024 | 08:05
512
1-IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni – har yili bolalar sharafiga nishonlanadigan esdalik sanasi boʻlib, ularni nishonlash sanasi mamlakatga qarab har xil boʻladi. Bolalarni himoya qilish kuni dastlab 1857-yil iyun oyining ikkinchi yakshanbasida Massachusets shtatining Chelsi shahridagi cherkov ruhoniysi doktor Charlz Leonard tomonidan boshlangan. Leonard bolalarga bag‘ishlangan maxsus xizmat o‘tkazdi. Leonard bu kunni “Atirgul kuni” deb […]
31.05.2024 | 21:36
941
30-MAY – MIRTEMIR TUG‘ILGAN KUN
O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir Tursunov 1910-yil 30-mayda Turkiston shahri yaqinidagi Eski Iqon qishlogʻida tug‘ildi. “Shu’lalar qo‘ynida”, “Zafar”, “Qaynashlar”, “Kommuna”, “Tong”, “Kipriklarim”, “Yodgorlik”, “Dilkusho”, “Suv qizi”, “Oysanamning to‘yida”, “Surat” dostonlari va “Qoraqalroq daftari” kabi she’riy to‘plamlari bilan o‘zbek she’riyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan. Badiiy tarjima Mirtemirning ijodiy faoliyatida katta oʻrin egallaydi. 1979-yil Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat […]
30.05.2024 | 07:09
1118
26-MAY – TILAK JO‘RA TUG‘ILGAN KUN
Adabiyotshunos, tarjimon va shoir Tilak Jo‘ra 1947-yilda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi Sayyod qishlog‘ida tug‘ilgan. Shoir “Rayhon”, “Olam ostonasi”, “Yulduzlar tabassumi”, “Chorrahadagi uy”, “Sanduvoch”, “Ruhiyat” she’riy to‘plamlari, tarjima ishiga oid “Tarjima san’ati” va adabiyotshunoslikka oid “Nozim Hikmat va O‘zbekiston”, “Hozirgi turk sheʼriyati” kabi bir qator kitoblari bilan o‘zbek adabiyotida munosib o‘rin egallagan. Tarjimon sifatida turk tilidan […]
26.05.2024 | 06:24
814
21-MAY – OXUNJON MADALIYEV TUGʻILGAN KUN
Oxunjon Madaliyev 1963-yil 21-may kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi Yangiarab qishlog‘ida tug‘ilgan. 1985-yil Farg‘ona pedagogika institutining (hozirgi Farg‘ona davlat universiteti) musiqa fakultetini tamomlagan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Qilichbek Tojiyevdan san’at sirlarini o‘rganib, 1989-yil “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida ilk yakkaxon konsertini beradi. Madaliyev vafotiga qadar yuzlab qo‘shiq kuylagan bo‘lib, “Yolg‘iz ayol”, “Onamning duosi”, “Seni bugun ko‘rmasam […]
21.05.2024 | 10:17
3869
18-MAY – XALQARO MUZEYLAR KUNI
Bugun respublikadagi barcha davlat muzeylari aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi. Ushbu kun dasturlari doirasida muzeylarda turli ko‘ngilochar tadbirlar, ko‘rgazmalar va mahorat darslari tashkil etiladi
18.05.2024 | 10:39
740
17-MAY – HALIMA XUDOYBERDIYEVA TUG‘ILGAN KUN
Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini “Saodat” jurnalida bo‘lim boshlig‘iligidan boshlagan. Ilk she’riy to‘plami 1968-yil “Ilk muhabbat” nomi ostida chop etilgan. Shoiraning “Oq olmalar”, “Chaman”, “Suyanch tog‘larim”, “Bobo quyosh”, “Issiqqor”, “Sadoqat”, “Muqaddas ayol”, “Bu kunlarga yetganlar bor”, “Hurlik o‘ti”, “To‘marisning aytgani”, “Yo‘ldadirman” va boshqa she‘riy kitoblari o‘zbek kitobxonlari qalbidan munosib […]
17.05.2024 | 09:00
1347
16-MAY – FATHULLA MA’SUDOV TUG‘ILGAN KUN
Fathulla Ma’sudov 1963-yil 16-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘z faoliyatini 1986-yilda O‘zbek Milliy akademik drama teatrida rejissyor yordamchisi sifatida boshlaydi. Fathulla Ma’sudov dublyaj sohasida ham besh yuzdan ortiq film qahramonlariga ovoz berib, tomoshabinlar qalbidan joy egallagan. Barchamizga tanish “Shaytanat” serialidagi Anvar obrazini Fathulla Ma’sudovning ovozisiz tasavvur etish qiyin. Ijodkor suratga tushgan “Tangalik bolalar”, “Kichkina tabib”, “Dada” […]
16.05.2024 | 10:36
644