KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
IJOBIY “YO‘QOTISHLAR” DAVOM ETADI…
Chegachi atalmish kasb egalari bo‘lganini bilasizmi? Katta avlod vakillari eslashar, ammo yoshlar “Bu qanaqa kasb?” deb yelka qisishlari aniq. O‘tgan asrning 60-yillarida aksar idish-tovoqlar sopoldan yasalgani uchun ehtiyotsizlik oqibatida sinib qolishi odatiy hol edi. Uy bekasi siniqlarni tashlab yubormas, yakshanba kuni bo‘ladigan bozorga yo‘li tushganida chegachiga chegalatib olardi. Chegalatish – sopol idishni yamash degani. Bizning […]
21.08.2025 | 09:30
387
BO‘TAKO‘ZNOMA
Kimdir bildi, kimdir bilmay qoldi – shu yilning 7-avgust kuni o‘zbek xalqi, millatimiz o‘zining ulkan bir ziyolisidan, qalbi-yu orzu-armonlari tog‘larday yuksak ulug‘ farzandidan ayrildi. Mashhur vatandoshimiz, ma’rifatparvar inson, zamonamiz jadidlaridan biri Jo‘ra qori Bo‘tako‘z 99 yoshida bu yorug‘ dunyoni tark etdi. Turli manbalar, xususan, adibning 2013-yil Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyotida chop etilgan […]
20.08.2025 | 12:38
707
ISHDAN ZAVQLANADIGAN DAVR KELDI
Yaxshilikning qanoti bor, degan gap to‘g‘ri ekan. Gazetamizning 25-iyuldagi 30-sonida urganchlik tadbirkorlar – ota-bola Abdullayevlarning zamonaviy kutubxonalar va kitob do‘konlari ochgani haqida maqola chop etilgan edi. Uni o‘qigan samarqandlik mushtariylarimiz “Biz tomonga ham bir qarab qo‘ying, opaginam, Paxtachidagi kutubxonani ko‘rsangiz, bahri dilingiz ochilib, siz ham bir maqola yozib yuborasiz”, deb qo‘ng‘iroq qilishdi. Darhaqiqat, Paxtachi tuman […]
20.08.2025 | 09:20
587
ZULMAT ICHRA NUR
O‘quvchilik yillarimda atoqli adib Mirkarim Osim asarlariga juda qiziqib qoldim. U kishi qalamga olgan Jaloliddin Manguberdi, Mashrab, Navoiy kabi buyuk tarixiy siymolarimiz obrazlari meni maftun qilib qo‘ygandi. Yana bir gapni ta’kidlab o‘tishim kerakki, u davrlarda tarixiy shaxslar hayotini yoritish nihoyatda qaltis ish edi: salga sen o‘tmishni ideallashtiryapsan, sovet mafkurasiga qarshi chiqyapsan, deb juvonmarg qilib yuborishlari […]
19.08.2025 | 15:49
1879
KUCH – ILMDA
Gulasal Bo‘tayeva – “Kelajak bunyodkori” medali sohibasi, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining 2-bosqich talabasi: – Joriy yilning 30-iyunida hayotimdagi eng unutilmas hodisa ro‘y berdi – davlatimiz rahbari qo‘llaridan “Kelajak bunyodkori” medalini oldim. Nazarimda, bu mening shaxsiy yutug‘im bo‘lsa-da, u minglab yoshlarga ilhom ulashdi. Chunki biz, ming shukurlar bo‘lsinkim, yoshlarga beqiyos imkoniyatlar yaratilgan shunday tinch yurtda […]
19.08.2025 | 12:35
549
XATARLI XURUJLAR: UNING OLDINI OLISH UCHUN NIMA QILMOQ KERAK?
Masala qanchalik jiddiy? Xolis e’tirof etish lozimki, bugunga kelib geosiyosatda din omili va ommaviy axborot vositalaridan foydalanish borasida qo‘shtirnoq ichida ilgarilab ketgan noxolis kuchlar faolligi kundan kunga ko‘proq kuzatilmoqda. Jamiyatlarni radikallashtirishda axborot omili, xususan, ijtimoiy tarmoqlar o‘ta samarali rol o‘ynayotgani esa sog‘lom fikrli har qanday kishini tashvishlantiradi. Bu hodisaning asosiy jihatlaridan quyidagilarni alohida aytib o‘tish […]
19.08.2025 | 09:07
775
OLIMLAR TARJIMONLARGA TIRGAK BO‘LSIN
O‘zbek tarjimachiligida asosiy e’tibor badiiy asarlarni chet tillardan ona tilimizga o‘girishga qaratilgan. Bu borada bizda asrlar bo‘yi yig‘ilgan boy meros va tajriba bor. Shunga qaramay, ayrim tarjimalarda hamon xato va kamchiliklar uchrab turibdi. “Yo‘qdan ko‘ra bor-ku”, qabilida bunday holatlardan ko‘z yumadigan vaqtlar o‘tdi. Bugungi o‘quvchi jahon adabiyotini asliyatda o‘qiydigan salohiyatga ega. Demak, ularda taqqoslash imkoniyati […]
18.08.2025 | 16:31
701
EL G‘AMXO‘RI
Hazrat Alisher Navoiy “Podshoh odil va haq niyatli bo‘lsa, mamlakat obod bo‘ladi, gullab-yashnaydi”, deb yozadi. Yana qadimgi hikmatlarda naql qilinadiki, “Yurtboshining qadami yetgan joyga Tangrining rahmati yog‘iladi”. Bu so‘zlarning hayotiy haqiqatini Qoraqalpog‘iston misolida ko‘rib turibmiz. So‘nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning g‘arbiy sarhadlarimizga qilayotgan har bir tashrifi biz uchun qator yangilik va imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Tashrif […]
18.08.2025 | 09:35
606
ABDURAUF FITRATNING “HIND SAYYOHINING QISSASI” ASARIDAN IQTIBOSLAR
“Hind sayyohi…”ni mutolaa qilar ekanmiz, Fitratning yurt taqdiri uchun qanchalik qaygʻurishi, iztirobga tushishini ravshan koʻrib boramiz. Buxoro amirligi oʻsha paytda hozirgi Qarshi, Gʻuzor, Shahrisabz, hatto Hisor togʻlarigacha boʻlgan hududda hukmronlik qilar edi. Ana shunday keng sarhadlarda maʼrifat va sogʻliqni saqlash, ilm-fanning taraqqiyotdan ortda qolishi sababini mullalar, mufti va amirlarning keng maʼnodagi ilm-fandan uzoqligi, mansab-u boylikka […]
16.08.2025 | 18:28
1823
MEHNATNING NONI TOTLI
Saodat SHERMATOVA,“Toshshahartransxizmat” AJ 8-avtobus saroyi elektrobus haydovchisi: – Ayol kishi birovning qo‘liga qarab yo osmondan chalpak yog‘ishini kutib o‘tirmasligi kerak. Sog‘ligi joyidami, kuch-quvvati bormi, harakatda bo‘lsin: institutda o‘qisin, ishlasin, hunar o‘rgansin. Xoh aqliy, xoh jismoniy mehnat odamni toblar ekan. “O‘tirgan – bo‘yra” deb bejiz aytishmagan. Ellik yoshga kirdim. Shu paytgacha birovdan ta’ma qilmadim. Afsus, sharoit […]
15.08.2025 | 16:48
793
Asosiy
“KETDINGMU SEN MENI TASHLAB…”
Cho‘lponning ilk ijodiy mashqlari “Sadoyi Farg‘ona” va “Sadoyi Turkiston” gazetalarida bosilgan. Shu tariqa u el og‘ziga tushdi, shoir sifatida tanildi. Turkiston Muxtoriyatining e’lon qilinganidan ruhlanib istiqlol kuychisiga aylandi. Sovet hukumati tomonidan Qo‘qon, umuman, Farg‘ona vodiysi qonga botirilganida cheksiz qayg‘uga botdi. Cho‘lpon 1919-yildan Toshkentda qo‘nim topdi. Bu yerda Fayzulla Xo‘jayev, Fitrat bilan tanishdi. Aslida, shoir Fitrat […]
15.08.2025 | 12:06
1368
TOJMAHALGA BORSAM MEN AGAR…
Dunyoning yangi yetti moʻjizasidan biri – Tojmahal haqida ko‘p o‘qigandim va eshitgandim. Boburiy humdor Akbarshohning nabirasi Shoh Jahon tomonidan sevimli malikasi Mumtoz Mahalga atab qurilgan ko‘zlarni qamashtiruvchi mahobatli dahma salkam besh asrdan buyon muhabbat ramzi bo‘lib kelyapti. Bo‘lganda ham, benazir, ulkan muhabbat ramzi! Hindistonda boburiylar sulolasi tomonidan bunyod etilgan me’morchilik obidalari ko‘p – Qizil qal’a, […]
14.08.2025 | 15:06
554
Asosiy
ARMONLI YILLAR SADOSI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi 2024-yil 19-iyuldagi qarorida qayd etilishicha, 1937–1953-yillarda mustabid sovet tuzumi tomonidan yuz mingdan ziyod xalqimiz vakillari qatag‘on qilingan. Ularning 13 ming nafari otib tashlangan. Minglab kishilar nohaq quloq qilingan, surgunga jo‘natilgan. Ular […]
14.08.2025 | 12:28
771
NAVOIYNING O‘LMAS ZAFARNOMASI
Buyuk millatlar dunyo sahnasida o‘z ma’naviyati, qalb sadosi, tarixiy merosi va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan tanilib kelgan. Ular qalbida esa bir necha avlodlar uchun yelkadosh, ruhiy kamolot sari yetakchi bo‘lgan shaxslar tirik ma’naviyat timsoliga aylanadi. Shu ma’noda, o‘zbek xalqi uchun Alisher Navoiy nainki o‘tmishning buyuk shoiri yoki mutafakkiri, balki ma’naviyat, adolat va yuksak […]
14.08.2025 | 10:02
621
“UCH OY QOVUNIM…” MATALI O‘ZGARGANIGA O‘N YILLARDAN OSHDI
Qadim zamonlardagi Xorazm ahlining tirikchiligini aniq-tiniq aks ettiradigan matalni eshitganmisiz: “Uch oy qovunim, uch oy sovunim. Uch oy qovog‘im, uch oy chavog‘im”. “Qovun”, “qovoq” – tushunarli. Lekin “sovun” va “chavoq” nima degani? Amudaryo har ikki sohilda yashovchi kishilarga faqat suvi bilan emas, turli baliqlari bilan ham tiriklik manbai bo‘lgan. “Chavoq” – bu baliq. “Sovun” deganda […]
13.08.2025 | 16:50
605
HAQ SO‘ZGA SADOQAT
Usmon Azim katta adabiyotga o‘tgan asrning 70-yillarida yoniq ovoz bilan kirib kelgan, ilk she’rlaridanoq o‘z kuchiga ishongan kurashchan shoir sifatida o‘zini namoyon etgan edi. She’rlariga ko‘chgan jasorat, isyonkor ruh, haqparastlik, vatanparvarlik va millatparvarlik hamda erkka tashnalik shoir shaxsiga, uning asarlariga muxlislarda katta ishonch uyg‘otdi. Davr ziyolilar, ayniqsa, ijodkorlardan xalq va millat taqdiri uchun kurashishni har […]
13.08.2025 | 11:22
456
UMID HUJAYRASI
Qulog‘iga chig‘anoq qo‘yib, dengiz tovushini tingladim, deydi ba’zilar. Ammo aslida u dengiz tovushini emas, vujudi bo‘ylab harakatlanayotgan o‘z qonining ovozini eshitayotgan bo‘ladi. Qon tanadagi ko‘plab funksiyalarni bajaradigan suyuq to‘qima bo‘lib, mayda-yirik tomirlar orqali barcha a’zolar qatori quloqlargacha ham yetib boradi. U qon aylanish sistemasi bo‘ylab kislorod tashiydi va to‘qimalarda yashovchanlikni ta’minlaydi. Biz qon ovozini chig‘anoqsiz […]
12.08.2025 | 15:05
399
ERIX MARIYA REMARKNING “UCH OG‘AYNI” ROMANIDAN IQTIBOSLAR
Gʻarbda “Yoʻqotilgan avlod” deb atalgan adabiyotning yirik vakili hisoblanmish Remarkning “Uch ogʻayni” asarida urush dahshatlari, Ikkinchi jahon urushi yillari va undan keyingi davrdagi hayotni, fashizmning mudhish qiyofasi, maʼnaviy ezilgan, oʻzini jamiyatdan begonalashgan deb his qiluvchi kishilar qismati aks etgan. Hech narsani yuragingga yaqin olma. Yaqin olsang, o‘sha narsani asrab qolmoqchi bo‘lasan. Bu dunyoda hech narsani […]
12.08.2025 | 12:30
861
Asosiy
BEHBUDIYNING MA’NAVIY MEZONLARI
XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelib, maorif va matbuot orqali yoyila boshlagan ma’rifatparvarlik g‘oyasining yirik namoyandalaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy edi. U ma’rifat targ‘iboti yo‘lida yangi usuldagi maktablar ochdi va dars taqsimotida dunyoviy fanlar ulushini oshirdi. Yangi usulda o‘qitish uchun bir qator darsliklar yaratdi va chop ettirdi. Shu bilan birga “Risolayi asbobi savod”, “Risolayi jug‘rofiyai umroniy”, […]
12.08.2025 | 11:13
933
KO‘NGIL – XAZINA, KO‘NGIL – BALO
“Ko‘ngil – Tangrining taxti”, deb yozadi Yunus Emro. Bu “taxt” adabiyotning abadiy mavzusi bo‘lib kelmoqda. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam asarlarida ko‘ngil motivi o‘zgacha ahamiyat kasb etadi. Bir qaraganda, jaydari, qo‘rs ko‘ringan qahramonlarning go‘zal ko‘nglini, ajib hislarini qalamga oladi adib. Qahramonlar tasvirini chizishda adib shaxsiyatidagi ko‘ngilchanlik, ta’sirchanlik bo‘rtib turadi va bu o‘quvchida hamdardlik hissini uyg‘otadi. […]
11.08.2025 | 15:35
495
BU DARDLARGA DAVO BORMU?
Kun hindining tandiriday qiziganda ayiqpolvonning terskay qazilgan o‘rasiday muzdekkina uyda “Barra bodring” degan yopishtirmasi xira tortib ketgan bonkadagi sovuq choyni xo‘plab, “insta” oralab taltayib yotgandim. Qarasam, birovi maylisda boshqasiga aql beryapti: “Mana, misol uchun sigirni olaylik. U tarvuz po‘chog‘ni yeb, sut beradi, qatig‘ beradi, pishloq beradi, yana go‘sht ham beradi. Biz-chi? Siz bilan biz tarvuzni […]
07.08.2025 | 16:56
529