KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
OLIMLIK UMRBODDIR
Muhaddislar sultoni Imom Buxoriyning “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” degan hikmati, mana, oradan 12 asr o‘tgan bo‘lsa ham, o‘z dolzarbligini yo‘qotmadi. Sakson yillik umrim davomida bu so‘zlar haqiqat ekaniga guvoh bo‘ldim. Prezidentimiz farmoniga binoan “Imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlangan kunlarimda ortda qolayotgan umr va ilm yo‘lim haqida ko‘p o‘yladim. Bu manzilga olib kelgan […]
11.09.2025 | 09:22
275
YOZISHGA EMAS… SANASHGA-DA ULGURMAYMIZ
Huv o‘sha zamonlarda – o‘tgan asrning 80-yillari adog‘ida uch yilcha tuman gazetasida ishlaganman. Bosh muharrir o‘rinbosari o‘laroq, har oy uchun reja tuzish zimmamda edi. Gazetaning doimiy ruknlaridan biri “Dolzarb qurilish inshootlarida” deb atalar va har oyda qaysidir qurilishning borishi to‘g‘risida lavha, reportaj tayyorlash majburiyati yuklangandi bizga. Yodimda, o‘sha vaqtda tumanda shunday ikki inshoot: 640 o‘rinli […]
10.09.2025 | 17:15
502
HAR BIR SO‘ZI SABOQ, HARAKATI DASTUR EDI
Rustam Qosimov haqida so‘z borsa, suyukli adibimiz O‘tkir Hoshimovning quyidagi gaplari yodimga tushadi. Yozuvchi maktabi yonidagi charxpalakni eslab yozadi: “Charxpalak kaftida suv ko‘tarib, yuqoriga olib chiqadi… tepaga chiqib olgan suv ortiga qaytmaydi… Charxpalak ham bundan ranjimaydi. Yangidan yangi suv tomchilarini yuqoriga ko‘tarib beraveradi… So‘ng… bir haqiqatni angladim. Men charxpalakni emas, ustozlarimni qo‘msar ekanman. Suv – […]
10.09.2025 | 09:48
398
Asosiy
O‘ZBEKISTON–YAPONIYA: XALQLARNI MA’NAVIYAT BIRLASHTIRADI
Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev joriy yil 27-avgust kuni Yaponiya tashqi ishlar vaziri Takeshi Ivayani rasman qabul qilishi, aslida, protokoldan kengroq ma’no kasb etdi. Unda O‘zbekiston–Yaponiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston–Yaponiya markazi faoliyatini kengaytirish va kelgusida uning negizida Yaponiyaning yetakchi universitetlari ishtirokida qo‘shma universitet tashkil etish rejalari […]
09.09.2025 | 12:49
885
O‘ZBEKISTON TASHABBUSLARI SHHT TA’SIRI VA JOZIBADORLIGINI OSHIRISHGA XIZMAT QILADI
Yaqinda Xitoy Xalq Respublikasining yirik port shahri – Tyantszinda bo‘lib o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti xalqaro miqyosda ushbu tuzilmaning siyosiy va iqtisodiy vazni tobora ortib borayotganini namoyon etdi, desak, adashmagan bo‘lamiz. 2001-yil iyun oyida oltita davlat tomonidan asos solingan va mintaqaviy xavfsizlik guruhi sifatida ish boshlagan ushbu birlashma bugungi kunda dunyo aholisining deyarli yarmini, Yer […]
09.09.2025 | 09:18
501
Asosiy
ALLOMANING BOQIY TIMSOLI
Turkistonda bir necha yillar davomida sovet bolsheviklari tomonidan “Bosmachilik harakati” deb atalgan, aslida esa milliy istiqlolchilik ruhidagi harakatlar hamda “Milliy ittihod” deb nomlangan ayblov ishlari natijasida – 1917–1924 yillar oralig‘ida Usmon Xo‘ja (1878–1968), Sadriddinxon Mufti Sharifxo‘jayev (1878–1946), Zakiy Validiy To‘g‘on (1890–1970), Tohir Chig‘atoy (1902–1987), Abdulvahob O‘qtoy (1904–1962) va boshqa ziyolilar vatanni tark etib, xorijda ham […]
08.09.2025 | 16:16
639
Asosiy
“UNI SARSON ETDI RASVO ZAMONA”
“Padarkush” dramasidagi badavlat, ammo ma’naviy qashshoq ota obrazi orqali Mahmudxo‘ja Behbudiy zamona boylarining tipik obrazini yaratgan. Ammo istisnolar ham yo‘q emasdi. XX asr boshlarida mintaqada ma’rifatli zodagonlar ham topilardi. Ulardan biri nurotalik Qozoqboy bo‘lib, yetti avlodiga yetadigan xazinalarga ko‘milib yashar edi. Shunga qaramay, o‘g‘li Boltaning erkatoy, yalqov va ishratparast bo‘lib ulg‘ayishini istamaydi. Erta kundan ilmga […]
07.09.2025 | 15:46
579
INSONIY ISHDAN CHETDA QOLMA!
Menimcha, odamzodning chekiga tushgan eng dahshatli fojia Vatanni himoya qila bilmaslikdir. Bunday ko‘rgilik hech bir bandaning boshiga tushmasin. Allohga shukr, bizda chegarasi mustahkam, manzillari obod ona Vatan bor. Barchamiz uning mehri, tafti, ardog‘i va siylovi bilan xushvaqtmiz. Peshonamizning olti qarichligi ham shundan. Dunyoda hamma uchun o‘z vatanidan yaxshi joy topilmaydi. Vatan yiqilganingda tog‘dek yelkasini tutadi, […]
05.09.2025 | 15:35
582
“O‘TLOVI UZOQ BO‘LSIN!”
Xorazmda birov yengil mashina olsa, qutlab borganda aytiladigan “O‘tlovi uzoq bo‘lsin!” iborasi mazmuni ulovning o‘ziga va egasiga uzoq umr tilamoqdir. Qadim bobolarimizga ot ham ulov, ham yo‘ldosh vazifasini bajargan bo‘lsa, texnika taraqqiyoti zamonasida uning o‘rnini yengil mashinalar egalladi. Inson bolasi borki, o‘ziga ulov olmoqni orzu qiladi. Imkoni bori ham, yo‘g‘i ham. Yodimda, 1966-yili otam traktorchiligi […]
04.09.2025 | 12:21
486
OTAM HAYOTINING MAZMUNI
Men professor Begali Qosimovning kenja farzandiman. Otamning o‘zbek adabiyoti oldidagi, xususan, jadidlik tadqiqoti borasidagi xizmatlarini asta-sekin anglab bormoqdaman. Chunki Begali Qosimovning aynan o‘zbek matbuotidagi adabiy-ijtimoiy maqolalari yuzasidan tadqiqot olib borib, dissertatsiya himoya qildim. Otam 60-yillar avvalida hali atroflicha o‘rganilmagan, juda chigal bo‘lgan davrdagi bir adabiy siymo, ya’ni Siddiqiy-Ajziy hayoti va ijodi bo‘yicha diplom ishini yozadi. […]
04.09.2025 | 09:14
559
ANVAR OBIDJON MAKTUBI
Uch yillik harbiy xizmatni mashhur Boyqo‘ng‘ir kosmodromida o‘taganman. Sinov raketasini parvozga tayyorlash oson ish emasdi. Harbiy qo‘mondonlik shtabida ishlaganim uchun qo‘shni qismlar bilan ham aloqa qilib turardim. Bir kuni shu yerda oltiariqlik Abdusalom ismli yigit bilan tanishib qoldim. Adabiyotga qiziqadigan, musiqani yaxshi tushunadigan, rubob chalishga qo‘li kelib qolgan yigit ekan, suhbatimiz tez qovushdi. Bo‘sh paytlari […]
03.09.2025 | 12:26
881
“AVAZA”NING OVOZASI
Bugun dunyo qalqib turibdi. Mushtdek zaminning turli puchmoqlarida gohi notinchlik, gohi tortishuv va janjallarni eshitib, televideniyeda ko‘rib, to‘g‘risi, boshidan qattiq kunlarni o‘tkazgan, qahatchilik zamonlarni ko‘rgan bizdek mo‘ysafidlar yurak hovuchlab o‘tiradi. Insoniyat uchun bu olamda tinchlik va xotirjamlikdan ko‘ra buyukroq ne’mat yo‘q. Xotirjam odam bunyodkorlik ishlari, ijod va san’at bilan mashg‘ul bo‘ladi. El-yurtida, oilasida tinchligi bo‘lgan […]
02.09.2025 | 15:48
329
Asosiy
TURKISTON TARIXINI YOZISH ORZUSI
Tarix milliy o‘zlikni anglash va targ‘ib etish uchun eng muhim vositalardan biri sanaladi. Shu bois XX asrning boshlarida jadidlar orasida Turkiston tarixini yozish masalasi maydonga chiqa boshladi. Bu xonliklarning xonadon tarixidan butunlay farqli o‘laroq, milliy tarix xususiyatiga ega bo‘lishi lozim edi. Turkiston tarixi yozma loyihasining rejasini Ismoil Gʻasprali “Tarixi jadidiy Turkiston” asarida taqdim etgan edi. […]
02.09.2025 | 09:15
964
BOSHBURTSIZ BEVATANLAR
Esimda, o‘rta maktabning yuqori sinfida ta’lim olayotganimizda adabiyot muallimimiz proletar kuychisi Mayakovskiyning “Sovet pasporti haqida she’r”ini baland pardalarda o‘qigan va yodlab kelishni topshirgandi. She’r xiyla katta va sarbast janrida yozilgani uchunmi, yodlash oson kechmagan. O‘shanda “Pasport degani qanday narsa? Siz ko‘rganmisiz?” deb so‘raganimda qishlog‘imizdan chiqqan birinchi oliy ma’lumotli muallim savolimni kutgandek kostyumi yon cho‘ntagidan qip-qizil […]
28.08.2025 | 12:20
543
INTERNET XUMORI YOXUD ASALNING HAM OZI SHIRIN
Bugun butun jamiyat, ayniqsa, yosh avlod qo‘lida, o‘ng-u so‘lida telefon: real hayot qolib, virtual olamga sho‘ng‘ib ketgan. Ko‘cha-ko‘yga razm solsangiz, deyarli bir xil manzara: yurib borayotgani ham, o‘rindiqqa cho‘kkani ham, bozor rastasida xarid qilayotgani, mashinada ketayotgani, savdoda navbatda turgani, shifoxonada yotgani-yu, oshxonada luqmaga qo‘l cho‘zayotgani… qay vaziyatda bo‘lmasin, qo‘lda telefon. Shunday, ko‘plar internetdan ko‘zini uzolmay […]
27.08.2025 | 16:10
522
SUV TEKIN… EMAS
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, biz foydalanayotgan ichimlik suvi qayerdan keladi? Xonadonimizdagi jo‘mrakkacha qanday bosqichlardan o‘tadi? Jahonda va yurtimizda suvga munosabat qanday? Yaqinlashib kelayotgan qurg‘oqchilik haqidagi ogohlantirishlar qanchalar jiddiy? Tizimdagi muammo va yutuqlar haqidagi savollarimizga “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati rahbari Akmal Murodovdan atroflicha javob oldik. – Jamiyatimiz 2019-yil 26-noyabrda “Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish […]
27.08.2025 | 12:18
652
INSONIYAT TOLEYI KAFOLATI
Jahon kinematografiyasi durdonasi bo‘lmish “Professor Douelning vasiyati” badiiy filmi 1984-yili suratga olingan. Syujet mohiyatiga tibbiyot, xususan, neyroxirurgiya taraqqiyotiga oid ilmiy bashoratlar singdirilgan. Filmda ilgari surilgan fikrni shunday talqin qilish mumkin: “Birinchi jarroh – Yaratganning o‘zidir. U Odam Atoning qovurg‘asidan Momo Havoni vujudga keltirgan. Agar olimlar to‘qimalarning xususiyatini mukammal o‘rgansa, ko‘chirib o‘tkazishdagi murakkabliklarni yecha olsa, tanadagi […]
27.08.2025 | 09:12
371
YANGI O‘ZBEKISTON: ILM-FAN, TA’LIM VATARAQQIYOT
Yaqin o‘tmishimizga tosh otish xalqqa ham, davlatga ham foyda keltirmaydi. Aksincha, dunyo miqyosida obro‘mizga putur yetadi. Qaysidir ma’noda uyning siri ko‘chaga chiqadi ham. Axir: “Saringni bersang ham, siringni berma!” degan donolarcha aytilgan maqolimiz bor. Bu yerdagi “sar” so‘zi “bosh” ma’nosida kelgan. Lekin… Yangi O‘zbekiston o‘tgan 9 yil mobaynida aynan qanday murakkab holatdan chiqib, qanday darajaga […]
26.08.2025 | 12:00
700
“BUNDA BOR HARORAT, MUHABBAT, SHAFQAT…”
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 14-avgust kuni imzolagan farmonini o‘qib, akademik shoirimiz Gʻafur Gʻulomning “Sen yetim emassan” she’rini yana bir bor mutolaa qilish ehtiyoji tug‘ildi. “O‘zbekistondagi bir guruh falastinlik fuqarolarga davlat g‘amxo‘rligi, mehr-shafqat tamoyillari asosida ko‘mak berish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi ushbu farmon haqiqiy insonparvarlik siyosatining amaldagi ifodasidir. Shoir iborasi bilan aytganda, “Quyoshday mehribon Vatan”imiz barcha […]
26.08.2025 | 09:12
569
Asosiy
HUQUQSIZ HUQUQSHUNOS QISMATI
Muhammadjon Mo‘minov 1903-yil Namangan shahrida tug‘ilgan. Dastlab eski maktabda, so‘ng gimnaziyada o‘qigan. 1917–1920-yillarda mustaqil ta’lim olib, yoshlar tashkilotiga ishga kiradi. O‘tgan asrning 20-yillarida o‘lkamizda milliy ozodlik harakati avj olgan edi. Bolsheviklar xalq qarshiligini tezroq bostirish hamda e’tiborni chalg‘itish maqsadida obro‘-e’tiborli ulamo, el ixlos qo‘ygan yo‘lboshchilarni birin-ketin xufyona qatl etib, aybni o‘zlari uchun noqulay bo‘lgan, xalq […]
25.08.2025 | 09:19
1025
KO‘NGIL OVOZI
O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov bilan ikki pardali, to‘rt ko‘rinishli suhbat Birinchi parda.Birinchi ko‘rinish. Teatr. – 1973-yil. Hozirgi O‘zbek milliy akademik drama teatriga ishga keldim. Boshida sahna ishchisi bo‘lganman. Bolg‘amni kamarimga qistirib, aktyorlarning sahnadagi harakatlari, yuz ifodasi, ovozini kuzatardim. Besh yillik institut tahsili bir yon, ustozlarni kuzatish bir yon bo‘lgan. U paytlarda sahnada kimsan – […]
22.08.2025 | 12:17
763