Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Maqolalar

O‘ZBEK KELAYOTIR…

O‘zbekiston deganda o‘ng qo‘lim beixtiyor ko‘ksimga qanday ko‘tarilganini o‘zim ham sezmay qolaman. Ayniqsa, Yangi O‘zbekistonning keyingi yillardagi ulkan zafarlarining xush mujdalarini eshitganimda quvonganimdan o‘zimni qo‘yarga joy topolmayman. Aslida, kamtarin ijodim namunasi bo‘lgan “O‘zbek kelayotir…” balladasi bir paytlar “o‘zbek ishi”ni uyushtirganlarga javob o‘laroq yozilgan. She’r ulug‘ o‘zbek tarixining tarannumi bilan boshlansa-da, keyingi davrda Yangi O‘zbekiston zafarlarining […]

29.07.2025 | 12:38

img1517

SUKUNATDA “SO‘ZLAYDIGAN” SAN’AT

San’atning turlari ko‘p. Insonning ular orasidan o‘ziga keraklisini topib olishi ham bir san’at. Mening haykaltaroshlik yo‘nalishida ijod qilishim bevosita rassomlik, rang-tasvir bilan bog‘liq. Har bir haykal muayyan bir tarix, dunyoqarash va ruhiyat haqida so‘zlovchi badiiy hujjatdir. Ko‘pchilik, ayniqsa sayyohlar haykallar poyida suratga tushishni, ularning mahobati oldida zavq va hayrat tuyishni xush ko‘radi. Bu tabiiy, chunki […]

28.07.2025 | 09:10

img643

Asosiy

AYBIN BILMAY KETGAN FUZAYL SHERAHMEDOV

O‘tgan asrning 20-yillarida Germaniyada tahsil olgan turkistonlik talabalar mavzusi keyingi vaqtda keng yoritilgan. Bu izlanishlarni qo‘llab-quvvatlagan holda, ushbu mavzudagi dastlabki ilmiy tadqiqotlar zahmatkash olim Sherali Turdiyevning “Ular Germaniyada o‘qigan edilar” kitobi (1992-yili)da, marhum ustozlarimiz – Begali Qosimov, Naim Karimov, Boybo‘ta Do‘stqorayevning maqolalarida o‘z ifodasini topganini adolat yuzasidan ta’kidlash lozim. Shuningdek, 1998-yili “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan […]

27.07.2025 | 15:27

img911

ANGLASH IZTIROBI

Ko‘rdim bu olamda turfa qiyofat,Ko‘rdim bu hayotda har son bo‘rini.Sizni uchratguncha va lekin faqatKo‘rmagandim sizdek Luqmon Bo‘rini… Mansur JUMAYEV Erka inson edi Luqmon Bo‘rixon. Qadrini bilar, izzatini joyiga qo‘ymagan yerga qadam bosmasdi. Ba’zida kekkaygan, ba’zida xoksor, xullas, o‘z dunyosi bilan yashayotgan o‘spiringa o‘xshab ketardi. Hamisha ojizlarni himoya etar, zaiflarning tarafida turar, hatto futbolda ham, ataylab […]

25.07.2025 | 15:47

img973

MEHR-U IXLOSIMGA BOIS…

Vahob Rahmon bilan meni bir-birimizga yaqinlashtirgan vositalardan biri atoqli shoir va mutafakkir, iste’dodli sarkarda, adolatli hukmdor Zahiriddin Muhammad Bobur va uning xotirasidir. Har yili 14-fevral kuni hazratning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan xalqaro yo an’anaviy yig‘inlar viloyat hokimligi va Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi tomonidan Andijonda tashkil etiladi. Mazkur ilmiy-adabiy anjumanlarda Vahob Rahmon ham Bobur ijodiy […]

25.07.2025 | 11:56

img833

Asosiy

BIRINCHI O‘ZBEK SHE’RIY ROMANINI KIM YOZGAN?

She’riy roman yozilishi kamyob hodisa. Roman darajasidagi keng qamrovli voqea-hodisalarni nazmiy shaklda ifoda etish juda murakkab. “She’riy roman” tushunchasi adabiyotshunoslikka kirib kelguniga qadar ham katta hajmdagi she’riy epik asarlar ko‘p yaratilgan. Firdavsiyning “Shohnoma”si, Navoiyning “Farhod va Shirin”, “Saddi Iskandariy” dostonlari, undan ham oldin yaralgan “Iliada” va “Odissey” eposlari mohiyatan olib qaralsa, she’riy romanning bir ko‘rinishi […]

24.07.2025 | 14:14

img1814

YOLG‘IZLIKNING TANHO YOZUVCHISI

Frans Kafka XX asr adabiyotining sirli va betakror dahosi, inson ruhiyatidagi qo‘rquv va xavotirni tipiklashtirish darajasiga olib chiqqan birinchi yozuvchi degan ta’rif bor. Nemis tilida ijod qilgan chexiyalik yozuvchi 1883-yili Pragada tug‘ilib, voyaga yetgan. Nemis gimnaziyasini tugatganidan so‘ng, otasining istagi bilan Praga universitetida huquqshunoslik yo‘nalishida ta’lim olgan. Otasi German Kafka qattiqqo‘l, hissiyotlarga berilmaydigan og‘irkarvon inson […]

23.07.2025 | 12:15

img1067

BOLALAR KONTENTINI YARATISH – DAVR TALABI

Yosh ijodkor Qobiljon SHERMATOV bilan suhbat – Qobiljon, avvalo, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti muborak bo‘lsin! Taqdirlash marosimida Prezidentimiz “Yosh avlodni turli zararli ta’sirlardan asrash, ularga axborot makonida foydali, mazmunli ma’lumotlarni yetkazish va targ‘ib qilish doim e’tiborimiz markazida bo‘lishi zarur”, degan fikrni ta’kidlab o‘tdi. Shu maqsadda Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilingani qayd etildi. Milliy kontent […]

23.07.2025 | 09:32

img983

TANDIRDA TOBLANGAN TOR

Yakkaxon ijroda torning o‘rni beqiyos. “Shashmaqom”dan tortib, barcha mumtoz qo‘shiqlarimiz musiqasi  ijrosida tor sasi alohida ajralib turadi.  Shu bois, tor cholg‘usi hofiz-u go‘yanda, qo‘shiqchi-yu xonanda ahli tanasining bir bo‘lagiga aylanib ulgurgan. Odatda, “umrida tor ushlab ko‘rmagan” iborasining o‘zidan “yulduz” yasab olgan otarchilarga nisbatan ishlatilishi ham uning milliy qo‘shiqchilik san’atimizdagi o‘rni, nufuzi naqadar yuksak ekanini ko‘rsatadi. […]

22.07.2025 | 12:28

img961

Asosiy

Akademik Abdulla A’ZAMOV: “ILMGA ASOSLANIB ISHGA KIRISHMOQ KERAK”

– Bu suhbat aynan “Jadid” gazetasi muxlislarining iltimosiga ko‘ra tashkil etilmoqda. Bunga ikki oy muqaddam gazetaning solnoma kitobi taqdimotida tabiiy va aniq fanlar, IT texnologiyalari va sun’iy intellekt rivoji haqida so‘zlaganingiz, millat oydinlarini, yoshlarni bu ilmlarni egallashga undaganingiz ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otgani turtki berdi. – Ha, shunday bo‘lgan edi. Aslida men o‘shanda “Hazrat Navoiy – zamondoshimiz” […]

22.07.2025 | 08:45

img1342

Asosiy

AKA-UKANING AYANCHLI EGIZ TAQDIRI

Inson va jamiyat taraqqiyoti hech qachon oson kechmagan. Tarix tajribasi shuni ko‘rsatadi. Tabiiyki ijtimoiy o‘zgarishlar, ma’naviy uyg‘onish, hurriyat uchun kurash sinov-u imtihonlarsiz o‘tmagan. Erk osonlikcha kelmagan va yoki “oydan tushgan emas”. O‘z davrining yetuk olimi, shoir Rudakiy deganidek: Bilki, qiyin hayot berurtappa-taxt,Fozillik, ulug‘lik,mardlik hamma vaqt. XX asrning 30-yillaridagi siyosiy qatag‘on davri ayni haqiqatni yanada yaqqol […]

21.07.2025 | 09:55

img966

“QABR”NING 23 MILLIONLIK JABRI

“Samarqand shahrida ilk marotaba, 7 yoshdan 70 yoshgacha, o‘tkir syujetli “Qabr” filmiga kinokasting! Shoshiling, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Manzil: Pastdarg‘om tumani madaniyat bo‘limi zali”. Ushbu e’lon katta-kichikni birdek qiziqtirib, shoshirib qo‘ydi. Viloyatlarda bunaqa kasting-pastinglar hadeganda bo‘lavermaydi-da! Qolaversa, film rejissyori Ahmad Qiyomsho poytaxtdan kelgan. Qo‘lida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yangiyo‘l shahar kengashi yosh rejissyorlar to‘garagi rahbari, degan […]

19.07.2025 | 12:44

img1087

Asosiy

AVLONIYNING GULISTONI

Ulug‘ ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniyning nevarasi, kimyo fanlari nomzodi, falsafa doktori, polimerlar va nanotexnologiyalar kimyosi bo‘yicha muhandis Jamshid Avloniy uzoq yillar AQSHda yashab, nufuzli kompaniyalarda rahbar lavozimida faoliyat olib borgan. Bugungi kunda esa, olim bobosi nomi bilan atalgan malaka oshirish instituti bilan hamkorlikda mamlakatimizga ilg‘or texnologiyalarning kirib kelishida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Jamshid Avloniy 1956-yilda […]

17.07.2025 | 12:39

img1361

YANGI O‘ZBEKISTONGA XOS YANGICHA MUHTASHAM “DEVON”

O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyidning “Yarim asr devoni” nomli bir jildlik salmoqli  kitobi yaqinda Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida yuksak did va nafosat bilan nashr etildi. Kitobning nomlanishi haqida Kitobda shoirning roppa-rosa 50 yil davomida bitgan she’rlaridan boy namunalar jamlangan. Muhimi, el-yurtimiz tarixi, qismati dardini kuylashni o‘zi uchun farz va qarz deb bilgan hassos […]

17.07.2025 | 09:19

img1123

Asosiy

BEHBUDIYNING XO‘JANDLIK MUHIBLARI

Nu’monjon Gʻafforiy,tarix fanlari doktori, professor(Tojikiston Respublikasi): – Xo‘jandlik Said Boboxon Ahroriy Turkiston jadidlari sarvari bo‘lmish Mahmudxo‘ja Behbudiyning shogirdlari va tarafdorlaridan biridir. U kishi 1910-yilda Xistevarz qishlog‘i va yon-atrofdagi hudud bolalari uchun yangi usul maktabini ochadi. Ta’lim muassasasining ilk o‘quvchilaridan biri bobom Abdug‘affor Hasanov bo‘lgan. Ahroriy domla vafotidan oldin bobomga “Oyina” jurnalining 68 ta sonini ishonib […]

16.07.2025 | 12:43

img759

“O‘Z YURTIDA ONA TILIN UNUTGANLAR…”

Svetlana KIM: – Men O‘zbekistonda tug‘ilib-o‘sdim. Yurtimni juda yaxshi ko‘raman. Kimyogarman. Moskvada o‘qir ekanmiz, kursdoshlarim o‘sha yerda qolishga yoki yaxshi yo‘llanma olishga intilishardi. Menga Belorusdagi yirik kimyo zavodiga yo‘llanma berishdi, ammo undan voz kechdim. Chunki uyga – O‘zbekistonga qaytishni istadim. Rosti, boshqa joyda yashashni tasavvur qilolmayman. Toshkentga qaytib, ishga joylashdim. Millatim koreys, rus tilida ta’lim […]

16.07.2025 | 08:34

img1025

ADABIYOTGA YO‘L ZOMINDAN BOSHLANADI

“…Biz Zomin yoshlari kelgusida hayot va ijodda ulkan muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonamiz. Zero, ularga shaxsan Davlat rahbarining o‘zi “Yosh ijodkorlarning mustaqil Vatan adabiyotiga Jizzax diyoridan qo‘yayotgan qadamlari qutlug‘ bo‘lsin!”, deya ezgu tilaklarini bildirgan edi. Seminar shioriga aylangan bu so‘zlar zamirida esa davlatning adabiyot va adabiyot ahliga, kitobxonlikka berayotgan bemisl e’tibori va g‘amxo‘rligi mujassam…” An’analar etadi davom… […]

15.07.2025 | 11:52

img1081

JIGARLARIMIZDAN JIGARIMIZNI AYAMAYLIK

Inson hayoti davomiyligi va salomatligi uchun eng muhim a’zolardan biri jigardir. U hech qachon og‘riq bermaydi. Chunki jigarda nerv tolalari yo‘q. Afsuski, ana shu “beozor”lik ko‘pincha qimmatga tushadi. Jigar kasalliklarining eng og‘ir turlarida ham inson o‘zida xastalik kechayotganini sezmay qolishi mumkin. Ko‘p hollarda bu so‘nggi chora – boshqa organizmdan jigar ko‘chirish amaliyotini o‘tkazishga olib keladi. […]

15.07.2025 | 08:49

img676

TARIX ILMINING RUSTAMI DOSTONI

Bayoniy “Xorazm tarixi” asarida keltiradi: “Tarix kitobi yozishning bir sharti bor. Tarixiy voqealarni yozuvchi tarafdorlik etmasdan, bo‘lgan voqealarni rostlik bilan bayon etishi kerak. Agar rostlik bilan bayon etmasa, uning so‘zlari hech bir odamga ma’qul bo‘lmaydi”. Chindan, tarixiy mavzuda tadqiqotlar olib borayotgan muarrix xolis bo‘lsagina moziydagi jarayonlarni haqqoniy tahlil eta oladi. Tabiiyki, buning uchun tarixchi siyratida […]

14.07.2025 | 16:34

img757

QO‘LDA TO‘QILGAN “UCHAR GILAM”LAR

Tog‘li Oltoy o‘lkasining “Beshinchi Pazirik” qo‘rg‘onidan eramizdan oldingi V-VI asrlarga oid deb taxmin qilingan gilam topilgan. Abadiy muzliklar ichida qolib ketgan nodir ashyoning chirimaganiga faqat past havo harorat sababmikin? Abadiy merosga aylanajak gilamlar bugun ham to‘qilyaptimi? Bu savolga javob beradigan odamni Samarqanddan topdik. “Samarqand – Buxoro ipak gilami” kompaniyasi rahbari Furqat Niyozov ana shunday moʻjizakor […]

14.07.2025 | 09:30

img969

Asosiy

MA’RIFAT LIBOSIDAGI OZODLIK

Behbudiyning 1907-yilda Rossiya dumasiga yoki Musulmonlar fraksiyasiga topshirgan “Turkiston madaniy muxtoriyati” deb nomlangan loyihasini o‘qib, moziydagi muhim voqeliklarga sababchi bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatlardan xabardor bo‘lamiz. Loyihaning bir bandida shunday yoziladi: “Turkistonga ko‘chmanchilarning olib kirilishi to‘xtatilsin”. Har gal uni o‘qiganimda, bu o‘ta yirik loyiha uchun Behbudiy qancha izlangan, fikrlagan, maslahatlashgan ekan, deb o‘ylab qolaman. Madaniy muxtoriyat deyilgani […]

13.07.2025 | 12:41

img1131

JADID KUTUBXONASI