KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
ADABIY TIL MAKTABI QAYERDA?
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli yozuvchi Nazar Eshonqul bilan suhbat – Haqiqiy ijodkor faqat o‘z davri va davrasi uchun yozmaydi. Asarlari asrlar davomida yashashini, millionlab qalblarni zabt etishini istamagan yozuvchi bo‘lmasa kerak. Nazar aka, bu istakning ijobati siri nimada? – To‘g‘ri aytdingiz, har bir yozuvchi umid bilan yozadi. Yozish asnosida shu ko‘hna olam, […]
11.07.2025 | 13:17
1129
YURT ISHQI
RAVOJ O‘TAR (Rao‘aj Otarbayev) – 1980-yil 14-fevralda Chimboy tumani “Kenges” ovul fuqarolar yig‘inida tug‘ilgan.O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Oliy adabiyot kursida tahsil olgan. Qoraqalpoq davlat universitetini jurnalistika bo‘limini tugatgan.“Jayhun jilvalari”, “Vatan mehri” she’riy to‘plamlari muallifi.O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. TEATR O‘spirin bolangning ushlab qo‘lidan,Qaytarib noma’lum manzil yo‘lidan,Aktyor uchun olib gulning zo‘ridan,Kel, do‘stim, xizmatga tayyor teatr. Hayotning lazzatin, […]
09.07.2025 | 15:57
693
JAVONDA “QARIYOTGAN” TO‘NLAR
Yetti yil oldingi gap. Qo‘shni elatdagi o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchi yigitlari iltimos bilan kelishdi: “Maktabimizda hazrat Navoiy va Bobur Mirzo tavalludlari kuniga sahna ko‘rinishi tayyorlayapmiz. Sizda zarto‘n bor deyishdi… Berib tursangiz”. Haqiqatdan ham kiyim javonimda turli sana, tadbir, to‘ylarda yelkamga tashlangan zar choponlar bor edi. Ozmas – naq o‘n ikkita. Hazrat Navoiy hamda shoh […]
09.07.2025 | 12:06
892
OLIM BO‘LSANG, OLAM SENIKI
O‘ttiz yildan ziyod umri dunyoning eng mashhur ilmiy markazlaridan biri – Dubna birlashgan yadro tadqiqotlari institutida (Rossiya) o‘tayotgan o‘zbek olimi, fizika-matematika fanlari doktori Avazbek Nosirovni olim sifatida emas, inson sifatida kashf etishga harakat qildik. Avazbek Nosirov 1982-yildan buyon yadro-yadro to‘qnashuvidagi jarayonlar mexanizmi bo‘yicha ilmiy faoliyat olib boradi. 1987-yili Dubnada Birlashgan yadro tadqiqotlari institutida “Og‘ir ionlar […]
09.07.2025 | 09:22
764
BOQIBEG‘AMGA BAXT BEGONA
Uyg‘onmoq mashaqqati, uyg‘otmoq mas’uliyati haqida spektakl Yaqinda Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida taniqli yozuvchi Xayriddin Sultonning “Uyg‘on, bolam!” asari asosida ustoz rejissyor Olimjon Salimov tomonidan sahnalashtirilgan spektakl premyerasi bo‘lib o‘tdi. Qarshi shahri shu kuni bamisoli mamlakatning teatr poytaxtiga aylandi. Premyerada viloyatda istiqomat qilayotgan ijodkorlar, professor va o‘qituvchilar, yoshlar, mehnat faxriylari bilan bir qatorda Toshkentdan borgan […]
08.07.2025 | 12:38
850
ALASH QAHRAMONI
Taniqli jamoat arbobi, ma’rifatparvar, “Alash” partiyasi a’zosi, jurnalist va dramaturg Bilol Suleyevning suronlar ichida o‘tgan qisqa umriga nazar tashlagan odam uning sermahsul faoliyati va achchiq qismatidan mutaassir bo‘ladi. U qo‘shni qozoq diyorida tashkil qilingan Alash o‘rda hukumatida hurriyat, milliy davlatchilik uchun fidokorona xizmat qildi. Ma’rifatparvar pedagog sifatida ko‘plab shogirdlar tarbiyaladi, darslik va qo‘llanmalar yaratdi. Quyida […]
08.07.2025 | 11:13
775
BIZDAN QAY ISH LOZIM BO‘LSA, BARCHASIGA TAYYORMIZ!
Davlat rahbarining xalq bilan, xususan, yoshlar bilan muloqoti soni yildan yilga ortib bormoqda. Navbatdagi uchrashuv 30-iyun ‒ Yoshlar kuni bayrami munosabati bilan poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida o‘tkazildi. Global yoshlar forumining yopilish marosimi ham ushbu kunga to‘g‘ri kelgani tadbirga alohida mohiyat bag‘ishladi. Uchrashuv boshlanishidan oldin yurtimizning turli nuqtalaridan yig‘ilgan yoshlar o‘zaro tanishdik. Do‘st‑birodar, o‘rtoq‑dugona bo‘ldik. O‘z […]
08.07.2025 | 09:52
845
OFATGA AYLANGAN ODATLAR
O‘zbekistonda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’rakalar va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish bo‘yicha parlament va jamoatchilik tomonidan faol ish olib borilayotgani haqida eshitib xursand bo‘ldim. Nega deysizmi? Chunki bu turlik hashamlardan biz – tojikistonliklar ham toza kuyganmiz. Har gal biror davrada to‘y xarajatlaridan gap ochilsa, bir voqea esimga tushaveradi. …2007-yilda Asht nohiyasidagi Oshoba qishlog‘ini sel olgan edi. […]
04.07.2025 | 12:32
2507
TILAK VA ISTAK
Jurnalistikaga qiziqish o‘quvchilik yillarimdan boshlangan. O‘sha kezlari juda ko‘p kitob o‘qirdim. Kitobga ishtiyoq asta-sekin yozishga qiziqish uyg‘otgan. Yuqori sinflarda tuman, viloyat va respublika gazetalariga “dalalardan daraklar” tarzida maqola va xabarlar jo‘nata boshlaganman. U paytda tahririyatga kelgan har bitta maqolaga, albatta, javob yozilardi. Birgina xatning kelishi nafaqat maktabda, balki butun qishloqda shov-shuv bo‘lib ketardi: “Ey, falonchiga […]
04.07.2025 | 09:16
1966
Asosiy
“SHAP-SHAP”LAGAN SHKAPSKIY
“Tarixni g‘oliblar yozadi” deyilmish gap bor. Agarda o‘sha “g‘olib” bosqinchi maqomida bo‘lsa… bunday tarixga mag‘lublargina emas, maymunlar ham yig‘lashi shubhasiz. Turkistondagi uchta mustaqil xonlik chor Rusiyasi tomonidan bosib olingach, xuddi shunday “g‘olibona tarixlar” yozilgan. Bosqinchi qo‘shin safida kelgan turli maqom va darajadagi olimlar va keyinchalik o‘lkani o‘rganish uchun yuborilgan mutaxassislar yozgan va ko‘p nusxada chop […]
03.07.2025 | 12:32
3689
Asosiy
MILLATNING UMUMDARSXONASI
27-iyun – mamlakatimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Zotan, 1906-yilning aynan mazkur sanasida Munavvar qori Abdurashidxonov boshchiligida Ismoil Obidiy muharrirligida o‘zbek jurnalistikasi tarixida ilk milliy nashr – “Taraqqiy” gazetasiga asos solingan. Bu millat ziyolilarining erk va mustaqillik uchun kurash yo‘lidagi birinchi so‘z minbari edi. Milliy matbuotga asos solingunga qadar Behbudiy kabi turkistonlik ziyolilar […]
02.07.2025 | 12:31
1871
“ENDI ISHLASH KERAK BU KENGLIKLARDA…”
Sulton-ul ulum Mirzo Ulug‘bek ta’biricha, “Riyoziyot g‘oyat bir yuksak fanki, unda bir olam mo‘jiza yotadi”. Yana matematikani “aql-idrok musiqasi”ga ham qiyos etishadi. Mumtoz matematiklar aniq fanlar muxlislariga turli manbalarda bir xil xitob qilgan ekan: “Keling, fikrlashni o‘rganamiz!” Darhaqiqat, zamonaviy dunyoda ushbu fanning ahamiyati har qachongidan ko‘ra dolzarb. Salohiyatli va yosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ham shunga […]
01.07.2025 | 16:53
1661
Asosiy
FARGʻONA XOTIRALARI
Behbudiyning “Farg‘ona xotiralari” “Tujjor” gazetasining 1908-yil 1-yanvar 17-sonida nashr etilgan. Behbudiy samarqandlik hamrohi Abdulhamid mutavalli bilan birgalikda eski Marg‘ilon, Yangi Marg‘ilon (Skobelev), Xo‘jand shaharlaridagi usuli jadid maktablari bilan tanishadi. Darvoqe, Behbudiy ushbu sayohatining bir qismini “Farg‘ona xotiralari” nomi bilan “Turkiston viloyatining gazeti”ning 1907-yil 30-dekabr 97-sonida e’lon qilgan edi. Unda muallif Andijondagi usuli jadid maktablari, bir […]
01.07.2025 | 12:52
1632
BARAKALLA, SHOHIDA!
Shohida – jussasi kapalakdek nozik, ammo qat’iyati burgutdek mustahkam Xorazm qizi. U o‘zi bayroq qadagan cho‘qqilarda boshqa o‘zbek qizlarining ham yalovlarini ko‘rishni istaydi. “Men vatandosh opa-singillarimning “shunchaki ayol…” emasligini butun dunyoga isbotlayman!” Bu 30 dan oshiq xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan yoshgina qizning balandparvoz gaplari emas, balki boshi uzra baland ko‘targan hayotiy shiori. […]
01.07.2025 | 09:31
1169
Asosiy
“TIRIKSAN, O‘LMAGANSAN SEN…”
O‘z zamonasining dardi bilan yashamagan, xalqning shodligi-yu g‘amini qalban his qilmagan inson na chin fuqaro, na komil shaxs bo‘la oladi. Vatanga muhabbat baland da’volar, balanparvoz hayqiriqlar emas, aksincha, hech bir ta’masiz unga xizmat qilish, bobolarning ezgu ishlarini davom ettirib, ular yoqqan chiroqlarni o‘chirmay asrashda ko‘rinadi. Mana shu sharafni anglaganlargina o‘z ilm-u salohiyatini, borini yurt ravnaqi […]
30.06.2025 | 16:45
1724
“YASHIL DENGIZ” HAYRATLARI
Mundoq do‘ppimni olib o‘ylab qarasam, O‘zbekistonning men bormagan go‘shasi qolmabdi hisob. Biroq so‘nggi yillarda Orolbo‘ylarini hech borib ko‘ray demabman. Shu xayolda tarixchi-olim Umid Bekmuhammad hamrohligida Mo‘ynoqqa otlandim. Yo‘lning ravonligidan safar mashaqqati sezilmadi. Manzilga yaqinlashar ekanmiz, rang-barang gullar, yam-yashil daraxtlar, bir-biridan ko‘rkam imoratlarga duch kelaverdik. Yoshlar markazi, amfiteatr, muzey, kasb-hunar maktablari, zavod va fabrikalar… Bular yaqin […]
30.06.2025 | 09:32
1024
Asosiy
SHAMAYGA BORGAN OTABEK
“Manas”ga hujum bo‘lganida Muxtor Avezov jonini o‘rtaga qo‘yib: “Qirg‘iz xalqining hayotidan “Manas” yulib olinsa, butun xalqning tilini kesib olgan bo‘lamiz”, degan genial fikrni aytadi. “Manas”ni avaylab-asrashda, saqlab qolishda Muxtor Avezov chin jonkuyar ziyoliga xos bebaho tarixiy xizmat qildi. XX asrning 50-yillari o‘rtalarida sobiq Ittifoq tepasida o‘tirgan millatparvarlar qotili vafotidan keyin Abdulla Qodiriyning oqlanishida qaysidir ma’noda […]
27.06.2025 | 15:00
1485
SUN’IY INTELLEKT G‘AZAB QILADIMI?
Ijtimoiy tarmoqda mashhur sayyoh-bloger bilan suhbatga ko‘zim tushdi. U aytyapti: “Kelajakda sun’iy intellekt bizga buyruq berishi, ba’zi harakatlarimizdan jahli chiqishi va hatto jazolashi mumkin”. Bordi-yu, ko‘rsatmasidan bo‘yin tovlagudek bo‘lsak, ijtimoiy tarmoqlarda unga ma’lum parol, suratlarimizni; o‘ziga ayon xato-kamchiliklarimizni ommaga doston qilishi hech gap emas, deyapti. Sayyoh “bashorat”idan vahimaga tushgan qancha! Buni video ostida qoldirilgan 150 […]
26.06.2025 | 16:22
610
Asosiy
TANOBI TORTILGAN TANOBCHILAR
Yaqin-yaqingacha maktablardagi adabiyot darslarida Muqimiyning “Tanobchilar” she’ri o‘qitilardi. Katta avlod vakillari ham hajv uslubida yozilgan bu she’rni takrorlab yurishadi. Lekin bu hajv ortida alamli tarix turganini ba’zilar idrok etmasligi mumkin. Muqimiy domla shu va boshqa hajviy asarlarida o‘zi yashagan davrning ayrim illatlari, kamchiliklari, bid’atlariga qarshi qalamini qurol qilgani haq. Sovet mafkurachilari esa bundan o‘z maqsadlari […]
26.06.2025 | 14:49
1305
ASL AFANDI
Afandi o‘lmagan, o‘lmaydi ham! Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi Dodbog‘ni qishlog‘ida 1954‒2021-yillarda Sulton Muqimov degan birodarimiz yashab o‘tdilar. U kishining “xurmacha qiliq”laridan boxabar odam, albatta: “Afandi o‘lmagan, o‘lmaydi ham”, degan xulosaga kelar edi. O‘zlari qilgan qiziqchiliklarini keyin davralarda aytib berib ham, hammani kuldirib yurar edi. Bunaqa odamlar oramizda ko‘plab topiladi. Ularni ba’zan “Afandi” ham deymiz. Ko‘nyolik Afandi […]
25.06.2025 | 16:51
762
CHIN SHOIRLAR SHE’RGA QAYTADI
QANOTI BOR QO‘SHIQLAR So‘z shaydolariga Guljamol Asqarovani tanishtirishning, yozganlarini tushuntirishning hojati yo‘q. Shundanmi, shoiraning “Taslim” nomli kitobida so‘zboshi va taqrizlardan voz kechilgan. Hofiz qo‘shig‘ini baland notadan boshlasa, shinavandalari avjini qanday olar ekan, deb diqqatini jamlaydi. Shoira ham kitob epigrafida “Qo‘llarimni qanotdek yozsam, Qanoti bor qo‘shiqlar yozsam…” deya yaxshi niyat qiladi. Mutolaa davomida amin bo‘ldimki, Guljamol […]
25.06.2025 | 15:15
634