KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
TENGI YO‘QDIR SHARAF BOBIDA YOXUD JASORATLI DILOROM HAQIDA QISSA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti har bir videoselektorni jonli, mazmunli, samarali o‘tkazadi. Ularda davlatimiz taraqqiyotining turli sohalari qamrab olinadi. Barchasida el-yurt farovonligi, mamlakat tinchligi bilan bog‘liq hayotiy masalalar muhokama qilinadi. Uni ko‘rgan odam xuddi Yangi O‘zbekiston hayotining qaynoq og‘ushiga tushib qolganday sezadi o‘zini. Davlat siyosatida masalaning katta-kichigi bo‘lmaydi, barchasi birday muhim. Shu bois men ana shu majlislarni […]
14.01.2025 | 14:09
334
HARBIYLAR NEGA JADIDLARNI O‘RGANADI?
Insonda Vatanga muhabbat, sadoqat, millatparvarlik va fidoyilik tuyg‘ularining shakllanishi va mustahkamlanishida tarixiy saboqlarning ham o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir shaxs moziydan bir saboq oladi. Bu borada jadidlar ma’naviy merosining o‘rni beqiyos. Millat oydinlarining nainki asarlari, balki hayot maktabi ham kishini e’tiborsiz qoldirmaydi. Albatta, ruhiy ozuqa, ma’nan tarbiya beradi. Kuch tuzilmalari oliy harbiy ta’lim […]
14.01.2025 | 12:00
498
“MA’NAVIY YUKSALISH POLIGONIDAN GAPIRAMIZ!”
Xalqaro maydonda o‘z so‘zi va o‘rniga ega bo‘lib borayotgan Qurolli Kuchlarimizning hozirgi jangovar salohiyatini o‘tgan yillar bilan sira taqqoslab bo‘lmaydi. Tizimda kechayotgan yangilanish va o‘zgarishlar, mashg‘ulotlarga singdirilayotgan professional yondashuvlar, xususan, qo‘shinlarning jangovar va axloqiy-ruhiy tayyorgarligini oshirishdagi nostandart qadamlar harbiy xizmatchilarning kasbiy tayyorgarligi darajasining o‘sishiga xizmat qilmoqda. Yil davomida zamonaviy poligonlarimiz harbiy xizmatchilarimizning jangovar mashg‘ulotlari, mehnat-u […]
14.01.2025 | 10:34
530
Asosiy
YOSHLARGA MUROJAAT
Bizni Turkiston va Buxoroda bir sinf muhtaram yoshlar mavjudki, hukumat mahkamalarida: tijoratxona, banka va korxonalarda kotib, tarjimon, molfurush va dallollik yoki nasiyachilik ila mashg‘uldirlar. Bu sinf ahlining adadi bugun Buxoro va Turkistonda minglarchadir. Ana yoshlarga murojaatdan murod shu sinf ahlidan bo‘lgan hamvatanlarimizga bir necha kalima arz qilmoqdir. Lutfan so‘zimizni tinglasalar, deb iltijo qilamiz. Va kamoli […]
13.01.2025 | 15:55
795
IKKI SOATLIK DABDABA UCHUN BESH YILLIK QORA MEHNAT
Azimjon mehnatsevar yigit. U besh yil umrini chet elda mardikorlikda o‘tkazdi. Vatanni, ota-onaning qadrini bildi. Do‘st bilan dushmanni ajratdi, uyning gapi ko‘chaga to‘g‘ri kelmasligini ko‘rdi, his qildi. Ba’zan bir tishlam nonga zor, hatto, vaqtincha boshpanasiz qolgan kunlari bo‘ldi. Yetishmovchilik ko‘rib ulg‘aygan yigit emasmi, shukr qildi, chidadi. Yosh ham o‘ttizni urib qo‘ygan, sinfdoshlar ichida uylanmagani bir […]
13.01.2025 | 10:09
467
MAVLONO OYBEKNING MUNAVVAR YODI
Barkamol siymolardan meros oydin xotira, munavvar tasavvur inson xayolida qayta va qayta jonlanaveradi. Biz Oybekni ko‘rgan emasmiz. Dilbar inson, iste’dodli adib, lirik shoir, adabiyotshunos olim Oybek to‘g‘risidagi tasavvurimiz kitoblar tufayli paydo bo‘ldi. Ayni chog‘da, Oybekka zamondosh, ularga hamsuhbat bo‘lgan tabarruk insonlarning xotiralari, yodnomalari biz uchun muhim va ardoqli. O‘sha tabarruk xotiralarni eshitib, Oybek dunyosiga qayta […]
10.01.2025 | 19:00
366
Asosiy
ZAMON TEGIRMONIDAN OMON CHIQQAN ZAMONBOYEV
1918-yilning fevralida Turkiston Muxtoriyati Qo‘qonda qizil qo‘shin va arman dashnoqlari qo‘li bilan qonga botirilgach, jadidlik harakatida bo‘linish yuz beradi. Muxtoriyat rahbarlari qatag‘onga uchrab, bir qismi xorijga chiqib ketadi. Va o‘sha yerdan turib siyosiy kurashni davom ettirishga urinadi. Bir qismi esa jadidlikning g‘oyaviy asosi bo‘lgan ma’rifat tarqatish ishlari bilan cheklanadi. Yangi maktablar ochib, unda ma’naviy barkamol […]
10.01.2025 | 17:40
547
Oybekning “Navoiy” romanidan iqtiboslar
Oybekning ushbu romanida Navoiyning hayot yoʻli, oʻsha davrdagi hayot va murakkab siyosiy voqealar aks ettirilgan. “Navoiy” tarixiy-biografik roman janrining nodir namunasidir. Roman voqealari 18 yoshli yigit – Alisher Navoiyning Samarqanddan Hirotga qaytishi bilan boshlanadi va Navoiy hayotining eng samarali va eng sermazmun davrlarini qamrab oladi. Asar voqealari Navoiyning oʻlimini aks ettirish bilan yakunlanadi. Asarda Navoiy […]
10.01.2025 | 12:18
1181
KIRPI VA KIPRIK
Qishloqda yoz mahali kechki ovqatni oilamiz bilan hovlida, so‘ri ustida tanovul qilardik. Hovlimizning ikki tomonidan oqib o‘tadigan ariq atrofida turli o‘tlar o‘sib yotardi. Deyarli har kuni shu o‘tlar orasidan biz o‘tirgan so‘ri tomon tipratikan pildirab kelayotganini ko‘rardik. Qo‘rqmasdi, xuddi it-mushuklardek biror nima berarmikan, degan ilinjda qarab turaverardi. Bizda – Buxoro tomonlarda tipratikanni “kirpi” deyishardi. Nega […]
10.01.2025 | 11:40
891
Asosiy
JAHOLAT DARDLARIDAN
Ismimizni bilmaymiz! Nima uchun? Bizg‘a o‘rgatmabdurlar. Masalan, ismimiz Abdulsamad ekan, “Absamat”, hatto, qishloqlarda “Apsat” derlar. (Afu buyurulsun, adabdan xorij bo‘lsa-da, adabg‘a da’vat etar.) Oti Yodgor ekan – “Jodigor”, Lutfullo ekan – “Nutfullo” ataladur. (Astag‘furullo!) G‘alat atamoq sababi ila avom kotiblar tarafidan qozixona, valasnoyxona hujjatlarinda va hukumat mahkamalarinda ham shul tariqa g‘alat va masxaralik holatinda yozilur. […]
09.01.2025 | 14:32
521
TA’SIRCHAN TARG‘IBOT ZARURATI
Ma’naviy targ‘ibot shunchaki oyog‘i yerdan uzilgan, umumiy, hamma biladigan gaplardan iborat masala emas. Uning turlarini odamlarning axborotni qanday yo‘llar bilan qabul qilishidan kelib chiqib belgilaymiz: a) vizuallar – axborotning katta qismini ko‘rish orqali qabul qiluvchilar. Bular juda-juda ko‘pchilikni tashkil etadi. Xalqimiz bekorga: “Yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal”, demaydi; b) audiollar – axborotning asosiy […]
09.01.2025 | 10:27
1000
“VATANIY ISH…”
Jadid bobomiz Is’hoqxon Ibratning “Bizning yoshlar, albatta, boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir”, degan so‘zlari bugun, ayniqsa, katta ahamiyat kasb etgan. Darhaqiqat, o‘z ona tilini cheksiz hurmat qilgan millatgina o‘zgalarning ham tiliga hurmat va ehtirom bilan qaraydi. […]
08.01.2025 | 18:06
565
Gabriel Garsia Markesning “Yolg’izlikning yuz yili” romanidan iqtiboslar
“Yolgʻizlikning yuz yili” – buyuk kolumb yozuvchisi Gabriel Garsiya Markesga Nobel mukofotini olib kelgan mashhur asar. Roman hozirgi kunga kelib ispan tilidan boshqa tillarga eng koʻp tarjima qilinish boʻyicha Migel Servantesning “Don Kixot”idan keyingi oʻrinda turadi. Roman “moʻjizaviy realizm” deb nomlangan yoʻnalishda yozilgan. Bunga sabab, asarda noreal narsalar oddiy holday koʻrsatiladi. Menga hozir ikkovimizning tirik […]
08.01.2025 | 16:50
1286
“TARAQQIY” GAZETASI
“O‘rta Osiyoning umr guzorligi gazetasi Taraqqiy”dan Turkiston ahlisining ixlos qaytgach, u chiqishdan to‘xtashga majbur bo‘ladi. Shundan keyin yuzaga kelgan vaziyatdan jadidlar ustalik bilan foydalanadilar. Xususan, Munavvarqori mazkur gazetaning myayyan zaxiralari zaminida mahalliy aholining manfaatlarini himoya qila oladigan davriy nashrga ega bo‘lish uchun qattiq harakat qiladi. Chunki, u I.Geyer chiqarayotgan “O‘rta Osiyoning umr guzorligi gazetasi Taraqqiy”ning […]
08.01.2025 | 15:00
1929
SHABADA (hikoya)
Baxt ham nasiba, u kimlarnidir zor qaqshab izlab yuradi, ro‘parasidan, oyog‘ining ostidan chiqib quchoq ochib kutadi, kimlarnidir esa kalaka qilgandek mudom chetlab o‘tadi.Tog‘asi Komronni yomon izza qildi. – Hayotda noshukrlikdan yomon narsa yo‘q, – dedi u avvaliga muloyimlik bilan, lekin bu muloyimlik-vazminlik portlash arafasidagi sokinlik ekani tog‘aning fe’lini biladiganlar uchun yangilik emas edi. Komron ham […]
08.01.2025 | 12:50
513
NISHONPAZLIK VASVASASI yoxud el tanimagan “jahongashta adiblar”
Tanishim qishloq xo‘jalik xodimlari bayramida “Ilg‘or tomorqachi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganidan xabar topib, uni qutladim. Bu inson ko‘p yillardan buyon moʻjazgina tomorqasidagi issiqxonada turli ko‘kat-u sabzavotlar yetishtirib, oilasini boqadi. Ta’rifi qishlog‘idan chiqmagan odam… Gap ohangida ozroq iymanish ham seziladi: “Men… o‘z oilam uchun ishlasam… bu yoqda hokim buva ko‘pchilik orasida minbarga chaqirib, ko‘ksimga nishon taqib […]
08.01.2025 | 09:39
310
SATIRA
Turli illatlarni ayovsiz kulgi orqali fosh etish satira deb ataladi. Bu so‘z lotincha «satur» – «to‘q, to‘yingan, qurama» so‘zlaridan kelib chiqqan. Dastlab satira turli xil tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan taom, ya’ni aralashma ma’nosini anglatgan. Keyinchalik Qadimgi Rimda «tartibsiz» mazmundagi qo‘shiqlar, masxara tarzida ijro etiladigan to‘qima she’rlar va so‘z o‘yinlari shu nom bilan atala boshlangan. Eng […]
07.01.2025 | 17:19
987
Asosiy
KIM NIMANI YAXSHI KO‘RAR?
Ehtimol, bizning xalq ilm-u ma’rifatni, tarbiya va ta’limni, hunar va sanoatni yaxshi ko‘rar, deb o‘ylaydurg‘ondursiz? Yo‘q, bu fikringiz yonglish. Eshonlarimiz toat va ibodat, pand-u nasihat, zikr-u tasbeh o‘rnig‘a to‘ylardan to‘n kiyub, ko‘b oshab, ko‘p uxlashni yaxshi ko’rurlar. Ulamolarimiz dars-u ta’lim o‘rnig‘a, bir-birlari ila o‘run talashib, mukarrir va mudarris bo‘lishni, o‘zlari bo‘lolmay qolsalar, eshikma-eshik yurub saylovni […]
07.01.2025 | 15:22
558
TOMOSHOG‘A BORMOQ VA TOMOSHO BO‘LMASLIQ ZIKRIDA
Ey, farzand, bu kun archa bayram bahonayi sabab senga tomosho va uning madaniyati va zavq-u zarofati va shavq-u sharofati va taft-u tarovati va husn-u halovati xususinda bir shingil nasihat bor. Magar ushbu pandlarim bir qulog‘ingdin kirib, ikkinchisidin chiqar bo‘lsa, fahm-u farosating ham zehn-u zakovating ham xulq-u hamiyating qasriga falokat bor. Eng avvalo, tomosho tanlashni bilg‘il. […]
07.01.2025 | 14:53
334
Alisher Navoiy zamonida qanday xalq tomoshalari mavjud bo‘lgan?
Alisher Navoiy zamonida tomoshalar xilma-xil bo‘lgan. Shulardan katta maydonlarda (saylgoh, shoxko‘cha, zo‘rxona, registon kabi) o‘tadigan uloq, poyga, chavgon, dor o‘yin, kurash, qo‘lda o‘rgatilgan hayvonlarni o‘ynatish singari tomoshalar alohida bir turkumni tashkil etadi. Hozirgi atamalarni ishlatadigan bo‘lsak, bular sport va sirkka mansub tomoshalardir. Bulardan tashqari yana ikki turkum tomoshalar bo‘lgan: bir kishi tomonidan ko‘rsatiladigan tomoshalar (taqlid, […]
07.01.2025 | 13:27
706
Asosiy
XUN EVAZIGA KELTIRILGAN QO‘LYOZMA yoxud “g‘alati mashhur”lardan biri xususida
Haq da’vosidagi yolg‘on Xuddi rost so‘zdek xalqning inonchiga aylanib qolgan yolg‘onlarga nisbatan qo‘llanadigan “g‘alati mashhur” degan ibora bor. Bu ibora ko‘pincha taniqli shaxslar va tarixiy voqea-hodisalarga oid noto‘g‘ri ma’lumotlar, mish-mishlarning omma orasida keng yoyilib, haqiqat to‘nini kiyishiga nisbatan qo‘llaniladi. Qalamga olmoqchi bo‘lganimiz ilmiy muammo ham ana shunday “g‘alati mashhur”lardan. Masalaga teranroq nazar solish uchun ilmiy […]
07.01.2025 | 12:02
635