KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
“VAZN”I O‘ZGARGAN “VAZMIN”
O‘zbek tilida tovushlarning bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi ko‘p kuzatiladi. Ayrim hollarda yonma-yon kelgan tovushlar moslashadi. “Yigitcha” so‘zini “yigichcha”, “uch so‘mni” “usso‘m” deymiz. Ayrim so‘zlarda esa ketma-ket kelgan, joylashuvi talaffuzimizga noqulay bo‘lgan tovushlarni darrov o‘zimizga moslashtiramiz: “qulf” (aslida qufl), “teskari” (aslida tersaki), “kift” (aslida kitf), “yomg‘ir” (aslida yog‘mur) va hokazo… “Vazmin” so‘zi peshonasiga ham shunday taqdir “yozilgan”. […]
21.01.2025 | 17:40
362
TUPROQ – TIRIK JON
Xalqimiz yerga birni berib, o‘nni kutishga odatlangan. Saxovatli ona zamin tirik jonga rizq ulashish uchun o‘zining bor kuch-quvvatini sarflaydi. Biz uning ne’matlaridan bahramand bo‘lamiz-u, lekin ko‘pincha yerni quvvatlantirish, ya’ni tuproq tarkibini mineral va mahalliy o‘g‘itlar bilan boyitish zarurligini unutib qo‘yamiz. Aslida, eng bebaho boyligimiz bo‘lgan yerni sevish, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash har bir insonning burchi. […]
21.01.2025 | 14:29
744
Asosiy
TEATR: U HOZIR HAM IBRATXONAMI?
Inson va jamiyat hayotida, xalqning ma’naviy dunyosini, ong-u tafakkurini yuksaltirishda teatr san’atining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.Shavkat MIRZIYOYEV Xabaringiz bor, “Jadid” gazetasining avvalgi sonlaridan birida “Hamma o‘qiyapti. O‘qing!” sarlavhali maqola e’lon qilingan edi. Kitob va kitobxonlik tahliliga bag‘ishlangan mazkur material ko‘pchilik yurtdoshlarimiz, ziyolilarimiz orasida qizg‘in munozara va munosabat uyg‘otganidan ruhlangan holda, mavzuga uzviy bog‘liq yana bir […]
21.01.2025 | 12:07
2808
BEHBUDIY BERGAN SABOQLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda qabul qilingan “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorida tarix va taraqqiyot masalalariga e’tibor qaratilgani bejiz emas. Chunki Behbudiy adabiy merosida bu masalalar jiddiy muhokama qilingan. Aslida Mahmudxo‘ja Behbudiy degan tabarruk nom tilga olinganida beixtiyor tarix tiriladi. […]
21.01.2025 | 09:17
5077
“SHUHRAT” GAZETASI
“Taraqqiy” va “Xurshid” hukumat tomonidan to‘xtatilgandan so‘ng taniqli ziyoli Abdulla Avloniy “Shuhrat” nomida gazeta chiqarishga ruxsat oldi. Uning birinchi soni 1907-yilning 1-dekabrida dunyo yuzini ko‘rdi. 8 soni to‘rt sahifa, 9-, 10-sonlari olti sahifali bo‘lib chiqqan. Adadi 1000 nusxa atrofida bo‘lgan. O‘ninchi sonidan so‘ng bu gazeta hukumat tomonidan yopilgan. Gazetaning yopilishiga uning tahririyatida tatarlarning ishlagani ham […]
20.01.2025 | 18:20
2080
Aleksey Dudarevning “Chiqindixona” pyesasidan iqtiboslar
Mazkur asar qadriyatlar, jamiyat muammolari va insoniylikni belgilaydigan omillar haqidagi mulohazalarni ilgari suradi. Ey, Xudoning qarg‘ish urgan bandalari-i!.. Turingla-a-ar!.. Qavminglar rahnamosi keldi, yuvuqsizla-a-ar!.. Qiyomat-qoyim yaqinlashyapti, senlar yotibsanlar… Ey, dunyoning tashvishlari, dunyoning tashvishlari… Bandalari shu qadar qabihlashib, shu qadar ilonning yog‘ini yalaganki, ularning hiyla-nayranglarini eslab qolishga ilohning ham aqli qisqalik qiladi! Beozorliging chin dildanmas, indamasliging tilsizlikdanmas, […]
20.01.2025 | 17:02
673
MUHOJIRLARNING NASHRI AFKORI
XX asr boshlarida Turkistonda kechgan murakkab vaziyat, voqea-hodisalarning asl mohiyatini xalqqa yetkazishda hamda anglatishda milliy matbuotning o‘rni va roli beqiyos ahamiyatga ega bo‘lganligi ma’lum. Matbuot – ana shunday murakkab davrda, qaramlik holatiga tushib qolgan Turkiston zaminida ziyolilar uchun milliy haq-huquq talab qilinadigan, xalqning arz-u dodini mustamlakachi siyosiy elitaga yetkazadigan minbar vazifasini o‘tadi. Garchi, gazeta-jurnallarning adadi […]
20.01.2025 | 13:17
456
OTALAR YOQQAN MAYOQ
Qatag‘on haqida gap ketganida xalqimizning yetuk shaxslari boshiga tushgan mudhish fojialar ko‘z oldimizda gavdalanadi. Olim-u fozillarimizni, arboblarimizni ayni kuchga to‘lgan davrida qilmagan aybi, yo‘q gunohi uchun so‘roq-tazyiq qildilar, turmalarga tiqdilar, otib o‘ldirdilar. Biz ana shunday ziyolilardan biri – Abduqodir Shakuriy qo‘lida ilm o‘rganib, Po‘lat Soliyev kabi iste’dodli tarixchi olimga shogird tushgan samarqandlik Abdusalom Akromov haqida […]
20.01.2025 | 11:22
556
BUNCHALAR SHIRINSAN, EY, ACHCHIQ HAYOT! (HIKOYA)
“Oloy malikasi” — Qurbonjon dodxoh 1865-yildan to 1880-yilgacha Pomirda bir sarkarda sifatida xalqni oʻz atrofiga toʻplab, qoʻlida yalang qilich bilan fon Kaufmanga qarshi kurashdi. U shu darajada jasoratli bir xotin ediki, oʻgʻli Qamchibek Kaufman tomonidan asir qilinib, dorga osilayotganda, dor tagiga kelib, oʻgʻliga xitoban: — Xayr, oʻgʻlim, ota-bobolaring ham dushman qoʻlida halok boʻldi. Shahid oʻlmoq […]
19.01.2025 | 13:06
630
Asosiy
BIZNI KEMIRGUVCHI ILLATLAR
Bizni kemirguvchi illatlar deganda, zaxmu maraznimi gumon etarsiz? Yoinki, sil, silariya va maxavliknimi dersiz? Yo‘q, andan ham yamonroq va andan ham jonxarosh, bevoya, xonavayron va g‘arib etguvchi bir dard, biz – turkistoniylarni shahri va qishloqi yoyinki yarim madaniy, yarim vahshiy sinflarimizg‘acha istilo etib, butun tirikligimizg‘a sorilgon va bizni inqirozg‘a va tahlikag‘a va jahannamg‘a yumalataturgon to‘y, […]
19.01.2025 | 11:29
657
TRILLER
Kino va adabiyot janri hisoblangan trillerning maqsadi tomoshabin yoki o‘quvchida vahima, qo‘rquv yoki hayajon tuyg‘ularini uyg‘otishdan iborat. Mazkur atama inglizcha «thrill» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «hayajon», «o‘tkir hissiyotlar» degan ma’nolarni anglatadi. «Triller» atamasi 1880-yillarda paydo bo‘lgan. Shundan so‘ng, keskin syujetli detektiv romanlar shunday nomlana boshlangan. Trillerlar klassik detektivlardan syujet tuzilishi bilan farqlanadi. Detektivlarda voqealar yechim […]
17.01.2025 | 16:19
576
XITOYLIK NODIRANING BEG‘UBOR ORZULARI
Bugungi kunda dunyoda ellik millionga yaqin kishi o‘zbek tilida so‘zlashmoqda. Chet elliklarning O‘zbekistonga kelib, ona tilimizni o‘rganayotgani yurtimizning dunyodagi mavqeyi tobora yuksalib borayotganidan dalolat. Xitoylik Bay Yang xonim ayni paytda poytaxtimizda yashab, o‘zbek tilini o‘rganib, ilmiy izlanishlar olib bormoqda. – Bu yerda, O‘zbekistonda do‘stlarim meni Nodira deb chaqirishadi, – deydi Bay Yang. – Bugungi kunda […]
17.01.2025 | 15:12
453
OG‘IZDAGI O‘RA
Xalq og‘zaki ijodida “uvuz eti uv bo‘lib” degan ibora “uvuz eti zahar bo‘lib” degan ma’noda keladi. Chunki bu jumlada uv so‘zi “zahar”, uviz so‘zi esa “og‘izning ikki cheti” mazmunini bildiradi. Men bu iborani dastlab “uvuz suti uv bo‘lib” degan ma’noda tushungan edim. Chunki yangi tug‘gan sigirning birinchi kunda sog‘ib olingan xom suti uvuz suti deyilgan. […]
17.01.2025 | 10:26
458
Asosiy
BOLA BAXSHI TUG‘MA CHAPAQAY BO‘LGANMI?
“Xivada bir yosh baxshi chiqibmish, ko‘rsangiz hayron qolasiz, o‘zinnan dutori ullimish. Shundin zo‘r ovozi bormishki, eshitganlar “tasdiq” aytamishlar”. 1908-yilning ayni bahorida Xiva shahrida shunday gap tarqaldi. Qurbonnazar baxshini eshitganlar uni zo‘r berib maqtashsa, eshitmagan, ko‘rmaganlar bir ko‘rishga ishtiyoqmand edi. Bu gap Xiva xoni Muhammad Rahimxon Soniy – Feruz qulog‘iga yetadi. Feruzxon ham adabiyot va san’at […]
17.01.2025 | 09:17
1210
BIR TO‘Y TA’RIFINDA
To‘y-u tomosha derlar, to‘yi tomosha bo‘ldi,Dumbasin ko‘tarolmay qo‘yi tomosha bo‘ldi. Kuyov bengal shamidek, xitoyfonusdek kelin,Ko‘z tegmasin, bo‘ylari bo‘yga yarasha bo‘ldi. “Limuzin”, “Ford”, “Mers”… o‘ttiz chog‘li moshin keldi-yov,Kam deb chiqmadi kelin. Andak xarxasha bo‘ldi. Sher keldi, Yulduz keldi va sun’iy yulduzchalar,Mumtozga estrada qo‘shilib “kasha” bo‘ldi. Kecha “deport” bo‘b qaytgan usta O‘ktam sochgan pulOtarchining boshiga tomdan tarasha […]
16.01.2025 | 17:40
473
JAMIYATNING IKKI USTUNI
“Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakni aytilur… Olamdagi hamma millatlarning hol va qudratlari mol va boyliklari ila o‘lchanur…” Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy “Iqtisod nima?” degan savolga shunday lo‘nda javob berganlar. Mutaxassislar Yaponiyaning yuksak taraqqiyotga erishishiga ma’naviyat – iqtisodiy rivojlanishning asosi etib belgilangani sabab bo‘lganini, dunyoda iqtisodiy taraqqiyotni ortga surayotgan asosiy omillar ham […]
16.01.2025 | 13:37
607
TILIMIZNING “TEMIR” QOIDALARI
Nutq madaniyatiga qo‘yiladigan talablar ko‘p. Ular orasida eng birinchisi – adabiy til me’yorlariga og‘ishmay amal qilish. Keyin nutqning to‘g‘riligi, ravonligi, ta’sirchanligi, aniq-tiniq maqsadga qaratilgani kabi sifatlar turadi. Nutq madaniyati hamma uchun birday kerak. Ayniqsa, o‘qituvchining nutq madaniyatini yuksaltirish jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki o‘qituvchi, sohasidan qat’i nazar, har qanday ilm-fan asoslarini aynan […]
16.01.2025 | 10:28
1093
MUDDAO NIMA?
Adliya vazirligining bayonoti mediamahsulotlarning odob-axloq normalari, ma’naviy qadriyatlarga muvofiqligini baholash va tegishli choralar ko‘rish zarurligini inkor etmaydi. Adliya vazirligi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining bir nechta tashkilot bilan birgalikda qabul qilgan mediamahsulotlarni “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilinganligini ma’lum qildi. Shu bilan mediamahsulotlarning ma’naviy ekspertizasi zarur yoki zarur emasligi masalasiga nuqta qo‘yiladimi? […]
15.01.2025 | 14:57
400
Asosiy
“XURSHID” GAZETASI
Munavvarqori yuqorida zikr etilgan nashrlar faoliyatida ishtirok etib, muayyan tajribaga ega bo‘lgach, o‘zi gazeta chiqarish uchun ruxsat olishga erishadi. Shu tariqa, 1906-yilning 6-sentyabrida uning noshirligi va muharrirligi ostida “Xurshid”ning 1-soni dunyo yuzini ko‘rdi. “TVG”ning 1906-yil 27-avgust sonida berilgan e’longa ko‘ra. “Xurshid”ni chiqarishda Munavvarqorining “sherik va muovini Fansurullobek Xudoyorxonuf va Muhammad Rahimxo‘ja Nuriddinxo‘jayuf va mulla Ziyo […]
15.01.2025 | 12:26
1514
MILLAT OYDINLARI PESHVOSI
Yangi O‘zbekistonda so‘nggi yillar milliy ma’naviyatimizning ildizlarini teran o‘rganish, targ‘ib qilish va yosh avlodning ajdodlariga monand ruhda tarbiyalash borasidagi ishlar karrasiga ko‘paydi va davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ana shu ishlarni amalga oshirishda XX asr boshlarida Turkistonga kirib kelgan jadidlik harakatining bugungi kundagi ahamiyati yanada ortib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu ishlarni yanada jadallashtirish va jadidlik […]
15.01.2025 | 09:25
787
Asosiy
BIZDA ASKARLIK MASALASI
Boshqalar tarafindan huquqingning toptalmovi, chetlarga mahkum, mazlum bo‘lmaslik, chet millatlarga o‘z tovushingni eshitdirub eshitmoqqa majbur etuvg‘a shubha yo‘qkim, qo‘lingdagi qurolingg‘a, askariy kuchingg‘a qarab bo‘lur. Ko‘ramizkim Ovrupo, Omriqo millatlari bunchaliq sha’n-shavkatni faqat harbiy kuch ila qozonmishlardir. Ovrupo, Omriqo imperialistlari Sharq xalqini faqat qurol kuchi ila o‘zlarig‘a asir etmishlar va hali ham harbiy kuch ila Sharq mazlumlarini […]
14.01.2025 | 15:53
510