KUTUBXONA
Muallif: admin
“TURK ULUSI XUD MENINGDUR”
Turk navoiyshunosligi uzoq tarixga ega. Ammo adabiyotshunos Abdurahmon Go‘zal tadqiqotlari va uning sa’y-harakatlari natijasida Turkiya Respublikasi Bashkent universiteti huzurida 2022-yil 10-fevralda tashkil etilgan Alisher Navoiy nomidagi tadqiqot va targ‘ibot markazi dunyo navoiyshunosligida yangi bir sahifa ochishi shubhasiz. Navoiyshunoslik istiqbolida markazning o‘rni va olimning orifona tahlillari ahamiyatlidir. Abdurahmon Go‘zalning ilmiy faoliyat bobida o‘zbek ijodkorlari va adabiyotshunoslari […]
26.06.2024 | 14:46
390
JADIDLIK: TIL, IMLO VA ALIFBO
Jadid ziyolilari mamlakat madaniy, siyosiy hayotida muhim o‘rin tutgan til, alifbo-imlo masalalari bilan ham jiddiy shug‘ullangan. Yozuv islohoti va o‘zgarishi, bularga doir o‘tkazilgan tadbirlar, anjuman va qurultoylarda faol ishtirok etishgan. Fitrat rahbarligida ish olib borgan “Chig‘atoy gurungi” madaniy-ma’rifiy, adabiy-badiiy tashkilot sanalgan. 1919-yilning boshida Milliy ishlar komissarligi tomonidan rasman tasdiqlangan. Tashkilot madaniy merosimizni to‘plash, o‘rganish va […]
26.06.2024 | 09:13
1780
TURKISTONDA ISLOM DINI VA MADANIYATI
BIR OG‘IZ SO‘ZXX asr boshlari vaqtli matbuoti rang-barangligi bilan qiziqarlidir. Ulardan ayrimlari juda qisqa umr ko‘rdi. Deylik, 1922-yilda jadidlar tomonidan “Haqiqat” degan jurnal chop etiladi.“Jadid” gazetasining muhtaram o‘quvchilariga A.Xatibzoda ismli muallifning “Haqiqat” jurnalida bosilgan kichik bir maqolasini taqdim etamiz. Maqola o‘tgan ulug‘ allomalarimizni eslash bilan birga jadidona kayfiyat, jamiyatni o‘nglash, haqiqat yo‘lidan adashmaslik, haq so‘zni unutmaslikka […]
25.06.2024 | 08:56
794
BUYUK YOLG‘IZLIK
U ayqirgan asov to‘lqinlarni yaxshi ko‘rardi. Garchi shunday bo‘lsa-da, ertaga baribir dengizni ko‘zi qiyib, Holland yurtini tashlab ketadi… Sxiphol aeroportida uni Berlinga kuzatib qo‘ydim. Qo‘lin siltab, boshin olib ketdi u. Oradan picha vaqt o‘tib, undan qisqagina yozilgan bir maktub oldim. Xatda Keyt Kayzer yurtiga omon-eson yetib borgani to‘g‘risida yozgandi. Ikki oy o‘tib, undan tag‘in bir […]
24.06.2024 | 20:12
545
MATEMATIKA MASALANI HAYOTDAN OLADI
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, O‘zbekiston Qahramoni, senator, fizika-matematika fanlari doktori, akademik Shavkat Ayupov bilan matematika sohasidagi izlanishlar, yurtimizda fan va ta’lim tizimida kechayotgan islohotlar borasida suhbatlashdik. Salohiyatli olim operator algebralari, nokommutativ integrallash va kvant ehtimollar nazariyasi bo‘yicha o‘z ilmiy maktabiga ega. U zamonaviy matematika sohasiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Butunjahon fanlar […]
23.06.2024 | 20:47
2009
“TARAQQIY”DAN “JADID”GACHA
O‘zbek matbuoti tarixi jadidlik harakati va jadid ziyolilari nomi bilan tabiiy ravishda bog‘lanadi. Jadidlik ancha chuqur, murakkab, ziddiyatli, ayni damda yangiliklarga, ezgu orzu-niyatlarga, amaliy faoliyatlarga to‘la bir ijtimoiy-siyosiy, adabiy-ma’rifiy harakatdir. Jadid ziyolilari uchun eski usuldagi maktablarni isloh etish, badiiy adabiyotni yangi o‘zanga solish, teatr sahnasini ibratxonaga aylantirish naqadar muhim bo‘lsa, milliy matbuot tashkili va taraqqiysi […]
22.06.2024 | 20:25
762
Asosiy
TOZA MA’RIFAT SUVI
Bu – Abdulhamid Sulaymon Cho‘lponning 1914-yilda yozilgan “Adabiyot nadur?” degan manifest xarakteridagi maqolasida qo‘llangan ibora. Adabiyotshunos Naim Karimov haqida maqola yozarkanman, ushbu ifodaga duch kelib qoldim va menga nihoyatda yoqdi. Cho‘lpon “Adabiyot nadur?” deb o‘zi qo‘ygan savolga: “qonlarimizga qadar singigan qora balchiqlarni tozalaydurgon, o‘tkur yurak kirlarini yuvadirgon toza ma’rifat suvi, xiralashgan oynalarimizni yorug‘ va ravshan […]
22.06.2024 | 19:26
573
“QAYGA BORMAY, BOSHDA DO‘PPIM”
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov: “Qayga bormay boshda do‘ppim, Gʻoz yurarman gerdayib, Olam uzra dong‘i ketgan O‘zbekiston, o‘zbegim!” – deganlarida do‘ppimizni millatimiz timsoli sifatida tasvirlagan. Muhammad Yusuf ham “Do‘ppi kiymay qo‘ydi odamlar” deya o‘yga tolgandi. Ayrim blogerlarimiz, san’atkorlarimiz media olamida do‘ppini yana trendga olib chiqarishdi, ammo boshqacha talqinda. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarida Otabekdek zabardast […]
22.06.2024 | 16:12
2160
22-IYUN – ERIX MARIYA REMARK TAVALLUD TOPGAN KUN
Nemis yozuvchisi Erix Mariya Remark 1898-yil 22-iyunda Germaniyaning Osnabryuk shahrida tavallud topgan. G‘arbda “Yo‘qotilgan avlod” deb atalgan adabiyotning yirik vakili. 1-jahon urushi qatnashgan yozuvchi asarlarida urush dahshatlari, 2-jahon urushi yillari va undan keyingi davrdagi hayotni, fashizmning mudhish qiyofasi, ma’naviy ezilgan, o‘zini jamiyatdan begonalashgan deb his qiluvchi kishilar qismati aks etgan “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” (1929) […]
22.06.2024 | 10:26
2626
“MAGAR CHINOR BO‘LSANG, CHINORDEK YASHA…”
Ma’lumki, adabiyotimizning ildizlari eramizdan oldingi asrlarga borib taqaladi. Bu tilda yaratilgan muhtasham nafis so‘z san’ati durdonalari dunyo badiiy tafakkuri xazinasidan o‘zining muhtaram va musallam o‘rnini topgan va jahon ahlining hayrat-u havasiga manba bo‘lib kelmoqda. Bu beqiyos ganjinani tadqiq etish va o‘rganishning qonuniy yo‘sini sifatida tilshunoslik kabi ko‘hna adabiyotshunoslik deyiladigan fan yuzaga kelgan. O‘zbekiston Respublikasi fan […]
21.06.2024 | 20:54
936
DABDABA VA DAHMAZA
Yaqinda instagram tarmog‘ida taniqli blogerning tug‘ilgan kuni nihoyatda dabdabali tarzda nishonlangani haqidagi videolavha tarqaldi. Uning hashamatli xonadoni atrofiga cho‘g‘dek qizil gilamlar to‘shalib, rango-rang chiroqlar bilan bezatilgan. Ajabtovur sahna ham barpo qilingan bo‘lib, mashhur san’atkor u yerda qutlov qo‘shiqlarini xonish qilib turibdi. Yuzdan ortiq odam yig‘ilgan, rang-barang pufaklar, mushakbozlik, kattagina tort va yana allambalo narsalar. Raqs, […]
21.06.2024 | 20:31
409
“QIZ CHIQARGANGA QIRQ YIL TEGMA” yoxud topgani to‘yga buyurgan odamlar…
Andijonda “yuz ochdi” degan marosim bor. To‘yning ertasi kuni yangi kelinning uyidagilari bir guruh qarindoshlari bilan kuyovning xonadoniga kelib mehmon bo‘lishadi. “Bor tovog‘im-kel tovog‘im” qilishadi. O‘rta va katta avlod vakillari yaxshi eslasa kerak, bu marosimda kelinchakning yuziga ro‘mol to‘sib, yangi oila a’zolari oldiga olib chiqishadi. Qaynotasi qo‘liga guruch, un, yog‘ soladi. Kelinchak hovuchidagi masalliqlarni supraga […]
21.06.2024 | 19:14
745
“MEN VATANIMNI, XALQIMNI SEVAMAN!”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari bilan birgalikda poytaxtimizdagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan 1-sonli “Muruvvat” internat uyida bo‘lganimizda xayr-saxovat, shafqat va mehr-oqibat kabi tushunchalar millatimizda qadriyat darajasida shakllanib, qon-qonimizga singib ketganiga guvoh bo‘ldik. Gʻoyat muhtasham, yon-atrofi obod va ko‘rkam maskanga kirib borganimizda kun peshindan og‘gan, lekin hali saraton issig‘ining tafti qaytmagan […]
21.06.2024 | 17:59
1133
DO‘PPI BU – QADRIYAT
Odamlarni ovsar, landovur, ahmoq, jinni, qoloq, omi, befarosat, savodsiz qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lishsa, nega boshlariga do‘ppi kiyib olishadi?! Bironta turkning milliy bosh kiyimini kiyib, qiyshanglayotganini ko‘rganmisiz? Men qozoq, qirg‘iz qardoshlarimizning ham bunday qilishganini ko‘rmaganman. Hammasi iste’dodli yigitlar, gap yo‘q, ijod qilishyapti. Ammo nega o‘z millatining bu kabi qiyofasini yaratishga, uni targ‘ib qilishga bunchalar zo‘r berishyapti?! Yigitlar, […]
21.06.2024 | 15:15
674
“MIYA O‘ZGARMAGUNCHA BOSHQA O‘ZGARISHLAR NEGIZ TUTMAS!” yoxud Elbekni o‘zgartirgan tashkilot
Elbek taxallusi bilan tanilgan Mashriq Yunusovning ijodkor sifatida shakllanishi va adabiyot olamiga kirishida Fitrat tomonidan tashkil etilgan “Chig‘atoy gurungi” tashkilotining o‘rni va roli katta. Binobarin, Elbek o‘zining ilk ijod namunalariga “Chig‘atoy gurungi” deya imzo chekkani ham bejiz emas. Ammo keyinchalik, to‘g‘rirog‘i, 1919-yildan boshlab u ustozi Fitratning taklifi bilan o‘ziga Elbek taxallusini oladi. “Gurung” o‘sha davrdagi juda […]
20.06.2024 | 19:31
970
“O‘ZBEKISTONLIK. STUDENTS’’ KALTAKNING IKKINCHI UCHI
Keyingi yillarda O‘zbekiston axborot makonida ko‘plab erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari paydo bo‘ldi. Jamiyatda o‘z fikri va so‘ziga, ko‘p sonli auditoriyasiga ega bosma va elektron nashrlar safi tobora kengaymoqda. So‘z erkinligini ta’minlash, axborot makonini erkinlashtirish yo‘lidagi islohotlar davlat va xalq o‘rtasidagi birdamlikni, o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qilayotgani ayni haqiqat. Media makonni kengaytirish, axborot resurslari […]
20.06.2024 | 18:29
422
Asosiy
MEHRNING HAM ME’YORI BOR
Feruza ABDUMAJIDOVA, oliy toifali bolalar shifokori: – Feruza opa, bir suhbatimizda bolalar orasida yuqumli kasalliklar ko‘pligi, shifoxonalar bemorlar bilan to‘lib-toshgani haqida gapirgandingiz. Afsuski, sog‘liq muammosi bugun hech kimni chetlab o‘tmayapti. Bilamizki, yaqin o‘tmishda umrida shifokorga ishi tushmagan odamlar bo‘lgan. Bolalar ariqlardan suv ichib, non oqizib yegan. Hozir suvni qaynatib ichirsak ham, har qancha avaylasak ham, […]
20.06.2024 | 10:57
327
Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.Unga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab Abdulla Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot institutida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta […]
19.06.2024 | 12:01
468
OTA YURT MEHRIGIYOSI
Xalq ong-tafakkurida biron-bir tushuncha, tasavvur, ifoda qanday paydo bo‘ladi? Surishtirsangiz, har birining o‘z sababi, omili va tarixi borligi oydinlashadi. Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 6-7-iyun kunlari Turkiyaga rasmiy tashrifi doirasida bir necha yangi ifodalar jarangladi. Bular orasida, xususan, xalqlarimiz va davlatlarimiz haqidagi: “Bir millat, ikki davlat”, “Turkiya – […]
19.06.2024 | 10:44
397
“O‘ZBEKISTONLIK. STUDENTS’’ KALTAKNING IKKINCHI UCHI
Keyingi yillarda O‘zbekiston axborot makonida ko‘plab erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari paydo bo‘ldi. Jamiyatda o‘z fikri va so‘ziga, ko‘p sonli auditoriyasiga ega bosma va elektron nashrlar safi tobora kengaymoqda. So‘z erkinligini ta’minlash, axborot makonini erkinlashtirish yo‘lidagi islohotlar davlat va xalq o‘rtasidagi birdamlikni, o‘zaro ishonchni mustahkamlashga xizmat qilayotgani ayni haqiqat. Media makonni kengaytirish, axborot resurslari […]
19.06.2024 | 10:27
365
BUXOROYI SHARIFGA MUNOSIB MA’RIFAT MARKAZI
Ma’lumki, Buxoro shahri asrlar davomida nafaqat Turkistonda, balki butun islom Sharqida yorqin ilm mash’ali vazifasini o‘tab kelgan. So‘nggi asrlarda bu yolqin birmuncha pastlagandek ko‘rinsa-da, Buxoro madrasalari hamisha Turkistonning barcha bo‘lgalaridan tashqari Hindiston-u Eron, arab diyorlari, uzoq tatar dashtlaridan kelgan talabalar bilan to‘lib-toshgan edi. Garchi Turkiston siyosiy jihatdan uch davlatga bo‘lingan bo‘lsa-da, Buxoro o‘zining ilm-ma’rifat poytaxti […]
18.06.2024 | 19:50
556