Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Muallif: admin

OCHILMAGAN QO‘RIQ

Jadid ma’rifatparvarlari ilmiy-madaniy merosi keng qamrovli bo‘lib, ularning matbuotdagi maqolalari, hujjatlari, pyesa­lari nisbatan o‘rganilgan va ilmiy muomalaga kiritilgan. Biroq ularning qo‘lyozma asarlari va toshbosma nashrlari hozirga qadar yetarlicha tadqiq qilinmagan. Bu kabi asarlar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Adabiyot muzeyi, O‘zbekis­ton Milliy arxivi, Milliy kutubxona, “Turon” kutubxonasi va boshqa bir qator […]

19.04.2024 | 11:35

img662

AMERIKA JODUSI, yoki grin-karta lotereyasi zamonaviy qullik bozori hujjatimi?

Grin-karta nimasi bilan dunyo aholisining e’tiborini tortmoqda? Nima uchun AQSh hukumati bu kabi uzoq yillik malakaga ega loyihani izchillik bilan davom ettirmoqda? Grin-karta yutug‘ini qo‘lga kiritgan o‘zbek(lar)ning taqdiri Amerikada qaysi nuqtadan boshlanadi? Grin-karta lotereyasi sohiblari Amerika fuqaroligini qo‘lga kirita oladimi? Arosatdagi fuqarolik odamlarga qanchaga tushmoqda?  Amerika ba’zilar uchun orzular mamlakati ekani bor gap. Chunki “Amerikaga […]

19.04.2024 | 11:33

img450

18-APREL – O‘ZBEKISTONDA UY-JOY KOMMUNAL XIZMAT KO‘RSATISH SOHASI XODIMLARI KUNI

Bugun mamlakatimizning kommunal sohasi barqarorligini ta’minlashdek murakkab jarayon ortida birgina Boshqaruv servis kompaniyalarida 20 ming, sohada esa 80 ming nafardan ziyod xodimlar mehnat qilmoqda. Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, sadoqat bilan bajarilgan mehnatni rag‘batlantirish maqsadida 18-aprel kuni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish kuni deb e’lon qilingan.

19.04.2024 | 11:27

img313

18-APREL – XALQARO OBIDALAR VA TARIXIY JOYLARNI ASRASH KUNI

Har yili 18-aprelda Xalqaro yodgorliklar va tarixiy obidalarni muhofaza qilish kuni nishonlanadi. Bu kun 1983-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasining 22-sessiyasida insoniyat tarixiga guvoh bo‘lgan tarixiy obidalarni asrab-avaylash zarurligiga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida ta’sis etilgan. Shu kuni madaniy yodgorliklarni asrab-avaylashning ahamiyatini targ‘ib qilish va aholiga yetkazish maqsadida tarixiy joylarga ekskursiyalar tashkil etilib, anjuman va seminarlar, fotoko‘rgazmalar va […]

19.04.2024 | 11:24

img585

ASR OSHGAN “GO‘ZAL YOZG‘ICHLAR”

XX asr avvalida jadid ziyolilari maorif sohasida joriy etgan yangilik va islohotlari bilan za­mo­naviy ta’limning tamal toshini qo‘yishdi. Bu davrda tayyorlangan darsliklar orasida “Go‘zal yozg‘ichlar” kitobi alohida o‘rin tutadi. Majmua bugungi kunda tuzilayotgan antologiya­larning ilk ko‘rinishi sifatida tari­xiy davr adabiy muhiti va ruhini aks ettiradi. “Go‘zal yozg‘ichlar”ga Elbek tartib ber­gan. Kitob 1923, 1925-yillarda ikki mar­ta nashr qilingan. […]

19.04.2024 | 11:23

img1129

YUZIM SHUVUT BO‘LDI

Uyaldim, sharmanda bo‘ldim, aybim ochilib qoldi, odamlar ko‘ziga qarolmay qoldim, xijolat bo‘ldim. “Yuz shuvut bo‘ldi”, deganda taxminan yuqoridagi ma’nolarni tushunamiz. Xo‘sh, “shuvut” o‘zi nima? “Shuvut” (ba’zi shevalarda “chuvut”) so‘zi faqat “yuz shuvut” iborasida saqlanib qolgan va bizgacha yetib kelgan. Biroq bu so‘zning o‘zi alohida qanday ma’noga egaligi, kelib chiqishi haqida hozirgi lug‘atlarda ma’lumot yo‘q. Xo‘sh, […]

19.04.2024 | 10:50

img486

QISHLOQ QABRISTONI

1979-yili maktabni bitirib, Toshkent davlat universitetiga hujjat topshirgach, imtihonlarga tayyorlanadigan kunlar orasida Chig‘atoy qabris­tonini ham ziyorat qilishni rejalashtirdim. O‘sha paytlarda “Axborot” televizion dasturida mashhur insonlarning vafoti haqida xabar berilganida marhum Chig‘atoy qab­ristonida dafn etilishi ham aytib o‘tilardi. Serdaraxt, yo‘laklari asfalt qilinib, ikki chetida gullar ekilgan qabristonning mashhur kishilar uchun ajratilgan qismida Gʻafur Gʻulom, Shayxzoda, Oybek, […]

19.04.2024 | 10:48

img370

“AHLI VIJDON” HASRATI

O‘zbek xalqining buyuk yozuvchisi Abdulla Qodiriy tavalludi Turkiston diyorida siyosiy-tarixiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda jiddiy evrilishlar kechayotgan davrga to‘g‘ri keldi. Bo‘lajak adib millat oydinlari bo‘lgan jadidlar uchun ma’rifat va mafkura sahnasi kurash maydoniga aylangan muhitda o‘sib-ulg‘aydi. Jadidlar­ning milliy matbuot va jurnalistikani shakllantirish, teatr san’atini millat “oyina”siga aylantirish, ta’lim islohoti, boshqaruvga mahalliy kadrlarni yetkazib berish, milliy armiyani bunyod […]

19.04.2024 | 10:45

img925

16-APREL – FARRUX ZOKIROV TAVALLUD TOPGAN KUN

Farrux Zokirov 1946-yilning 16-aprelida Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbek va sovet estrada qo‘shiqchisi, bastakor va aktyor. 1976-yildan “Yalla” vokal-cholg‘u guruhi rahbari. Bir vaqtning o‘zida 7 davlatning Xalq artisti va O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati. “Yalla” ansambli o‘zining “Uchquduq”, “Bu – sevgi”, “Nasriddin qo‘shig‘i” , “Yalla” , “Shahrisabz”, “Choyxona” va boshqa ko‘plab qo‘shiqlari bilan mashhur.

19.04.2024 | 10:41

img360

YANGIBINODAN CHIQQAN NOYOB ISTE’DOD

Ba’zan iste’dod va ilhom­ning qudratini idrok qilish, shuurga sig‘dirish imkonsiz. Shunday noyob qobiliyat egalari borki, ularning iqtidorini tahlil etishga aql va tafakkur o‘lchamlari ojizlik qiladi. Betxoven, Uilyam Boys kabi qulog‘i eshitmaydigan mashhur kompozitorlar necha asrki insoniyat idroki­ning markazida turibdi. Hal Lasko ko‘zi ojiz bo‘lib qolganidan keyin ham Microsoft Paint yordamida surat chizgan, Maykl Uilyams ko‘zi […]

19.04.2024 | 10:39

img416

KITOB O‘G‘RISI

Amerikalik mashhur vosvos Stiven Blumberg dunyo tarixida “ashaddiy kitob o‘g‘risi” degan nom bilan qoldi. U o‘z vatanidagi ikki yuz oltmish sakkizta kutubxonadan yigirma uch ming dona (!) kitob o‘marganlikda ayblandi va ma’naviyat xazinasiga 20 million dollar zarar yetkazganligi uchun katta miqdorda jarimaga va olti yillik qamoq jazosiga hukm etildi. Stiven o‘g‘irlagan nodir asarlarning bir qanchasi […]

19.04.2024 | 10:34

img660

PAXMOQDAN CHAQMOQ

(HIKOYA)  G‘aybi g‘altakning echkisi egiz tug‘madi. Lekin Toshkentdan uning nomi bitilgan xatjild keldi. Odamlar xat yozishni unutgan zamonda faqat chol-kampirlarga nafaqa tarqatish bilan andarmon pochtachi ham hayron, quvonchdan konvertni boshi uzra ko‘tarib, suyunchi so‘radi. Gʻaybi g‘altak bir tomsuvoq hasharida ko‘maklashishga va’da qilib, xatni qo‘liga oldi. Ko‘chada o‘tgan-qaytgan o‘zicha har xayolga bordi. Birov u dedi, birov […]

19.04.2024 | 10:32

img351

KREATIV IQTISODIYOT: ISTIQBOL VA MUAMMOLAR

Nurislom TO‘XLIYEV, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik – Hurmatli Nurislom aka, xabaringiz bor, Res­publika Ma’naviyat va ma’rifat kenga­shining 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘i­lishida davlatimiz rahbari tomonidan xalqimizning birdamligi, erkin­ligi va farovonligini ta’­minlashga qaratilgan qator ezgu tashabbuslar ilgari surildi. Jumladan, joriy yilda Toshkentda jahon kreativ iqtisodiyotiga bag‘ishlangan xalq­aro konferensiya o‘t­kazish nazarda […]

19.04.2024 | 10:28

img878

QO‘NUQ

O‘tgan asrning 80-yillari, bolalik davrimizda, bu so‘z aynan shu shaklda bizning shevada ko‘p ishlatilardi: “Falonchining uyiga qo‘nuq tushdi”, “falonchining uyidagi mehmonlarga qo‘nuq bering”. Bu kabi jumlalarni, asosan, to‘ylarda eshitardik, chunki o‘sha davrdagi to‘ylarda uzoqdan kelgan yoki alohida e’tiborda bo‘lgan mehmonlar uchun to‘yxonadan tashqari qo‘ni-qo‘shni, yaqinlarning uylarida alohida ziyofat berilar va bu mehmonlar guruhi “qo‘nuq” (“qo‘noq”) […]

19.04.2024 | 10:24

img358

HUSAYN BOYQARO “ZAFARNOMA”SI

Ilmda Sharafuddin Ali Yazdiy tomonidan yozilgan “Zafarnoma”ning nodir qo‘lyozma nusxasi “Husayn Boyqaro “Zafarnoma”si, deb ataladi. Hozirda bu qo‘lyozma Amerika Qo‘sh­ma Shtatlarida saqlanadi. 2022-yil mazkur qo‘lyozmani ko‘rish ishtiyoqida biz bu mamlakatning Baltimor shahriga yo‘l oldik. Natijada, ayni qo‘lyozmaning asl nusxasi bilan tanishishga muvaffaq bo‘ldik. Sharafuddin Ali Yazdiy (1454-yili vafot etgan) tomonidan 1419-1425-yillarda yozilgan “Zafarnoma” asari Amir […]

19.04.2024 | 10:22

img474

“HAR YERDAKIM, IMORATQA QOBIL YER KO‘RSA ERDI…”

Jahon tarixining mangu chinorlaridan biri Amir Temurni boshqa ulug‘ siymolardan ajratib turadigan, insoniyatni hayratga soladigan fazilatlari juda ko‘p. Ana shulardan biri, shubhasiz, uning bunyodkorlikka bo‘lgan mehri va shijoatidir, muxtasar aytganda, uning tom ma’nodagi bunyodkorligidir. Rus sharqshunos olimi V.V.Bartold uning g‘ayratiga qoyil qolib: “Revnostny stroitel” (jonkuyar va ashaddiy bunyodkor), deb ta’riflagan edi. Betimsol bobomiz Amir Temur har […]

19.04.2024 | 10:20

img584

13-APREL – TO‘LQIN TOJIYEV TAVALLUD TOPGAN KUN

Toʻlqin Jo‘rayevich Tojiyev 1936-yil 13-aprelda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomlik san‘ati institutini tugatgan (1959). 1959–96-yillar Hamza teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritgan. Uning asosiy rollari: Bobchinskiy va Xlestakov (N.Gogol,“Revizor”), Edgar, Yago (U.Shekspir,“Qirol Lir”, “Otello”), Mansur va Jomiy (Uyg‘un, I.Sulton, “Alisher Navoiy”), Orif (I.Sulton,“Imon”), Abdullatif (M.Shayxzoda, “Mirzo Ulug‘bek”), Jontoy (Ch.Aytmatov, “Sarvqomat dilbarim”) va boshqalar uning sahnadagi […]

19.04.2024 | 10:14

img450

“XON”MI, “JON”MI? Yoki bir tovush tashvishi

Bugun internet tarmoqlari taraqqiy qildi. Badiiy asarlar ularga joylanmoq­da. Noshirlar asl manbadan ko‘ra adabiy o‘zanlardan ham olib, kitoblar nashr qilayotgan hollari yo‘q emas. Sal avval “Mutolaa” ko‘rsatuvida “O‘t­kan kunlar” romani o‘qildi; qarab zavq bilan ting­lab o‘tirdim. Romanning birinchi bo‘­limi­dagi bir so‘z qulog‘imga jinday g‘alati eshitildi. Yusufbek hojining tilidan aytildi u so‘z. Hayron bo‘ldim. Eshitganimga ishon­madim. […]

19.04.2024 | 10:09

img333

QODIRIYSHUNOS – QADRSHUNOS

1 Zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligi va yaqin o‘tgan davr adabiy tanqidi tarixi zah­mat­kash olim, professor Umarali Norma­tov adabiy-ilmiy faoliyati bilangina tugal tasavvur qilinadi. Adabiyotshunos olimning o‘zbek ilm-fani, filologik ta’lim uchun qilgan xizmatlari beqiyos. Yuzlab adabiy maqolalar, risolalar, monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar, olim rahbarligida himoya qilingan o‘nlab ilmiy tadqiqotlar, respublikamiz va ­yaqin xorijdagi yuzlab shogirdlar – bular­ning […]

19.04.2024 | 09:37

img1924

12-APREL – MUROD MUHAMMAD DO‘ST TAVALLUD TOPGAN KUN

Yozuvchi va jamoat arbobi Murod Muhammad Doʻst 1948-yil 12-aprelda Samarqand viloyati Jom qishlogʻida tug‘ilgan. Ijodiy faoliyatini 70-yillarda boshlagan. Adibning “Qaydasan, quvonch sadosi?” nomli dastlabki hikoyalar to‘plami 1976-yilda e‘lon qilingan. Shundan so‘ng “Mustafo” (1977), “Bir toychoqning xuni“ (1979), “Dashtu dalalarda” (1987) singari hikoya va qissalari nashr etilgan. Yozuvchining “Galatepaga qaytish“ qissasi (1983) istiqlol arafasi oʻzbek nasrida […]

19.04.2024 | 09:34

img659

12-APREL – SHERALI JO‘RAYEV TAVALLUD TOPGAN KUN

Taniqli oʻzbek xonandasi, bastakori, shoiri va aktyori Sherali Joʻrayev 1947-yil 12-aprelda Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. 1987-yil O‘zbekiston xalq artisti unvoni, 2018-yilda Tojikiston xalq artisti unvoni berilgan. 1991-yil Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti va 2022-yil “El-yurt hurmati” ordeni bilan ham taqdirlangan. Xalqimiz qalbidan joy olgan ko‘plab qo‘shiqlarning she’rini o‘zi yozgan (https://t.me/Jadid_media/500) va shoir […]

19.04.2024 | 09:30

img1041

JADID KUTUBXONASI