KUTUBXONA
Muallif: admin
BARCHA YO‘LLAR VATANGA ELTADI!
Germaniyadagi “Humanitäre schule” xususiy maktabi boshqaruvchisi Maryam SULTONOVA bilan suhbat – Germaniya nafaqat Shiller, Gyotening vatani, shu bilan birga, Yevropaning ko‘zini ochgan, tafakkurini o‘zgartirgan Martin Lyuter kabi buyuk daholarning, ilm-ma’rifat borasida yirik islohotlar o‘tkazgan fidoyi insonlarning yurti. Mana shunday yurtda hamyurtlarimiz ayni ta’lim sohasida ishlab muvaffaqiyatga erishayotgani ham hayratlanarli, ham quvonarli hol. Germaniyadagi tartib-intizom, mentalitet, […]
24.03.2026 | 10:20
1320
Asosiy
O‘ZBEKISTON – TABARRUK ZAMIN
TURKSOY Bosh kotibi, Qirg‘iziston xalq yozuvchisi Sulton Rayev bilan suhbat – Sulton og‘a, o‘zbek ziyolilari va kitobxonlari Sizni taniqli adib va dramaturg sifatida yaxshi biladi, qadrlaydi, milliy matbuotimizdagi har bir chiqishingizni iliq qarshi oladi. Suhbatimiz Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga to‘g‘ri keldi. Bilamiz, Siz o‘zbekchada ham ravon so‘zlaysiz, demak, hazrat asarlarini asliyatda o‘qib, bahramand bo‘lgansiz. […]
19.03.2026 | 12:48
1986
NAVRO‘ZNI ULUG‘LASH INSONNI ULUG‘LASHDIR!
Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini o‘zida yaqqol mujassam etgan, ona tabiat va odamlar ruhiyatida yuz beradigan yasharish, yangilanish va yuksalishlarni asrlar davomida to‘la namoyon qilib kelayotgan Navro‘z eng ardoqli milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi. Buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida Quyosh yili hisobidagi dastlabki oy to‘g‘risida so‘zlab: “Bu oyning […]
19.03.2026 | 08:47
2793
MUSHTIPARNING NEGA MUSHTI PAR?
Mushtipar so‘ziga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da shunday izoh berilgan: Qo‘lidan biror ish kelmaydigan, ojiz, bechora (ayollar haqida). Boshqa lug‘atlarda ham izohlar shu ma’noda keladi va dard ustiga chipqonday notavon degan xunuk sifatni ham qo‘shib qo‘yishadi. Ehtimol, bu so‘z paydo bo‘lgan ilk davrlarda shu ma’noni anglatgandir. Lekin keyin ma’no o‘zgargan. Men bolaligimdan bu so‘zni ko‘p eshitganman, […]
18.03.2026 | 14:48
2484
BIZ “KASHF” ETAYOTGAN SO‘ZLAR
“Yillar kesimida” nima degani? Bugun og‘zaki nutqimizdan tortib rasmiy davlat hujjatlari, qonunlarimiz matnigacha o‘rnashib qolayotgan g‘alati so‘z va iboralarimiz bisyor. Masalan, “yillar kesimida” degan jumlaga deyarli har bir dastur va reja, statistik ma’lumot va ilmiy-tahliliy maqolalarda duch kelish mumkin. “Yillar kesimida olib qaraganimizda”, “sarf-xarajatlar yillar kesimida” va hokazo. Menimcha, buning o‘rniga “yillar davomida”, “muayyan yil bo‘yicha” […]
18.03.2026 | 10:14
2146
MILLATNI KIM UYGʻOTADI?
XX asr boshlarida Turkistonda uyg‘onish shamoli esa boshladi. Jadidlar juda yaxshi anglardiki: millatni uyg‘otish uchun, avvalo, uning onasi va bo‘lajak onalari – xotin-qizlarni uyg‘otish kerak edi. Tarbiya beshigini onalar tebratadi. Demak, ilmli ona – ma’rifatli avlod, ma’rifatli avlod esa ozod va qudratli millat, demak. Jadidlar ayolni faqat oila doirasidagi shaxs emas, balki jamiyatni shakllantiruvchi kuch […]
17.03.2026 | 14:53
1940
Asosiy
QOR QO‘YNIDAGI LOLALAR
“1937–1938-yillarda qatag‘on qilichining o‘tkir tig‘i ayollarimizning dur va marvarid shodalari bezab kelgan nozikkina bo‘yinlariga ham qadalgan edi”, deb yozadi akademik Naim Karimov o‘z tadqiqotlarida. Darhaqiqat, ayollar qismati g‘oyat ayanchli ediki, ular boshiga yog‘dirilgan kulfatlarni ko‘z oldimizga keltirishimiz qiyin. Turma va lagerlarda turli azob-uqubatlarga giriftor etilgan “xalq dushmanlari”ning xotinlari, Cho‘lpon ta’biri bilan aytganda, o‘sha mudhish davrning […]
17.03.2026 | 12:36
1736
Asosiy
BIR ASRLIK YOLG‘ON
1924-yil 21-avgustda Yangi Urganch shahri yaqinidagi Cholish guzaridan kichik bir kema daryo bo‘ylab Orol dengizi tomon suzib ketdi. Kemada Xorazm sho‘rolar respublikasi (jadidlarga ergashgan “Yosh xivaliklar” tomonidan 1920-yilda tuzilgan Xorazm Xalq Respublikasi turli fitnalardan so‘ng 1922-yilda yangicha nom olgandi) markaziy kengashining 1924-yil 12-avgustda tuzilgan o‘qishga yuborish komissiyasi tomonidan tanlab olingan yoshlar bor edi. Mazkur komissiyaga […]
16.03.2026 | 15:20
1868
GERTI TEREZA KORI – UGLEVODLAR ALMASHINUVI SIRLARINI OCHGAN NOBELCHI
1901–2025-yillarda Nobel mukofoti bilan 67 nafar ayol taqdirlangan bo‘lib, 30 nafari aynan ilm-fan yo‘nalishida. Ular orasida qahramonimiz ajralib turadi. BIOGRAFIYA Gerti Tereza Kori 1896-yil 15-avgustda Praga shahrida tavallud topgan. Zodagon oila qizi avval uyida ta’lim oladi, keyin tabiiy fanlarga ixtisoslashgan qizlar gimnaziyasida o‘qiydi. Oliy ta’limni tibbiyot bo‘yicha tugatadi. Universitetda bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Karl Kori bilan […]
13.03.2026 | 16:57
962
ZAMONAMIZ AYAJONLARI
Toshkent shahri “Yangiobod” MFY raisi, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibasi Manzura VALIYEVA bilan suhbat – Siz kabi yuzi nurli, hayoti ibratli, nuroniy faslda ham faoliyatdan to‘xtamagan, umrini el-yurt xizmatiga bag‘ishlagan insonlarni ko‘rsam, beixtiyor Abdulla Qahhorning “Ayajonlarim” pyesasi yodimga tushadi. O‘zbek onasi qaysi davrda yashamasin, bolajonligi, fidoyiligi, mehnatsevarligi o‘zgarmas ekan-da. Ayting-chi, bugungi dorilomon kunlarda millat ayolining […]
13.03.2026 | 09:42
1887
DUNYO ICHRA DUNYO
Bizga adabiyot fanidan Yo‘ldoshali Solijonov dars berardi. Yaxshigina yumori bor, boshqa ustozlarga qaraganda talabalarga qalban yaqinroq edi. Adashmasam, ikkinchi kursdaligimizda, qishki sessiyadan so‘ng bo‘lsa kerak, fakultetda “yangi domla kepti” degan gap yurib qoldi. Talaba uchun bu xabar muhimligini o‘sha paytda o‘qib, ustozlar mehri-yu qahridan “bahramand” bo‘lgan tolibi ilm biladi. Bilgichlarning aytishicha, ustoz Samarqand davlat universitetidan […]
12.03.2026 | 14:31
1802
“HIDOYAT” LIBOSIDAGI JAHOLAT
Inson ilm bilan bugun fazoga chiqdi, agar jaholat to‘sqinlik qilmaganda edi, barcha xalq va millatlar taraqqiy etib, Yer kurramiz nurga burkanar edi. Minglab yillardan beri boqiy obidalar qurish, farovon turmushga erishish, ilg‘or ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, axborotni boshqarish, uzoqni yaqin qilish, samoga egalik qilishdan tortib, boshqa jabhalarda ham ustunlikka erishish uchun odam bolalari o‘zaro raqobatda. […]
12.03.2026 | 12:14
1619
Asosiy
CHO‘LPONNI YOQLAGAN MUTARJIM
O‘tgan asrning 20–30-yillarida o‘zbek milliy matbuoti, tarjima maktabi, teatr tanqidchiligi va ma’rifat maydonida o‘chmas iz qoldirgan yorqin siymolardan biri Sanjar Siddiqdir. Ism-sharifi Bosit Siddiqov bo‘lgan qahramonimiz oddiy tarjimon emas, O‘zbekistonda birinchi bo‘lib tarjima nazariyasiga bag‘ishlangan “Adabiy tarjima san’ati” risolasini yozib, tarjimashunoslik poydevorini qo‘ygan chin ziyoli edi. Uningcha, tarjima bir matnni boshqa tilga o‘girish emas, balki […]
11.03.2026 | 14:23
1857
Asosiy
TARIX HIKMATI
Samarqandda jadid harakati haqida so‘z borsa, tabiiyki, eng avval Mahmudxo‘ja Behbudiy va “Oyina” jurnali atrofida jamlangan ziyolilar, maktab ochgan ma’rifatparvar shaxslar nomi tilga olinadi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Samarqandda o‘nlab yangi usul maktablari tashkil etilib, ularda yuzlab bolalar yangi dasturlar asosida ta’lim olgan. 1893-yili ilk yangi usul maktabi ochilgan bo‘lsa, 1903-yilga kelib […]
11.03.2026 | 10:09
1417
SHUKUR BURHON BASHORATI
O‘zbekiston xalq artisti Malika IBROHIMOVAga maktub Assalomu alaykum, Malika! Yaxshimisiz? Ushbu maktubni yozishimga “Shaddod ona” spektakli va unda Siz ijro etgan shaddod ona – Anna Firling obrazi sabab bo‘ldi. Milliy teatrimizda ushbu spektakl qo‘yilganini, bosh rolni Siz o‘ynayotganingizni va spektakl qiziqish bilan tomosha qilinayotganini eshitganimga ancha bo‘ldi. Va uni ko‘rish ishtiyoqi paydo bo‘lgandi menda. Yashirmayman, […]
10.03.2026 | 14:47
1343
QORIN QAYG‘USIDAGI QAVM
Qo‘shni qishloqda yashaydigan jiyanim arzi hol qilib keldi: “Farog‘at” baliqxonasi egasi ertalab kelib o‘g‘limning yap-yangi velosipedini olib ketdi. Shunga melisaga ariza yozib bersangiz”. Tafsilotlari bilan qiziqdim. Jiyanimning o‘g‘li tug‘ilgan kuni munosabati bilan baliqxonada tengqurlariga ziyofat uyushtiradi. Bazmni shomda boshlagan yoshlar qora xuftonda tarqaladi. Hisob-kitobga navbat kelganida jiyanchaning puli yetmay, biror haftalarda qolganini keltirib beraman, deb […]
10.03.2026 | 10:03
1244
MARIYA KYURI – TARIXDA O‘CHMAS IZ QOLDIRGAN, MATONAT VA VATANPARVARLIK TIMSOLI BO‘LGAN NOBELCHI
Mariya Sklodovskaya-Kyuri 1867-yilning 7-noyabrida Polshada kambag‘al o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. O‘sha vaqtda vatanida xotin-qizlar uchun oliy ta’lim olish taqiqlangani bois 24 yoshida Fransiyaning Sorbonna universitetiga o‘qishga kiradi. FAQAT BIRINCHI Mariya Kyuri hayoti va faoliyatida “birinchi” sifatiga takror-takror duch kelamiz. U Fransiyada fan doktori darajasini olgan birinchi ayol. Parij universiteti (Sorbonna) tarixidagi birinchi ayol o‘qituvchi va professor. […]
09.03.2026 | 15:32
3280
SIZ BUYUKSIZ, AYOLLAR!
Aslida, siz har yili ko‘klam bilan barobar, ko‘klamday bexato keladigan bayramingiz arafasidagina emas, balki har kuni, har soat, har lahza madh-u sanoga, e’zoz-u ikromga, gul-u lolaga, mehr-u siylovga, muhabbat-u ardoqqa loyiqsiz, munosibsiz. Biz esa bilibmi-bilmaymi, xohlabmi-xohlamaymi, ba’zan sizning daxlsiz dilingizning nozik oynalariga darz yetkazib, ozor berib qo‘yamiz. Shunga o‘zimizda kuch topganimizni qarang-a… Aslida, siz… Aslida, […]
09.03.2026 | 08:56
1279
UZUN YO‘LNI YORITGAN CHIROQ
Bu lavhalar hayotda qanday ro‘y bergan bo‘lsa, aynan yozildi.Muallif 1927-yil. Tojinisa aya bir necha kundan beri yegani ichiga tushmas, xotirjam tortmas, eng yomoni – nimadan xavotirlanayotganini ham bilmas, bu dardini birortasi bilan baham ko‘rishni-ku, hay-hay, Xudoning o‘zi asrasin, og‘iz ochib, siringni doston qiladigan zamon emas. Birdan bir ishongani farzandlarining otasi, afsus, ayani bosh-keti yo‘q o‘ylovga […]
05.03.2026 | 15:37
1700
ILM YADROSI
O‘zFA S.A.Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti direktori Husniddin OLIMOV bilan suhbat – Xabaringiz bor, muhtaram Prezidentimizning yoshlar bilan doimiy uchrashuv o‘tkazishi yaxshi an’anaga aylangan. Kuni kecha Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan navbatdagi muloqot ham yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratishi shubhasiz. Olimona nigoh uchrashuvda nimalarni ko‘ra oldi? – Ushbu tarixiy muloqot ajoyib raqamlar bilan boshlandi. Bugun […]
04.03.2026 | 16:43
1777
“TUGʻILGAN YER UCHUN HURMAT YAXSHIROQ”
O‘zbekiston xalq rassomi Jolliboy Izentayev qoraqalpoq tasviriy san’atining shakllanishiga ulkan hissa qo‘shgan yirik san’at arbobidir. Bugungi kunda rassom asarlari yurtimiz va dunyoning qator davlatlari kolleksiyalaridan munosib o‘rin egallagan. Ular o‘zining noyobligi va yuqori qiymati bilan katta ahamiyat kasb etib kelmoqda. Jolliboy Izentayev 1943-yil 28-fevralda Qo‘ng‘irot tumanida tavallud topgan. Ilk ijodi o‘quvchilik chog‘ida cho‘l manzarasini aks […]
04.03.2026 | 14:26
1544