Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Muallif: admin

Asosiy

YUZ YILLIK QURULTOY

Bundan rosa yuz yil muqaddam turkiy dunyo olimlari birinchi turkologiya qurultoyini o‘tkazish uchun Bokuda jam bo‘ldi. Bu tarixiy anjuman Ozarbayjon poytaxtida 1926-yil 26-fevraldan 6-martgacha bo‘lib o‘tadi. 131 nafar delegat ishtirok etgan, to‘qqiz kun davom etgan anjumanda 17 ta majlis o‘tkazilib, 38 ta ma’ruza tinglanadi. Unda turkiy tillarning alifbo va til masalalariga oid yetti yirik muammo […]

04.03.2026 | 11:39

img1294

“JAHOLAT BIR DAVOSIZ DARD”

Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, yurtimizda 2017-yildan tashkil etila boshlagan ijod maktablari o‘quvchilarning milliy tafakkurini tarbiyalaydigan o‘ziga xos maskanlarga aylandi. Shunday ibratli ta’lim muassasalaridan biri Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan Ogahiy nomidagi ijod maktabidir. Ulug‘ shoir tug‘ilgan joyda, uning nomida barpo etilgan bog‘ hududida bunyod etilgan ushbu maskanda 179 nafar o‘quvchi bilim oladi. […]

03.03.2026 | 16:45

img3583

SHARHLOVCHI NUKTADON BO‘LSA…

Sport jurnalisti va sharhlovchi Davron FAYZIYEV bilan suhbat – Yurtimizga futbol XX asr boshlarida Qo‘qonda “Mus” jamoasining tuzilishi bilan kirib kelgan. Jadidlar va ular bilan bir davrda yashagan ijodkorlar ham futbol bilan faol shug‘ullangan. Jumladan, sevimli shoirimiz Usmon Nosir havaskor jamoada to‘p tepgani haqida ma’lumotlar uchraydi. Davron aka, suhbatimizni yangi o‘zbek futboli haqidagi mulohazalaringizdan boshlasak. […]

03.03.2026 | 11:11

img1479

“RO‘ZAMISIZ, KO‘ZAMI?”

Muborak Ramazon oyi kirib kelishi dillarga quvonch bag‘ishlaydi. Ammo shu g‘animat kunlarni ko‘ngildagiday o‘tkazish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Masalan… Ro‘za boshqa oylarga qaraganda kam yeb, kam ichishni talab etadi. Ixtiyoriy och qolish orqali ham jismni, ham nafsni tarbiyalash ko‘zda tutiladi. Ibratli jihati, majburlikdan, yo‘qchilikdan och qolayotganlar holini ham his qiladi odam. Dilda shukrona va saxovat […]

02.03.2026 | 17:55

img3337

SIZNI SOG‘INDIM, ZULFIYA OPA

Umr o‘tib bormoqda. Umr o‘tgan sari odam bosib o‘tgan yo‘llarini, boshdan kechirgan yillarini tez-tez eslab turar ekan. Inson bosib o‘tgan yillar va yo‘llar – nimadir ular? Masofami, vaqtmi yo boshqa narsami? Menimcha, ular umring davomida senga ro‘para kelgan, hayotingda iz qoldirgan odamlar – do‘stlar, qarindoshlar, ustozlar, safdoshlar. Afsuski, ulardan ancha-munchalari allaqachon shoir Shayxzoda ta’biri bilan […]

02.03.2026 | 10:24

img1397

“YETTI IQLIM” IBORASINI BIRINCHI BO‘LIB KIM QO‘LLAGAN?

Biz iqlim so‘zini ko‘p ishlatamiz. Ayniqsa, keyingi  paytlardagi  iqlim o‘zgarishlari sabab bo‘lib, bu so‘z jonli tilda ham, ommaviy axbort vositalari  tilida ham yanada faollashdi. Xo‘sh, iqlim so‘zining tarixi qanday? Tilimizdagi noyob iboralardan sanalgan yetti iqlim birikmasi qanday paydo bo‘lgan? Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobining oxiridagi izohlarda shunday bir ma’lumot bor: “Iqlim – yunoncha klima […]

27.02.2026 | 16:19

img3511

QAHRAMON OLIMA

Yuzaki qaraganda, biror-bir olim hayot yo‘li haqida yozishning hech mushkul yeri yo‘qdek. Deylik, taniqli navoiyshunos Suyima G‘aniyeva (1932–2018) haqida ham… 1932-yilning 20-fevrali kuni Toshkent shahrida xizmatchi oilasida tug‘ilgan. 20 yoshida O‘rta Osiyo davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini fors tili mutaxassisligi bo‘yicha bitirib, Leningrad davlat universiteti aspiranturasiga kirgan. 24 yoshida Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” tazkirasi bir qismining […]

27.02.2026 | 09:00

img1730

POL MILGROM – AUKSIONNI AQL BILAN BOSHQARISHNI O‘RGATGAN NOBELCHI

Zamonaviy dunyoda iqtisodiyot faqat raqamlar va grafiklar yig‘indisi emas. U qarorlarga ta’sir qilish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish va cheklangan resurslarni adolatli taqsimlashda muhim rol o‘ynovchi san’atdir. Shu murakkab jarayonlarni chuqur anglab, ularga ilmiy asoslangan yechim taklif qilgan, nazariyani amaliyotda real foydaga aylantira olgan noyob olimlardan biri Pol Robert Milgrom hisoblanadi. Biografiya Pol Milgrom 1948-yil 20-aprelda […]

26.02.2026 | 12:38

img2692

KOMIL XORAZMIY KIM EDI?

Tarixga nazar tashlasak, yurtni ma’rifat orqali ozodlikka olib chiqishga qat’iy bel bog‘lagan jadidlar orasida uch xonlikda katta mavqega ega, yuqori davlat lavozimlarini egallagan insonlar ham bo‘lganini ko‘ramiz. Masalan, Qo‘qon xonligi shahzodasi Fansurullohbek, Buxoro amirligi muftiysi Mahmudxo‘ja Behbudiy, Xiva xonligi bosh vaziri Islomxo‘ja va boshqalarning jadidlarga xayrixohligi harakatning yanada keng tomir yozishiga xizmat qilgan. …1873-yilning bahorida […]

26.02.2026 | 09:52

img1773

DILEMMA: QADRIYAT YOXUD TARAQQIYOT?

Tokio universiteti professori Kaoru IOKIBE bilan suhbat Tokio universiteti – Yaponiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri. 150 yillik tarixga ega dorilfununda o‘ttiz mingga yaqin talaba tahsil oladi. Bitiruvchi va professorlardan 14 nafari Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Zamonaviy Yaponiya siyosati va diplomatiyasi bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan mutaxassis – professor Kaoru Iokibe bilan suhbatimiz universitetning Sharq-u Gʻarb ruhini […]

25.02.2026 | 12:12

img1470

MUMTOZ MUHABBAT MAMLAKATI

Hindiston deyilganda, biz kabi yoshi ulug‘ insonlar xotiriga beixtiyor “Sangam” badiiy filmi keladi. Chunki muhabbat madhiga aylangan bu film ekran yuzini ko‘rgan yillarda hali barcha xonadonlarda televizor atalmish “moʻjiza” yo‘q edi. Tuman markazidagi yagona kinozalga kirishdagi ur-to‘polonlar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Shu bois, mahallada kimning uyida televizor bo‘lsa, xonadon sohiblarining qosh-qovog‘iga qaramay, “Sangam”ni ko‘rishga kirib […]

25.02.2026 | 10:12

img1354

Asosiy

“JAYHUN ORTIDAGI O‘ZBEK BOLASI…”

“BOBURNI SEVGUCHILAR KUNI” 14-fevralda Kobul ko‘chalari guldasta ko‘targan, yuraksimon sharlar tutgan kishilarga to‘lib ketdi. Hamma hazrat Bobur tavalludining 543 yilligini ko‘tarinki kayfiyatda nishonlayotgandek tuyuldi menga. Bir guruh yoshlar “Bog‘i Bobur”ga yig‘ildi. Birov hindcha gulchambar ko‘targan, birovi ulug‘ shoirning yangi shohona suratini namoyishkorona quchgancha mahzun odimlagan (albatta, uning ham gardishi gullar bilan bezalgan), birisi qabrtosh usti […]

24.02.2026 | 19:45

img1846

GEOMA’NAVIY XAVFSIZLIK

(2-maqola) RADIKALIZM VA EKSTREMIZMNING MEDIALASHUVI Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar, raqamli platformalar va virtual kommunikatsiya tizimidan iborat global axborot muhiti geoma’naviy tahdidlarning zamonaviy tabiatini – ong, dunyoqarash va jamoatchilik fikriga qaratilgan axborot ta’siri mexanizmlarini yaqqol namoyon etadi va bunday tahdidlar uchun qulay infratuzilma va makon vazifasini o‘taydi. Bu muhit vositasida axborotni yuqori tezlikda tarqatish, auditoriyani segmentlash […]

24.02.2026 | 16:45

img1165

ADABIYOT – XALOSKOR KUCH, NAJOT TUYNUGI

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon MELIBOYEV bilan suhbat – Ustoz, “Jahon adabiyoti” jurnali tashkil etilganiga qariyb 30 yil bo‘ldi. Qisqa muddat ichida mashhurlik va manzurlik bobida “otaxon” jurnallar safidan munosib o‘rin oldi. Siz hayot va ijodda katta tajriba to‘plagan paytingiz ushbu jurnalga Bosh muharrir bo‘ldingiz. Keling, suhbatimizni shundan boshlaylik. – […]

24.02.2026 | 12:28

img1243

Asosiy

QAYRILGAN QANOT

Ba’zi odamlar nazdida, go‘yo hech kim qatag‘onga qarshi bosh ko‘tarmay, mum tishlagan, so‘z aytishga jur’at etmagan, nohaq ayblov, tuhmat, bo‘htonlar oldida tilini ichiga yutgandek tuyuladi. Bunday tasavvur qo‘rquv hukm surgan muhitni hisobga olganda, hatto tushunarli ham. Lekin arxiv hujjatlari bunday talqinni “hazm qilish”ga izn bermaydi. Chunki qatag‘on hali avj olmasidanoq, jamiyatda kechayotgan nohaqliklar, zo‘ravonliklarga nisbatan […]

24.02.2026 | 10:00

img973

ASKARIY MIRZO QASIDASI

Zahiriddin Muhammad Boburning farzandlari ko‘p jihatdan otasiga taqlid qilib, uning hukmdorlik va ijodkorlik salohiyatini o‘z faoliyatlarida takrorlashga intilgan. Chunonchi, bir necha adabiy manbalarda Askariy Mirzoning ham she’r yozgani borasida ma’lumot bor. Hasanxoja Nisoriy “Muzakkiri ahbob”da ushbu boburiyzodani “xushtab podshohzoda” va “ilm-u fazlga mayli bor”ligini ta’kidlab, “To kard Xudo ro‘zi man vodii g‘amro…” deya boshlanuvchi g‘azalini […]

23.02.2026 | 16:12

img1210

YOSINORI OSUMI – HUJAYRA AUTOFAGIYASINI OCHIB BERGAN NOBELCHI

Biologiya va tibbiyotda tub burilish yasagan olimlardan biri yaponiyalik Yosinori Osumidir. U autofagiya mexanizmini, ya’ni hujayra o‘zining zararlangan qismlarini parchalab, tozalab, qayta ishlashi jarayonini ilmiy jihatdan isbotlab bergan. Ushbu kashfiyot orqali u ixtiyoriy ochlikning inson salomatligiga foydalarini anglashga yo‘l ochdi. ILMIY BIOGRAFIYA Yosinori Osumi 1945-yil 9-fevralda Yaponiyaning Fukuoka shahrida tug‘ilgan. Tokio universitetini tamomlab, molekulyar biologiya […]

23.02.2026 | 09:54

img3025

Asosiy

KOBUL AZIMATI

“Fazl va hunar ahlining maskani” Har shaharki, inson bilan obod-u barbod bo‘lur. Temuriylar davrining durdona shaharlaridan biri bo‘lgan Hiriyda bir paytlar san’at, adabiyot, musiqa, xattotlik va ma’morlik gullab-yashnagan… Qadamba-qadam kezib ko‘rdimki, faqat Mavlono Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, shoh va shoir Husayniy, Hofizi Abru, tarixchi Mirxond, musavvir Kamoliddin Behzod kabi sanoqli ijodkorlardan yodgorliklar qolgan… Ba’zan […]

21.02.2026 | 17:56

img1296

BIR RUH – IKKI DAVR

Tarix oddiy voqealar ketma-ketligi emas. U millat tafakkurining uzluksiz harakati, bir davrdan ikkinchisiga o‘tadigan ma’naviy jarayondir. O‘zbek tafakkuri tarixida ham shunday uzluksiz ma’naviy yo‘l bor. Bu yo‘l bir tomonda davlatchilik va mas’uliyat, ikkinchi tomonda ma’rifat va ong bilan belgilanadi. Bir qarashda o‘zaro uzoq tuyulgan ikki davr: Bobur zamoni va jadidlar davri, aslida, shu bitta ruhiy […]

20.02.2026 | 15:37

img1514

ONG KELAJAKNI BELGILAYDI

“Ekstremistik mafkura va g‘oyalar ijtimoiy tarmoqlar, videoroliklar va adabiyotlarni noqonuniy ishlab chiqarish va tarqatish orqali jamiyatga, ayniqsa, yoshlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda… Taqiqlangan diniy materiallarning Internet tarmog‘ida tarqalishining oldini olish bo‘yicha ishlar samaradorligi yetarli darajada emasligi bunday materiallarni saqlash va tarqatish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘lmoqda”. Shavkat MIRZIYOYEV“Yangi O‘zbekiston strategiyasi” ENDI FRONT CHIZIG‘I YO‘Q […]

19.02.2026 | 16:02

img1732

ODAMIY ERSANG…

Saksondan hatlagan Jalil Sultonovning vafot etganini kimdir bildi, kimdir bilmadi. Ammo bu xabar qariyb o‘n ming chaqirim olisdagi Yaponiya ahlini ham g‘amnok qildi. Hamkasblar bilan ta’ziyaga borar ekanmiz, u yerda o‘zimizning qorako‘zlar qatorida yapon do‘stlarimizni ham ko‘rib mutaassir bo‘ldik. Ular-da, jigaridan ayrilganday yosh to‘kardi. Ikki xalq mehrini qozongan bu inson kim edi? Gapni sovet-yapon urushidan […]

19.02.2026 | 14:32

img1121

JADID KUTUBXONASI