KUTUBXONA
Muallif: admin
“O‘T-O‘LAN”DAGI O‘LAN NIMA?
O‘t-o‘lan so‘zini ko‘p qo‘llaymiz. Lekin bu birikmadagi o‘lan nima ekanini bilmaymiz. Qadimgi tilimizda ho‘l so‘zi o‘l(ӧl) shaklida, “h” siz qo‘llangan, ӧl keyin ho‘l bo‘lib ketgan. Hozirgi tilimizda ho‘l so‘zining asl ko‘rinishi o‘l faqat o‘lan so‘zida saqlanib qolgan. “Turkiy tillar etimologik lug‘ati”ga ko‘ra, o‘lan so‘zi “yashil o‘t” va “o‘tloq” ma’nosini bildirgan. Sersuv, yosh, ho‘l o‘tlarni o‘lan […]
29.09.2025 | 15:24
3813
O‘ZBEKISTON VA BMT: SAMARALI HAMKORLIK
Bugungi kunda O‘zbekiston tashqi siyosatini belgilovchi asosiy yo‘nalishlardan biri – Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorligimiz sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganiga barchamiz guvohmiz. Ayniqsa, dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari bashariyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish bilan birga, turli tahdid va xavf-xatarlarni ham namoyon etayotgan bir sharoitda jahondagi ushbu eng nufuzli xalqaro tuzilma bilan tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash […]
29.09.2025 | 09:00
8391
Asosiy
RO‘YXATDAGI 9-MAHBUS
Tarix sharafli nomlarda mujassam. Ismoil G‘asprali deyishimiz bilan butun bir ma’rifatparvarlik to‘lqini, tafakkur islohoti va ijtimoiy uyg‘onish jarayoni ko‘z oldimizda gavdalanadi. Professor Begali Qosimov ta’kidlaganidek: “Bu nom yuz yil muqaddam turkiy dunyodagi eng mashhur nom edi. Uni Qashqardan Londongacha, Sankt-Peterburgdan Bombeygacha bilar edilar”. Ismoil G‘aspralining Qrimda boshlagan jadidlik harakati bir muddat o‘tib, Xorazmga ham kirib […]
27.09.2025 | 14:44
4797
QACHON TO‘G‘RI YOZAMIZ?
Tanishlarimdan biri aytib qoldi: “O‘g‘lim sinf ishida “xarid” so‘zini “harid” tarzida yozgan ekan, ustozidan tanbeh eshitib, past baho olibdi. Men ham uni xato yozganlikda ayblabman. Lekin dehqon bozorida “Haridingiz uchun rahmat” degan yozuvni ko‘rganimdan keyin o‘g‘limni nohaq ranjitganimni tushundim”. Avvallari “Bozor ko‘rgan echkidan qo‘rq” deyishardi. Bugun bozor-u do‘konlarni aylanib, tilimiz kelajagidan qo‘rquvga tusha boshladim. Xo‘p, […]
26.09.2025 | 14:01
11897
NOTIQLIK ILMIDAN MAHORAT DARSI
Tobora globallashib boryotgan dunyo, shunga ko‘ra davlatlar orasidagi munosabatlar murakkablashayotgan zamon va tobora taranglashib borayotgan hozirgi notinch davrda gegemon davlatlardan biri bo‘lmish Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan do‘stona munosabatlar davlatlararo juda ko‘p muammolar yechimi uchun hal qiluvchi omil bo‘lishi hech kimga sir emas. Biroq bu ish osongina ko‘chmasligi ham ko‘pchilikka yaxshi ayon. Eng muhimi, bu munosabatlarda […]
26.09.2025 | 11:31
9373
TO‘YLAR MUBORAK…
To‘y abadiy hayot tantanasidir. To‘yda ikki yosh ahd-paymon qilib bir-biriga qo‘l beradi, murod-maqsadiga yetadigina emas, o‘tgan ajdodimiz bilan kelajak avlodimizni bir-biriga bog‘laydigan oltin halqa, go‘zal va xushaxloq kishilarni yetishtiradigan tarbiya o‘chog‘i vujudga keladi. Shuning uchun to‘y nihoyatda ulug‘vor, nihoyatda go‘zal marosim bo‘lishi kerak. Hozir shahar va qishloqlarimizda bo‘layotgan to‘ylarga razm solsangiz, yosh-qari hamma shunga intilayotganini […]
26.09.2025 | 09:18
1693
BUYAM BIR ASHULA
– O‘v, paqirkalla, nega men gap boshlasam, qiyomiga yetgan pivaxo‘rga o‘xshab, tizzangni tizzangga ishqab, sovutilgan otday depsinasan? Bir paytlar “Men dardimni kimga aytaman?” degan qo‘shiq bo‘lgich edi. Vaqtida “Ha, endi, buyam bir ashula-da”, deb uncha parvo qilmagan ekanmiz. Bechara shoir azbaroyi ichi kuyganidan nima qilishini bilmay yozganakan-da endi bilsam. Xo‘p, gapni oxirigacha eshit, eriyman, yarimtaga […]
25.09.2025 | 17:27
1146
QODIRIYDAN QOLG‘ON QAYG‘U
Yaqinda oshnamiz nevarasini uylantirdi. “Kelin salom” marosimiga bir xalfa ayolni aytgan ekan – kelin ulovdan tushayotganida “To‘ylar muborak”ni chalaroq aytdi-yu, “Ana langur, mana langur…” deb mazmuni ortida uyatli holat tushuniladigan termani boshlab yubordi, deng. Yoshi ulug‘roq kishilar uyatdan ko‘zlarini qayga yashirishni bilmas, qiz-u juvonlar yigitlar bilan o‘rtada javlon urishar, nihoyada duoga qo‘l ochadigan imom yerga […]
25.09.2025 | 12:27
1222
INSON QADRI VA FAROVONLIGI USTUVOR YO‘NALISH
Siyosatchilarning mustaqil O‘zbekistonning dastlabki yillariga oid hazilomuz bir gapi bor: “Ozodlik, demokratiya, so‘z va vijdon erkinligi haqidagi bayonotlar, oliy minbarlarda aytiladigan fikrlar bu xalqaro kuzatuvchilar va tashqi siyosatning belgilari hisoblanadi. Ichki siyosatda esa biz o‘zimizga xos va mos demokratiya unsurlaridan foydalanishimiz kerak”. Bu esa, o‘z navbatida, tashqi va ichki siyosatdagi fikrlar, bayonotlarning ma’lum darajada so‘zda […]
25.09.2025 | 11:50
4904
VORISLIK MAS’ULIYATI YOXUD QASHQADARYO VILOYATIDAGI YODGORLIKLAR HAQIDA
Qashqadaryo – qadimiy va tabarruk voha, bu ko‘hna zamindan ko‘plab allomalar, sarkardalar, olim-u fuzalolar yetishib chiqqan. 2700 yillik tarixga ega Qarshi va Shahrisabz shaharlari qadimgi dunyo sivilizatsiyasida alohida o‘rin tutadi. Amir Temur bobomiz huzuriga Ispaniya qirolligidan elchi bo‘lib kelgan Rui Gonsales de Klavixoning: “Parijning eng nozik didli zodagonlari ham Oqsaroyni ko‘rganida hayratdan lol qolar edi”, […]
25.09.2025 | 09:36
1303
Asosiy
YOZUVCHI YON DAFTARIDAN
Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas. * * * Agar yozuvchining axloq kodeksi tuziladigan bo‘lsa, men halollik bilan shijoatni birinchi modda qilib qo‘yar edim, chunki yozuvchining boshqa hamma xislatlari uning qay darajada halol, naqadar shijoatli zehniga bog‘liqdir. * * * Yaxshi yozolmaganligingni kechirish mumkin, lekin yaxshi yozishni istamaganingni kechirish […]
24.09.2025 | 12:27
995
FAN MILLAT TANLAMAYDI
Akademik Jaloliddin AZIMOV bilan suhbat – Omma parazitlarni zararkunanda mavjudot bilib, tabiat va inson uchun mutlaqo keraksiz deb hisoblaydi. Ammo biologiyada aynan ularni o‘rganuvchi alohida tarmoq mavjud va Siz bu tarmoqning dunyoga tanilgan vakilisiz. Bu sohani tanlashingizga nima turtki bo‘lgan? – Parazitologiya – odamlarda, hayvonlar va o‘simliklarda parazitlik qiluvchi, ya’ni tekinxo‘rlik bilan kun kechiruvchi organizmlarni […]
24.09.2025 | 09:11
862
OY TO‘LIN BO‘LGANDA SHUNDAY OQARSA KERAK…
Ha, oy to‘lin bo‘lganda shunday oqarsa kerak… Men barcha mo‘ylari bunchalar oppoq oqarib ketgan odamni hech ko‘rmagan edim. Hatto qoshlari, kipriklari ham oppoq edi. Qora – kuch, oq – aql deb shuni aytsalar kerak. 1963-yil edi, shekilli, Navoiy kutubxonasi qarshisidagi uyda Abdulla Qahhorning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘ldi. Abdulla aka: “Avval yoshlar gapirsin, yoshlar”, dedilar. Biroz […]
23.09.2025 | 15:38
1014
OGOH BO‘LING: “INTERNETOMANIYA”
“Jadid” gazetasida Mizrob Bo‘ronovning “Internet xumori yoxud asalning ham ozi shirin” maqolasini o‘qidim. Darhaqiqat, bu masala bugun jiddiy tus olgan. Bilamizki, tabiiy gazning hidi yo‘q. Ana shu ko‘zga ko‘rinmas ne’matsiz turmush tarzimizni tasavvur qila olmaymiz. Lekin tabiiy gaz ehtiyotsiz yondashuv tufayli inson hayoti uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin. Hamma gap me’yorga va foydalanish qoidalariga amal […]
23.09.2025 | 12:24
723
EL-YURTIM MENGA “TANKA” BO‘LDI
Billura IKROMOVA,Romitan tumanidagi 38-umumta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi: Odatda, biz – o‘qituvchi va murabbiylar yilda bir kun – 1-oktyabrda kasb bayramini nishonlaymiz. Bu yil esa shodiyonalar 9-sentyabrdan boshlandi. Shu kuni Davlatimiz rahbari raisligida maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Oradan ikki kun o‘tib, […]
23.09.2025 | 09:24
2319
ENDI USTOZ QADRI HAM AVVALGILARGA O‘XSHAMAS
– Faxriy unvon nafaqat mening, balki Oltiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi, shogirdlar, ularning ota-onalari va hamkasblarimning umumiy yutug‘idir. Inson bir yoshga ulg‘aysa yoki hayotida muhim voqea sodir bo‘lsa, beixtiyor ortda qolgan umriga bir nazar tashlaydi. Prezidentimiz qo‘lidan mukofotni olar ekanman, men ham o‘zimning, umuman, o‘qituvchilarning o‘tgan kunlariga nazar tashladim. 53 yildan buyon ta’lim sohasida mehnat […]
22.09.2025 | 15:50
2675
PAXTA – KECHAGI AZOB, BUGUNGI IMKONIYAT: OQ VA QORA
Paxta – o‘zbek xalqi uchun yaqin tariximizda faqatgina majburiy mehnat va azob ramzi bo‘lib kelgan ekin. Yuz yildan ortiq davom etgan bu zahmatdan endigina qutuldik. Ammo shuni anglash kerakki, paxtadan butunlay voz kechish emas, balki uni isloh qilish, innovatsion texnologiyalar yordamida hosildorlikni oshirish va chidamli navlarni ekish orqali yangi marralarga erishish zarur. Joriy yilgi paxta […]
22.09.2025 | 10:46
962
NAQSH NIMA? PESHRAV-CHI?
“Musiqada ham yaxshi ohanglar yaratgan. Yaxshi naqshlari, peshravlari bor…” Bobur Mirzoning hazrat Navoiy ta’rifida aytgan ushbu gaplarini “umuman, tushungandek” o‘qib ketaverardim. Ya’ni, tushunishim bo‘yicha, Navoiy bobo musiqani ham yaxshi bilgan, hatto kuylar ham bastalagan. Xo‘sh, mazkur jumladagi “naqsh” va “peshrav” so‘zlari asli qanday ma’noni anglatadi? Bu savolga Abdurauf Fitratning “O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi” […]
19.09.2025 | 12:27
2498
Asosiy
“KOTIB HAR MUDDAONI YOZMOQCHI BO‘LSA…”
Ma’rifatparvar jadid bobolarimiz yosh avlod ta’limi hamda ilm-fanning muhim sohalarini o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratganlarini tarixdan yaxshi bilamiz. Yangi usul maktablari ochilar ekan, albatta, bu dargohlar uchun zamonaviy darslik hamda o‘quv qo‘llanmalari ham yaratish lozim edi. Jadidlar bu ishning ham uddasidan chiqdi. Birgina Mahmudxo‘ja Behbudiyning o‘zi “Risolayi asbobi savod” (“Savod chiqarish kitobi”), “Risolayi jug‘rofiyayi umroniy” (“Aholi […]
19.09.2025 | 09:00
1346
Asosiy
MILLAT TOLEYIDA PORLAGAN YULDUZ
O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov xotiralari Bir kuni ustozim Shukur Burhon “O‘tir moshinaga!” dedi. Ketdik. Hech qachon so‘ramasdim qayerga deb, u kishiyam aytib o‘tirmasdi. Ulug‘vor binoga keldik. Yaxshi qo‘riqlanar ekan, ustozni tanib yo‘l berishsa ham, menga shubha bilan qarardi qo‘riqchilar. “Shogirdim!” dedi ustoz savolga o‘rin qoldirmaydigan qilib. Oltinchi qavatga ko‘tarildik. Ustoz bir eshikni dadil ochib […]
18.09.2025 | 12:20
991
OLIM QALBINING LIRIK LAHZALARI
Iste’dodli yozuvchi do‘stim Bahodir Qobul bilan akademik Baxtiyor Nazarov (1945–2022)ning uyiga borgan edik. Domla bizni ko‘rib, jo‘ra ekanimizni eshitib nihoyatda mamnun bo‘lgandi. “Adabiyot ziyosi” gazetasining birinchi sahifasida u kishining katta rasmi, ichki betida zukko adabiyotshunos Ibrohim Haqqulning domla xususida yozgan “Ilm yo‘li – izlanish va sabotdir…” nomli maqolasi bor edi. Bu mujdadan domla ikki karra […]
18.09.2025 | 09:43
913