Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Muallif: admin

Asosiy

“O‘TKAN KUNLAR” BOSHIDAN O‘TGAN KUNLAR

1 Stalin hukumati otamiz Habibullo Qodiriy (1918–1988)ni ham “xalq dushmanining o‘g‘li” degan tamg‘a bilan qamagan. U kishi hayotining o‘n yilini mahkumlikda o‘tkazgan. Otam o‘sha yerda bo‘lgan bir voqeani quyidagicha eslagandi: “1949-yilning oxiri – 1950-yilning boshlari edi. Shimoliy O‘rol lagerlaridagi (unda qirqdan ortiq lager bor edi) barcha siyosiy mahbuslarni etap qilib, qizil vagonlarga ortib Qarag‘anda shahriga […]

08.10.2025 | 12:23

img1259

O‘ZBEK TILI O‘ZBEKONA TAFAKKUR TILI BO‘LSIN

Bu olamda har bir xalqning mavjudligi va ma’naviy qiyofasi uning milliy tilida namoyon bo‘ladi. Shu bois, milliy til – ota-ona va Vatandek tabarruk tushunchalar sirasiga kiradi. Madaniyatli xalqlar o‘z tillari yer yuzining barcha qit’alarida keng tarqalishi, shu tilda boshqalarning so‘zlashi bilan faxrlanadilar. Har bir millat tilining asrlardan asrlarga o‘tishi va insonlararo muloqot maqomini saqlab qolishi […]

08.10.2025 | 09:37

img751

Pokiston nashrida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi eʼtirof etildi

Xalqaro ekspert, bir necha xalqaro loyihalar muallifi doktor Mehmud ul Hasan Xonning Oʻzbekiston buyuk mutafakkirlar, donishmandlar va yaratuvchan shaxslar zamini sifatida tarixda alohida oʻrin tutgani, bilimga asoslangan jamiyat, mantiqqa tayangan ishonch, barqarorlik va farovon hayot ruhini eʼtirof etgani haqidagi maqolasi Pokistonning “Pakistan Observer” nashrida eʼlon qilindi. Muallif maqolada bugun Oʻzbekiston yana bir bor Markaziy Osiyoda […]

07.10.2025 | 19:40

img1391

BIZ VATANGA KERAK, BIZLARGA – VATAN! (SHE’RLAR)

Erkin VOHIDOV,O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri:Xuddi kechagidek esimda, A’zamjonning she’rlarini “Yoshlik” jurnaliga Anvar Obidjon olib kelgandi. Favqulodda teran, nihoyatda dadil,  samimiy, quyma misralarni o‘qiyotib, uning muallifi talaba ekanligiga ishongim kelmagan. Ular havaskor talabaning mashqlariga umuman o‘xshamasdi. Tengdoshlaridan farqli mukammallik, til va so‘zga, adabiyotga mas’uliyat, millat taqdiriga daxldorlik yaqqol sezilib turardi. She’rlarida yolqin, isyon, o‘ktamlik bor edi. […]

07.10.2025 | 14:53

img1385

DUNYOGA TUTILGAN KO‘ZGU

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining yaqinda bo‘lib o‘tgan 80-yubiley sessiyasida dunyodagi murakkab geosiyosiy jarayonlarga to‘xtalib, xalqaro institutlar nufuzi zaiflashib borayotgan bir vaziyatda global hamjihatlikni mustahkamlash zarurligini alohida ta’kidladi. Prezidentimizning bu ma’ruzasini, ta’bir joiz bo‘lsa, bugungi dunyoga tutilgan ko‘zgu, deb atash mumkin. Keling, jahon ayvonida kechayotgan manzaralarga bir qur nazar tashlaylik. 2022-yilda boshlangan Ukraina […]

07.10.2025 | 09:23

img451

AVVAL VATAN, KEYIN JON

Bu shiorni tasavvuf ilmining yetuk namoyandalaridan biri, Kubroviya tariqatining asoschisi Najmiddin Kubro aytgan, degan rivoyatlar bor. Ulug‘ olim kuch-qudratda tengsiz bo‘lgan mo‘g‘ul qo‘shiniga yuzlana turib, o‘z shogirdlariga bergan topshiriqlarini shu so‘z bilan yakunlagan ekan. Aytimdan murod esa: to shogirdlar jon va Vatan tanlovi qarshisida qolsa, bilib olsinlar, eng birinchi tanlov hamisha Vatandir. Shayx Najmiddin Kubroning […]

06.10.2025 | 16:11

img836

SUQ

Bolalikda: “falonchining ko‘zi bor, kinnasi bor”, “bolam yoki molim suqlandi”, “suq kirdi” kabi gaplar ko‘p quloqqa chalingan. Deylik, qarashi yomonroq yoki o‘tkir biror kimsa bo‘lsa, “bu odamning ko‘zi bor”, deb gumon qilinardi. “Falonchi chaqalog‘imga bir qaragandi, bolam ertalabgacha yig‘lab chiqdi”, “falonchining suqi kirib, sigirimning qorni damlab ketdi” va hokazo… Qizig‘i shundaki, bolaning qorni og‘risa, shamollasa, […]

06.10.2025 | 14:52

img1307

Asosiy

NOZIMAXONIM NIDOSI

Nozimaxonimning tabarruk ismi mumtoz shoiralar safining oxirida va XX asr ijodkor ayollari ro‘yxatining avvalida keladi. U xonliklarning tugatilishi, Turkiston Muxtoriyati va sovet hukumatining tashkil etilishi pallasida umr o‘tkazdi. U ijodini salaflari singari sham shu’lasida aruzdan boshlab, xalaflari kabi elektr chiroq nurida barmoq vaznida tugatdi. Ha, u xalqimizning ikki asr oralig‘idagi turmushini o‘zidan o‘tkazib ko‘rdi. Natijada, […]

06.10.2025 | 09:28

img1039

YOMBIDAN QADRLI

“Quyma” deganimiz barcha zamonlarda har qanday pul birligi o‘rnini bosadigan tabiiy unsur – oltinning foydalanish uchun qulay shaklga keltirilgani. Xonlik davrida quyma katta odam mushti hajmicha bo‘lgan. Bu esa savdogarlar uzoq yurtlarga ot yoki tuyalarda xurjunlarga solib olib borishlarida qo‘l kelgan. Savdogarlar uzoq o‘lkalarga yo‘l olganida olib borayotgan va keltirayotgan mollari miqdoriga qarab saltanat chegaralarida […]

03.10.2025 | 16:06

img1633

EZGULIK MAYOGʻI

Filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimning “Abay ma’rifati” risolasi nashrdan chiqdi. Kitob qozoq xalqining buyuk adibi, umumturkiy adabiyotning yuksak cho‘qqilaridan biri Abay Qo‘nonboyev tavalludining 180 yilligiga bag‘ishlanadi. Bu risola yubileyga munosabat bildirib qo‘yish uchungina yozilmagan. Uning javharida Abayning “Kitobi tasdiq” tarjimasi va sharhini yetkazishdek ilmiy maqsad mujassam. Abay ijodi qiyomiga yetgan XIX asrning so‘nggi choragida […]

03.10.2025 | 14:40

img2296

SHOIR QISMATI

Xabaringiz bor, bu yilgi Mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum olim va ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilindi. Ko‘p yillik samarali faoliyati, yorqin va betakror iste’dodi bilan xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy ma’naviyatimizni boyitish, mamlakatimizda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini […]

03.10.2025 | 12:14

img521

“TILIMIZNI… TIRGIZMAK KERAK”

Ma’lumki, O‘rxun–Enasoy yozma yodgorliklari turkiy tilning sof namunasi sanaladi. Turkiy xalqlar adabiyotida arab va fors tillaridan olingan so‘zlar eski turk tili davrida paydo bo‘la boshlagan. Xususan, arabcha so‘zlar Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonida 5–7 foizni, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” asarida 15–20 foiz va Nosiriddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asarida 39 foizni tashkil etadi. XIV–XV asrdan […]

03.10.2025 | 08:44

img841

Asosiy

O‘ZIMIZNING “BEGONA”

Qatag‘on davrlarining mash’um manzarasi bu gal hikoya qilmoqchi bo‘lgan qahramonimizning achchiq taqdiri misolida yanada oydinlashadi, deb o‘ylaymiz. Muhitdin Tursunxo‘jayev 1900-yili Toshkent shahridagi taniqli shifokor Abdurasul Xo‘ja xonadonida dunyoga keladi. U 1914-yili Toshkentdagi rus-tuzem maktabini tamomlaydi. Madrasa ta’limini ko‘rgan, shuning barobarida dunyoviy fanlarga ishtiyoqi baland bo‘lgan yosh Muhitdin o‘qishni davom ettirish maqsadida Toshkent real bilim yurtiga […]

02.10.2025 | 17:25

img818

USTOZIMNI QUTLAGANI BORAMAN

Insho yozishni o‘quvchi-talabalar har xil qabul qiladi. Kimdir ensasini qotiradi, kimdir “mendan ketguncha…” qabilida topshiradi. O‘zining aqlini ko‘rsatish uchun hafsala bilan yozadiganlar ham yo‘q emas. Ana shu insho yozilgan uch-to‘rt varaq hayotimni mutlaqo o‘zgartirib yuborgan. …Maktabni tugatib, institutga kirolmadim. Xayolimda chetga ketish fikri aylanardi. Istanbulda tanish akalar ishlayotgani uchun mo‘ljalni Turkiyaga qarab oldim. Begona yurtda […]

02.10.2025 | 16:05

img1758

JILGʻALAR BOSH QO‘SHIB DARYO BO‘LADI

“Jadid bobomga maktub” ijodiy insholar tanlovi yurtimiz maktablarida tahsil olayotgan izlanuvchan o‘quvchilarning qalbi va qalamiga yangi umidlar hamda ilhom berdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Hafta davomida yurtimizning turli manzillarida bo‘lib, g‘olib va sovrindorlarni taqdirladik, har birining ota-onasi, ustozlariga cheksiz minnatdorlik izhor etish imkoniga ega bo‘ldik. Safarimizni Ajiniyoz, Berdaq kabi yetuk oqin va jirovlar kuylagan qo‘shiq ohanglari […]

02.10.2025 | 12:25

img431

MA’NO MA’VOLARI

Hazrat Alisher Navoiy izidan “Yurgan – daryo, o‘tirgan – bo‘yra”, deydi xalqimiz. Ilm talabida jahon kezmoq – bizga bobomeros odat. Safar asnosida rub’i maskunning sir-asroridan voqif bo‘lasiz, yangi bilimlar orttirasiz, hikmat sohiblariga oshno tutinasiz. Yaqinda bir guruh o‘zbekistonlik navoiyshunos olimlar Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashabbusi va homiyligida Eron Islom Respublikasining Tehron, Mashhad, Tus, […]

02.10.2025 | 09:36

img518

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylariga tabrigi

Qadrli do‘stlar! Siz, azizlarni, hayotini dunyodagi eng ulug‘ va olijanob ishga – navqiron avlod ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlagan muhtaram ustoz va murabbiylar, sohaning barcha jonkuyar xodimlarini umumxalq bayrami – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Mana shunday quvonchli kunda siz, mehribon ustozlarga el-yurtimizning yuksak hurmat-ehtiromini yana bir bor izhor etib, barchangizga Yangi O‘zbekiston kelajagini yaratish […]

30.09.2025 | 18:26

img1298

“SENING BILAN ESKILAR YANGI…”

MUALLIM Odamtog‘lar bordir, odamdaryolar –Dunyoni yetaklab yurgan dunyolar. Ilk hayot kitobin yozgan ulardir,Maxluqdan Insonni tuzgan ulardir. Ulardir ming yillik zulmat yo‘lidanO‘tgan avlodlarning tutib qo‘lidan. Ko‘z nurini berib ham berib jonin,Ko‘zlarini ochgan so‘qir dunyoning. Ilk harfda koinot kalitin topgan,Ilk so‘z-la jaholat yo‘lini yopgan. Yonidan kiborlar o‘tsa valaqlab,Ular sukut qilgan kitob varaqlab. Tuproqday xokisor, suvday hayotbaxsh,Yo‘lsizlarga yo‘lbaxsh, […]

30.09.2025 | 16:20

img1642

TARIXNI TIKLASH MASHAQQATI

Akademik Ahmadali ASQAROV bilan suhbat – Domla, Mustaqillik davri avlodi Siz yozgan darsliklar orqali Vatan tarixidan boxabar bo‘ldi. Sizning faoliyatingizda ustozlaringiz armoni ushaldi. Ayting-chi, sovetlar tomonidan tahrir qilinib, tanib bo‘lmas holga kelgan tarixni tiklash qanday kechgan? – Ha, men baxtli olimlardanman. O‘zbekiston Istiqloli tarix fanini ham mutelik zanjirlaridan xalos qildi. Shu bilan birga, olimlar oldiga milliy […]

30.09.2025 | 12:27

img819

YAXSHILIK ELCHISI

Yangi asrning yangi qutblari Bashariyat yaralgandan beri qarama-qarshilik ham bardavom, hozirgacha na jamiyat, na millat, na davlatlar orasidagi ziddiyatlarga barham berishning imkoni bo‘lgan emas. Tabiat, koinot, hatto borliqning o‘zi turli qutblardan iborat ekanini inobatga olsak, hamma bir tomonda bo‘lishining o‘zi mantiqsizlikday, Yaratganning irodasiga zidday tuyuladi. Insoniyatning bizga ma’lum bo‘lgan o‘tmishi Gʻarb va Sharq, Shimol va […]

30.09.2025 | 08:58

img1215

KARMANALIK ERKSEVAR QIZ

Milliy ozodlik harakati ishtirokchilari qatorida xotin-qizlar borligi ko‘pchilik uchun yangilik. Aslida, Turkiston ayollarining chavandozlikda, qilichbozlik, kamondan o‘q uzish singari harb ishlarida mohir ekani, temuriylar qo‘shinida ham nozik xilqat vakilalari bo‘lganiga tarix guvohlik beradi. Ularning munosib avlodlaridan biri Nodira Rahmatillaboy qizidir. U haqidagi ma’lumot ko‘p emas. Faqat tarixchi olimlar Qahramon Rajabov hamda Said Mansur Olimiyning izlanishlari […]

29.09.2025 | 15:36

img3977

JADID KUTUBXONASI