KUTUBXONA
Muallif: admin
BOG‘LARIDA BAHOR BOR…
Paxtachi tumanidagi 1-maktabda yil-o‘n ikki oy bahor, desak mubolag‘a emas. Bunda fasllar almashmaydi, yam-yashil daraxtlar-u kamalakrang gullar ayozda ham ko‘rgan ko‘zga huzur, ko‘ngilga taft-harorat beradi. Xuddi botanika bog‘ini oralab yurganday bo‘ladi kishi. Boisi oddiy: hamma gap ustozlar jamoasining “Har bitiruvchi uchun bir daraxt” loyihasida. Ushbu ta’lim dargohini tugatib, katta yo‘lga qadam qo‘yayotgan navnihol yoshlar yaxshi […]
24.04.2025 | 09:13
612
“FERUZA TOSH BO‘LSAM DARYOLARINGDA…”
Birovning shaxsiyati, ijodi haqida bir yaxshi gap aytilsa, darrov xayolimga “Odam bolasidagi kimlargadir manzur bo‘ladigan fazilatlar osmondan tushmaydi. Avvalo, oilasi, ota-onasining tarbiyasidan oladi. Qolaversa, o‘qigan, ishlagan muhitidan, ustozlik qilgan insonlardan, vaqtida to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan do‘stlaridan ibrat, namuna o‘tadi”, degan fikr keladi. Shu o‘y barobarida rahmatli otam, onam, maktabda, institutda, so‘ng ish joylarimda yo‘lchiroq bo‘lgan Matyoqub […]
23.04.2025 | 17:02
699
TABARRUK OYDINLAR DUOSI
Ma’lumki, hamma zamonlarda ham millat taraqqiysi, davlat barqarorligi, jamiyat ravnaqida ziyoli ijodkorlarning ta’siri beqiyos bo‘lgan. Biz bu hodisani jadid bobolarimiz faoliyatida ro‘y-rost ko‘ramiz. Bugun ham ana shunday maqom tutgan ustoz adiblarimiz borki, ularning fikr-u zikrlari xalqimiz dunyoqarashining sayqallanishiga xizmat qiladi. Gazetxonlarimiz e’tiboriga havola etilayotgan mazkur suhbatda adabiyotimizning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri, serqirra adib, filologiya fanlari […]
23.04.2025 | 12:54
692
UCH O‘LCHAMLI OLAM OSHIG‘I
Yangiyer shahrida Norbo‘ta muallimni yaxshi tanishadi, kasbiga bo‘lgan fidoyiligi, halolligi ortidan el oldida doim yuzi yorug‘. O‘qituvchilik ortidan to‘rt farzandni boqib, munosib tarbiyalab, elga qo‘shdi. Qahramonimiz yosh matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent Otabek Hakimov muallim xonadonidagi uch og‘a-inining kenjasi. U ham akalari singari maktabga chiqmasdanoq o‘qish-yozishni o‘rganib olgandi. Tengdoshlaridan ancha ilg‘or Otabekka o‘zidan bir […]
23.04.2025 | 08:52
1242
UYG‘OQ MILLATGINA YUKSALADI
Kim bedor, kim uyg‘oq, kurashchan, harakatchan bo‘lsa, u albatta maqsadiga yetadi. Bu hayotiy haqiqatni Andijon va andijonliklar misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Ular doimo mavjud imkoniyat va imtiyozlardan oqilona foydalanib, zamonga mos harakatda, yurt va jamiyat manfaatlarini ko‘zlab yangilikka intilgan holda yashashni odat qilgan. Davlatimiz rahbarining 15-16-aprel kunlari Andijon viloyatiga tashrifi ana shunday fidoyi xalqimiz, odamlarimizga […]
23.04.2025 | 08:46
644
XAYRLI ISHNI VATANIMIZDAN BOSHLAYLIK
Ijtimoiy tarmoqlarda “Madina shahrida xurmo ekib, savob oling” mazmunidagi pul evaziga biror bir shaxs nomidan ko‘chat ekish va’da qilinayotgan videolar aylanmoqda. Ayrim fuqarolarimiz tomonidan pul o‘tkazilgani va ularning nomidan xurmo ko‘chatlari ekilayotgani ham tasvirlangan. Islom dinida ham “Yaxshilikni avval yaqinlaringga qil” degan gap bor. Endi savol tug‘iladi, nima uchun o‘z mablag‘imizni o‘zga yurtning obod bo‘lishi, […]
22.04.2025 | 17:10
810
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR MONOLOGI
Menkim, Zahiriddin Muhammad Bobur, Umarshayx Mirzoning o‘g‘li, yetti iqlim hukmdori ulug‘ Temurbekning zurriyodi, Tangri taoloning inoyati bilan Andijon shahrida tavallud topdim. Bu charxi falak boshimga qanday kunlarni solmasin, qaysi diyor va o‘lkalarda umrguzaronlik qilish nasib etmasin,Andijon latofati, Andijon muhabbati bir soniya xayolimni tark etmadi.Andijon!..Andijon eli turkiydur. Shahr va bozorida turkiy bilmas kishi yo‘qtur. Elining lafzi […]
22.04.2025 | 14:54
2044
Asosiy
“KUMUSHNING O‘LDIRILGANINI KECHIRMAYMAN”
Otam Habibulla Qodiriyning aytishlaricha, “O‘tkan kunlar”ning ayrim boblari 1923–1924-yillarda “Inqilob” jurnalida bosilib turgan. Masalan, “Otabek Yusufbek hoji o‘g‘li”, “Xon qiziga loyiq bir yigit”, “Bek oshiq”, “Marg‘ilon havosi yoqmadi”, “Kiroyi kuyaving shundog‘ bo‘lsa”, “Majburiyat”, “Chaqimchilik” kabi boblar. 1925-yilga kelib esa asarning birinchi bo‘limi alohida kitob bo‘lib nashr etilgan ekan. Ushbu sana munosabati sabab, “O‘tkan kunlar” bilan […]
22.04.2025 | 12:31
826
YANGI O‘ZBEKISTON TARIXIDAGI YORQIN SAHIFA
Yurtimizda so‘nggi yillarda milliy tarix va ma’naviyatga munosabat yangi bosqichga ko‘tarildi. Dunyo tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning nomini abadiylashtirish, ularning ma’naviy merosini xalqimiz ongiga, yoshlar qalbiga chuqur singdirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar bugun har bir yurtdoshimiz qalbida faxr va shukronalik tuyg‘usini uyg‘otmoqda. Bu boradagi amaliy sa’y-harakatlar natijasida buyuk shaxsiyatlarning nomlari bilan atalgan […]
22.04.2025 | 10:18
487
“TALMOVSIRASH”DAGI “TALMOV” NIMA?
Tilimizda dovdirash, o‘zini yo‘qotib qo‘yish, ataylab o‘zini shunday holatga solish talmovsirash so‘zi bilan ifodalanadi. Kimdir nimanidir bilib turib o‘zini bilmaslikka solsa ham talmovsirama, deymiz. Xo‘sh, bu so‘z o‘zagidagi talmov so‘zi qanday ma’noni anglatgan? “At-tuhfa” lug‘atida talmov so‘zi masxaralash mazmunida keladi. Mahmud Koshg‘ariyda aynan talmov so‘zini uchratmadim, lekin talu so‘zi telba ma’nosida izohlangan. Darhaqiqat, o‘zini ataylab […]
22.04.2025 | 09:12
684
ENERGETIK ICHIMLIKLAR: KUCH BERADIMI, OLADIMI?
So‘nggi paytlarda g‘alati bir holatning ko‘p guvohi bo‘lyapmiz: aksar odamlar o‘zini sal behol, bemajol seza boshlasa, energetik ichimlik izlab qolyapti. Simirsa, go‘yoki kuch olib tetik-bardamlashadi. Aslida ham shundaymi? Mavzu yuzasidan oliy toifali kardiolog Odina Malikovaga yuzlandik. – Bu ichimlik ilk bor 1960-yili Yaponiyada dori vositasi sifatida yaratilgan. Keyinchalik ustomon tadbirkorlar mahsulotni ommalashtirish, pul qilish uchun […]
21.04.2025 | 17:24
715
“SAMOLARGA TERMILTIRGAN OROMIJON…”
Valentina Goryacheva aviatsiya kursanti Yuriy Gagaringa turmushga chiqqanida hali nomi tarixda qolishini bilmagan edi. Oddiy raqs kechasida past bo‘yli, ozg‘in, taroshlangan kirpisoch, shalpangquloq yigitga sherik bo‘ldi‑yu, hayoti butkul o‘zgarib ketdi. Keling, bugun boshi osmonga yetsa ham odamiyligini saqlab qolgan kosmonavt va uning qahramon ayoli haqida gaplashamiz. Maxfiy topshiriq Bir oqshom Yuriy Moskvaga shoshilinch jo‘nab ketadi. […]
21.04.2025 | 16:57
264
“HAQIQIY QAHRAMON KO‘ZDAN SAL CHETROQ”
Bilasiz, Rishton kulolchilik tajribasi bilan dong taratgan, ilm-u hunar hadisini olgan ko‘plab ziyolilarni tarbiyalagan zamin. Bu yerning ilmli, mehnatkash insonlaridan biri Qodirjon Qosimov ishbilgi odam: bir vaqtning o‘zida dehqon, bog‘bon, tadbirkor. Eron va Turkiyadan noyob pista navlarini keltirib, laboratoriya usulida yetishtirib, katta maydonda bog‘ yaratgan. Farg‘onaga safarimiz ular bilan hamsuhbatlikda yanada qizg‘in o‘tdi va taassurotlarimizni […]
21.04.2025 | 09:22
653
GʻIJDUVONIY KIM EDI?
Yangicha e’tirof Bu yilgi Navro‘z umumxalq bayramini o‘tkazish yuzasidan ishlab chiqilgan konsepsiyada ushbu ayyomni xalqimizning ulug‘ namoyandalari tavallud ayyomlari bilan hamohang tarzda nishonlash katta ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlanib, bunday ulug‘ siymolar qatorida Xoja Abdulxoliq Gʻijduvoniyning tabarruk nomi ham qayd etilgan. Ochig‘ini aytganda, biz har yili ommaviy axborot vositalarida, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda dunyoviy ruhda ijod […]
20.04.2025 | 16:01
972
MILLIY FOJIAMIZ
Bizning qishloqda (mahallamizda) bir yilda 50–70 ta to‘y bo‘ladi. Bitta to‘yga kamida 50 mln so‘m mablag‘ sarflanadi. Arifmetika: 50 000 000 x 60 = 3 000 000 000 (3 mlrd). Qishlog‘imizda har yili 3 mlrd so‘m mablag‘ orzu-havasga sarf bo‘lmoqda. O‘zbekistonda biznikiga o‘xshagan taxminan yana 10 mingta mahalla bor. Arifmetika: 10 000 x 60 = […]
19.04.2025 | 12:31
434
O‘NG QO‘LING BERGANNI… BUTUN DUNYO KO‘RSIN(MI?)
Ro‘zayi ramazon kunlarida oynayi jahon (ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar) saxovat tadbirlari targ‘iboti bilan to‘lib toshdi. Xalqimizda qadimdan Navro‘z va boshqa bayramlarda, ayniqsa, ro‘za oyida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish, fitr va zakotlarini kamdaromad oilalarga berish an’anasi mavjud. So‘nggi yillarda bu an’ana davlat siyosati o‘laroq tizimli tashkil qilinadigan tadbirlarga aylandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil qilingan “Temir daftar” […]
18.04.2025 | 17:32
514
KARVON YO‘LIDAGI “JAYRON” YOXUD SAYYOHLARGA BAG‘RINI OCHAYOTGAN PARVARISHXONA
Yo‘l ko‘rsatuvchi mayoq Buyuk Ipak yo‘li karvonlari qadimda Xitoydan Yevropaga Buxoro orqali o‘tgan. Biz bugun hikoya qilmoqchi bo‘lgan “Jayron” parvarishxonasi hududi ham ana shu yo‘l yoqasida. Bu yerdan XIII–XV asrlarga oid ko‘plab sopol idishlar topilgani ushbu manzil uzoq yillar davomida Gʻarb va Sharq o‘rtasida madaniy ko‘prik vazifasini o‘taganidan dalolat beradi. Parvarishxonadan 20 kilometr uzoqlikda qadimiy […]
18.04.2025 | 16:55
3471
Asosiy
ADAB YOTLARDAN ADABIYOT QUTQARADI
Suhbatdoshimiz – Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori, filologiya fanlari doktori, professor Jabbor Eshonqul – Jabbor aka, Sizni folklorshunos olim, mohir tarjimon sifatida bilamiz. Sohada yuzlab ilmiy maqolalar muallifisiz. Bu raqam tagzamirida yotgan mehnatni biz bilan baham ko‘rsangiz. Bugungi shiddatli zamonda adabiyot va san’atning ahamiyati haqida fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz. – Adabiyotga, so‘zga ehtiyoj qadim […]
18.04.2025 | 12:31
795
DUNYO PARLAMENTLARI VAKILLARI O‘ZBEKISTONDA
Dunyo hamjamiyati ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasini katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Yurtimizga tashrif buyurgan siyosatchi-mehmonlar ushbu nufuzli anjuman orqali jahon hamjamiyati tomonidan O‘zbekistonning xalqaro siyosiy markazlardan biri sifatida e’tirof etilayotganini alohida ta’kidlashdi. – O‘zbekiston mintaqada birinchilardan bo‘lib ushbu anjumanga mezbonlik qilgani va uning muvaffaqiyatli o‘tayotgani e’tirofga molik, – deydi Parlamentlararo Ittifoq Prezidenti […]
18.04.2025 | 10:14
539
BEHBUDIY VA JUG‘ROFIYA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda “Turkiston jadidlik harakati asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ma’rifatparvar bobomiz merosini har tomonlama o‘rganish uchun muhim asos vazifasini o‘taydi. O‘z zamonasining ilg‘or fikrli vakili sifatida Behbudiy nafaqat mamlakat yoki mintaqa, balki dunyo miqyosida fikrlay olgan, sayyoramizda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlardan mamlakat […]
18.04.2025 | 09:35
916
ASRGA TATIGULIK UCH KUN
Men hamisha Samarqandga katta ishtiyoq va cho‘ng bir sevgi bilan boraman. Bu qadimiy kentni bekorga “ona yer moʻjizasi” yoki “sayqali ro‘yi zamin” deyishmaydi. Shahar me’moriy yodgorliklari kishini hayratga soladi, sirli moziyga qaytaradi. Sammitni ochib bergan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning olamshumul ma’ruzasini har bir ishtirokchi alohida qiziqish va yuksak ehtirom bilan tingladi. U o‘z nutqida yig‘ilganlar […]
17.04.2025 | 16:42
558