Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Muallif: admin

SUN’IY INTELLEKT VA TARIX – YANGICHA TALQIN

Bugun zamon shiddat bilan rivojlanmoqda, o‘zgarishlar ko‘lami keng, yangiliklar oqimi dolg‘ali. Hozirda sun’iy intellekt asr moʻjizasi sifatida namoyon bo‘lib, insoniyatni qayta-qayta hayratga solyapti. U kirib bormagan soha, tatbiq qilinmayotgan yo‘nalishning o‘zi yo‘q hisob. Rivojlangan mamlakatlarda sun’iy intellekt imkoniyatlari joriy etilgan yuzlab turli xil xizmatlar paydo bo‘lmoqda. “Next Move Strategy Consulting” kompaniyasining bashoratiga ko‘ra, 2030-yilga borib […]

17.04.2025 | 15:55

img1681

INNOVATSION YONDASHUV ZARURATI

Umida Tillaboyeva – mehnat resurslarini boshqarish va iqtisodiy tadqiqotlar sohasidagi zamonaviy yondashuvlarni ilgari surayotgan yosh olimalardan biri. U ayni paytda G. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filialida aspirant va o‘qituvchi. Mehnat bozoridagi muammolarni tahlil qilish hamda O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishga oid yangi strategiyalar ustida ish olib bormoqda. U bilan mehnat resurslarini boshqarishda an’anaviy […]

17.04.2025 | 12:31

img393

NATIJALARGA QAT’IY ISHONAMIZ

O‘zbekistonning olib borayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosati natijasida mamlakat bugun dunyo davlatlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va yanada kengaytirishga qaratilgan yirik anjumanlar va forumlarga mezbonlik qilmoqda. Qadimiy Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi birinchi rasmiy sammiti, Xalqaro iqlim forumi, Toshkent shahridagi Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi bunga yaqqol misoldir. Mintaqa davlatlariga bir […]

17.04.2025 | 09:00

img664

“YUR” VA “YURT” SO‘ZLARI HAQIDA

“Qari qarg‘a” degan she’rimda “Hamon yurt oralab yurar bir maqol” degan satrni yozayotganimda yurt va yur so‘zlaridagi uyg‘unlikni sezib qoldim. Gap shundaki, qadimgi tilimizda fe’ldan ot yasovchi “-t” qo‘shimchasi bo‘lgan. “Qadimgi turkiy til” kitobida “ayir” ma’nosidagi adir so‘ziga –t qo‘shilib, adirt  (farq) so‘zi yasalganligi haqida aytilgan. Hozirgi ajrat so‘zi shundan kelib chiqqan. Menimcha, chiqit so‘zi […]

16.04.2025 | 17:12

img886

ORZULARNI QAYCHILAMANG!

Atoqli rus adibi Anton Chexov bir hikoyasida yozganidek, ming yillar burun ham quyosh xuddi bugungidek tongda chiqib, shomda botar edi. Shunga o‘xshab, insoniyat yaralgandan to bugunga qadar an’anaviy yashab kelayotgan hunarlar bor. Gapni mavzuga bursak, ming yillar avval ham odamlar soch-soqolini kuzash uchun sartaroshga borgan, bugun ham shunday. Yovga zinhor bosh egmagan shohlar ham sartarosh […]

16.04.2025 | 15:55

img548

KOINOTDAGI QORA TUYNUKLARNI O‘RGANAYOTGAN O‘ZBEK OLIMI

Jadid ma’rifatparvarlari orasida nafaqat shoir-u adiblar, muallim-u tarixchilar, balki aniq fan va kasb vakillari – irrigatorlar, kimyogarlar, veterinarlar, shifokorlar, mohir me’morlar, hatto astronomiya va qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari bo‘lganidan xabardorsiz, albatta. Ularning aksariyati “Ko‘mak” xayriya jamiyati orqali xorijda bilim va tajribasini oshirishgan. Taassufki, qatag‘on qilichi ularga dunyoviy tajribalarini yurtida qo‘llash imkonini bermadi. Biroq jadidlar ilmiy […]

16.04.2025 | 12:31

img660

KITOB VA XITOB

Bugun yurtimiz ko‘chalarini aylanib, yaqin o‘n yillar ichidagi o‘zgarishlar, misli ko‘rilmagan bunyodkorlik ishlari, yangilanishlarni ko‘rib dil yayraydi. Poytaxtimizning dunyodagi boshqa rivojlangan shaharlar bilan bo‘ylashadigan zamonaviy qiyofasi, chiroy ochib borayotgan ko‘chalar, osmono‘par inshootlar – har biri o‘zgacha g‘urur, iftixor bag‘ishlaydi. Turli savdo majmualari, dam olish maskanlarining ko‘payganini ayting, quvonmay bo‘ladimi? Kamiga xorijdan, qo‘shni davlatlardan kelayotgan sayyohlarning […]

16.04.2025 | 09:25

img530

MAQOLLAR HIKMATI

Men poytaxtning haqiqiy o‘zbekona mahallalaridan birida tug‘ilib, voyaga yetganman. Bizning mahallada turli millat bolalari bor edi. Ular bilan “Bekinmachoq”, “Oq terakmi, ko‘k terak?” kabi o‘zbek milliy o‘yinlarini o‘ynab katta bo‘lganman. O‘sha paytlardayoq o‘zbek tilidagi men ma’nosini tushunmagan so‘zlarni o‘zbek do‘stlarim bolalarcha soddalik bilan tushuntirishardi. Bolalikning samimiyati meni hamisha o‘ziga maftun etib kelgan. Balki shu sababdan […]

15.04.2025 | 16:47

img537

Asosiy

E’TIQOD OSTONASIDAGI “TROYA OTI”

U yoshlar uchun muqarrar ofat, yurt uchun ulkan xatardir. Diniy radikalizm. Bu ijtimoiy fenomenga bepisand qarash o‘ta xatarli. Hozirga qadar bu yo‘nalishdagi urinishlarning deyarli barchasi ayanchli fojialarga sabab bo‘lgan. Achinarlisi, keyingi vaqtlarda biror-bir yurtning hududiy yaxlitligi va suverenitetiga raxna solish, uni itoatda tutish uchun diniy radikalizm omilidan foydalanishga urinishlar kuzatilmoqda. Bugunga kelib diniy radikalizm – […]

15.04.2025 | 12:38

img797

JADIDLAR DAVRIDA KUTUBXONALAR

         Jadid ma’rifatparvarlari xalqlarimizni jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, ularni g‘aflat botqog‘idan qutqarishning asosiy yо‘li – bilim va ma’rifatda, dunyoviy bilimlarni egallashda deb bilganliklari uchun milliy uyg‘onish, milliy taraqqiyot g‘oyasini rо‘yobga chiqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdilar.           Ma’lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida Turkiston shahar va qishloqlarida masjidlar, oliy, […]

15.04.2025 | 10:45

img1157

YANGI MA’NAVIY MAKONNI YARATISH UCHUN NIMALAR QILISH KERAK?

      Yangi ma’naviy makonni yaratish uchun eng avvalo, birinchidan, hozirgi globallashuv jarayonida ma’naviyat va ma’rifatga, yoshlarning axloqiy tarbiyasiga va bilim olishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Ikkinchidan, “ommaviy madaniyat” tarzida kirib kelayotgan turli xavf- hatarlarga qarshi kurashish uchun asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosiga tayangan holda faoliyat kо‘rsatish talab qilinadi.         Buning uchun […]

15.04.2025 | 10:27

img492

EGIZ DENGIZ

Asrlar osha insoniyat dunyoga taralib, millatlar o‘z chegaralarini kengaytirib, ayrimlari o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib, xohlagan erkinligiga qiyinchiliklar orqali erishib, o‘z taqdirini o‘zi belgilab, ulkan maqsadlar bilan oldinga intilib ketmoqda… Shunday muhim davrlarning uzaygan fasli ba’zan yaxshilikka xizmat qilmay, ko‘z-u qoshdek yaqin ellar ham bir-biriga qarshi chiqib, adolatdan yiroqlashib, kutilmagan adovatga duch kelgan davrlar ham bo‘ldi. […]

15.04.2025 | 09:20

img590

“TEMUR TUZUKLARI” YODGORLIGIGA OID AYRIM MULOHAZALAR

Men ona tariximizning shoh asari bo‘lgan Sohibqiron Amir Temur qalamiga mansub “Temur tuzuklari”ni dunyoning nodir yodgorliklaridan biri, deb hisoblayman. Birinchidan, asar muallifining favqulodda daho siymo ekanligi, ikkinchidan, yozilish uslubi soddaligi, uchinchidan, asar taqdirining g‘aroyibligi, to‘rtinchidan, olingan davr (bu davrda jahon xaritasi yangidan tuzildi, Yevropa Renessansiga zamin yaratildi, Amir Temur dunyo hayotini harakatga keltiruvchi qudratli kuchlardan […]

14.04.2025 | 18:36

img1401

“DO‘ST QIDIR, DO‘ST TOP JAHONDA…”

Markaziy Osiyo hududida yashagan xalqlar qadim-qadimdan do‘st-inoq, quda-anda, qon-qardosh bo‘lgani barchaga ma’lum. O‘lkadagi har bir mustaqil mamlakat o‘z milliy davlatchilik asoslarini qayta bunyod etib, ko‘ksini ko‘tarib, dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rnini topgunga qadar, haq gapni aytadigan bo‘lsak, bir muddat o‘z ichki masalalari, ijtimoiy-iqtisodiy tizimidagi muammolarini hal etishga ko‘proq kuch va vaqt sarflashdi. Aslida dunyodagi hech bir […]

14.04.2025 | 17:49

img465

Asosiy

“BUNDAY YAXSHI ODAM KAM BO‘LADI”

1922-yil kuzida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi mutasaddilari 55 nafar istiqbolli yoshlarni zamonaviy fan va texnologiyalarni o‘rganish maqsadida Germaniyaga o‘qishga yuboradi. Kelajakda yurti taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shishi kutilgan, biroq kutilmaganda juvonmarg ketgan yoshlardan biri Bahovuddin Aminjonov edi. Bahovuddin 1904-yili Buxoro shahrida mudarris xonadonida tavallud topgan. Otasi Aminjon Ziyovuddinov “Yosh buxoroliklar” partiyasining faollaridan bo‘lib, Buxoro tarixiga oid […]

14.04.2025 | 15:05

img721

OSH LAGANDAY BO‘LAYLIK

O‘tgan shanba bozorladim. Eh-he, hammayog‘ obod. Madrasani shundog‘ biqinida rasta-rasta baraka. Yetti qavat hasip ustidagi kuydirilgan kalla barra-barra ko‘katni iskab yotibdi. Tag‘in qator-qator olma-yu ananas, mayiz-u marjumak, bodrog‘-u qovurdoq. Buyog‘i ro‘zamasmi, dona-dona xurmo, paqir-paqir nisholda, uyum-uyum talqon, tog‘ora-tog‘ora sumalag-u holvaytar. Nariroqda so‘qoqlik kennoyi mador somsa sotyapti. Xullas, hammasidan cho‘qib-cho‘qib, o‘zimga 25 so‘mlik iftorlik yasadim. Gulzor […]

14.04.2025 | 09:09

img465

“IBRATXONA KITOBDAN BOSHLANADI”

Bu e’tirof ko‘pqirrali ijodkor shaxsning umr mazmunidan kelib chiqqan. …O‘n to‘rt yashar qizaloqning boshqalarga ajdahomisol ko‘ringan “temir o‘tsochar” – traktorni boshqarganini eshitganmisiz? Bu voqea o‘tgan asrning oltmishinchi yillari boshida ro‘y beradi. O‘sha vaqtlarda paxta atalmish mashaqqatli ekinni yetishtirishda asosiy kuch bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘l mehnatidan ozod qilish niqobida paxta qulligini rivojlantirishni ko‘zlagan “tursunoychilik” harakati maydonga chiqqan […]

11.04.2025 | 17:00

img543

VODIYLARNI YAYOV KEZGANDA…

Ko‘klamda odam jonsarak bo‘lib, bir joyda o‘tirolmaydi. Olam yasharib, yerning harori toshib, tiriklik nafasi yoyilgan bu farahli kunlarda tor xonaga sig‘may qolasan. Axir odam tuproqdan yaralgan, ona tabiatning bir bo‘lagi-da. Bunday chog‘larda “hayo-huyt” deb bir yoqlarga sayr-u sayohat qilging keladi. Shunday emasmi, qadrdon? “Bahor ayyomidur dag‘i yigitlikning avonidur” deb xirgoyi qilgancha Farg‘ona tomonlarni bir aylantirib […]

11.04.2025 | 15:33

img858

QUYOSHNING UMRI BOQIYMI?

Ko‘klam kelib, ayoz chekina boshladi. Havo iliqlashmoqda. Quyosh taftida tabiat qabog‘in ishqalab uyg‘onmoqda, yangilanmoqda. Qiziq, mana shu porlab nur sochib turgan quyoshning yoshi nechada ekan-a? Nuri tuganmasmikan? Yana qanchagacha yetarkan? Shu savollarga fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Farhod Botirovdan quyidagicha javob oldik. – Biz bilgan Quyosh Yerga eng yaqin yulduz bo‘lib, hozirgi holatda uni statsionar […]

11.04.2025 | 12:23

img592

Mahmudxo‘ja Behbudiy merosiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

8-aprel kuni “University of Business and Science” nodavlat oliy ta’lim muassasasining Toshkent filialida “Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi va jadidlar harakatida ilm-fan, ta’lim va tarbiya masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi tegishli qarori va Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi buyrug‘i asosida tashkil etildi. Konferensiyada tarixchi va adabiyotshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar, […]

10.04.2025 | 13:22

img527

Oʻzbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy tavallud topgan kun

Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprelda Toshkentda bog‘bon oilasida tavallud topgan. Adib va shoir sifatida 1912-yillarda faoliyatini boshlagan. “To‘y” “Ahvolimiz”, “Millatimga”, “Fikr aylagil” kabi she’rlari “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz” hikoyasi uning ilk asarlaridir. Uning 1916-yilda yozilgan “Uloqda” hikoyasi o‘zbek realistik hikoyasining eng yaxshi namunalaridan biri hisoblanadi. Bundan so‘ng adib birin-ketin “Kalvak Mahzumning xotira daftaridan”, “Toshpo‘lat tajang nima […]

10.04.2025 | 09:12

img11226

JADID KUTUBXONASI