KUTUBXONA
Muallif: admin
MOMOLAR IZIDAN…
Adiba Shahodat Isaxonovaning “Nodirayi davron” kitobini o‘qib She’riyat bo‘lmasa, bashariyat necha asrdan buyon boshiga yog‘ib turadigan ofatlardan omon chiqolmas, o‘zini qayta tiklay olmas, hayoti ham bunchalar chiroyli bo‘lmas edi. U butun dunyoning raso ustuni, ayrilmas joni. Ba’zan o‘ylab qolaman, nega biz she’riyat deymiz-u, uning yonboshida suyanch bo‘lgan ulkan tog‘ tizmalarini nasriyat deb atamaymiz? Qiziq. Bu […]
13.03.2025 | 12:41
550
YUKSAK ORZULAR OG‘USHIDA
Inson o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, shu yo‘lda astoydil harakat qilsa, albatta, o‘z niyatiga erishar ekan. Men ham o‘n yil deganda nihoyat, Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo‘ldim. Prezidentimiz qaroriga binoan ana shunday yuksak mukofot bilan taqdirlanganlar safida o‘zimning ham ism-sharifimni o‘qib quvonchdan ko‘zlarim yoshga to‘ldi, qalbim g‘ururdan entikdi. Ana shu sururli damlarda onajonimning his-hayajonini […]
13.03.2025 | 10:59
316
“DUNYODA TURMOQ UCHUN DUNYOVIY FAN VA ILM LOZIMDUR”
Tayinki, har qanday hushi o‘zida bo‘lgan insonning, hamiyatli va qo‘rqmas qavmning, oq bilan qorani farqlay bilgan elning eng ezgu orzusi erk otlig‘ tansiqdan tansiq ne’matga noil bo‘lmoqdan iborat. Ayniqsa, agar qaramlik, istibdod degan bo‘yinturuqqa shafqat degan tushuncha tamoman begona bo‘lganida, mazkur orzu-armon olovga, alangaga aylanadi. O‘tgan asrning ibtidolarida Turkistonda elning erki ana shunday dahshatli bo‘yinturuq […]
13.03.2025 | 09:19
1458
TEMURIYLAR DAVRI JADIDI
Namozmi yoki niyoz? “Xamsa” – hazrat Navoiydan eng buyuk yodgorlik. Undagi dostonlarda xotin-qizlar timsollari yorqin tasvirlangan, ilm-ma’rifat bobida ularning erkaklardan aslo kam emasligi o‘z ifodasini topgan. Birinchi doston bo‘lmish “Hayrat ul-abror”ning 25-bobi – “Ibrohim Adhamning Ka’bag‘a namoz bila borg‘oni va Robiayi Adviyag‘a Ka’baning niyoz bila kelgani” deb nomlanib, hikoyat keltiriladi. Unda Robia al-Adaviya timsoli yaratilgan. […]
12.03.2025 | 16:42
666
KORRUPSIYA – KELAJAKKA TAHDID
Xabar berilganidek, 5–mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda davlatimiz rahbari tomonidan tilga olingan muhim masalalar korrupsiyaga toqatsiz bo‘lgan har bir yurtdoshimizni befarq qoldirmasligi tabiiy. Qamrov Prezident ma’ruzasining korrupsiya bilan bog‘liq qamrovi shu qadar […]
12.03.2025 | 12:50
522
MUSHUK VA SHUMSHUK
Mushuk so‘ziga shuk so‘zi asos bo‘lgan. Men bu haqda aniq ma’lumotga “Navoiy asarlari lug‘ati”ning 1973-yildagi nashrida duch kelganman. O‘sha manbada shuk so‘zi “pisib, poylab, tikilib yotgan” ma’nolarini anglatadi deb izohlangan. Bunga shumshuk so‘zini ham qiyoslash mumkin. “Shumshayma!” degani “pisib turma” degan ma’noni bildiradi. Gʻayri ulkim, yotibon yo‘lungda shuk,Qormobon qoningni ichkan bir mushuk. (Alisher Navoiyning “Lison […]
12.03.2025 | 11:24
811
“QORONG‘U UFQDAGI TONG YULDUZI”
Tarixdan ma’lum, Chor Rossiyasi dastlab Qrim, Tatariston, Kavkazorti kabi musulmon o‘lkalarini bosib oldi. XIX asrning uchinchi choragiga kelib Qo‘qon xonligi mahv etilib, Buxoro amirligi va Xiva xonligi amalda tobe davlatga aylantirildi. Bu sharmandali mag‘lubiyatga xonliklarning bir-biri bilan ochiqdan ochiq ixtilofi, iqtisodiy, siyosiy, hududiy masalalarda ziddiyatlari, ilm-fan, taraqqiyot bobidagi oqsoqliklari sabab bo‘ldi. Aslan, bunday fojialar ozodlik […]
12.03.2025 | 08:57
446
MAKTUBIM JAVOB ISTAB…
Ushbu yozayotgan xatim tez va oz kunlar ichida yetib borib ma’lum bo‘lg‘aykim, o‘shal shahri azimda o‘ynab-kulib yurgan aziz noibimiz, J.Gʻ.Biyronovga, deb bilgaymiz. Biz, Sizni suyib tanlagan saylovchilaringiz o‘shal o‘zingiz bilgan go‘sha – hamisha ko‘hna va navqiron Cho‘rindi mavzeyida amal-taqal uchma-uch qilib, bu g‘animat hayot ne’matlaridan bahramand bo‘lmoq ilinjida yashab turibmiz. Qadrli J.Gʻ.Biyronov! Siz bilan ilk […]
11.03.2025 | 17:51
361
Asosiy
QOG‘OZLARDA QOLGAN OH-U FARYODLAR
“Ilm o‘rganing, zero u faqirlikda davlat, boylikda ziynatdir” degan hikmat bor. Jadidlar ilm bilan ziynatlangan, ta’lim-tarbiyani hayot-mamot masalasi deb bilgan orif shaxslar edi. Bu safda savdogar-tojirlar ham bor ediki, ularning ko‘zlovi-murodi faqatgina aqcha emas edi. Balki orttirilgan mablag‘ni el-yurtni xat-savodli qilish uchun vosita deb sanashardi. Tijoratning yana bir afzalligi shuki, savdo taqozosi bilan o‘zga yurtlarni […]
11.03.2025 | 14:00
421
Shoir Nazar Shukur tavallud topgan kun
Nazar Shukur 1954-yil 11-mart kuni Qashqadarvo viloyati Chiroqchi tumanida tavallud topgan. Uning “Koʻkdagi umr” (1984), “Qishloq yoʻllarida“ (1985), “Vaqt xiyobonida” (1992), “Vido” (2004), “Meni kechir, muhabbat” (2005), “Sen qaytmasang” (2006), “Osmon tashbehlari” (2016), “Bahor sogʻinchi” (2021) kabi kitoblari chop etilgan. Shoir 1985-yil 14-may kuni vafot etgan. SHOIRNI TUSHUN Otilsa ortidan ta’nalar toshi,Xam bo‘lsa ig‘vodan, g‘iybatdan […]
11.03.2025 | 09:34
10068
Jurnalist o‘zi tahsil olgan maktab o‘quvchilari uchun “Ko‘mak” stipendiyasini joriy qildi
Taniqli jurnalist, Oyina.uz sayti bosh muharriri Inobat Ahatova oʻzi tahsil olgan maktab oʻquvchilari uchun “Koʻmak” nomli stipendiya taʼsis etdi. Ushbu tashabbus fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan hamda ehtiyojmand o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Jurnalist bu ishi orqali jadidlikka daʼvo qilmoqchi emasligini, shunchaki ular boshlagan gʻoya, harakatlar kichik koʻrinishda boʻlsa-da davom ettirish istagini maʼlum qildi. Stipendiya ikki yo‘nalishda […]
10.03.2025 | 17:41
416
OGAHIYNING “QO‘LINI TUTGAN” OQSOQOL
Xorazmda umrini el-yurtning g‘ami bilan yashab kelayotgan yoshullilar juda ko‘p. Bunday odamlar vohaning har bir tumanida, qo‘yingki, har qishlog‘-u mahallasida istagancha topiladi. Xivalik Otanazar aka Pirnazarov ana shunday insonlardan. U kishi tabarruk 81 yoshni qarshilayotgan bo‘lsa-da, hali yoshiga nisbatan ancha tetik, bardam, fikri teran. U umrining 60 yilini davlat ishiga baxsh etdi. Bir joyda, bir […]
10.03.2025 | 15:20
673
“ABADIYLIK TILAMAYMAN BU FANODAN…”
Farg‘onaning qadim qishloqlaridan biri – Dutirda o‘zbekning iste’dodli va kamtarin shoiri Bahodir Iso yashab… o‘tdi. U kishi bilan ilk bor ko‘rishib, suhbatlashgan inson “Nahotki, el og‘ziga tushgan baland she’rlarni shunday sodda odam yozgan bo‘lsa?!” deb hayratlanishi tayin edi.Hamma o‘zining yaxshi tomonini ko‘rsatishga urinadi. Yaxshi odatlarni o‘zlashtirib olish mumkindir, lekin odam ataylab samimiy bo‘la olmaydi. Bahodir […]
10.03.2025 | 10:38
627
“KURASHADI IKKI TO‘LQIN, QARAB TURAYMI!..”
Bugun Ilon Mask haqida eshitmagan kishi kam. “Kim o‘zi u?” degan savolga aksar kishilar “milliarder” deb javob qiladi. Siyosat, ilm-fan, fazo va dasturlash olami yangliklaridan yaxshiroq xabardor kishilar esa uning innovatorligini, ayni paytda AQSh prezidentining eng yaqin maslahatchilaridan biri hamda Hukumat samaradorligi departamenti rahbari ekanini ham aytishi mumkin. Yozishga turtki bergan voqea Ilon Mask borasida […]
10.03.2025 | 09:54
404
“MEN AYOL ZOTIDA BIR JAHON KO‘RDIM…”
Xalqimiz azal-azaldan ayolga ehtiromni kelajakka e’tibor sanab, bu ezgu a’molni hamisha baland tutib, yuksak qadriyat sifatida e’zozlab keladi. Zotan, millatning buyukligi ilm-ma’rifatli ayollarga har jihatdan bog‘liq. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev: “Bir haqiqat ayonki, har qanday xalqning ma’naviy darajasini, avvalo, shu yurt ayollarining ma’naviy saviyasi belgilaydi”, deya ta’kidlaganlari bejiz emas. Xotin-qizlarning ma’naviy saviyasi borasida taraqqiyparvar ziyolilar […]
08.03.2025 | 12:18
498
CHO‘LPON NIMA SABABDAN NEMIS TILINI JIDDIY O‘RGANISHGA KIRISHGAN?
Cho‘lponni 1912-yildan boshlab tanigan, 1918-yilning yozidan e’tiboran esa yaqindan bilgan Laziz Azizzoda ham uning rus-tuzem maktabini tugatganligi, otasi yordamida rus va o‘zbek muallim hamda mudarrislari qo‘lida xususiy yo‘l bilan tahsil ko‘rganini aytgan. Nomi yuqorida zikr etilgan Ulfat esa uning rus-tuzem maktabida juda yaxshi o‘qigani, hatto o‘n bir yoshida nemis, o‘n to‘rt yoshida fransuz tillarini binoyidek […]
07.03.2025 | 18:54
532
YER KO‘KARSA – EL KO‘KARADI (MATONATLI BOG‘BON HIKOYASI)
Vahobjon aka va Zebixon opa oilasi ko‘pchilik havas qilgudek to‘kis, o‘zlari bir-biriga munosib juftlik edi. Ro‘zg‘or tashvishlariga ikkisi baravar yelka tutar, bog‘mi, dalami – har yerda birga zahmat chekib, rohatini baham ko‘rardi. To‘ng‘ichi – Nasibaxon uch yoshga to‘lganda, o‘g‘il ko‘rishlari ularni behad quvontirdi. Yaratganga shukronalar aytib, unga Hoshimjon deb ism qo‘yishdi. Hali yoshiga yetmay turib […]
07.03.2025 | 16:30
794
Asosiy
QARSHIMDA SHOVULLAB OQAR BIR DARYO
lamidagi nozik tuyg‘ularni his etish fursati hisoblanadi. “Jadid” gazetasi o‘zini she’riyatga baxshida etgan shoiralarning sara ijod namunalarini jamladi. Qutlibeka RAHIMBOYEVA,O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Tog‘lar yelkasiga sig‘magan irmoq –Sasidan sukunat eshigi sindi.Rangin chechaklarga aylandi tuproq,Zaminning chiroyi endi bilindi. Quyoshniki bo‘ldi bepoyon samo,Nurlarning yo‘llari uzaydi.Orzuli-havasli kunlar beoromNovdalarni gullar bilan bezaydi. Ildizidan boshlab uchiga qadarGulga to‘lib ketdi […]
07.03.2025 | 13:03
674
O‘ZBEK XOTIN-QIZLARI KECHA VA BUGUN
So‘nggi yillarda tug‘ilgan erkinlik muhiti va ilm-fanga bo‘lgan katta e’tibor o‘laroq jadallashib ketgan tarixiy izlanishlar Prezidentimizning xotin-qizlar mavqeini oila, jamiyat va davlat ishlarida yuksaltirishga qaratilgan siyosati tarixiy asosga egaligini isbotlamoqda. Buyuk Turon davlatchiligi g‘oyasi uchun kurashgan jadid bobolarimiz Amir Temur davridagi kabi o‘zbek davlatini tiklash orzusida bo‘lganlar. Sohibqiron va temuriylar davri tarixini mukammal o‘rganganlar. O‘sha […]
07.03.2025 | 12:09
1355
XAYRIYA QUTILARI QANDAY QO‘YILADI?
Xayriya qutilari faqat nodavlat-notijorat tashkilotlar yoki yuridik shaxslar tomonidan belgilangan tartibda qo‘yilishi mumkin. Bunda xayriya qutisi shaffof idish bo‘ladi, joylashtiriladigan manzil oldindan e’lon qilinadi, uni ochishda guvohlar qatnashadi va bu jarayon videotasvirga olinib, jamoatchilikka e’lon qilinadi. Ya’ni, xayriya mablag‘i haqiqiy muhtoj odamga “pati yulinmay” yetib borishi jamoatchilik nazorati ostida, shaffof bo‘lishi kerak. NNTlar naqd pul […]
07.03.2025 | 10:40
561
Asosiy
KETDIK, KINOGA TUSHAMIZ!
Yangi O‘zbekistonda ma’naviyat va ma’rifat, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari rivojiga ulkan ahamiyat qaratilayotganini mamlakatimiz va jahon jamoatchiligi e’tirof etayotgani bor gap. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsan e’tibori, tashabbus va tavsiyalari bilan yangi-yangi g‘oyalar amalga oshirilmoqda, soha vakillari tomonidan bildirilayotgan asosli takliflar faol qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shu bois, jamiyatimizda “Prezident – ma’naviyatning bosh homiysi” […]
07.03.2025 | 08:51
1535