KUTUBXONA
Muallif: admin
Lev Tolstoyning “Anna Karenina” romanidan iqtiboslar
“Anna Karenina” Lev Tolstoy qalamiga mansub sevgi va baxt haqidagi fojiali jahon adabiyotining klassik asari hisoblanadi. Romanning bosh qahramoni Anna Karenina turmushga chiqqan ayol, uning turmush o‘rtog‘i esa u bilan birga o‘g‘lini tarbiyalayotgan nufuzli vazir hisoblanadi. Taqdir Anna va Vronskiyni uchrashturguncha oilaviy hayot odatdagidek davom etardi. Tasodifiy uchrashuv uning butun taqdirini o‘zgartiradi. Qahramonlar bir-birlarini sevib […]
04.02.2025 | 14:44
2559
Asosiy
KELAJAK YOSHLAR QO‘LIDA. YOSHLAR-CHI?..
Ommaviy axborot vositalaridagi axborot oqimida tez-tez ko‘zga tashlanayotgan salbiy qarashlar, xudbin o‘y-fikrlar, ijtimoiy muhitda uchrayotgan ayrim muammolar xususidagi bo‘rttirishlar urchigandan urchib borayotgan bir pallada bu savol o‘ta keskin tuyular, ehtimol. Ammo xulosa chiqarishga shoshilmay, mavjud manzaraga xolis ko‘z bilan qarab, bir qancha savollarga javob izlab ko‘rish lozim. Aminmizki, shu yurt uchun befarq bo‘lmagan, o‘z xalqining […]
04.02.2025 | 12:40
1005
KURRAYI QUTLUG‘NI ASRAMOQ KERAK!
O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi professori, akademik Nurislom TO‘XLIYEV bilan suhbat – Hurmatli Nurislom aka, davlatimiz rahbarining tashabbusiga binoan 2025-yil mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi. Yil nomida o‘z aksini topgan ikki katta muammo yechimiga qaratilgan davlat dasturi loyihasi ham jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Dastavval ana shu ikki tushuncha mohiyatiga to‘xtalib o‘tsangiz. – […]
04.02.2025 | 09:36
543
BUYUK MEROSGA MUNOSIB EHTIROM
Bugungi kunda mamlakatimizning boy va betakror madaniy merosini o‘rganish, keng miqyosda targ‘ib etishga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan poytaxtimizda qad rostlayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining asosiy vazifasi ham ana shu ulug‘vor maqsadni ro‘yobga chiqarishdan iborat. Kuni kecha davlatimiz rahbarining O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadidagi […]
04.02.2025 | 09:26
525
Asosiy
“MENKIM, SUN’IY INTELLEKT…”
So‘nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlangan. Unga ko‘ra, SI (sun’iy intellekt)ga tayyorlik bo‘yicha xalqaro indeksda O‘zbekistonni birinchi 50 ta davlat qatoriga kiritish ko‘zda tutilgan. Yurtimizda tashkil qilingan Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish […]
03.02.2025 | 17:28
2164
Behbudiy ayollarning huquqlari borasida qanday masalalarni ilgari surgan?
Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi. Jadid ajdodlarimiz oila masalasi haqida so‘z yuritar ekan, xotin-qizlarni jamiyatning teng va haqiqiy a’zosiga aylantirishning birdan-bir yo‘li ularning ma’naviy va ma’rifiy ravnaq etishidadir deb hisoblaganlar. Mahmudxo‘ja Behbudiy “Turkiston viloyatining gazeti”, “Samarqand” gazetalari, “Oyina” jurnali va bir qator matbuot sahifalarida o‘zining […]
03.02.2025 | 14:48
838
“CHO‘LPON TARG‘IBOTCHISI”
Ozod Sharafiddinov adabiyotshunos, munaqqid sifatida ma’lum va mashhur. Lekin ular haqida gapirganda yana bir jihatga to‘xtalish kerakki, buni yodga olmaslik insofdan bo‘lmas. U “Cho‘lpon targ‘ibotchisi” hamdir. Vaqtida bu nom bilan qora ro‘yxatga kiritilgan, ammo hozir ularni aynan shu ta’rif bilan ulug‘laymiz. Muallif oltin qalami bilan yillar yashirgan sirni, yuziga qorakuya surtilgan millatparvarlar haqidagi barcha haqiqatlarni […]
03.02.2025 | 14:08
828
Tog‘ay Murodning “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” romanidan iqtiboslar
Adib “Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi” romanida oʻz ijodiy mezonlariga sodiq qolib, yolgʻon eʼtiqodlar, soxta shiorlarga aldanib, hayotini yelga sovurgan sobiqfirqa rahbarlarining majoziy obrazlarini hajviy boʻyoqlarda tasvirlagan. Tagi ko‘rmaganga gilam bitmasin. – Otangni ko‘rdim, ahmadi forig‘, enangni ko‘rdim, tovoni yoriq, deydilar. Otang shul, enang shul, nima qilasan, osmonga chiqib? Tush pastga, tush! 1934-yil oyoqladi. Non chuchukdan-da […]
03.02.2025 | 10:20
1147
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Togʻay Murod tavallud topgan kun
Togʻay Murod (taxallusi; asl ism-sharifi – Togʻaymurod Mengnorov) 1948-yil 3-fevralda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tugʻilgan. Moskvadagi Adabiyot institutida tahsil olgan. Adib “Yulduzlar mangu yonadi” nomli ilk qissasi bilan yozuvchi sifatida tanildi. 70–80-yillarda uning “Ot kishnagan oqshom”, “Oydinda yurgan odamlar”, “Momo yer qoʻshigʻi” qissalari chop etildi. Keyingi qissasi uchun Oybek nomidagi mukofot bilan taqdirlangan. Uning “Otamdan […]
03.02.2025 | 09:12
10582
Respublikamiz bo‘ylab Behbudiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda
Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab, shu jumladan, “University of Business and Science”da ham bir qator tadbirlar o‘tkazildi. Tadbirlar davomida talaba-yoshlar Behbudiyning ilmiy va adabiy merosini, uning maʼrifatparvarlik g‘oyalarini sahnada namoyish etdi. “Jadidlar” media-ko‘rgazmasi bilan tanishuv, kitobxonlik va insholar tanlovi hamda rasmlar ko‘zgazmasi talabalar uchun jadidchilik harakatining tarixini chuqurroq o‘rganish va Mahmudxo‘ja […]
01.02.2025 | 17:49
868
Asosiy
BIRINCHI MILLIY YURIST YOXUD O‘Z HUQUQINI HIMOYA QILOLMAGAN TOSHPO‘LATBEK NORBO‘TABEKOV
Hujjatlarga ko‘ra, O‘zbekistonda inqilobga qadar o‘zbeklar orasida yagona oliy ma’lumotli kishi Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekistonning birinchi rahbarlaridan Akmal Ikromov o‘z ma’ruzalaridan birida ta’kidlab o‘tarkan, yig‘ilganlarda uning hayoti, faoliyatiga qiziqish uyg‘ongan. Chindan ham, u kim edi? Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov 1898-yili Toshkentning Olmazor mahallasida kosib To‘raxon domla xonadonida tug‘ilgan. “Beshikdagi bolaning bek bo‘larin kim bilar?” deganlaridek […]
31.01.2025 | 16:46
592
Arastuning “Poetika” asaridan iqtiboslar
Arastuning «Poetika» asari she’riyat haqida yozilgan eng ta’sirchan kitoblardan biri hisoblanadi. Yevropa estetikasi va adabiy tanqidchiligi asosi bo‘lgan mazkur asar yozuvchilik, jumladan, she’riyat, drama va nasrning yaratilishi hamda uning insoniyatga ta’siri to‘g‘risidagi zamonaviy tushunchamizning ko‘p qismini shakllantirgan. Arastu fikricha, tasvirlash san’ati tarix yoki falsafa saboqlaridan ko‘ra osonroq idrok etiladigan umumbashariy haqiqatlarni aks ettiradi. Qisqa risolasida […]
31.01.2025 | 13:57
13406
“YER BU – ULKAN SIR”
Sayyoramizda yil davomida yuz minglab turli sezimdagi zilzilalar sodir bo‘ladi. Ularning aksari faqat seysmograflargina ilg‘aydigan tebranishda bo‘lib, oddiy aholi payqaydigan darajaga yetmaydi. Lekin har qanday yer silkinishi tirik mavjudotni tahlikaga solishi tayin. Eramizning 115-yilida 260 ming rimlik umriga zomin bo‘lgan Antioxiya; 856-yili 200 ming fors aholisining yostig‘ini quritgan Damg‘on, 1556-yili 830 mingdan ortiq xitoylikni hayotdan […]
31.01.2025 | 09:43
455
YENGILTAKLIKNING OGʻIR OQIBATI
U tug‘ilganida ota-onasi juda baxtiyor edi. Ayniqsa, Bahodir akaning shodligi ichiga sig‘mas, naslining davomchisi, uyining chirog‘i dunyoga kelganidan o‘zini qo‘yarga joy topolmasdi. Katta orzular bilan chaqaloqqa Murodjon deb ism qo‘yishib, el oldida boshimizni ko‘klarga ko‘taruvchi murodimiz bo‘ladi, deya niyat qilishgandi. Ammo yolg‘iz o‘g‘il ota-onadan ko‘ra ko‘chadagi o‘rtoqlariga mehribon bo‘lib o‘sdi, ular uchun vaqtini ayamaydigan, ulfatchilik […]
30.01.2025 | 16:34
351
“QURG‘UR” MINAN “OTISHMA”!
Erkaklar bayramini nishonlash uchun bir gala armiya ko‘rmagan qorinboylar “anov o‘lgur” bilan “otishma” qilgani Chori shilpildoqni tapchaniga yig‘ildik. Bu yog‘i molni tuyog‘i – halpana! Boshida no‘vbat-no‘vbat degandik, gali kelganda qisir ammasi tug‘ib qoladiganlar, kuchugi bolalab, ko‘zi ochilmaguncha uydan chiqolmayman degan xotinparvarlar, yonboshi og‘rib, tabibga silatgani oqsoqlanib chopgichlar ko‘payishib qoluvdi. Eskidan qolgan gap bor: Dard kelganda […]
30.01.2025 | 12:24
352
“SADOYI TURKISTON” GAZETASI
Jadidlarning eng sevimli nashrlaridan bo‘lgan. Bu milliy gazeta jamoasiga birinchi marta zamonaviy – Yevropacha ilm olgan shaxs boshchilik qilgan. Jarida muharriri Ubaydulla Asadullaxo‘jayev (1885-1938-yillar) Saratov shahrida huquqshunoslik bo‘yicha zamonaviy oliy ta’lim olgan bo‘lib, Turkistonga qaytgach, milliy-ozodlik orzusida yurgan mahalliy ma’rifatparvarlar safiga kelib qo‘shildi. Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy singari jadidlarning yirik siymolari bilan hamkorlikda “Sadoyi Turkiston” […]
30.01.2025 | 11:05
1192
“Gilgamish” dostonidan iqtiboslar
To‘rt ming yillik tarixga ega sopol lavhalarda mo‘jizaviy tarzda saqlanib qolgan Uruk shohi Gilgamish dostoni dunyodagi eng qadimgi epos hisoblanadi va Gomerdan bir necha asr oldin yaratilgan. Dostonda Gilgamishning yovvoyi odam Enkidu bilan sarguzashtlari, shuningdek, abadiy hayot sirini izlash uchun mashaqqatli sayohati haqida hikoya qilinadi. Gilgamish dostoni oila, do‘stlik va podshohlarning burchlari mavzularini qamrab olgan […]
30.01.2025 | 10:42
2586
JAHOLATGA QARSHI “VAKSINA”
Yuz yil oldin jadid bobolarimiz “millat oyog‘iga tushov” deb qoralagan to‘y-hasham, ma’rakabozlik masalasi bugun ham taraqqiyotimiz yo‘liga g‘ov bo‘lyapti. Tojikistonlik taniqli adib Sattor Tursunning bir hikoyasi bor. Qo‘shnisi bilan hashamat bobida kimo‘zardan charchagan hikoya qahramoni qotil yollab, unga o‘zini o‘ldirib, jasadini qo‘shnisining hovlisiga tashlashni buyuradi. Mubolag‘a zamiridagi achchiq haqiqat shuki, bebaho umrimizni loaqal bir lahzaga […]
30.01.2025 | 08:44
247
JADIDLAR UYG‘OTGAN JAMIYAT
“Туркестанский курьер” gazetasining 1913-yil avgust sonlaridan birida chop qilingan suhbatda “Endilikda xonlik butun kuchini mamlakat ichki taraqqiyotiga qaratmog‘i lozim. Birinchi navbatda ma’rifatga, so‘ngra savdo-sanoatga. Xivani Osiyoning qoloq davlatlari qatoridan chiqarish vaqti keldi. Xalq erkin nafas olmog‘i kerak!” degan jumlalar bor. Gazeta muxbiri bilan suhbatda shu fikrlarni aytgan inson – xonlikning bosh vaziri Islomxo‘jaga maqolani o‘qish, […]
29.01.2025 | 17:50
777
Anton Chexov haqida qiziqarli ma’lumotlar
Rus yozuvchisi Anton Pavlovich Chexov hayoti va ijodiga oid qiziqarli ma’lumotlar haqida so‘z yuritamiz. Jajji Anton Chexovni boshi haddan tashqari katta bo‘lgani sababli «Bomba» deb atashgan. Ammo u bunday chaqiriqdan xafa bo‘lmagan. Qarindoshlarining xotiralariga ko‘ra, Antosha farzandlar orasida eng itoatkor o‘g‘il bo‘lgan. Chexov o‘zining ilk asarlarini «Antosha Chexonte» taxallusi bilan imzolagan, yozuvchining ellikdan ortiq turli […]
29.01.2025 | 15:15
2622
Anton Chexovning “Vanya tog‘a” pyesasidan iqtiboslar
Mazkur dramada butun umrini boshqalarning toʻq va farovon yashashlari uchun xazon qilgan kishining achchiq qismati orqali XIX asr rus jamiyatidagi muammolar ochib beriladi. Atrofga qarasang, seni tentak odamlar qurshab olganini ko‘rasan, ularning bari tentak; ular bilan bir-ikki yil yashasang bormi, tentak bo‘lganingni o‘zing ham sezmay qolasan, kishi. Bu odam rosa yigirma besh yildan buyon san’at […]
29.01.2025 | 12:39
776