KUTUBXONA
Muallif: admin
PARALIMPIYACHILARIMIZ TARIX YARATMOQDA
Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz erishgan natijalar xalqimiz ko‘ngliga iftixor tuyg‘usini baxsh etib, mamlakatimiz bayrog‘i bir necha bor baland ko‘tarilgan, madhiyamiz xalqaro maydonda yangragan edi. Bu g‘alabalarning shukuhi tark etmay turib, Paralimpiya o‘yinlarida ham sportchilarimiz ketma-ket oltin medallarni qo‘lga kiritib, yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Mamlakatimiz rahbarining sportga va yoshlar masalalariga qaratayotgan birday e’tiborining mahsuli sifatida bo‘y […]
06.09.2024 | 13:46
271
Asosiy
“YURTNING KUCHI – BIRLIKDA, QADRI ESA TINCHLIKDADIR!”
Inson umri ulkan bir kitobga qiyoslansa, to‘g‘risi, mening hayotimni o‘zida jamlagan muhtasham kitobning ushbu kunlarga taalluqli sahifalari benihoya mazmunga to‘ladir. Men mo‘ysafid olimman, ammo yuragimda g‘ayrat-shijoatim jo‘sh uradi. O‘zimni yoshlar qatorida ko‘raman, ular bilan baravar fikrlashga urinaman. Istiqlolimizning o‘ttiz uchinchi yilini keng shodiyonalar bilan nishonladik. 31-avgust kuni shogirdlarim bilan baqamti o‘tganlar ruhiga duo qilish uchun […]
06.09.2024 | 12:19
356
XALQ DARDINI KUYLAGAN AVAZ
Avaz O‘tar asarlarida jadidlik g‘oyalari aks etgan va u doimiy ravishda Xorazm jadidlarini qo‘llab-quvvatlagan. Shoir 1884-yilda Xivada tug‘ilgan. Avazning otasi Polvonniyoz Gadoniyoz o‘g‘lining ajdodlari, xususan, otasi xon saroyida O‘tar lavozimida faoliyat ko‘rsatgan va o‘z davrining mashhur ijodkorlaridan Ogahiy, Komil Xorazmiy, Bayoniylar bilan do‘st tutingan. Shu bois Avazda ham bolaligidan ilmga, adabiyotga havas ruhi erta uyg‘onadi…Til, […]
05.09.2024 | 12:57
1568
Asosiy
OZAR QARDOSHLAR QUTLOVI
Professor Hamidulla Boltaboyevning 70 yoshi munosabati bilan Badirxon AHMADLI, filologiya fanlari doktori, professor Agar o‘tmishdan ko‘r-ko‘rona voz kechib, ertangi kunga faqat bugunning nazari bilan qaralsa, uzoqqa borish dargumon. Umumturk kontekstida fikr yuritish va kelajakni shu yo‘nalishda qurish bizni dunyo xalqlari orasida yetakchi o‘ringa olib chiqishi mumkin. Bu ma’noda turk xalqlarining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va adabiy […]
05.09.2024 | 10:15
394
YAXSHI DO‘STGA BERGIL NON-U SHAKARING
AJINIYOZURUGʻIM – QO‘NGʻIROT Urug‘im – qo‘ng‘irot, millatim – qalpoq,Kenagas, mang‘it-u xitoy-u qipchoq,Tug‘ishgan deydilar qalpog‘-u qozoq,O‘n to‘rtga bo‘lingan urug‘im bordir.Bir eli – Xorazm, bir eli – Turon,Urganch-u, Qo‘ng‘irot, shahri Samarqand,Karvonlari borur Buxor, Ashtarxon,Qancha suluv-suluv shaharim bordir.Ko‘pdan ko‘ra ko‘rkam yurtim dalasi,Qavat-qavat, baland shahr-u qal’asi,Ko‘pkari-uloqqa kengdir orasi,Ko‘pkar-uloq o‘ynar yigiti bordir.Bizning elni o‘n to‘rt urug‘ deyarlar,Qiz-juvoni qizil-yashil kiyarlar,Hayit-to‘yda ot-arvaga […]
04.09.2024 | 14:18
412
Asosiy
MILLAT FIDOYILARI: ABDUQODIR QUSHBEGIYEV
Chinakam o‘tmishimizning mazmun-mohiyatini xolis va to‘la-to‘kis, bor bo‘y-basti bilan anglashda jadidlik harakati tadqiqoti muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, harakat yetakchilarining haligacha yetarlicha o‘rganilmagan Vatan ozodligi yo‘lidagi fidokorona kurashi, hayoti va achchiq qismatiga oid tarixiy hujjatlarni o‘rganish dolzarb ahamiyatga ega. Quyida farg‘onalik jadid Abduqodir Qushbegiyevning hozirgacha jamoatchilikka ma’lum bo‘lmagan hayoti va faoliyatiga oid tarixiy ma’lumotlarni e’tiboringizga havola […]
04.09.2024 | 13:37
993
Shavkat Mirziyoyev Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi
Hurmatli konferensiya ishtirokchilari! Xonimlar va janoblar! Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Aksilterror markazining terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlangan qo‘shma konferensiyasining barcha ishtirokchi va mehmonlarini samimiy qutlayman. Ushbu muhim xalqaro forumning SHHT va MDH kabi nufuzli mintaqaviy tuzilmalar bilan birgalikda tashkil etilishi bepoyon mintaqamizda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni […]
04.09.2024 | 11:09
554
SABOT SINOVI
Kecha Yozuvchilar uyushmasida taniqli shoira, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sharifa Salimovaning “Qabohat saltanati yoxud qor qo‘ynida lolalar” nomli she’riy romani taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Asar o‘tgan asrning mudhish qatag‘oni qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan. Unda beayb jazoga tortilgan, tuhmatga uchragan yurtdoshlarimizning fojiali qismati tasvirlangan. Tadbirda taniqli yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunos olimlar, madaniyat va san’at namoyandalari ishtirok etib, asar haqida […]
04.09.2024 | 10:15
240
QABOHAT SALTANATI
SHE’RIY ROMANDAN PARCHA Kuni kecha O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, hassos shoira Sharifa Salimova shu munosabat bilan tahririyatimizga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori haqida to‘lqinlanib so‘zladi va o‘zining mavzuda yaqinda yozib tamomlagan “Qabohat saltanati” she’riy romanidan […]
04.09.2024 | 10:03
518
Asosiy
DAVLATLAR BIRLIGI – DIL YAQINLIGI
Almaz ULVI, turkolog olima Ozarbayjon Men o‘zimni ozarbayjonlik o‘zbekday his qilaman. Chunki O‘zbekistonga o‘z uyimga borganday boraman, begonalik his qilmayman. O‘zbekiston bilan bog‘liq bir yaxshi xabar eshitsam, vatanim haqida eshitgan mujdam kabi quvonaman. Yaqinda O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzolashi esa yuragimga nurday kirdi. Bu ishda qadrdon do‘stlarning quchoqlashib ko‘rishgani kabi samimiyat […]
31.08.2024 | 11:08
464
SAMARQANDDA AHLI ILM ANJUMANI
Barchamiz uchun muqaddas va aziz bo‘lgan O‘zbekiston diyori azal-azaldan olim-u fuzalo, oqin-u shuaro manzil-u makon tutgan moʻtabar maskan bo‘lgan. Qilichdan o‘tkir zehni, ilmtalab ong-u shuuri bilan yetti iqlimga dong‘i ketgan mutafakkirlarining ma’rifiy xazinasidan esa dunyo ziyolilari hamon bahramand. Boshqalar mudragan paytda uyg‘onib, jahon tamadduniga chiroq tutgan ajdodlarimiz merosini o‘rganish, asrab-ardoqlash siz-u bizga berilgan tabarruk burch. […]
30.08.2024 | 18:01
388
DARDINGNI OLAY… DEYOLMAYMAN
Tez-tez “ketmoni uchib” turadigan Erkin qozi ulfatlarni yig‘ib, “haq beradigan” bo‘lib qoldi. Ko‘rmaganimizga ancha bo‘lgan bir davradoshimiz (nafsoniyat vajhidan ismi sharifini aytmay qo‘ya qolay) davraning ko‘rki bo‘lib, qo‘r to‘kib o‘tirardi. Talabalik davrida chingilin gavdasiga atab qo‘yilgan chinachoq laqabi bugun eng semiz barmoq – boshmaldoqqa o‘zgartirilsa ham haqing ketadigan bo‘p qopti: musht, to‘garak musht deysiz. Qiziqib […]
28.08.2024 | 17:30
415
Asosiy
35 MAMLAKATDAN 300 DAN ORTIQ OLIMLAR OʻZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASHDI
Samarqanddagi Kongresslar markazida Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) VIII Xalqaro kongressining yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Dunyoning 35 davlatidan 300 dan ortiq ishtirokchi Samarqand deklaratsiyasini qabul qilishib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga anʼanaviy Murojaatnoma bilan chiqishdi. Tadqiqotchilar Shavkat Mirziyoyevga joriy yil 24-avgust kuni boʻlib oʻtgan “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi” […]
28.08.2024 | 11:15
419
QADDI TIK, QADRI BALAND QORAQALPOG‘IM!
Uchinchi Renessansning qudratli yelkanini ko‘targan Yangi O‘zbekiston g‘ururi Qoratov cho‘qqisidek yuksak, qalbi Qizilqum sahrosidek keng. Jayxun misol jo‘shqin qoraqalpoq xalqining asrlar davomida davom etgan zildek qaramlik yuki yoydek egib tashlagan qaddini tik, qadrini baland qildi. Ulug‘ Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li o‘z she’rida shior qilib yozgan “Bu dunyoning ko‘rki odam bolasi!” degan da’vat asl ma’nosini topdi. Buyuk […]
27.08.2024 | 18:14
347
CHINGIZ AYTMATOVGA ERGASHGAN ADIB
Dastlab, 2023-yil bahorida haftalik adabiyot gazetamizda Sulton Rayevning “Tuproq” hikoyasini Ahmadjon Meliboyev tarjimasida o‘qidim. Ta’sirlandim. Tarjimonga rahmat aytdim. “Tuproq” xayolimga muhrlanib qoldi. Bunga hikoyada bayon qilingan voqelikka mos boshimdan kechirgan bir hodisaning parallel kelgani sabab bo‘lgandir, ehtimol. Uch yil avval Urganch aeroportida yuklarimni topshirib, kutib o‘tirsam, ovozkuchaytirgichdan ikki-uch marta mening ism-familiyam chaqirildi. Hayron bo‘ldim. Aytilgan […]
27.08.2024 | 17:17
269
HASRATLI BITIKLAR yoki XX asrning 20-yillaridagi “Oziq ishlari”dan chiqarilgan xulosa
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasidagi nodir asarlar orasida “Eski Toshkand arzoq kamitet ishlari” degan manba diqqatimni tortdi. Joyini belgilab qo‘ydim. Xayolim jadid ziyolilari va Abdulla Qodiriy faoliyatiga ketdi. Taxmin qildim. Qodiriyning shu qo‘mitada ishlaganini o‘ylab yurdim. Ichki bir tuyg‘u shu noyob manbani varaqlashga undadi. Kutubxonaga qayta bordim. Nodir bo‘limga kirib, manbalarni varaqlay boshladim… Odatda […]
27.08.2024 | 13:13
575
TELENOVELLALAR NIMANI TARGʻIB QILMOQDA?
Yaqinda ijtimoiy tarmoqda bir izohni o‘qib qoldik. “Avvallari kinolar hayotdan olinardi, endi hayotimiz kinolardan olinyapti”, deya yozgan izoh muallifi. Shu bir og‘izgina jumlada bugungi media olami, TVlarning umumiy manzarasi va ularning hayotimizga ta’siri juda aniq ifodalangan. Biz o‘zbek ma’naviyati, tarbiyasi, odob va axloqi haqida ming jon kuydirib gapirmaylik, millionlab xalqimiz tomosha qiladigan kundalik dasturlar hatto […]
27.08.2024 | 10:25
436
“Fuqarolik tashabbusi” milliy mukofoti taʼsis etiladi
“Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni eʼlon qilindi. Hujjatga koʻra, fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning bir qator yoʻnalishlar belgilab olindi. Bular: – davlat va jamiyat hayotida fuqarolik jamiyati institutlari faolligini yanada oshirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼnaviy va gumanitar sohalarni rivojlantirishda ularning salohiyatidan toʻlaqonli foydalanish; – jamiyat manfaatlari va aholining […]
27.08.2024 | 09:18
342
Gazetalarning hammasi yolg‘on yozadi, hokimiyat bizda bo‘lishi kerak – aybsiz o‘limga hukm etilgan Aziz Xo‘jayev
12:08 / 26.08.2024640 Joriy yilning 18-iyul kunidan buyon poytaxtimizning mashhur maskanlaridan Tashkent City Mall do‘koni ichida Madaniyat va sportni rivojlantirish fondi tashabbusi bilan “Jadidlar. Turkistonga maktublar” multimediali ko‘rgazma davom etmoqda. Aziz vatandoshlar, qadrli talabalar, albatta vaqt topib mazkur ko‘rgazmaga tashrif buyuring. Unda Siz bir muddat bo‘lsa-da bundan qariyib yuz yil avvalgi Turkistonga safar qilasiz. Jadid […]
26.08.2024 | 14:54
676
GLOBAL DUNYONING GLOBAL MIQYOSDAGI YOZUVCHISI
Tili, dini, urf-odatlari bir bo‘lgan turkiy xalqlarni hech qachon bir-biridan ayri tasavvur etib bo‘lmaydi. Ming yillar davomida bir tomonda o‘zbek baxshilari do‘ppini bostirib, do‘mbira quchoqlab “Alpomish”dan olganda, bir tomonda qirg‘iz oqini cho‘qqili oq qalpog‘ini boshga qo‘ndirib, “Manas”ni kuylagani aniq. O‘zbek xalqi Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro, Nozim Hikmat, Nizomiy Ganjaviy, Nasimiy, Fuzuliy, Samad Vurg‘un, Abay, Muxtor […]
26.08.2024 | 13:23
455
INSON TO‘QNASHUVLARDA KASHF ETILADI
Ijod – borliq va undagi voqelikni poetik idrok etish, olam va odamning mohiyatni zarrabindek teran nigoh bilan ko‘ra bilish, yer va ko‘k, ratsionallik va irratsionallik, botin va zohir o‘rtasidagi muvozanatni topa olish, g‘ayriixtiyoriy bir ichki ruhiy ehtiyoj o‘laroq yuzaga keladigan hol. Ijod bu – ilohiy holat. Aslida olamdagi mavjud narsalarning barchasi – ijoddir. Azal me’mori […]
22.08.2024 | 17:14
535