KUTUBXONA
Muallif: admin
ISROF VA KAMBAGʻALLIK
Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor o‘tkazdi. Ma’lumki, bu yo‘nalishdagi islohotlar 2020-yilda boshlanib, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 11 foizga tushgan. Inson qadri tamoyilini bosh shior qilib olgan jamiyatimiz uchun bu ko‘rsatkich qoniqarli emas. Davlatimiz rahbari keyingi yillar uchun “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi […]
16.09.2024 | 18:12
523
O‘ZBEK OTA
Ko‘p yillar burun, ajoyib kunlarning birida O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusov bilan gurunglashib qolgandim. Obid aka “Parvona” spektaklidagi O‘tkuriy rolini nechog‘li qiyomiga yetkazib o‘ynaganini yosh-u qari yaxshi biladi. Shu bois bu odam ko‘p yillar davomida teatrda ham, ko‘cha-ko‘yda ham, yig‘in-ma’rakalarda ham “O‘tkuriy” bo‘lib yurdi. Shu gurungda Obid akaning otasi Yunus Rajabiy haqida gap ketdi. Buyuk […]
13.09.2024 | 16:10
360
MILLATNI UYGʻOTISH ORZUSI
XX asr o‘zbek she’riyatida kechgan yangilanishlar – bu, avvalo, badiiy tafakkurdagi o‘zgarishlardir. Zero, har qanday ijod mahsuli zamon va makon, ulardagi o‘zgarishlar va ijodkorning bevosita munosabatini o‘zida aks ettiradi. Insoniyatning azaliy va abadiy muammolarini badiiy-falsafi y idrok eta bilgan chinakam shoir bu muammolarni o‘z davri, xususan, zamon muammolari, zamondoshlarining dardlariga uyg‘un kayfiyatda ifodalashga erishadi. Shu […]
13.09.2024 | 13:13
481
DAHOGA EHTIROM
yoxud Isajon Sultonning “Abu Rayhon Beruniy” romani xususida Olis moziy ko‘zgusida aks etib turgan turli voqea-hodisalar ichidan eng ibratga munosibini topa olish, ko‘ra bilish va bugungi kun nuqtai nazaridan baholab, badiiy talqin etish oson ish emas. O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton keyingi yillarda milliy tariximiz ummoniga misli g‘avvos bo‘lib sho‘ng‘idi, ummon tubidan dur-u javharlar jamlash […]
13.09.2024 | 11:31
573
Asosiy
TARIXNING VAZIFASI NIMA?
Men taniqli adib Muhammad Alining “Jadid” gazetasining shu yil 9-avgust kungi sonida e’lon qilingan “Tariximizni teran bilaylik” sarlavhali maqolasini o‘qib, ancha o‘ylanib qoldim. Chindan ham, biz tariximizni yaxshi bilamizmi, undan zarur saboq olamizmi?Avval maktab, so‘ng institutda ta’lim olgan chog‘larimni esladim. Arifmetika, ona tili, geografiya darslari qatori tarix fani va shunga yarasha darslik ham bo‘lar edi. […]
12.09.2024 | 18:51
1806
OQ VA QORA E’TIQOD SALTANATI
Dunyo adabiyotida Andrey Platonov “falsafiy masallar ustasi” sifatida e’tirof etiladi. “Akademnashr” nashriyotida uning o‘zbek tiliga yangi tarjima qilingan ikki asari chop etildi. Adibning “Jon” qissasini “Baxt izlash afsonasi” deb aytish mumkin. Asar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, bo‘rttirilgandek ko‘rinsa-da, favqulodda ajoyib. Butun bir xalq qanday qilib shunchalik qashshoqlikka duchor bo‘lishi, ibtidoiy jamiyatga tushib qolishi mumkin? Ular xuddi […]
12.09.2024 | 16:12
295
Shavkat Mirziyoyev paralimpiyachilarni mukofotladi
Prezidentning “Parij shahrida boʻlib oʻtgan XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni eʼlon qilindi. Farmonga ko‘ra, Yangi O‘zbekistonning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirishga salmoqli hissa qo‘shgani hamda yosh avlodni milliy g‘urur va vatanparvarlik, sabot-matonat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun quyidagilar mukofotlanishi belgilangan: «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilanYo‘ldashev […]
12.09.2024 | 15:15
535
SHAVKAT RAHMON TAVALLUD TOPGAN KUN
Millatparvar shoir Shavkat Rahmon 1950-yil 12-sentyabrda Oʻsh shahrida tugʻilgan. Moskvadagi Adabiyot institutiga tanlovdan oʻtib, u yerda tengdoshlari Halima Xudoyberdiyeva, Murod Muhammad Doʻst, Sobit Madaliyev kabi adiblar bilan yonma-yon saboq oladi. 1973-yili Moskvadagi Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini bitirgach, Toshkentga koʻchib keladi. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim boshligʻi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul […]
12.09.2024 | 12:00
988
MUMTOZ SHE’RIYATNING SODIQ DAVOMCHISI
Yoshlari ulug‘ ustoz qatori adiblardan biri shoir va dramaturg Sobir Abdulla edi. Gʻafur Gʻulom bilan tengdosh, ko‘zlari odamga ma’noli boquvchi hassos ijodkor bilan biz o‘z vaqtida hamsuhbat bo‘lganimizdan faxrlanib yuramiz. Uning aruz vaznida yozgan she’r-u g‘azallari o‘tmishda yashab o‘tgan shoirlarnikidan qolishmas, shu boisdan aksariyati ashula qilib kuylanardi. U kishi eski − mumtoz she’riyatning shu kundagi […]
12.09.2024 | 11:17
477
BAYROQ – VATAN TIMSOLI
Uyida to‘y qilishni mo‘ljallagan odam to‘ydan uch-to‘rt kun avval qanday hayajonda bo‘lishi faqat uning o‘zigagina ma’lum bo‘ladi. Uni chiroyli o‘tkazish uchun har xil bezaklar, turli dekoratsiyalar qidirib, xayolan ularni joylashtirib ham chiqadi. Men ham ikki kundan so‘ng bo‘lib o‘tadigan shunday bir ulkan to‘y oldida turibman. Bu to‘y nafaqat mening uyimda, balki butun mamlakatimizda quvonch bilan […]
12.09.2024 | 10:49
811
HURRIYAT UCHQUNLARI
Toshkent shahri. 1938-yil 9-oktyabr.Harbiy kollegiyaning shu kuni ertalab soat 9:20 da bo‘lib o‘tgan sayyor yig‘ilishida o‘limga hukm etilgan 42 nafar mahbus O‘zSSR Ichki ishlar xalq komissarligi komendanti, davlat xavfsizlik xizmati katta leytenanti Shishkin, birinchi rangdagi bosh harbiy prokuror yordamchisi Shulsin va mayor Apressyan ishtirokida Toshkentdagi hukm ijro etiladigan maxsus joyda otib tashlanadi. Ular orasida bor-yo‘g‘i […]
11.09.2024 | 17:34
592
O‘ZBEKISTON HAMKORLIKKA MUNOSIB MAMLAKATDIR
– O‘zbekiston bilan ko‘p yillardan buyon ishonchli va do‘stona hamkorlik olib borayotganimizdan juda mamnunman. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatingizda keng qamrovli islohotlar amalga oshirilayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Shaxsan o‘zim Saksoniya-Anhalt federal o‘lkasi rahbari va hozirda “Germaniya-O‘zbekiston forumi” prezidenti sifatida ishonch bilan ayta olamanki, so‘nggi yillarda ko‘plab sohalarda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga erishdik. O‘zbekiston bugun xalqaro miqyosda […]
11.09.2024 | 11:23
184
Yangi oʻquv yili oldidan Toshkentdagi ijara narxlari oshdi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassilarining tahlillariga koʻra, uy-joy ijarasining oshishiga bir nechta omillar, jumladan, sentyabr oyidan oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yilining boshlanishi boʻyicha kutilmalar taʼsir koʻrsatgan. Toshkent shahrida 2024-yilning avgust oyida uy-joylar uchun ijara narxining oshishi kuzatildi va bunga bir qancha omillar, jumladan, sentyabr oyidan oliy taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yilining boshlanishi boʻyicha […]
11.09.2024 | 09:45
280
KARGAPOLI VOQEASI yoxud Abdusalom akaning aytganlari
Bir kuni Chorsu bozorida joylashgan “Turon” kutubxonasining sobiq binosida “Zarafshon” gazetasining 20-yillardagi taxlamlarini varaqlab o‘tirgan edim. Tepamga bir kishi qiziqsinib keldi. Ko‘zida ko‘zildirik, qo‘ltig‘ida muallimlarning uniqib ketgan yelim papkasi, ko‘rinishidan ziyolinamo. Tanishib, bir-ikki og‘iz gaplashgan bo‘ldik. Abdusalom akaga yozayotgan tadqiqot mavzuimdan gapirdim. 20-yillarda yashab ijod qilgan munaqqidning 30-yillarda qamoqqa olinganidan so‘zladim. “Qamoq muddatini Kargapoli mahbusxonalarida […]
10.09.2024 | 15:10
339
RAQAMLAR “GAPIRGAN”DA HAQIQAT YUZAGA CHIQADI
Xorijlik mutaxassislarning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Yer yuzi aholisi soni, yashash tarzi, umr ko‘rish muddati, ijtimoiy ahvoli haqidagi tahlillariga tasodifan ko‘zim tushib qoldi. Hozirda sayyoramizda sakkiz milliarddan oshiq aholi bor. Yer sharida oltita qit’a mavjud ayni holatda ushbu aholining 60 foizi Osiyoda yasharkan. Bu esa aynan otamakonimiz bo‘lmish qit’ada aholi zichligini ko‘rsatadi. Aksar iqtisodiy, ijtimoiy muammolar […]
10.09.2024 | 13:30
270
RAHMAT FAYZIY TUG‘ILGAN KUN
Taniqli adib Rahmat Fayziy 1918-yil 10-sentyabrda Toshkentda dunyoga kelgan. 1962–1965-yillarda «O‘zbekfilm» kinostudiyasida ishlagan. Uning «Sen yetim emassan», «Yor-yor» kinossenariylari asosida ishlangan filmlar o‘zbek milliy kinosi rivojiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi. 1969-yili «Sen yetim emassan» ssenariysi asosida «Hazrati inson» romanini yozadi. Unda temirchi Mahkam ota va Mehriniso opa faoliyati orqali oddiy kishilar qahramonligini ko‘rsatadi. Rahmat Fayziy […]
10.09.2024 | 12:37
3906
“HAR NE ISTARSEN…”
Kunlarimiz xushxabarlar bilan boshlanadi. Ne-ne mamlakatlar vakillari qay bir yo‘nalishda O‘zbekiston tajribasini o‘rganish uchun poytaxtimizda o‘tadigan nufuzli anjumanlarga yig‘iladi. Albatta, o‘zimizni o‘zimizga chiroyli ko‘rsatib, qalbimizda ajib bir g‘urur uyg‘otayotgan o‘zgarishlar zamonamizning adolatli siyosati, inson omilini kuchaytirish, qadrini yuksaltirish uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan bog‘liqligini yaxshi bilamiz. Lekin shu imkoniyatlardan hamma ham o‘zini tiklash, jamiyatda o‘rnini topish […]
09.09.2024 | 18:06
416
MILLAT FIDOYILARI: MUHAMMADXON XO‘JAYEV
Qahramonimiz Muhammadxon Xo‘jayev 1898-yili Qo‘qon shahrida tikuvchi-hunarmand oilasida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Dastlab, Qo‘qon shahridagi tatar maktabida, so‘ngra rus-tuzem maktabida tahsil olgan. Tojik, rus tillarida erkin so‘zlashgan. 1908–1912-yillarda jadid maktabida o‘qigan. Maktabni tamomlagach, xonadonida jadid maktabi ochib, qo‘shnilariga saboq bergan. 1916–1918-yillarda Andijonda Ahmadbek hoji Temirbekovning paxta tozalash zavodida tarjimonlik qilgan. 1920-yildan boshlab Turkiston ASSR Adliya xalq […]
09.09.2024 | 16:56
673
10-SENTYABR – IKROM ISKANDAR TUG‘ILGAN KUN
Ikrom Iskandar 1972-yilda Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida tavallud topgan. YUZINGNI KO‘RGALI Yuzingni ko‘rgali oy uyolmishdir.So‘zlaring inju, lablaring bolmishdir.Agarki husn mulkida bahs etsalar,Layliyu Shirin poyingda qolmishdir. Bu ne holmishdir, vasling umididako‘zlarim yo‘llaring poylab tolmishdir.Orzum ro‘yobi ro‘yo, necha vaqtkimbetin vaqt kabi tinchim yo‘qolmishdir. Bu ne lashkar kabi oh emish, mudomayriliq ko‘ksima lak-lak solmishdir,kim, hajringda gar bir oh […]
09.09.2024 | 16:45
391
SAIDAHMAD SIDDIQIYNING BASHORATI
Shu kunlarda qadimiy va navqiron Samarqand afsonaviy ko‘rinishga kirgan. Ajib taronalar og‘ushida gullarga burkanib, favvoralardan billur shodalar taqib, yangicha qiyofada tovlanayotgan shahar kelinchakdek hammaning ko‘zini quvnatadi. Uning jamoliga boqib, bundan 112 yil muqaddam yozilgan Saidahmadxo‘ja Siddiqiy-Ajziyning “Mir’oti ibrat” dostoni yodga tushadi. Xayoliy yo‘nalishda bitilgan asarda shoir orzusidagi Samarqand ta’rifi fantastik uslubda bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Ammo bugungi […]
09.09.2024 | 15:24
302
Sarvinoz BAHODIROVA: “KASBIMDAN HALOVAT TOPDIM”
Men, Sarvinoz Bahodirova – poliglot, ya’ni ko‘p til biluvchiman. Nechta deysizmi, hozircha o‘n bir tilda mukammal gaplashaman. Bunga qanday erishdim? Avvalo, oiladagi muhit sabab bo‘lgan. Uch-to‘rt yoshligimda mehmonga kelgan qarindoshlarimizning bolalariga televizordagi multfilmlarni taxminan qahramonlar harakatiga qarab “tarjima” qilib berardim. Bu mashg‘ulotimdan mamnun bo‘lgan kattalar keyinchalik bolakaylarning barchasini yonimga o‘tqazib qo‘yib, “Qani, o‘rtoq tarjimon, bo‘ri […]
09.09.2024 | 14:19
410