Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Muallif: admin

BIRLASHADIGAN VAQT KELDI

Biz – bir guruh adiblar, olimlar, ziyolilar va jamoat arboblari Ostona shahrida ulug‘ shoir va mutafakkir, betimsol siymo Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimiga taklif etilgandik. Guruhimiz tarkibida Sirojiddin Sayyid, Shuhrat Sirojiddinov, Gʻafur Shermuhammad, Olimjon Davlatov, Dilnavoz Yusupova, Serik Usenov kabi ijodkor, olimlar bo‘lib barchamiz hayajonda edik. Men ulug‘ bobomizga dunyoda qo‘yilgan haykallarni eslab ketdim. Shoir […]

19.08.2024 | 18:30

img410

QARDOSHLAR DO‘STLIGI

Men uchun Parij Olimpiadasining eng katta yutug‘i – bu Markaziy Osiyo xalqlarining bir-­biri bilan mislsiz darajada yaqinlashgani, bir-birini qo‘llab-quvvatlab, do‘stona munosabatlarimiz har doimgidan ham mustahkamlangani bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlar, postlar, video­tasvirlarni ko‘rsangiz, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, tojik, turk­man, shuningdek, Afg‘onistondagi o‘zbeklar, ozarbayjonlar, turk­lar va boshqa turkiy xalqlar qay darajada bir-biriga samimiy muxlislik qilganiga guvoh bo‘lasiz. Bejiz […]

19.08.2024 | 17:32

img276

Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Muqaddas islom dini ilmlari rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk olim, vatandoshimiz Imom Abu Iso Muhammad Termiziyning (keyingi o‘rinlarda – Imom Termiziy) ulkan ilmiy merosini yanada chuqur o‘rganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodning ma’naviy-ruhiy olamini boyitish, ularning qalbida milliy iftixor, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida: 1. Din […]

19.08.2024 | 16:39

img389

Asosiy

YURTGA QAYTGAN LOCHINLAR

Iyulning zerikarli tunlari ruhimni ezgan, jazirama, havosiz kunlari tanimni bosgan pallada dengizi sokin, tog‘lari purviqor Ozarbayjon meni chorladi. Qaydasan, ey Fuzuliy yurti, qaydasan, ey Nizomiy diyori deya Ozarbayjon diasporasi tomonidan tashkil etilgan yoshlarning an’anaviy xalqaro yozgi forumiga yo‘l oldim. Turkman cho‘llarining adog‘ida yarqirab Kaspiy ko‘rindi. Bokuga qo‘ndik, bismillo! Birinchi kun. O‘tganlar yodi. Erta tongda 60 […]

19.08.2024 | 16:12

img387

OLIMPIADA CHEMPIONLARI

Birlashmagan barmoq qo‘lda begona, Kim ayro, tark etar hatto soyasi. Sizni bir musht etdi – etdi yagona Yangi O‘zbekiston qurish g‘oyasi! Zarb jangida oldi besh oltin o‘zbek, Parij hayron boqdi – bu ne hol, nadir?! Temur, Jaloliddin, Alpomish tirik Ekanin isbotlab qo‘ydi Bahodir! Olimp tarixiga o‘z muhrin bosdi, Ilk oltin egasi qizing – Diyora! Xalqim, […]

19.08.2024 | 14:27

img376

“DOIMO AHLI BILIGLAR BIRLA BO‘L…”

Sirojiddin Sidqiy Xondayliqiy o‘z zamondoshlaridan, nazarimda, aynan qomusiy­ligi, serqirra ijodi bilan ajralib turadi. Sidqiy adabiy merosidan lirik g‘azallar, davr ijtimoiy voqeligiga munosabat she’rlar, hajviyalar, dostonlar, o‘ziga xos memuarlar, “zarbulmasal”lar, tarjimalar o‘rin olgan. Buni o‘z vaqtida jadidshunos Begali Qosimov ta’kidladi, tasnifladi, ijodidan namunalar berdi. Tadqiqotlarni davom ettirish yo‘llarini ko‘rsatdi. Sidqiyning 1998-yili nashr bo‘lgan “Tanlangan asarlari”ning o‘zi […]

19.08.2024 | 13:35

img690

BMTning Uy-joy huquqi bo‘yicha Maxsus ma’ruzachisi Balakrishnan Rajagopal O‘zbekistonga tashrif buyuradi

BMTning Uy-joy huquqi bo‘yicha Maxsus ma’ruzachisi Balakrishnan Rajagopal 19-30-avgust kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Janob Balakrishnan Rajagopal O‘zbekistonga tashrifi davomida milliy qonunchilikda va amaliyotda uy-joy huquqini himoya qilish va amalga oshirish, jumladan, uy-joyning arzonligi hamda yaroqliligi, xizmatlardan foydalanish imkoniyatini va majburiy ko‘chirishni o‘rganib chiqadi. U O‘zbekiston tomonidan uy-joy huquqidan mamlakatdagi barcha aholi guruhlari foydalanishi uchun ko‘rilayotgan […]

19.08.2024 | 09:38

img232

Asosiy

G‘ALABALAR MASKANI – YANGI O‘ZBEKISTONIM!

DIYORA Yapon kurashida yapon qizini Ippon usulida yutdi Diyora. Olimp kitobiga go‘zal ismini Oltin harf bilan bitdi Diyora. Qaldirg‘och-u, lochin kuchiga qarang! Tan berdi olmon-u, yiqildi farang, Kosovoga armon bo‘ldi so‘nggi jang, Barchasidan bir-bir o‘tdi Diyora. Oltin olib keldi hammadan oldin, Yuz oltinga tengdir birinchi oltin! Nihoyat his qildik g‘alaba totin, Zafar qadahini tutdi Diyora. […]

16.08.2024 | 15:10

img447

O‘ZBEKLARNING SOVET DAVRIDAGI ASL MADHIYASI

Mustabid tuzum hukmronligi eng cho‘qqiga chiqqan paytlarda ham o‘zbeklar madhiyasiz qolmagan. Bizning norasmiy madhiyamiz bo‘lgan. Har kuni tongda radio, televide­niyedan beriladigan O‘zbekiston SSR­ning rasmiy madhiyasi shun­chaki majburiyat yuzasidan, yana­yam o‘z­­­bek­charoq aytganda, qu­loq­qa osilgan lag‘mon qabilida eshi­til­gan. Xalq bu zo‘ravon matn va musiqaga, qullikni sharaflagan “zan­jir tovushlari”ga o‘z qalbidan joy bermagan. Ha, o‘sha og‘ir yillarda ham […]

14.08.2024 | 17:16

img463

YAYRA ABDULLAYEVA TAVALLUD TOPGAN KUN

Yayra Abdullayeva 1930-yil 14-avgust Andijonda dunyoga kelgan. Toshkent sanʼat institutida tahsil olgan va institutni 1950-yili tamomlagan. 1945-yilda Gavhar Rahimova rahbarligidagi front konsert brigadasida ilk ijodiy faoliyati boshlangan. 1950-yildan Hamza teatrida faoliyat koʻrsatgan. Yayra Abdullayeva “Boy ila xizmatchi” filmidagi Gulbahor roli bilan 1953-yildan boshlab oʻzbek kino sanʼatida oʻz faoliyatini boshladi, birin-ketin “Opa singil Rahmonovalar”, ”Stadionda uchrashamiz”, “Hamza”, “Vijdon amri bilan” kabi […]

14.08.2024 | 15:07

img918

14-AVGUST – ERNEST SETON-TOMPSON TAVALLUD TOPGAN KUN

Ernest Seton-Tompson 1860-yil 14-avgustda Angliyada tugʻilgan. Uning avlodlari tog‘liklardan bo‘lib, Ernest 6 yoshda ekanligida ularning oilasi Kanadaga ko‘chib keladi. Bo‘lg‘usi adib shu yerda maktabga boradi, juda ko‘p ilmiy-badiiy asarlarni mutolaa qilib tabiat, hayvonlar, inson va tabiat munosabatlarini tasvirlovchi animalist rassom hamda iste’dodli yozuvchi bo‘lib yetishadi. Uning asarlari jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin egalladi. Asarlari: “Men […]

14.08.2024 | 14:51

img1040

“VATAN OBODLIGI UCHUN OVOZ BERAMIZ!”

Markaziy saylov komissiyasi kotibi, yuridik fanlari doktori, professor Xudoyor MAMATOV bilan suhbat – Xudoyor aka, mana 2019-yilda xalq tomonidan saylangan vakillik organlari deputatlarining vakolat mud­dati oxirlab, navbatdagi saylov jara­yonlariga start berildi va Markaziy saylov komissiyasi faoliyati ham o‘z-o‘zidan qizg‘in tus oldi. Jarayonlarning ilk davri qanday kechmoqda? – Avvalo, mamlakatda siyosiy jara­yon­larning qizg‘inlashuvi Markaziy saylov komisissiyasi oldiga […]

14.08.2024 | 12:06

img321

Shavkat Mirziyoyev “Tadbirkorlar kuni” munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida Farmonni imzoladi

Farmonga ko‘ra quyidagilar taqdirlandi: «Mehnat shuhrati» ordeni bilanAchilov Nurmuxamed Nurullayevich – Gʻijduvon tumanidagi «Parvoz Humo Ravnaq Trans» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Buxoro viloyatiTurdaliyev Boxirjon Ilxomovich – Beshariq tumanidagi «Vodiy naslli parranda» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Farg‘ona viloyati «Do‘stlik» ordeni bilanAbdullayev Abduvayid Tolibjonovich – Asaka tumanidagi «Asakatekstil» mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Andijon viloyatiArabbayev Xusan Jamalitdinovich […]

14.08.2024 | 11:28

img288

TARIXIMIZNI TERAN BILAYLIK

“Yangi O‘zbekiston” so‘zlari sodda, ammo o‘zida olam-olam ma’no mujassam etganini ko‘raman, ko‘nglimda iftixor hissini tuyaman, faxrlanaman, go‘yoki yangidan kashf etganday bo‘laman. “Mustaqillik”, “o‘zbek”, “xalq”, “tarix”, “zafarlar”… Nechog‘li ko‘ngilga ruh berguvchi, qanotlantirguvchi purma’no so‘zlar! Ularning har biri haqida bir kitob yozish mumkin, desak mubolag‘a emas. Bunday kitoblar yozilayotir ham. Jafokash yurtimiz ko‘p bos­qin­chilarni ko‘rdi, har biri kelib, yurt […]

12.08.2024 | 17:20

img1163

MILLAT FIDOYILARI: NIZOMIDDIN XO‘JAYEV

Yaqinda Nizomiddin Xo‘ja­yev­ning qatag‘on qilinishi to‘g‘risi­dagi noyob hujjat va materiallar bilan tanishishga imkon yaratildi. Mudhish qatag‘on davrida o‘n yil mehnat-tuzatuv lagerlari azobini tortgan jadid Laziz Azizzoda bilan ilk tanishuvimiz o‘tgan asrning 70-yil­lari boshida “Guliston” jurnali tahririyatida yuz bergan. 1967-yili “Fan” nashriyotida domlaning “Inqilob kurashchisi” risolasi e’lon qilingan edi. Unda jadid, keyinchalik bolshevik, davlat va hukumat […]

12.08.2024 | 16:03

img664

JONKUYAR JADID TARIXCHISI

XX asrning dastlabki choragida O‘zbekis­tonda zamonaviy tarixnavislik maktabining shakllanishiga ulkan hissa qo‘shgan birin­chi o‘zbek tarix professori Bo‘lat Soliyevning faoliyati bevosita O‘zbekistondagi jadidlik rivoji bilan bog‘liqdir. Bu davrdagi tarixchi olimlar orasida uning nomi alohida o‘rin tutadi. Bo‘lat Majidovich Soliyev 1882-yil 22-martda Astraxan shahri yaqinidagi qishloqda, savdo­gar Majid Soli o‘g‘li xonadonida tavallud topgan. ­Uning otasi mang‘it qabilasiga […]

12.08.2024 | 15:45

img344

EL ARDOQLAGAN ADIB

Ozod SHARAFIDDINOV, O‘zbekiston Qahramoni 1963-yilning kech kuzi. Ertalablar tushgan qirov qish qo‘shini yaqinlab kelayotgani­dan darak bersa-da, peshinga borib havo ilib ketadi. Ufqqa tutash hududsiz paxta dalalari­da talabalar mehnat qilish­yapti. Bo‘yi o‘rtadan pastroq, yonoq­lari biroz bo‘rtib chiqqan, jikkakkina yigitcha boshini ko‘tarmay paxta teryapti. U har hamlasida lo‘ppi-lo‘ppi ochilgan besh-oltita ko‘sakning paxtasini oladi-da, bo‘z fartugiga soladi. O‘n-o‘n […]

12.08.2024 | 15:20

img582

IJOD VA JASORAT

Said AHMAD, O‘zbekiston Qahramoni, xalq yozuvchisi O‘zingga yaqin va qadr­don odam haqida biron gap aytish shunchalar qiyin bo‘lishini bilmas ekanman. Har kuni ko‘rishadigan, necha martalab gaplashadi­gan do‘stingning fazilatlari senga juda oddiy bir narsa bo‘lib qolarkan. U saxiymi, baxilmi, bag‘ri kengmi, fe’li tormi, do‘stiga vafodormi, birovning qayg‘usiga qay­g‘udoshmi, negadir e’tibor bermas ekansan. Bu hammaga xos odat-da, […]

12.08.2024 | 14:49

img540

SAMARQANDLIK  ROJIYNING  ARZI

O‘z davrida ko‘ngil ko‘zi ochiq, oydin fikrli ziyolilar bosqinchi siyosatdonlar­ning yurtini umrbod qullikda saqlashdek qora niyatini yaxshi anglagan edilar. Shu bois ular sho‘ro hukumatining adolat va tenglik, tinchlik va do‘stlik siyosati qog‘ozda emas, amalda bo‘lishini talab qilishdi; sira tap tortmay “odamlar ustida ot o‘ynatgan” bosqinchilarga “quturgan mustamlakachilar” (Cho‘lpon ta’biri) sifatini berishdi. Bosqinchining tenglik, “millatlarning o‘z […]

12.08.2024 | 14:37

img438

ENASOY XAZINASI BILAN YUZMA-YUZ 

O‘rxun-Enasoy toshbitiklari – turkiy ellarning umummerosi, eng qadimiy yozma yodgorligi. Ularning namunalari Mo‘g‘ulistondagi O‘rxun daryosi vodiylaridan, Tuva, Xakasiya, Krasnoyarsk o‘lkasidagi Enasoy daryosi va uning irmoqlarining ikki qirg‘og‘i bo‘ylab joylashgan manzilgohlardan juda ko‘p miqdorda topilgan. Shu sabab bu bitiklarga “O‘rxun-Enasoy tosh­bitiklari” degan nom berilgan. Bundan tashqari, toshbitiklar Sharqiy Turkis­ton, Sharqiy Yevropa, Oltoy, Boyko‘lbo‘yi, Markaziy ­Osiyo, xususan, […]

12.08.2024 | 12:32

img1027

O‘TMISH HAQIQATI – KELAJAK KO‘ZGUSI

Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olinganidan to 1991-yili O‘zbekiston o‘zining mustaqilligini e’lon qilgungacha bo‘lgan davrni tariximizning eng og‘ir sahifalari desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chor hukumati ham, mustabid sovet tuzumi ham bu davrda mahalliy millatlarning yuksalishi u yoqda tursin, ularning savodli bo‘lishidan ham qo‘rqdi. Chunki savodli millat o‘z haq-huquqini taniydi va talab qiladi. Bu esa hukmron tuzumning […]

12.08.2024 | 12:15

img416

JADID KUTUBXONASI