KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
Asosiy
DO‘PPIDEKKINA GAP
2016-yilning boshidan kuziga qadar “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida “Tafakkur jilolari” degan ko‘rsatuvni olib borgan edim. Har gal adabiyot, san’at, ilm-fan namoyandalari bilan suhbatimiz Milliy kutubxonada suratga olinadi. Bir kuni suhbatga do‘ppi kiyib boribman. Kameralar shaylangach, xizmatdagi yigitlar “Domla, do‘ppini yechib qo‘ying”, deb iltimos qilishdi. – Nega?– Endi, bilasiz-ku, mumkin emas…– Nega mumkin emas? Bu O‘zbekiston […]
09.09.2026 | 12:48
1484
IZDOSH YOXUD TAFAKKURNI TAHRIR QILGAN ALLOMA
Ibrohim Mo‘minovni ko‘pchilik faylasuf olim, jamoat arbobi sifatida biladi, taniydi. Lekin u kishining muharrirlik faoliyati ham salmoqli kechgan. Muharrir deganda, ko‘pchilik matnning imlo xatosini tuzatadigan, uni qisqartiradigan, jimjimador sarlavha qo‘yadigan odamni tasavvur qiladi. Aslida, muharrir maqolalar orqali jamiyatning kun tartibini shakllantiradi, ijtimoiy fikr o‘zanini yaratadi. Kuchli nashr ortida nafaqat mualliflar va tahririyat, balki muharrir va […]
09.09.2026 | 10:04
1203
BUGUN BAYROQ KIMDA?
Bizda jadidlar asos solgan, yuz yillik tarixga ega san’atshunoslik fani bor. Bo‘lganda ham, uyg‘oq va tezkor san’atshunoslik. Masalan, nafaqat sahnaga qo‘yilgan spektakllarga, balki hali ijro qilinmagan pyesaga, hattoki san’atga oid voqea-hodisalarga ham munosabatlar bosilgan. Muhiddin Qoriyoqubovning qo‘shiqlari yoki Halima Nosirovaning sahnaga chiqishi yangi taqrizlar bilan kutib olingan. Umumxalq bayramlari munosabati bilan o‘tkaziladigan maydon tomoshalari ham […]
08.09.2026 | 15:00
1154
OTAYURTDAN ONADO‘LIGA
Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona va Islom sivilizatsiyasi markazida “Hirotga, bobomning huzuriga!” kitobining taqdimoti bo‘lganidan xabaringiz bor. Shundan keyin qardosh davlatlardan tanitim o‘tkazish haqidagi takliflar kela boshladi. TADORIK Yo‘lga chiqadigan kishi odatda nima qiladi? Ot-ulovi, tuyoq-tushovi, yalovi-yu olovini hozirlaydi. Biz ham bobolar udumini tutib, ikki xurjunni to‘ldirib-to‘ldirib… kitob ortdik. Yo‘l odami non oladi, kiyim soladi, […]
08.09.2026 | 14:14
892
Asosiy
MUSA JALILNING QARSHILIK DO‘STI
Tatar xalqining ulug‘ shoirlaridan Musa Jalilning jasoratga yo‘g‘rilgan hayoti va ijodiy faoliyatidan xalqimiz yaxshi xabardor. Ayniqsa, shoirning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi tutqunlikda yozilgan “Maobit daftari” kitobiga kiritilgan quyidagi satrlar el orasida juda mashhur bo‘lib, hofizlar tomonidan kuylangan: Senga mendan xabar bersalar,“U yiqildi charchab”, desalar,Yo‘q, ishonma, bag‘rim!Bu so‘zni –Do‘stlar aytmas, yaqin ko‘rsalar. Taqdir deganlari qiziq-da, 1906-yilda […]
08.09.2026 | 12:47
868
TEATR NAHRI G‘AVVOSI
O‘tgan asrning boshlarida Turkiston uchun mutlaqo yangi soha – san’atshunoslik va uning bir qirrasi bo‘lgan teatrshunoslik fani kirib keldi va rivojlana bordi. Biroq o‘lkada sodir bo‘lgan katta o‘zgarishlar, siyosiy qatag‘on to‘lqini bu sohani sun’iy ravishda to‘xtatib qo‘ydi. 1945-yilda Teatr san’ati institutining tashkil etilishi munosabati bilan bu sohalar qayta tiklandi. Asrning 50–60-yillarida bir guruh milliy kadrlar […]
08.09.2026 | 09:53
647
MILLIY YUKSALISH DAVRI
Muqaddas Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ o‘ttiz besh yillik bayramini katta iftixor va tantana bilan nishonladik. Yangi Toshkentda o‘tkazilgan asosiy bayram tadbirlari taraqqiyotning yangi davriga qadam qo‘yayotganimizni, buyuk tarixiy orzularimiz ro‘yobga chiqayotganini yaqqol namoyish etdi. Mustaqillikning buyuk ahamiyati, avvalo, inson qadri va erkin hayotida namoyon bo‘ladi. Shu bois, islohotlarning birinchi kunlaridanoq “Inson qadri uchun!” g‘oyasi davlat siyosatining […]
07.09.2026 | 15:07
774
MATEMATIKA – GO‘ZALLIK SAN’ATI
O‘zFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining differensial tenglamalar laboratoriyasi mudiri, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi Ravshan Ashurov bilan suhbat – Ravshan Rajabovich, avvalo, mukofot muborak bo‘lsin. Mukofot ko‘ngilga taskin beradi, ilmiy-ijodiy faoliyat e’tirof etilsa, olim ko‘ngli quvonchga to‘ladi. Ko‘p yillik mehnatlaringiz samarasi bu. Taqdirlangach, ko‘proq nimalarni o‘yladingiz? – Bu xabarni men Xitoydagi xalqaro kongressdan qaytib, O‘zbekistonga […]
07.09.2026 | 09:59
855
ILM INSON UCHUN
Mamlakatimizda keyingi yillarda diniy ta’lim sohasida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar yuz berdi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan uchta oliy, bitta o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasasi, to‘rtta xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni sohada mazmun va sifat jihatdan yangi darajadagi islohotlarni boshlab berdi. 1971-yildan 2017-yilga qadar Imom Buxoriy […]
03.09.2026 | 16:38
870
FITRAT VA TANQID
XX asrning 20-yillarida yozilgan adabiy tanqidiy maqolalarning ko‘pchiligi sahna asarlari va ularni sahnaga qo‘yish jarayonlari bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra, zamonaviy o‘zbek adabiy tanqidchiligi yangi asarlarga taqriz maqolalar barobarida dramalarni targ‘ib etish va ularning sahna talqinlariga munosabat bildirish yo‘sinida shakllandi, adabiy tanqid bilan teatr san’ati tanqidchiligi baravar qadam tashladi, deyish mumkin. Bu davr matbuotida Fitrat ijodiga […]
02.09.2026 | 17:08
985
Asosiy
VAHSHAT
To‘qson yil avval sovetlar o‘z fuqarolariga nisbatan o‘tkazgan va tarixga “katta terror” nomi bilan kirgan qatag‘onning surati va siyratidan qay darajada xabardormiz? Eshitganlarimiz, o‘qiganlarimiz aksari zudlik bilan yasalgan “jinoiy ish”lar, qisqa, bir yoqlama tergov bayonnomalari va “uchlik” besh-o‘n daqiqada chiqargan hukmlar, va nihoyasida dahshatli qotillikka ilova shaklida “sho‘rpaxta” o‘rnida bosilgan yarim varaqlik “oqlov”lardan iborat. Yana […]
02.09.2026 | 12:24
520
RASSOM FIKRLASHI KERAK
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi rahbari, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal NUR bilan suhbat – Akmal aka, bilamizki, ijodkor va olimlarga azaldan davlat va jamiyatning muhim bo‘g‘inlarida mas’ul vazifalar ishonib topshirilgan. Bu o‘rinda ularning masalaga o‘ziga xos yondashuvi hisobga olingan bo‘lsa, ehtimol. Garchi san’atkor mutlaq erkinlikka intilsa-da, el-yurt manfaati uchun zimmasiga og‘ir yuklarni ham oladi. Kamoliddin Behzodning Hirotdagi […]
02.09.2026 | 10:06
784
MAQОM KAPSULASI
So‘nggi yillarda dunyoda ruhiy salomatlik bilan bog‘liq kasalliklar sezilarli darajada ortib bormoqda. Tadqiqotlar yer yuzida bir milliarddan ortiq inson turli ruhiy salomatlik muammolari bilan yashamoqda, har yetti kishidan biri esa ruhiy buzilishlarga uchraganini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, depressiya, xavotir, stress va uyqu buzilishlari eng keng tarqalgan kasalliklar qatoriga kiradi. Kovid pandemiyasidan keyin bu holat yanada kuchayib, psixolog, […]
01.09.2026 | 16:27
710
Asosiy
DEVOR ORASIDAGI KITOB
Ming to‘qqiz yuz o‘ttiz sakkizinchi yilning boshlari, ayni qish chillasi edi. Ayozdan-da sovuq mish-mish tarqaldi: yozuvchi Julqunboy qamoqqa olinibdi! Xabar kimning qulog‘iga yetsa, birinchi aytar so‘zi “Yo‘g‘-e!” edi. Qanday qilib? Odamlar qo‘ldan qo‘ymay o‘qiyotgan “O‘tkan kunlar” ro‘monini yozgan adib qamaladimi?! Shubha-gumonlar shu qadar bolaladiki!.. Ivir-shivirlar shu qadar urchidiki!.. Yozuvchi qamalsa, u odam yozgan kitobning taqdiri […]
01.09.2026 | 14:54
625
ADOLATLI ADIB
Prezidentimizning 2026-yil 28-maydagi “Mamlakatimizda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovga “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni berildi. 20-oktyabrda tavalludining 100 yilligi nishonlanuvchi adib xotirasiga ko‘rsatilgan ehtirom nafaqat oila a’zolari va shogirdlari, balki ko‘p ming sonli kitobsevarlarni to‘lqinlantirib yubordi. O‘quvchilik davrimizda – […]
01.09.2026 | 13:13
599
E’TIBOR VA E’TIROF
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yil 1-iyun kuni adabiyot, madaniyat va san’at namoyandalari bilan uchrashib, oldimizda turgan eng muhim vazifalarni hamda ijod ahlini qiynab kelayotgan masalalar yechimlarini belgilab berdi. Eng muhimi, tadbirda aytilgan fikrlar, belgilangan ustuvor vazifalar quruq gap bo‘lib qolmadi – ertasi kuniyoq Prezidentimizning “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha keng […]
31.08.2026 | 15:34
655
DO‘STLIK VA JO‘MARDLIK AYYOMI
“…Kavokib sayrini shab to sahar bedor o‘landan so‘r” deb lutf etgandi buyuk turkiy shoiri Fuzuliy hazratlari. Darhaqiqat, ayni zamonda dunyoda kechayotgan oshkor va gizli evrilishlarni qalb ko‘zi teran, tafakkur charog‘i nurafshon uyg‘oq insonlargina ilg‘aydi. Yurtimizda va tevarak-atrofda ro‘y berayotgan olamshumul yuksalish va o‘zgarishlarni his qilish va qiyosan xulosayi xolis chiqarish uchun teran nigohning o‘zigina kifoya […]
31.08.2026 | 14:27
588
SHE’R KO‘P, AMMO…
Bir vaqtlar adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov zamonaviy o‘zbek she’riyati haqida kuyunib, shunday savol qo‘ygan edi: “Nega bugungi she’riyatimizda o‘rtamiyonachilik kuchayib ketyapti? Nega bir-biriga o‘xshab ketadigan egizak she’rlar soni ortib boryapti? Nega she’rlarda olam tor, hayot nafasi zaif, kitobiylik kuchli?” Nazarimizda, oradan yillar o‘tgan bo‘lsa-da, bu savollar hali-hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. She’rning tug‘ilish vatani – […]
25.08.2026 | 15:31
1204
Asosiy
RIZOIY FOJIASI
Yigirma yillik faoliyatini muallimlikka bag‘ishlagan, o‘zbek tilidagi birinchi “Hikmat” (fizika) va kimyo darsligi muallifi, Turkiston davlat universiteti qoshidagi fizika laboratoriyasini boshqargan xalq professori Husanxon Niyozov (Niyoziy) ma’rifatparvar jadidlardan biridir. U 1895-yili Andijon shahrining Birlik dahasida tug‘ilgan. Bobosi Muhammadxon Niyoz o‘g‘li, otasi Matmusa (Muhammad Musa) asli Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidan, onasi Hanifa otin ziyoli ayollardan edi. […]
25.08.2026 | 12:30
1053
CHINORDEK AZIM, DARYODEK TOSHQIN
ADABIY DID MAKTABI Katta avlodning adabiy-estetik qarashlari “Guliston” jurnali mutolaasi orqali shakllangan, desam, xato bo‘lmaydi. 1969–1980-yillarda nashrga taniqli adib, shoir va tarjimon Asqad Muxtor bosh muharrirlik qilgan. Jurnalning o‘z tarixi davomidagi eng gullab-yashagan davri ham shu o‘n yillikka to‘g‘ri keladi. Elimizning ardoqli ijodkorlari Abdulla Sher, Erkin A’zam, Xayriddin Sultonning xotiralari shundan guvohlik beradi. Asqad Muxtorning […]
24.08.2026 | 12:27
1038
“BIZ – 40 MILLIONLI XALQMIZ!”
Ming yillik tarix dalolatiga ko‘ra, qadim Turkiston zamini egalari bo‘lgan ulus dehqonchilik va chorvadan tashqari, savdo-sotiq, ishlab chiqarish sanoati bilan ham shuhratli bo‘lgan. Chunonchi, XVII asrda xon va muarrix Abulg‘oziy Bahodirxon Xurosonga jo‘nagan karvon hamda “o‘rusg‘a savdog‘a” ketgan “o‘n yetti kishi” haqida xabar beradi. 1804-yil “xorazmlik ikki yuz savdo kishisi ko‘pgina qimmatbaho mollar bilan katta […]
24.08.2026 | 11:29
633