KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
Asosiy
Yaltirar har yonda qor…
Yurtimizga o‘z tarovati bilan kumush qish kirib keldi. Qishning xabarchisi bo‘lgan birinchi qor qalblarga o‘zgacha surur baxsh etib, avvalgi qorli xotiralarni ham yodga soladi. Bu turkumda she’rsevarlar eng sevib o‘qiydigan shoirlarning qorli satrlarini sizga tuhfa qilamiz. Abdulla ORIPOVQOR Bul ajoyib kun erurkim,Yaltirar har yonda qor.Ko‘kda oftob, yerda yulduz,Garchi yo‘q osmonda qor. Bul g‘aroyib she’r nedur […]
08.12.2024 | 11:29
1656
Nima uchun Van Gog oʻz qulogʻini kesib tashlagan?
1888-yil 23-dekabrda Fransiyaning Arl shahridagi kichik bir uyda barcha davrlarning eng mashhur rassomlaridan biri – Vinsent Van Gog gʻayrioddiy ravishda isitma holatida oʻz qulogʻini kesib tashladi. Bu sanʼat tarixidagi eng mashhur voqealardan biri hisoblanadi. Ammo u nima sababdan bunday ishga qoʻl urdi? Van Gog 1888-yilda rasm chizish uchun Arldagi “Sariq uy”ga koʻchib kelgan edi. Uning […]
06.12.2024 | 17:35
576
PIROG va CHEBUREK
Yanglishmasam, 2008-yil edi. Shoir Usmon Azim bilan Qrimga, Xalqaro turkiy she’riyat festivaliga borganmiz. Qrimtatarlar o‘zbeklarni ko‘p yaxshi ko‘rar ekan, Stalin tomonidan qatag‘on qilingan qayg‘uli kunlarida o‘zbeklar ularga non-tuz, boshpana berganligi uchun o‘zlarini qarzdor his etar ekanlar. Pul yig‘ishib, o‘zbek xalqi hurmatiga Qrimda kattagina yodgorlik ham o‘rnatishgan ekan. “O‘zbekistonda bizning qabrlarimiz qolgan”, deya qayg‘uli gapirganlari hamon […]
06.12.2024 | 15:12
283
QAT’IYAT VA JASORAT SOHIBI yoxud Bobur va Masserman qoidasi
Insoniyat o‘z tarixida hayotini xalq xizmati, yurt obodligi, davlat taraqqiyoti yo‘lida baxshida etgan hukmdorlarni ko‘p ko‘rgan. Aleksandr Makedonskiy, Yuliy Sezar, Amir Temur, Sulaymon Qonuniy, Jorj Vashington, Avraam Linkoln, Mahatma Gandi, Uinston Cherchill… Ularning har biri o‘ziga xos boshqaruv maktabi yaratgan ulug‘ siymolar sanaladi. Zotan, dunyodan qancha hukmdor o‘tgan bo‘lsa, davlat boshqaruvida ularning bir-biriga o‘xshamagan beqiyos […]
06.12.2024 | 10:13
1052
KUZ TUNI KIRADI…
Halima AHMEDOVAShe’rlar Kuz tuni kiradi g‘amgin va go‘zal,Tinglayman yuragim larzasini jim.Labimdan sirg‘alib tushadi mahtal,Shabnamda chayilgan bir so‘z:“Sog‘indim…” Kuzgi olmalarning nafasi o‘tkir,Jonimni yayratar bir sir muattar.Shamolga aytaman: – Sen ham birga kir…Kirmaydi, u mendan yuz bora qaysar. Kuz menga eslatar bolaligimni,Tangaday sochilgan gujum barglari.Arg‘imchoqda qolgan hur shodligimniOlib ketdi qachon qismat dardlari? Meni yupatmagin, ey dilkash yomg‘ir,Ko‘ksimda […]
05.12.2024 | 14:16
345
Asosiy
MUXTORIYAT – MILLIY LAYLATUL QADRIMIZ
1917-yilning 27-noyabr tongi jadidlar ko‘nglidagi ozodlik g‘oyalarining shu’lalaridan yorishdi. Kechga borib, Qo‘qon shahrida yig‘ilgan Turkiston qurultoyi milliy ozodlik kurashi yo‘lidagi eng muhim amaliy qadamlardan birini qo‘ydi – Turkiston muxtoriyati rasman e’lon qilindi. Turkiston muxtoriyati… Temur hoqonning chin bolalari yoninda, turkistonli tubchak turklari orasinda, mundan ug‘urli (xosiyatli), mundan muqaddas, mundan suyunchli bir so‘zni borlig‘iga ishonmayman. Turkiston […]
05.12.2024 | 10:46
2107
“Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim”
Har kimning o‘z ona tili Vatan kabi aziz va moʻtabar. Bu tuyg‘u insonga ona suti bilan singadi. Ba’zan boshqa millat vakillari bilan suhbatlashganimizda, ularning o‘zbek tiliga iliq munosabatini, samimiy mehrini ko‘rib, ko‘nglimiz yanada nurafshon bo‘ladi. Jonajon tilimiz bilan faxrlanamiz. Galdagi suhbatdoshimiz Ulyana Filimonova ham boshqa millat vakilasi, ammo o‘zbekchani uncha-muncha o‘zbekdan ravon gapiradi. Ayniqsa, shoirlarimizning […]
04.12.2024 | 16:23
340
MUZEY OCHGAN OTAXON
Sakson yoshli otaxon jadid bobolarimizning chinakam targ‘ibotchisiga aylandi. Yozyovonlik Ahmadjon Ismoilov keksalikni qalam tebratishdan boshladi. Vulqon tog‘lari ham uzoqdan sokin ko‘rinadi. Ammo uning tub-tubida tabiatni larzaga solishga qodir qaynoq lava portlashga hozirlik ko‘rayotgan bo‘ladi. Qahramonimiz ham bir umr ko‘z oldimizda yurib, “ochilur chog‘”ini kutib turgan ekanmi – ochildi-qoldi. Ketma-ket “Toshhovuz va toshhovuzliklar”, “Yozyovon ziyoratgohlari”, “Usta […]
04.12.2024 | 15:25
362
TUPROQQA “EKILGAN” AJAL URUG‘I
Ichki ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan statistik raqamlarga ko‘ra, 2022-yilda 2 ming 427 ta, 2023-yilda 3 ming 13 ta giyohvandlik vositalarini o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyat aniqlangan. Bu kabi vositalar miqdori ham ortgan – 2022-yilda 2 ming 31, 2023-yilda 10 ming 306 kilogramm giyohvandlik vositasi aniqlangan bo‘lsa, psixotrop moddalar 2022-yilda 81 kg, 2023-yilda esa 172 kg […]
04.12.2024 | 14:11
423
Asosiy
CHO‘LPON BILAN UCHRASHUV
“…Bir kuni o‘sha yerga borganimda peshtaxta oldida salobatli, o‘qimishli ekani bilinib turgan ko‘zoynakli kishiga e’tibor qildim. Odob bilan salom berdim. U alik oldi va: “Yigitcha, siz qayerdansiz?” deb so‘radi. Men ismimni aytib, toshkentlik, texnikum o‘quvchisi ekanimni bildirdim. U: “Juda yaxshi. Bu zamonda o‘qish kerak”, dedi…” Mening ona tomondan bobom Gʻulomqodir ota Norxo‘ja eshon o‘g‘li 1907-yilda […]
04.12.2024 | 10:15
750
Asosiy
QORAQALPOQ JADIDI SAYFULG‘ABIT MAJIT TAQDIRI
Qatag‘on qirg‘ini millat tanlamagan. Qaysi xalqning ilg‘or fikrli, millatparvar vakili bo‘lsa, deyarli barchasi sovet tuzumining qonli iskanjasiga tushib, qatliom domiga tortilgan. Qoraqalpoq adabiyoti va tarixshunosligida ma’lum-u mashhur Sayfulg‘abit Majitov ham zamonasining hurfikrli, peshqadam ziyolilaridan biri edi. U shoir, nosir, dramaturg, ma’rifatparvar va pedagog sifatida qoraqalpoq xalqi tarixida o‘chmas iz qoldirgan. 1920-yillarda uning nomi ma’rifat va […]
03.12.2024 | 13:52
573
“BOBURNOMA” DANTE DIYORIDA
Tahririyatdan: Yaqinda Italiyaning tarixiy ilmiy-ommabop adabiyotlarga ixtisoslashgan yetakchi nashriyotlaridan biri “Sandro Teti Editore” nashriyot uyi Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur “Boburnoma” asarini ilk bor italyan tilida ommaviy tirajda chop etdi. Sohibqiron Amir Temurning avlodi Bobur Mirzo hassos shoir, qomusiy olim, atoqli davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida o‘zidan takrorlanmas va boy ijodiy-ilmiy meros qoldirgani barchaga ma’lum. […]
03.12.2024 | 10:19
377
MA’NAVIY EKSPERTIZA – QONUN TALABI!
“So‘z erkinligi madaniyatsizlik bazmi emas!” maqolasini o‘qib Ma’naviyat va ma’rifat markazining O‘zbekistonda mediamahsulotlar ma’naviy ekspertizadan o‘tkazilishi tartibi joriy etilishi to‘g‘risidagi ma’lumoti yuzasidan internet saytlarda, ijtimoiy tarmoqlarda ijobiyga qaraganda ko‘proq tanqidiy fikrlar bildirilmoqda. Xususan, “Facebook”dagi bir faol ishtirokchining sahifasida bu “qip-qizil senzura”, so‘z va ijod erkinligiga tahdid deb baholanib, “Ma’naviyat markazi o‘zining harakatlari qaysi qonun, Konstitutsiya […]
03.12.2024 | 09:37
370
Asosiy
Erkin Vohidov izdoshlari
Yurtimizda ijodkor yoshlarni qo’llab-quvvatlash va o’tgan buyuk ajdodlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida ularning nomlarida ijod maktablari tashkil qilingan. Shunday dargohlardan biri – Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o’quvchilari ijodidan namunalarni hukmingizga havola etamiz. Bu ijodkorlar yosh jihatdan hali kichik bo’lsa-da, she’rlariga o’zgacha, yangi, takrorlanmas tashbehlar topishga erishgan, va hamon izlanishda. Katta adabiyot ostonasiga mardona qadam qo’yib […]
02.12.2024 | 17:53
1526
OMONATGA XIYONAT KECHIRILMAYDI
“Xalqimiz tabiatni “ona” deydi, yerni, suvni e’zozlaydi. Buning zamiridagi haqiqat hozirgi ekologik muammolar ta’sirida yaqqol namoyon bo‘lyapti.” Aholi uchun farovon va xavfsiz, barqaror turmush tarzini yaratish, albatta, bosh masala. Biroq bunda taraqqiyot mezonlari sifatida sog‘lom ekologik muhit yaratish g‘oyasiga e’tibor qilmaslik mumkin emas. Chunki tabiat muvozanati buzilgan joyda hech qanday amaliyot samara bermaydi. Atmosferaning ifloslanishi, […]
02.12.2024 | 13:34
558
INSOFLI YOSHLAR
Xayol chalg‘ib yo‘l chetida turgan bir mashinani turtib yubordim. Chiqib qarasam, egasi yo‘q ekan. Eshigiga raqamimni yozdim-da, yo‘limda davom etdim. Besh daqiqa o‘tar-o‘tmas telefonim jiringladi va ayol kishi: “Assalomu alaykum, mashinamni turtib ketibsiz, kelasizmi?” dedi. Hozir boraman, dedim va dilimda iliqlik paydo bo‘ldi. Chunki bunaqa payti mashinasi shikast yeganlar dag‘dag‘a qiladi va bunga haqqi bor. […]
02.12.2024 | 11:21
334
QORAQALPOQ TILIM MENING
Amu, Orol bo‘ylarindaTuqqan yurtim, elim mening.Bobomlardan meros qolganQoraqalpoq tilim mening. Kuylamasam “Alpomish”ni,Tarqarmikin cherim mening.Parvoz qilgan ulkan qushdayQoraqalpoq tilim mening. Ajiniyoz, Berdaq bo‘libSayragan bulbulim mening.Turkiy zabon erur azal –Qoraqalpoq tilim mening. Yashnagay tug‘ishgan ellar,Turkiy tilda gulim mening.Bo‘stonda eng go‘zal, ko‘rkamQoraqalpoq tilim mening. Onajonim so‘zin aytmayO‘tarmikin kunim mening.O‘zing ruhim, aqlim, o‘yim,Qoraqalpoq tilim mening. Hazil, hajv, ilmoqli so‘z […]
02.12.2024 | 10:28
695
Abdurauf Fitratning “Najot yo‘li” asaridan iqtiboslar
Borib-borib zamon o‘zgardi, sa’y-u harakatlar, ilmga bo‘lgan intilishlar susayib, talqinchilikka aylandi, “ijod qilmoq” (degan tushuncha) zararli va aloqasiz manzumalar chordevorida qolib ketdi. Fazl arbolari ham podshoh nomiga biror-bir yolg‘on qasida yozib peshkash qilmoqdan boshqa bir hunar topmadilar. Biz turkistonliklar boshqa islomiy jamiyatlarga nisbatan dunyoi jahon parishonlikka tushib, yo‘limizdan adashganmiz, bu parishonlikning sababi nedur? Ajabo, bu […]
29.11.2024 | 14:12
2363
Asosiy
“YOSH XIVALIKLAR”: ALDANGANLAR QISMATI
…1904-05-yillardagi Rossiya imperiyasi va Yaponiya urushida samuraylar avlodlarining omadi kelishi chor ma’murlari paytavasiga qurt tushiradi – imperiyada ichki g‘alayonlar to‘lqini boshlanadi. To‘g‘ri, istibdod asosida qurilgan imperiya bu inqirozni “qonli yakshanba” otliq qirg‘in o‘laroq saqlab qoladi. Ammo Birinchi jahon urushi boshlanishi saltanat poydevoriga o‘nglab bo‘lmas darz tushiradi. Xorazm taxtida yigirma yildan ortiq o‘tirgan, Yangi Urganch shahriga […]
28.11.2024 | 16:22
1194
VAQT BARAKASI
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Eshqobil Shukur bilan suhbat – Suhbatni kundalik turmushimizda uchraydigan holatlar haqidagi savoldan boshlasam. Ko‘pincha yosh avlod vakillariga aytilgan “o‘zbek tilida yoz, o‘z ona tilingda so‘zla” degan chaqiriqlarga duch kelamiz. Ammo qiziqsangiz, aynan o‘sha va’zxonlarning aksariyati bolasini ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarga bermagan, oilada ham o‘zaro muloqot tili o‘zbekcha […]
28.11.2024 | 13:35
346
YANGICHA DUNYOGA O‘ZGACHA NAZAR
Yaqinda “Akademnashr” nashriyoti tomonidan o‘n besh nafar yosh ijodkorning sara asarlari “Izlam” turkumida chop etildi. Undan sakkizta she’riy, beshta nasriy va bittadan publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalar guldastasi o‘rin olgan. Biz turkumga kirgan sakkiz nafar iqtidorli shoir ijodini tahlil etishga jazm qildik. Ularning ijodini tutashtiruvchi nuqtalar umumiy fikr, motiv va mavzular bo‘lsa-da, uslubda bir-biridan farq qiladi. […]
28.11.2024 | 10:48
496