KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
“CHANG VA G‘UBOR BO‘LMASA…”
Nabotot dunyosining inson hayotidagi ahamiyati qanchalik muhimligi barchamizga yaxshi ayon. Ko‘kka bo‘y cho‘zib turgan salobatli dov-daraxtlar, ko‘kalamzor joylar ko‘zni yashnatishi bilan birga, havo musaffoligini ham ta’minlaydi. Yashayotgan makonni yashillikka burkash, bog‘-u bo‘stonlar barpo etish inson hayotiga mazmun bag‘ishlaydi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash hamda iqlim o‘zgarishlariga milliy […]
18.12.2024 | 11:58
559
Asosiy
TURKISTON MUXTORIYATINING TASHKIL TOPISHIDA FARGʻONA JADIDLARINING ISHTIROKI
1917-yilda Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotidagi eng muhim masalalardan biri, bu Turkistonda yangi boshqaruv usulidagi davlatchilikni tashkil etish edi. Oʻsha tarixiy shart-sharoitlarda milliy davlatchilikka ega boʻlish gʻoyasi turli tashkilot va partiyalarning oʻzaro kurashida asosiy qurolga aylandi. Jadidlarning intilishlari Turkistonda federatsiya asosida milliy-demokratik davlatchilikni barpo etishga qaratilgan edi. 1917-yil mart oyining boshlarida Toshkentda oʻlka musulmon ziyolilarining “Shoʻroi Islomiya” […]
18.12.2024 | 10:08
2769
POPURRI
Popurri cholg‘u musiqasining bir turi hisoblanadi. U mashhur opera, operetta, balet kuylari, biror bastakorning asarlari, xalq qo‘shiqlari, kino yoki estrada kompozitsiyalaridan olingan parchalardan tuziladi. Bundan tashqari, bu so‘z parfyumeriyada ham qo‘llaniladi – masalan, uy uchun turli xil xushbo‘y hidlar aralashmasi shunday nom bilan ataladi. Dastlab, bu so‘z pazandalik atamasi sifatida paydo bo‘lgan. Fransuz oshpazlari maxsus […]
17.12.2024 | 17:13
510
BIZ HAM KITOB O‘QIYAPMIZ
Qirq millionta samolyotni bus-butun holda yashirib qo‘yish mumkinmi? Davrimizda buning iloji yo‘q. Hatto, AQSh yo Xitoy kabi rivojlangan davlatlarning ham qo‘lidan kelmaydi. Ammo shunday voqea sodir bo‘lgan. 2016-yilda 40 millionta yo‘lovchi reysi o‘z manziliga xavfsiz qo‘nib, 10 ta reys halokatga uchragan. Ammo jurnalistlar faqat halokat tafsilotlarini qayta-qayta yoritgani uchun odamlarda har kuni aviahalokat yuz berayotganday […]
17.12.2024 | 16:50
538
Asosiy
CHINGIZ AYTMATOV
Muallifdan: 12-dekabr – Chingiz Aytmatov tug‘ilgan kun… Bu kunda nafaqat bitta yozuvchi tavallud topdi, balki qirg‘iz tarixida yangi davr tug‘ildi. Qirg‘iz ma’naviyati, erkin tafakkuri cho‘qqilari bevosita shu nom bilan chambarchas bog‘liq… Shu kuni u dunyomizga o‘z davriga, zamonga, cheksizlikka, insoniy tuyg‘ularga sig‘maydigan alohida tafakkur shakllari, ma’naviy quvvat bayroqdori sifatida kirib keldi. Uning So‘zi avloddan avlodga […]
17.12.2024 | 10:34
1040
YOSUMAN
Hozirda ko‘pgina o‘zbek oilalarida yangicha arabcha yoki boshqa tillardagi ismlarni qo‘yish udum bo‘lgan. Ko‘pincha ota-onalar bunday ismlarning ma’nosi yoki qaysi tildan ekanligiga e’tibor qilishmaydi, muhimi, yaxshi jaranglasa, quloqqa yaxshi eshitilsa, ular uchun bu buyuk topilma. Shunday otlardan biri – Yasmina, Yasmin yoki Jasmin, “ismlar.com” degan bir saytda bu ismni – “jannat guli” deb izohlashibdi, bilmadim, […]
16.12.2024 | 15:26
1506
“SHU YURTDA TUG‘ILGANIM – MENING BAXTIM!”
“Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti – til va adabiyotidir”, deb aytgan edi mohir pedagog Abdulla Avloniy. O‘zga millat vakilasi bo‘lgan yurtdoshimiz Irina Zelenova bilan suhbatimiz davomida jadid bobomizning tilimiz haqida aytgan mazkur hikmatli so‘zlari mag‘zini chuqurroq anglaganday bo‘ldim. – O‘zbek tili men uchun juda qadrli va aziz. Men rus oilasida voyaga yetdim. […]
16.12.2024 | 14:56
530
TILA TILAGINGNI, DEB QOLSA…
Xotun qo‘yg‘an bir errayim tug‘ushqan ulpating bo‘lsa,Halol ersa oning ilki, saning ham sunnating bo‘lsa. Ayal zotin kiro‘rog‘a jamlab, quysa mag‘zavolar,“Yasha, erkak!” deb pishanglar bermaka jur’ating bo‘lsa. Mayxonadin choyxonag‘a sahar qaytsang oshikoro,Choyxona bo‘lsa boshpanoh, mayxona xilvating bo‘lsa. Qizilko‘z mirg‘azab qo‘qqis so‘rab qolsa hasbu xoling,Qo‘yinda hujjating bo‘lsa, hujjatda suvrating bo‘lsa. Burnig‘a ter toshsa oning, ki hujjat iskagan […]
16.12.2024 | 11:53
514
Asosiy
BO‘RONLARGA BO‘YIN EGMAGAN AYOL
Qatag‘on – bu vahshat va qo‘rquvning jirkanch basharasi. U nafaqat shaxs, balki tarix, adolat va millatning ma’naviy ildizlarini qirqib tashlaydi. Mamlakatimizda 1920-yil oxirida boshlangan qatag‘onning sovuq shamollari 1938-yilda qattol bo‘ronga aylandi. Bu davrda inson qadr-qimmati toptalib, mehr-shafqat tuyg‘usi izsiz yo‘qoldi. Minglab begunoh insonlar “xalq dushmani” tamg‘asi bilan ayovsiz jazolandi. Arxiv hujjatlariga qaraganda, 1937-yil 10-avgustdan 1938-yil […]
14.12.2024 | 15:58
778
Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” romanidan iqtiboslar
Roman voqealarini qisqacha so‘zlar bilan ifoda etib bo‘lmaydi. Barchasi shu qadar tig‘izki, shoshirib qo‘yadi. Majoz, obraz, ifoda, o‘t, hech kimnikiga o‘xshamagan lirizmni his qilasiz. Milliyat, sof muhabbat, ko‘rinmas va oshkor fojialar, tarix, bugun va ertaning bir-biriga kavsharlangan halqasi, rostlik davosidagi yolg‘onlar, ruh va qondagi paradokslar sizni o‘tmish va kelajak kuyiga asir qiladi, o‘ylatadi, yig‘latadi va […]
13.12.2024 | 14:20
1794
BIZNI SHOIR QILGAN GULLARNING SO‘ZI…
Men Jayhunbo‘yi taraflarda ulg‘ayganman. Tengdoshlarim qatori enalarimizning: – Hoy, g‘o‘ra teraman deb daraxtlarning shoxini sindirmanglar. Ular oddiy chiviq emas. Joni bor, nafas oladi. Qarsillatib sindirsalaring, xuddi qo‘llaring singaniday, ularning ham joni og‘riydi, – degan tanbehlarini eshitardik. Lekin bola ekanmiz-da, u qulog‘imizdan kirib, bunisidan chiqib ketardi. Maktabdan qaytishda papkalarimizni bir chekkaga qo‘yardik-da, avval nimtatir g‘o‘ralarga, so‘ngra […]
13.12.2024 | 12:29
231
IJODNING QO‘SH QANOTI
Akademik Abdulla A’zamov haqida yozish oson emas. Bu ishga kirishmoqchi bo‘lgan kishi kamida ustoz Alibek Rustamiydan uzoq yillar saboq olgan bo‘lishi kerak. Va yana: bu olim haqida bir nima yozmoqchi bo‘lgan kishi niyatini oshkor qilmagani ma’qul. Boshqalarni bilmadim, ammo Abdulla aka eshitib qolsa, quyuq qoshlarini chimirib, taqa-taq to‘xtatadi. “E, qo‘ying, boshqa ish yo‘qmi?”, deydi. Besh […]
13.12.2024 | 09:43
864
BIR MUSAVVIR NIGOHIDA UCH OBRAZ
Biz o‘qigan maktab sinfxonalari o‘quv yili avvalida oqlansa ham, sovuq qish kunlari yoqilgan pechkadan sizgan tutun shift va devorlarni qoraytirib qo‘yardi. O‘sha devorlarda esa biz uchun qadrli bo‘lgan siymolar – Navoiy, Bobur, Mirzo Ulug‘bek bobolarimiz tikilib turishardi. Afsuski, biz u portretlar mualliflarini bilmasdik. O‘zimizcha suratlardagi ranglar orqali namoyon bo‘lgan ulug‘vorlik va donolikdan hayratlanar edik. Ammo […]
12.12.2024 | 14:35
537
Bill Geyts milliarder bo‘lishda yordam bergan bolaligidagi odati haqida aytib berdi
Microsoft hammuassisi va sobiq bosh direktori Bill Geyts hozirgi bolalar kabi smartfon va ijtimoiy tarmoqlarga chalg‘ib o‘sganida, katta ehtimol bilan milliarder bo‘la olmasligini ta’kidladi. Geytsning aytishicha, aynan bolaligida do‘stlari bilan sayr qilib, tashqi dunyoni kashf etishga, xonasida soatlab kitob o‘qish va chuqur mulohaza yuritishga sarflagan vaqtlari unga 3,26 trillion dollarlik kompaniyani tashkil etishda yordam bergan, […]
12.12.2024 | 13:01
262
Chingiz Aytmatovning «Sarvqomat dilbarim» qissasidan iqtiboslar
Chingiz Aytmatovning “Sarvqomat dilbarim” asari sevgi, sadoqat va insoniylik haqida chuqur falsafiy fikrlar mujassam bo‘lgan qissa hisoblanadi. Asar bosh qahramonlari Ilyos va Asal o‘rtasidagi murakkab munosabatlar orqali urush davridagi inson hayoti, sevgining ichki ziddiyatlari va fojiali o‘tish jarayonlari tasvirlanadi. Ushbu asarda tabiatning go‘zalligi, inson qalbining nozik tuyg‘ulari va ziddiyatli kechinmalari betakror uslubda tasvirlangan. Chingiz Aytmatov […]
12.12.2024 | 12:05
15851
NAVOIYLIK NOVVOY OPA
Shahnoza oyning o‘n beshi qorong‘i, degan gap haq rost ekaniga imon keltirganiga ko‘p yillar bo‘ldi. U pulini to‘lolmay, ijara uylardan quvilgani, ikki go‘dak bolasi bilan haftalab eski “Moskvich” ichida yashagan kunlarini eslarkan, Xudoning sinovidan yorug‘ yuz bilan o‘tdim, deydi. Lekin avtoulov panasida yelkalari silkinib-silkinib yig‘layotgan turmush o‘rtog‘ini eslasa, baribir, eziladi. Biroq shu onda ixlos bilan […]
12.12.2024 | 10:15
327
BIZ HAM DUNYOGA CHIQAYLIK
– Men, Zufarbek Abdurahmonov, yoshim yigirma oltida, yetti yildan buyon dasturlash bilan shug‘ullanaman. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining kasbiy ta’lim fakultetida o‘qidim. Hozir bir nechta dasturiy loyihalar ustida jamoa bo‘lib ishlayapmiz. O‘zbek tili rivoji uchun Sohada ilk o‘quv markazi ochgan yoshlardan biriman, desam bo‘ladi. Axborot texnologiyalari sohasiga qiziqqan yoshlardan yaxshi mutaxassis tayyorlash o‘z yo‘liga, lekin ularning […]
11.12.2024 | 14:25
383
KEYINGI BEKAT — “ADIBLAR XIYOBONI”
Poytaxt jamoat transportlari orasida eng qulayi, shubhasiz – metro! Yozning saratonida salqin, qishning qahratonida issiq. Asosiysi, manzilga o‘z vaqtida yetib olish uchun arzon va qulay transport vositasi. Agar bir necha yil ilgari metro haqida yozganimda, shuncha qulayliklari orasiga, avtobusdan farqli o‘laroq, tirbandlik yo‘q, degan jumlani ham qo‘shgan bo‘lardim. Tirbandlik bo‘lgandan keyin bir nuqtaga ko‘zingni tikkan […]
11.12.2024 | 11:32
408
Asosiy
HAMMA O‘QIYAPTI. O‘QING!
Qaysi kitobni o‘qiyapsiz? Ha, savolni aynan shunday bermoqchiman: siz qaysi kitobni o‘qiyapsiz? “Siz kitob o‘qiysizmi o‘zi yoki hozir o‘qiyapsizmi?”, deb so‘ramoqchi emasman. Men o‘qiyapman va ishonaman, umid qilamanki, siz ham o‘qiyapsiz, boshqalar ham o‘qiyapti. Donolar aytadiki, zamona aynidi, deya nolib yuruvchilar zamona aynishida ayblidirlar. Eng noinsof kimsalar “Odamlar noinsof bo‘lib ketdi” deb yanuvchilar orasida uchraydi. […]
11.12.2024 | 10:17
2883
KONSTITUTSIYANING DA’VATKOR RUHI, SHUKUHI
O‘tgan yilning bahori mamlakatimiz tarixi va xalqimiz hayotida unutilmas va shukuhli voqealarga boy bo‘ldi. Xususan, O‘zbekiston Konstitutsiyasini eng zamonaviy talablar maqomida yanada takomillashtirish maqsadida e’lon qilingan referendum munosabati bilan yo‘llangan taklif-mulohazalar oqimi qizg‘in tus oldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzurida tashkil etilgan maxsus guruh a’zolarining qo‘li qo‘liga tegmas, mamlakatimizning turli viloyatlari, shahar va […]
10.12.2024 | 15:42
408
KITOBSIZ UY
Bugungi kunda Xorazm viloyatida 16 ta nashriyot bor, ularda har yili o‘rtacha 500 nomdagi kitob chop qilinyapti. Ammo… Elatlik ayol maslahat so‘rab kelibdi. Kayfiyati inqadar – yig‘lab yuboray deydi: “Erim chetda ishlab topgan pullarini oy sayin yuboradi. “Taxini buzmay to‘pla!” deb har safar tayinlaydi. Orzumiz – yengil mashina olish edi. Mana bu kasofatni qarang!” Ayol […]
10.12.2024 | 14:10
464