KUTUBXONA
Bo'lim: Yangiliklar
IBRAT BAYOZI
Ilmiy jamoatchilik orasida bobomiz Is’hoqxon to‘ra Ibrat asarlari va ularning adadi borasida turlicha qarashlar bor. Xususan, alloma merosini chuqur o‘rgangan Haydarbek Bobobekov “Ibrat she’riy devonidan tashqari, 14 ta tilshunoslik va ilmiy tarixiy asar yaratgan”, deydi. Boshqa olimlar Is’hoqxon to‘ra Ibratning jami 20 ta asari topilganini aytishadi. Bizningcha, ular soni bundan ham ko‘p. Masalan, ulug‘ ma’rifatparvarning […]
28.08.2025 | 09:11
786
MUHTASHAM OLTI YUZ YIL
Bashar tarixidagi eng mumtoz, viqorli, shu bilan birga, g‘oyat sirli shaxslardan biri – buyuk Amir Temurdir. Ayni shu xususiyatlariga ko‘ra Sohibqiron yuragini, botiniy olamini har kimga ham ochmaydi – garchi ul zot xususida dunyoda yuzlab, balki minglab tadqiqot va romanlar, yodnoma va dramalar yaratilgan bo‘lsa-da, aksariyat hollarda ulug‘ ajdodimizning qalb daftari yopiqligicha qoladi. Chindan ham, […]
25.08.2025 | 15:49
952
QURIGAN BIR CHO‘PNI QUSHDAY SAYRATDING
Hamma laqqillasa bozor tilida,Sen ko‘ngil tilida biror jumla ayt… Atrofga birrov razm solsangiz, bugun eshitadigan quloq topish amri maholdek. Balki bu “eshitish moslamalari” laqillashlardan bezigandir. Ko‘ngil tilida biror jumla eshitishni istar. Katta oqin – suvni tinglamay qo‘ygan odamlar, dillaridagi ko‘milib ketgan iztiroblar, samimiy tuyg‘ularni qanday ilg‘asin?! Kechinmalar “mozoristoni”ga aylangan yurak, tabiat bilan tillashishni ham unutadi. […]
22.08.2025 | 09:41
789
QADIMDA ITNI KIM BOQQAN?
Itlarni o‘rganish, urchitish, oziqlantirish, saqlash, qo‘riqlash, qidiruv, bojxona, chegara va boshqa xizmatlarda foydalanish uchun maxsus ko‘nikmalarga o‘rgatish bilan shug‘ullanuvchi soha mutaxassislariga nisbatan yurtimizda XX asr boshidan buyon kinolog so‘zi qo‘llaniladi. Bunga rus ofitserlarining ovchi itlarni saqlash va ko‘paytirishga oid klublari faoliyati sabab bo‘lgan ekan. Ammo ungacha mintaqada it boquvchilar bo‘lmaganmi? Hukmdorlar va aslzodalarning zotdor ko‘ppaklarini […]
21.08.2025 | 16:57
606
“TURKISTON DAHOSI”NING CHIN BAHOSI
Yaqinda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan jadidshunos olim Halim Saidovning “Turkiston dahosi” kitobi nashrdan chiqarildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan bosilgan ushbu kitobdan adabiy-ilmiy maqolalar o‘rin olgan. Halim Saidov jadidlik harakati, o‘zbek jadid adabiyoti va publitsistikasi, xususan, Behbudiy adabiy shaxsiyatining xolis va bilimdon tadqiqotchisidir. Uning yozganlarini erinmasdan sinchiklab o‘qish kerak. Chunki bu halim olim […]
21.08.2025 | 12:26
566
QIZLARIMIZ O‘QISIN!
O‘zbek hamjamiyatida ayollarning ko‘pchiligi qizini o‘qitish istagida ekanini aytadi. Biroq ular hamisha so‘zini quyidagicha davom ettiradi: – Qiz bola o‘qisa yaxshi-da. Zamonni ko‘ryapsiz-ku. Ertaga erini qo‘liga qarab qolmasin, deyman. O‘zini uddalasin, xarajatlarni bemalol o‘zi qoplay oladigan bo‘lsin, deb niyat qilaman. Shuningdek, kelin olish rejasidagi ayollar ham o‘qimishli qiz qidirayotganini aytishadi. Ularning so‘zi ham xuddi yuqoridagi […]
20.08.2025 | 16:29
538
QO‘SH TASHLAGAN CHO‘PONMI YO MEHMON?
Agar fahmi kaltaroq mehmon mezbonnikida besh-olti kun qolib ketsa, unga nisbatan xalq “bu mehmon falonchining uyiga besh kundan beri qo‘sh tashlagan” degan gapni qo‘llaydi. Xo‘sh, qo‘sh tashladi iborasi nimani anglatadi-yu, qo‘sh so‘zi qanday ma’noga ega? Biz qo‘sh so‘zini ikki xil ma’noda, “juft, qo‘sha” va “qo‘shish” ma’nolarida tushunamiz. Masalan: Er-u xotin qo‘sh ho‘kiz yoki Qo‘shgani bilan […]
15.08.2025 | 15:17
904
“JONON” BO‘LAMAN DEB…
Kecha bir ukamiz shunday deb qoldi: – Opa, hozir 17-18 yoshida turmushga chiqayotgan qizlarning ko‘pchiligi ajrashib ketyapti. Tug‘ruqqa tayyorlash bo‘limida yotgan yosh juvonlardan aksarining boshi ochiq. Bu degani tinch-omon, to‘kin-sochin zamonda qanchadan qancha go‘dak tug‘ilmasidan otasidan ajralib qolyapti. Shu qizlarga nima ekan, balog‘atga yetgan zahoti oila qurib?! O‘qimaysanmi institutlarga kirib, til o‘rganib olmaysanmi… Bu gaplarni […]
13.08.2025 | 15:43
920
BOSHQA METALLARNI OLTINGA AYLANTIRISH MUMKINMI?
O‘rta asrlar Yevropasida obro‘ va boylik orttirishga intilgan badavlat odamlar oddiy metallarni oltinga aylantirish uchun behuda urinishgan. Bugungi kunda xrizopeya deb ataladigan bu jarayon ko‘pincha alkimyogarlarning xomxayoli sifatida inkor etiladi. Biroq metallarni oltinga aylantirish mumkinligini ko‘rsatadigan ilmiy asoslar bormi? Aslida, bunday asoslar mavjud, ammo dalillar shuni ko‘rsatadiki, bunday tajribadan deyarli foydali bo‘lmaydi. Metallarni oltinga aylantirish […]
12.08.2025 | 16:42
845
OLIY TA’LIM ISLOHOTLARI: TANLOV IMKONIYATI KENGAYMOQDA
Dunyoning eng nufuzli oliygohlari asosan nodavlat shaklda faoliyat yuritgani holda, yurtimizda xususiy universitetlar haqidagi tasavvur keyingi o‘n yillikda shakllandi. Albatta, buning turli sabablari, omillari bor. Ammo 2017-yildan sohaga davlat-xususiy sheriklik tamoyili kirib kelgach, ta’limda sifat va samaradorlik, raqobat keskin oshganini ham tan olish kerak. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yilda respublikamiz bo‘ylab 75 ta oliy ta’lim muassasasi faoliyat […]
12.08.2025 | 09:06
748
DO‘STLIK VA HAMKORLIK IFODASI
Yakuniga yetayotgan haftaning qaynoq voqealaridan biri, shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida ishtirok etishi va u kishiga Turkmanistonning “Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” ordeni topshirilishi bo‘ldi. Bir davlat rahbarining boshqa davlat rahbarini taqdirlashi zamirida o‘zaro hurmat va do‘stlikni ifoda etish, hamkasbiga hurmatini izhor qilishdan ko‘ra […]
11.08.2025 | 09:16
610
“TAVON” VA “TOVON”: ETIMOLOGIK “QARINDOSH”MI YOKI SHAKLDOSH?
Munda men, anda notavon ko‘nglum,Munda men zor-u anda qon ko‘nglum. Ushbu bayt Alisher Navoiy “Xamsa”sining “Sab’ai sayyor” dostonidan keltirildi. Navoiy asarlari tilining izohli lug‘atiga ko‘ra, notavon – zaif, quvvatsiz, qudratsiz, ojiz ma’nolariga ega. Notavonlik, notavono shaklida ham keladi. Navoiy “Saddi Iskandariy”da shunday yozadi: Bu ishga keraktur tavono kishiEmas men kibi notavono kishi. Tavono notavonning ziddi […]
08.08.2025 | 09:15
1069
Asosiy
“O‘RNAK” BIZGA O‘RNAK BO‘LSIN!
Jadidlik harakatining atoqli vakili Elbek (Mashriq Yunusov) ko‘p qirrali ijodkor hisoblanadi. O‘tli she’rlari, davr ruhini aks ettirgan hikoyalari, Pushkin, Krilov, Nekrasovlardan qilgan tarjimalari, tilshunoslikka oid maqolalari, tuzgan lug‘atlari, darsliklari va to‘plagan folklorshunoslik namunalari – shoir, nosir, tarjimon, tilshunos, folklorshunos, pedagog hamda taniqli publitsist sifatida Elbek juda katta adabiy va ilmiy meros qoldirganidan dalolatdir. Hayoti davomida […]
04.08.2025 | 14:21
673
DO‘STLIK CHINORI
Bag‘ri va ko‘ngli keng mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari tinch-totuv yashamoqda. Vatandoshlarimiz to‘laqonli hayot kechirishlari, o‘z milliy an’analari va qadriyatlarini rivojlantirishlari uchun 157 ta milliy-madaniy markaz, 42 ta do‘stlik jamiyati qizg‘in faoliyat olib boryapti. Milliy madaniy markazlar faoliyatini rivojlantirish uchun hududlarda “Do‘stlik uylari” tashkil etilgan bo‘lib, har yili Parlament fondi tomonidan moliyaviy […]
03.08.2025 | 09:00
582
BO‘RBOY
“Bo‘rboy” (“bo‘rbay”, “bo‘rvay”) degan so‘zni eshitganmisiz? Bu so‘z izohli lug‘atda yo‘q, demak, adabiy tilda ham yo‘q, lekin shevalarda bor, shuning uchun “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”da bor. Xo‘sh, “bo‘rboy” nima? Adabiy tildagi “boldir” bilan aynan bir ma’noga ega, ya’ni oyoq tizzasi yoki taqimdan to to‘piqqacha bo‘lgan qismi ba’zi shevalarda “bo‘rboy” deb ataladi. Kimdadir “taqim nima?” degan […]
01.08.2025 | 09:15
630
KUTUBXONA – BIRNIKI, MANFAAT – MINGNIKI
Prezidentimiz tashabbusi bilan mutolaa madaniyatini yangi bosqichga olib chiqish harakati boshlanganiga sakkiz yil to‘lmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida tizimli islohotlar samara berib, yurtimizda kitobxonlar safi kengaydi, kitoblar soni bilan birga sifati ham ortdi. Nashriyotlar va bosmaxonalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllandi. O‘z navbatida kitob savdosi bilan shug‘ullanayotganlarga qator imtiyozlar ham berildi. Bu o‘zgarishlar tadbirkorlarni ham befarq […]
29.07.2025 | 09:21
821
“ANOYINING JAYDARI OLMASI” QARDOSHLAR SAHNASIDA
Qozog‘istonning Chimkent shahrida yigirma ikki yildan buyon o‘zbek drama teatri faoliyat ko‘rsatib keladi. Bu ajoyib teatr haqida anchadan beri bilib-eshitib yurgan bo‘lsam-da, u yerga borish, spektakllarini tomosha qilish shu chog‘gacha nasib qilmagan edi. Yaqinda shu niyatim amalga oshdi. Chimkentdagi o‘zbek drama teatri sahnasida ustoz adib, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam qalamiga mansub “Anoyining jaydari olmasi” […]
28.07.2025 | 17:10
907
Zulfiya Qurolboy qizining “Oyimtilla” romanidan iqtiboslar
“Oyimtilla” Zulfiya Qurolboy qizining qismat, muhabbat va kurash haqida hikoya qiluvchi romani hisoblanadi. Asar taqdirning sinovlariga duch kelgan, ammo o’z ichki kuchi va orzulariga sodiq qolgan qahramon haqida hikoya qiladi. U o’zi uchun emas, balki hayotning adolatli bo’lishi uchun kurashadi. * * *Bugunni eplay olmaydiganlar ertangi kunni qanday yashaydi?! * * *Aytishlaricha, yorugʻ olamda bor-yoʻgʻi […]
28.07.2025 | 16:45
734
OSHGAMI, ISHGAMI?
“Agar o‘zbeklar boshqa ishlarga ham oshga kelgandek birlashib yig‘ila olganlarida edi, dunyoda bundan qudratli millat bo‘lmas edi”. Alixonto‘ra Sog‘uniyning bu gapini ilk bor o‘qiganimda, hayron bo‘lgandim: nega aynan osh? Nega boshqa bir o‘xshatish emas? Ammo bu so‘zlarning naqadar chuqur ma’no anglatishini hayotimda o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Bir mahalladoshimizning nahorgi oshiga bordik. Tonggi soat oltida boshlanadigan […]
24.07.2025 | 16:16
956
MARJON IPGA TIZILSA GO‘ZAL
“Matbuot tarixi – uyg‘onish davri tarixining bir bo‘lagidir”, deb yozgan edi atoqli jadid bobomiz Hoji Muin. Shu vaqtgacha “Bizning uzoq va boy tarixga ega jurnalistikamiz bor”, deya bot-bot takrorlab kelindi. Ammo bu meros asosan tor doiraga tanish bo‘lib, uning haqiqiy ko‘lamini ko‘rsatib beradigan, omma ko‘z oldida gavdalantiradigan loyihaga qo‘l urilmagandi. Prezidentimizning “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash […]
24.07.2025 | 10:25
826
Butunjahon Islom uyushmasi rahbari: “Oʻzbekiston Prezidentining madaniyat va maʼrifatga qaratgan eʼtibori barcha musulmon mamlakatlari uchun namuna”
Saudiya Arabistonining Makka shahrida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov hamda Butunjahon Islom uyushmasi Bosh kotibi Shayx Muhammad bin Abdulkarim al-Issa ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Ushbu uchrashuv va tashrif Butunjahon Islom uyushmasi taklifiga binoan amalga oshirildi. Unda Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor elchisi Nodir Turgʻunov ham qatnashdi. Doʻstona va samimiy ruhda oʻtgan uchrashuvda […]
16.07.2025 | 17:00
1688