Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Yangiliklar

SABZ – YASHIL, SABZIRANG-CHI?

“Sabz” so‘zi fors tilidan kirib kelgan o‘zlashma so‘z bo‘lib, uning o‘zagidan yasalgan bir qancha so‘zlar o‘zbek tilida faol ishlatiladi. Masalan: sabzi, sabza, sabzirang, sabzavot, sabz urmoq kabi so‘zlar tilimizda keng qo‘llaniladi. “Sabz” – asosan yashil, yashil rangli, g‘o‘r, yangi, yosh ma’nolarini bildiradi. Ba’zi hollarda bu so‘z bug‘doyrang yoki qoramag‘iz tusni ifodalashda ham ishlatilgan. Adabiy manbalarda […]

15.07.2025 | 16:16

img2391

IKKI O‘ZBEK YOSH IJODKORI XALQARO FESTIVALDA TAQDIRLANDI

Qozog‘istonning Oqtov shahrida joriy yil 7–9-iyul kunlari “Oqtov – 2025 Turkiy dunyo madaniy poytaxti” dasturi va Abay Qo‘nonboyev tavalludining 180 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Turkiy dunyo yosh qalamkashlari” xalqaro festivali turkiy tilli davlatlar qamrovida muhim adabiy voqelikka aylandi. Festival TURKSOY xalqaro tashkiloti, Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi va Oqtov shahar hokimligi hamkorligida tashkil etildi. Unda turkiy xalqlarning […]

11.07.2025 | 14:34

img1826

KIMNING USTIDAN KULYAPSIZ?

Turli hajviy guruhlarning konsertlarida, ijtimoiy tarmoqlardagi vaynlarda milliy tariximiz, adabiyotimiz va madaniyatimiz masxaralanishi odat tusiga kirib bormoqda. Shu paytgacha ham katta-kichik qiziqchilarning chiqishlarida “beldan pastga” e’tibor qaratilgan hazil-huzullar uchrab turardi. Ammo endi bu hazillar to‘g‘ridan to‘g‘ri milliylik fonida ko‘rsatilmoqda. Ayrim vaynlarda ishtirokchilar o‘zbekona libosda, milliylik aks etgan dekoratsiya fonida turli bachkana gap-so‘zlarni aytib, sog‘lom odamga […]

11.07.2025 | 10:45

img919

AFANDINING QARINDOSHLARI

“Jadid” gazetasining 25-sonida taniqli olim Sultonmurod Olimning “Asl Afandi” nomli maqolasini o‘qib, zavqlandim. “Afandimijoz bu odam”, “E, Afandiga o‘xshamay ket”, kabi gaplarni o‘zimiz ham tez-tez takrorlaymiz. Hatto, o‘qituvchi va adib Abdivoy Rahim qishlog‘imizda yashagan o‘ndan ortiq afandife’l odamlarning tesha tegmagan, qiziq gap-so‘zlarini yig‘ib “Nasriddin Afandining nabiralari” nom bilan chop ettirganda, kitobi qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketgandi. Mutolaa […]

11.07.2025 | 09:26

img594

Buyuk Britaniyada Qur’on qo‘lyozmalari namoyish etildi

Londonda muhim madaniy voqea bo‘lib o‘tdi: Buyuk Britaniyada ilk bor O‘zbekiston tarixi bilan bog‘liq, Islom sivilizatsiyasining oltin davrlariga oid noyob Qur’on qo‘lyozmalari va tarixiy artefaktlardan iborat kolleksiya namoyish etildi. Ushbu muqaddas yodgorliklar yillar davomida xususiy kolleksiyalar va muzeylarda saqlangan, endilikda ular o‘z diyori – O‘zbekistonga qaytmoqda. Dunyoning mashhur Sotheby’s va Christie’s auksion uylari mezbonligida tashkil […]

10.07.2025 | 13:57

img767

VORONKANING O‘ZBEKCHASI NIMA?

Men tilimizga rus tilidan kirgan voronka so‘zining o‘zbekchasini topishga qiynalardim. Voronka so‘zi hatto “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga ham kirgan: “ichi teshik narsa, naycha” deb izohlangan.  “Ichi teshik narsa” degani aniq bir buyumni ifodalovchi so‘z emas, ya’ni ot emas. Naycha esa, voronkaning mohiyatini ifodalab berolmaydi. Chunki   naycha boshqa narsa. Shuning uchunmi, salkam yuz yillik til tarixida […]

10.07.2025 | 12:11

img1426

OZAR OLIMASINING QO‘SH TUHFASI

Ozarbayjon zaminida tavallud topib, XX asr o‘zbek mumtoz adiblari yonidan o‘rin olgan Maqsud Shayxzoda hech shubhasiz ikki millatga birdek daxldor adabiy shaxsiyatdir. Uning asarlari ikki millat o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarining kuchayishiga, adabiy hamkorlikning yangidan yangi ufqlari ochilishiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. Shayxzodaning: “Umrlar bo‘ladiki,Tirigida o‘likdir.O‘limlar bo‘ladiki,O‘lgan odam tirikdir”, kabi she’riy misralari aforizm holiga keldi. Bir qancha […]

10.07.2025 | 09:47

img615

IKKIMIZNING ERTAKLARIMIZ

“Qanot” loyihasi o‘nga yaqin yosh va umidli qalamkashlar ijodini targ‘ib qilish va ularning kitoblarini chop etish borasida jonbozlik ko‘rsatib, adabiy jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘layotir. Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida mazkur loyiha doirasida chop etilgan navbatdagi kitob taqdimoti ham avvalgilari kabi ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Iste’dodli shoir Mansur Jumayev va uning turmush o‘rtog‘i, shoira Shohsanam Nishonova qalamiga mansub […]

10.07.2025 | 09:00

img617

TO‘RTKO‘LNING CHORSUGA ALOQASI

To‘rtko‘l shahrining nomini ko‘pchilik “to‘rtta ko‘l”dan kelib chiqqan deb o‘ylaydi. Ya’ni, shaharda to‘rtta ko‘l bo‘lgan va o‘z-o‘zidan To‘rtko‘l bo‘lib ketgan. Juda o‘rinli faraz. Yashirmayman, men ham xuddi shunday bo‘lsa kerak deb yurardim. Bir qishloq yoki shahar hududida to‘rtta tabiiy suv havzasi – ko‘lning paydo bo‘lish ehtimoli past ekani hech xayolga kelmagan. Aslida-chi? “Devonu lug‘otit-turk”da aytilishicha, […]

07.07.2025 | 09:28

img1285

ZAMONAVIY MUNOZARA MAYDONI

2024-yilda e’lon qilingan adabiy tanqidga oid chiqishlar yuzasidan mulohazalar Bugun Internet vositalari deyarli hamma sohada qo‘llanilyapti. Xususan, adabiy-tahliliy faoliyat turi bo‘lgan adabiyotshunoslik va adabiy tanqid uchun ham Internetning muqobil minbar vazifasini bajarayotgani tabiiy hol. Xo‘sh, o‘zbekistonliklar qaysi Internet tarmoqlaridan foydalanyapti? Yanayam aniqrog‘i, qaysi tarmoqlarda adabiy-tanqidiy bahslar kechyapti? “Facebook” tarmog‘i foydalanuvchilar uchun nafaqat maqola e’lon qilish, […]

03.07.2025 | 09:10

img2090

BLOGER HAM BAYRAMNI NISHONLAYDIMI? YO NISHONGA OLADIMI?

Bugun axborot maydoni shu qadar kengayib ketdiki, go‘yo hamma jurnalistga aylanib qolgan. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga post yozgan, video joylagan, fikr bildirgan ayrimlar o‘zini bloger hisoblab qolgan. Shu bilan kifoyalansa-ku, mayli, lekin ular o‘zlarini jurnalistlar qatorida ko‘radi. Blogerlar soni ortib borayotgani – zamonaviy tendensiya. Bunga hech kim qarshi emas. Marhamat! Ammo har kim haddini bilmog‘i lozim […]

02.07.2025 | 15:45

img2851

“VATAN” ICHRA SAFAR AYLA…

Nashrning har bir nomeri nafaqat ziyolilar davrasi, balki keng o‘quvchilar ommasi tomonidan ham katta qiziqish bilan qarshi olinmoqda. Sondan songa mavzular geografiyasi kengayib, materiallar salmog‘i ortib borayotgani ham bor gap. Bugungi zukko o‘quvchining savollariga javob bo‘la oladigan chuqur tahlil, aniq faktlarga asoslangan original maqolalar, suhbatlar va tarjimalar, o‘ziga xos dizayn hamda sifatli fotosuratlar – barchasi […]

02.07.2025 | 09:43

img1549

MING QARG‘AGA BIR KESAK

Bugun biz haqoratlamagan biror hurmatga loyiq odam qoldimi?! Olomon sharafli kishilarni yoppa talarga kirishdi. Go‘yo iste’dodli kishilarni haqoratlagan iste’dodli-yu, talangan iste’dodsiz bo‘lib qoladiganday. U tadbirkormi, ulamomi, san’atkormi, barchasining sha’niga turli gaplarni aytib, haqoratladi, so‘kdi, shu ishi bilan o‘zini botir sanab, birdaniga baxtiyor bo‘lib qoldi. Ko‘plar bunday ishlarning hadisini olib, tajriba orttirdi, ijtimoiy tarmoqlar millat ulug‘larini […]

01.07.2025 | 15:16

img1496

BUYUK IPAK YO‘LINING YANGI KARVONI

Ikki yil avval, 2023-yilning 12–19-oktyabr kunlari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi tashabbusi bilan Urganch davlat universiteti, Urganch shahridagi “Ma’mun” universiteti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidan bir nechta olimlar Mo‘g‘ulistonga ekspeditsiya uyushtirdik. To‘g‘risi, diplomatik aloqalar yo‘lga qo‘yilmagan mamlakatga borish oson ish emasligini o‘shanda bildik. Toshkentdan Ulan-Batorga havo […]

30.06.2025 | 15:58

img1331

OTNING MAYKASI – TERLIK

Otning tanasidan chiqqan terni o‘tkazmaslik uchun egar va bellik ostidan qo‘yiladigan qalin namat yoping‘ichni tilimizda tergi deyishgan. Bellik degani otning belini egar urmasligi uchun bel cho‘qqisining ikki yonboshidan qo‘yiladigan kigiz mato. Tergi – qadimiy so‘z. Uning shevalarda chirgi shakli ham bor. Lekin “Alpomish” dostonining izohli lug‘ati”da chirgi so‘ziga terlikdan keyin ot ustiga tashlanadigan yopinchiq deb […]

27.06.2025 | 12:24

img993

DUNYO KITOB BOZORIGA YANA BIR QADAM

Mutolaa – olamlar aro eng maroqli sayr. U tafakkurni tarbiyalaydi, ongni charxlaydi, ma’naviyatni o‘stiradi. Jamiyat rivojiga eng ko‘p hissa qo‘shadigan omil ham mutolaadir. Shuning uchun ham garchi bu shaxsiy ish sanalsa-da, kitobxonlikni targ‘ib qilish va bunga sharoit yaratish davlat siyosati darajasidagi masala hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi noshirlik va matbaa­chilikda ham keng […]

25.06.2025 | 09:06

img869

TADQIQ VA TALQIN

Turkistondagi jadidlik harakatiga oid tadqiqotlar orasida xodimul millat Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va faoliyatiga qaratilgani talaygina. Ayniqsa, uning 150 yillik yubileyi arafasida ketma-ket maqolalar, tadqiqotlar e’lon qilib turilibdi, yangi behbudiyshunoslar sahnaga chiqmoqda. Bugun katta sabr, matonat evaziga yuzaga kelayotgan nashrlarni topish qiyin. Ayni tezkor zamonda shunday ham bo‘lishi tabiiydir, balki. Haqiqiy olimni g‘avvosga qiyoslash mumkin. U […]

23.06.2025 | 17:40

img721

ELCHI YARASHTIRADI…

Tilimizda odamlar bilan tez chiqishib ketadigan, kirishimli insonlarga nisbatan “el bo‘lmoq” iborasi ishlatiladi. Undagi “el” so‘zi qanday ma’noni anglatishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Men bu so‘zni xalq ma’nosidagi “el”ning aynan o‘zi bo‘lsa kerak deb yurardim. Mahmud Koshg‘ariy “Devon”ida “el” so‘zining bir qancha ma’nolari keltirilib, ular orasida “Ikki shoh orasidagi kelishuv, yarashuv” izohi e’tiborimni tortdi. Demak, O‘zbek […]

20.06.2025 | 17:22

img741

BEHBUDIY BILAN SUHBAT

Darslar rasman to‘xtagan bo‘lsa-da, o‘qituvchi uchun bola qalbi va tafakkuri bilan muloqot hech qachon tugamaydi. Chunki tarbiya va ma’rifat faqat sinfxonalarda, jurnal va dastur asosida kechadigan jarayon emas. U hayotning o‘zi kabi uzluksiz, rangin va qiziqarli bo‘lishi kerak. Shu nuqtayi nazardan qaralsa, har bir fasl bola qalbiga yo‘l topishning o‘ziga xos fursatidir. Chinakam ustoz “tanaffus” […]

20.06.2025 | 10:00

img517

TAKLIF

Qozog‘istonlik futbol sharhlovchisining Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘yindan tayyorlagan lavhasini ko‘rdim. You Tubedagi lavhani do‘stlarimdan biri yuboribdi. Qarang, qo‘shni davlat sharhlovchisi o‘z hisobidan Toshkentga kelgan, o‘zi chipta olib stadionga kirgan va o‘z xohishi bilan o‘yinni qozog‘istonlik muxlislar e’tiboriga havola qilibdi. Qoyil qoldim. Lavhani ko‘rib, miyamga bir fikr keldi. Kelasi yili bo‘ladigan Jahon chempionatiga o‘zbekistonlik muxlislar borishi […]

18.06.2025 | 16:34

img496

YO‘Q, SOG‘AMAS BULAR, SOG‘AMAS…

O‘zi qirq yillik bog‘bonga ma’lum: aynigan mevani tozasi bilan yonma-yon qo‘ysang, qolganlari ham chiriydi. Masal bulkim, chillaki chillakini ko‘rib, chumak urur. Alhosil, tanosil-u bavosil serhosil bo‘ldi. Zotdor itlarga talab ko‘payib, zodagonlar kamaydi. Hay, nima bo‘ldi deysanmi? Balo bo‘ldi, battar bo‘ldi. Kel, seniyam boshingni qotirmasdan atalani bir chekkasidan yalaganday, gapniyam bir boshidan boshlayin. Axir nima qilay, […]

11.06.2025 | 11:24

img1126

JADID KUTUBXONASI