KUTUBXONA
Bo'lim: Yangiliklar
MANQURT
Chingiz Aytmatovning “manqurt”ini hamma biladi. Qadimda qullarning taqir boshiga tuyaning xom terisini qisib qoplashgan va ularni jazirama oftob tig‘ida o‘tirg‘izib qo‘yishgan, teri qurigach, qulning boshini qattiq qisgan. Bu jazo miyani ishdan chiqarib, qulning xotirasini butunlay o‘ldirgan. Men bu so‘z xususida to‘xtalishimga uning tub ma’nosini bilishdan ham avval boshqa bir sabab bor. “Kuntug‘mish” dostonida shunday joyi […]
16.02.2026 | 09:00
1491
UKAMNI OKASI
– Iya-iya, qo‘shni, bu kotta oshda nimaqib yuribtila? Ovvolgi duxim bo‘ganda san jipiriqqa bu dodaxo‘ja to‘yxonada pishirib qo‘yibdimi degan bo‘lardim-u, hozir zamon ko‘tarmaydi. Sani qaysi xumbosh miyasi chayqalib bu ochildasturxonga chaqiraqoldi? Yo pasl chalkashib, kalta ishtonla oshpazqalpoq bo‘pkettimi? He, okasini ukasi! Nima? Kim taklif qildi? Yo‘g‘e? Hali bu oshga tak-lifnomangam bormi? Yopiray! Kuch-u qayuga chiqibdi-de! […]
11.02.2026 | 09:45
3280
AZIZ SANJAR DNK TA’MIRLASH MEXANIZMLARI ORQALI INSON SALOMATLIGI VA KELAJAK TIBBIYOTIGA YO‘L OCHGAN NOBELCHI OLIM
Zamonaviy molekulyar biologiya va genetika fanining rivojlanishida taniqli olim, Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjarning o‘rni beqiyos. Uning DNK ta’mirlash mexanizmlari bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari inson genomining barqarorligi, saraton kasalliklari va biologik soat tizimini tushunishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Aziz Sanjarning ilmiy yutuqlari nafaqat jahon miqyosida, balki O‘zbekistonda ham yuksak e’tirof etilmoqda. Jumladan, 2018-yil […]
06.02.2026 | 14:11
4228
HEY, LUIZA! MIYANGIZNI BOSHQARING!
Abdulla A’zam:Tarjima va nashr qilganlar – zararkunanda. * * * Zuhra Ochilova:Tavba. Bo‘lar-bo‘lmas kitoblarni o‘qimagan ma’qul. Shunaqa bemaza kitoblar ham inson ongini buzuvchi “virus”. O‘zimizni sharqona axloqimizga oid kitoblarni chop qilishni ko‘paytirish lozim. Avvallari bola yoshiga qarab kitob mazmuni belgilanib chop etilardi. Hozir tayinsiz kitoblar biznes uchun chop qilinadi, tarjimonni farosatlisi kamayib ketdi chog‘i. * […]
05.02.2026 | 10:54
3677
“O‘TKAN KUNLAR” FORS TILIDA
Tarjima – millatlar o‘rtasidagi madaniy va adabiy-ma’rifiy aloqalarni ta’minlaydigan asosiy vosita hisoblanadi. U orqali turli xalqlarning ilmiy va adabiy merosi umuminsoniy boylikka aylanib boradi. Boshqacha qilib aytganda, tarjima bir jamiyatning tafakkuri, dunyoqarashi, tarixiy tajribasi hamda ma’naviy qadriyatlarini boshqa jamiyatga yetkazishning samarali vositasidir. Shuning uchun ham, yuksak saviyada amalga oshirilgan tarjima muayyan xalqning madaniyati va […]
04.02.2026 | 16:05
4197
O‘KTAM
Qadimgi turkiy manbalarda bu so‘z “ögdäm”, “ögtäm” shakllarida uchraydi. Eski turk yozuvida qoyaga bitilgan bitiglardan birida “Ögdäm Inal” kishi oti qayd etilgan. Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig”da bu so‘zni “ögtäm” shaklida “mag‘rur”, “g‘ururlangan” ma’nolarida qo‘llagan: “Beduk so‘zladi so‘z bu o‘gtam tiling” (ma’nosi: “bu mag‘rur, maqtanchoq tiling katta gapirdi”). Bu so‘z (ism) nafaqat o‘zbek, balki ko‘pchilik […]
04.02.2026 | 14:28
995
“DARIG‘O, SARMOYA YO‘Q…”
1883–1964-yillarda yashagan toshkentlik jadid Mo‘minjon Muhammadjonov taqdir taqozosiga ko‘ra kechroq – o‘ttiz yoshlar atrofida uylangan va buning eng katta sababini dasti qisqalik – kambag‘alchilikda deya bilgan. U yosh yigitlarning kechikib uylanishi yoki umuman uylanmay o‘tishini to‘ylarga sarflanadigan ortiqcha xarajatga bog‘lagan. Toshkentdagi turli marosimlar qancha mablag‘ talab qilishini o‘z kundaliklarida yozib borgan va 1926-yilda bu qaydlarini […]
29.01.2026 | 16:19
3373
SIZ HAM TOPIB O‘QING!
Maktabda o‘qib yurgan kezlarimizda, adabiyotdan yodlashga berilgan ba’zi tumtaroq she’rlar bo‘lardi – qayta-qayta o‘qisak ham xotiraga kirmay tixirlik qilar, yoddan aytganingda satrlari chalkashib, so‘zlari tumtaraqay qochib ketaverardi. Nega bir she’rni osongina yodlayman-u boshqasi hech esda qolmaydi, deb hayron bo‘lardim. Keyinchalik bildimki, azbaroyi bandni to‘ldirish yoki qofiya uchun bitta qatorga majburlab yig‘ilgan so‘zlar baribir birikmas, shu […]
29.01.2026 | 09:00
3298
O‘QITUVCHINI BECHORA QILIB KO‘RSATMANG!
Hurmatli rejissyorlar, adiblar, dramaturglar! Film, serial olayotganingizda, pyesa sahnalashtirayotganingizda, hikoya, she’r yoki doston yozayotganingizda o‘qituvchi personajini o‘ta oddiy, keragidan ortiq kamsuqum shaxs, yashash sharoiti achinarli darajada bechorahol qilib ko‘rsatmang, ifodalamang. Ko‘p kuzatganim, deyarli barcha kino va badiiy asarlarda o‘qituvchi xalqi bir xil gavdalantiriladi: allazamonlardan beri kiyilaverib yaltirab ketgan kastyum-shim, ohori to‘kilgan ko‘ylakda, qo‘lida ka-a-atta popka, […]
28.01.2026 | 16:00
2936
SHE’RNING ZO‘RI
(Saodatmand ustozlarimizning ulug‘i “She’rning zo‘ri – to‘rt satr”, deb lutf urg‘on edilar. Kamina ham bu yo‘sinda manglay qashqa, tirsak yag‘ir bo‘lmog‘idan cho‘chib turmadim, boz yo‘nilmagan qalam birla tilpon tugmachalarini turtib, ushbuni qoralagan joyim. Andak hadik ham yo‘q emaski, injiq she’rxonlar to‘rtligimizga burun jiyib, “to‘rt tarafing qibla” deb, yo‘llanma bervormasalar…) MABODOU seni samimiy yomon ko‘radi,Agar buloq […]
26.01.2026 | 11:01
2784
O‘ZI USTOZ BO‘LAR USTOZ KO‘RGANLAR
“– Meni tanimadingizmi, axir men falonchi blogerman!– Uzr, qaysi nom bilan qanday mavzularda blog yuritasiz?– Barcha mavzuda. Internetda hamma “Haqqush” nomi bilan biladi meni.– Shunaqami? Men bilgan ko‘pgina blogerlar aniq bir yo‘nalish bo‘yicha faoliyat yuritadi.– Ular menga o‘xshab ko‘p sohani tushunmaydi-da, shuning uchun bittasi bilan cheklanadi.– Qaysi soha bo‘yicha mutaxassissiz?– Oliy ma’lumotim yo‘q. Maktabni bitirganman”. […]
21.01.2026 | 15:56
3464
BO‘RBOY
“Bo‘rboy” (“bo‘rbay”, “bo‘rvay”) degan so‘zni eshitganmisiz? Bu so‘z izohli lug‘atda yo‘q, demak, adabiy tilda ham yo‘q, lekin shevalarda bor, shuning uchun “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”da bor. Xo‘sh, “bo‘rboy” nima? Adabiy tildagi “boldir” bilan aynan bir ma’noga ega, ya’ni oyoq tizzasi yoki taqimdan to to‘piqqacha bo‘lgan qismi ba’zi shevalarda – “bo‘rboy” ataladi. Kimdadir “taqim nima?” degan […]
19.01.2026 | 09:42
3197
YOZUVMI, YOZUQMI?
Avvallari safardagi otaga, harbiy xizmatdagi akaga, sevgan yoriga yozilgan xat oddiy so‘z emas, qalb qo‘ri to‘kilgan jumlalar bilan bezalar edi. So‘z o‘ylab tanlanar, jumla qayta-qayta tuzatilar, hatto husnixatga o‘zgacha ahamiyat berilardi. Otaga yoki akaga yozilgan maktubda nafaqat mazmun, balki yozuvning o‘zi ham ahamiyat kasb etardi. Ayrim muhim so‘zlarni yozishda gul, qush yoki ramziy bezaklar bilan […]
15.01.2026 | 14:48
3602
VAFO VA SADOQAT
Olmazor tumani Yangi Sebzor mahallasidagi mo‘jaz kutubxonada o‘tadigan tadbirga taklif etilgandim. Bu yerda kitoblarning ko‘pligi va rang-barangligi aqlimni shoshirdi. Hech joydan topa olmayotgan asarlarga ko‘zim tushganidan, sevinchim ichimga sig‘may ketdi. Ushbu dargoh egasi Dilorom Hamdamova bo‘ladi. Dilorom opa naq 42 yil O‘zbekiston teleradiokompaniyasida ishlab, ko‘plab ko‘rsatuvlarni olib borgan. “Onalar maktabi” ko‘rsatuvi esingizda bo‘lsa kerak? Jurnalist […]
13.01.2026 | 16:29
3210
ALP ER TO‘NGANING “TO‘NGA”SI NIMA?
Afrosiyob Alp Er To‘nga deb atalishini bilasiz. U turkiy xalqlarning qadimiy qahramoni. Ming yillar davomida shon-shuhrat uning izidan yuradi. Xo‘sh, bu buyuk qahramonning nomidagi “to‘nga” so‘zi qanday ma’noni anglatadi? Mahmud Koshg‘ariy Devonining 3-tomida shunday izoh borki, bizga Alp Er To‘nga nomining ma’nosi haqida yetarlicha ma’lumot beradi: “toңa – yo‘lbars jinsidan bo‘lgan bir xil hayvon. U […]
07.01.2026 | 15:38
4037
BЕHBUDIYNING YANGI KUTUBXONASI
Mahmudxo‘ja Behbudiy 1908-yili Samarqandda “Behbudiya” nomli mutolaaxona ochadi. Unda Hoji Muin, Saidahmad Vasliy Samarqandiy va Abduqodir Shakuriy singari ilg‘or qarashli maslakdoshlar faoliyat olib boradi. Bu maskan xalq tafakkurini yangilash, ilm va ma’rifat orqali jamiyatni o‘zgartirish yo‘lidagi yana bir muhim qadam edi. Kutubxona fondi bugungi kun talabiga ko‘ra ham benazir edi, u yerda nodir va yangi […]
05.01.2026 | 14:49
3613
XUSHXABAR!
Ho-o-o-y-y, yaxshila-a-a-r-r-r!Eshitmadim demangla-a-r-r!Quloq solinglar, quloq!Zamin-u Samoni xushxabartutdi! Xushxaba-a-r-r!!! Insonligiyodiga tushdi Odamzodning,yodiga-a-a-a!.. Yilning birinchi kunidan, ilk soati, ilk daqiqalaridan boshlab butun yer yuzidagi barcha katta-kichik nizolar, qirg‘inlar, urushlar batamom to‘xtadi. Umumbashariyat bir yoqadan bosh chiqarib, yalpi AHDLASHUV, DO‘STLASHUV, BIRODARLASHUV bitimiga imzo chekdi! Zamonamiz allomalari, ulamo-yu donishmandlari, mutaraqqiy va qudratli davlat rahbarlari, eng zakiy, eng dono ziyolilari […]
01.01.2026 | 11:08
1414
QO‘G‘IRCHOQ
Turkiy xalqlarning madaniy hayotida qo‘g‘irchoqlar nafaqat bolalar o‘yinchog‘i sifatida, balki marosimlar va xalq tomoshalarida ham muhim o‘rin tutgan. Qo‘g‘irchoq so‘zi qadimgi yozma manbalardan biri “Devoni lug‘atit turk” asarida quzurchuq shaklida berilgan bo‘lib, hozirgi qo‘g‘irchoq ma’nosini to‘la aks ettiradi. Oltoy tillarining etimologik lug‘atida so‘z ildizi kàkú so‘zi bilan bog‘lanadi. Kàkú “kesilgan, ajratilgan jonzot” ma’nosini bildirgan. Yanada […]
29.12.2025 | 14:09
2750
QALOVINI TOPIB…
Qish kelib, havo haroratining keskin pasayishi dehqonlarning asosiy o‘yloviga aylanadi. Ayniqsa, keyingi yillarda iqlim o‘zgarishi sababli anomal sovuqlar qish oylaridan tashqari, bahorning ilk kunlarida ham kuzatilayotgani issiqsevar sabzavotlar, ko‘chat-u daraxtlar uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Shunday sharoitda el qatori bizni ham bir savol qiziqtiradi: ekinlarni sovuqdan qanday asrash mumkin? Bahodir IBROHIMOV,Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot […]
23.12.2025 | 11:19
3673
DO‘LTA VA QARI BO‘RI
Do‘lta so‘zi bolaligimda eshitgan ertak va afsonalar ta’sirida hamon tasavvurimda beo‘xshov, bahaybat, devsifat maxluq suratini namoyon qiladi. Hozir ham tilimizda beo‘xshov, gavdasi xunuk, suyagi qo‘pol, juda semiz odamlarga nisbatan “Do‘ltaday bo‘lmay o‘l” degan ibora qo‘llanib turadi. Bolalikning uzun kechalarida uxlamaydigan biz o‘yinqaroqlarni onalarimiz “Uxlamasanglar, hozir do‘lta kelib senlarni obketib qoladi” deb qo‘rqitganlarida ko‘rpaga burkanib olardik. […]
22.12.2025 | 16:10
3678
NAZM TA’RIFINDA
Ayrim qiziqqan va qiziqqon muxlislarim tomonidan beriladurg‘on “nazm siz uchun nedur?” degan saqich savolga juvobim bul turur: Nazm kimga inja hunar, kimga kasbtur,Anovinga cho‘zma lag‘mon, bunga hasibtur. Hayla ko‘rsichqon aftiga shoirlik niqob,Qalam birla “qitir-qitir” chohlar qazibtur. Eh, qadimda na pechka bor, na-da to‘pliy pol,Baytbarakdan ham ko‘ngil, ham kulba isibtur. Unda ash’or ila erdi rasmiy aloqa,Norasmiy […]
22.12.2025 | 13:58
3350