Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Yangiliklar

G’IYBAT EMAS, IBRAT KERAK

Hazrat Alisher Navoiy ogohlikni shohlik darajasiga ko‘targan. Ogohlik – bu faqat axborotga ega bo‘lish emas. Ogohlik – mas’uliyat. Ogohlik – harakat. Ogohlik – jim turmaslik. Bugun bizda axborot ko‘p, lekin jasorat kam. Gap ko‘p, amal oz. Tanqid bor, tashabbus yo‘q. Demak, ogohlik bu ham vafodorlik, ham mas’uliyat, ham amal. – Eshitdingizmi?– Nimani?..– Falonchi boyning o‘g‘li […]

07.04.2026 | 10:10

img1659

UYUSHMA TUHFALARI

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi nafaqat ijodkorlarimizni yangi asarlar yozishga ilhomlantirish, balki yurtimizdagi davlat kutubxonalarini, shaxsiy kitob xazinalarini doimiy boyitib borish, sermazmun asarlarni o‘quvchilarga yetkazib berishga ham alohida ahamiyat qaratayotgani e’tiborlidir. Bu xayrli ish ko‘plab adiblarimizni kitob chiqarish “mashmasha”sidan xalos qilayotgani ham bor gap. Uyushma homiyligida nashr etilayotgan asarlar maktab va mahallalarga sovg‘a qilinmoqda, keng jamoatchilik vakillari […]

07.04.2026 | 10:05

img1471

SUBRAHMANYAN CHANDRASEKHAR – YULDUZLAR HADDINI ANIQLAGAN NOBELCHI

Mirzo Ulug‘bek XV asrda o‘z davri va keyingi asrlar uchun yulduzlar joylashuvi va harakatini misli ko‘rilmagan aniqlikda o‘rganadi. Astronomiyaning murakkab masalalariga yechimlar beradi. Shu tariqa bu soha rivoji bir necha yuz yilga ilgarilab, XX asrda olimlar yulduzlarning tuzilishi, evolyutsiyasini o‘rganish darajasiga erishadi. Bu yo‘nalishda ko‘zga ko‘ringan shaxslardan biri hindistonlik Subrahmanyan Chandrasekhardir. BIOGRAFIYA U 1910-yil 19-oktyabrda […]

03.04.2026 | 12:24

img2495

QODIRIYNING “MING BIR KECHA”SI

“Jinlar bazmi” – Abdulla Qodiriyning jiddiy proza bilan shug‘ullanish yo‘lidagi ilk urinishi. Bungacha ko‘proq hajv, luqma, xabarlar yozish bilan tajriba orttirgan adib prozada o‘zini jiddiy sinab ko‘ra boshlagan. Voqelikning jozibali talqinini topish maqsadida adib o‘z hikoyasini mistik uslubda bayon etadi. Lekin bu hikoya biz uchun mavzusiga ko‘ra emas, shirali ifodasi bilan qimmatli. Hikoyada qo‘llangan “barda”, […]

30.03.2026 | 13:14

img2304

MIJJA QOQMOQ

“Mijja” (mija, muja; forscha: mo‘je) so‘zi fors-tojik tilida – “kiprik”, uni o‘zbek tilida asosan – “mijja qoqmoq” iborasida qo‘llaymiz. Ammo unga mumtoz adabiyotda, she’riyatda nisbatan ko‘proq duch kelamiz. Masalan, Alisher Navoiy “Saddi Iskandariy” dostonidagi bir baytda shunday yozadi: “Mengizlari gul-gul, mijalari xor,Qabog‘lari keng-keng, og‘izlari tor”. Bundan tashqari, she’riy asarlarda “mija”ning ko‘pligi – “mijgon” (“mujgon”) ham […]

29.03.2026 | 12:40

img2471

TAZYIQQA UCHRAGAN CHASHMA

Nurota o‘zining Chashmasi bilan aziz va tabarrukdir. Shu obi hayot sababidan Nur (Nurota) bunyod bo‘lgan. Muhammad Ja’far Narshaxiy “Tarixi Buxoro” asarida: “Hali Buxoro shahri vujudga kelmagan, lekin qishloqlardan ba’zilari paydo bo‘lgan edi. Nur, Xarqonrud, Vardona, Tarovcha, Safna va Isvonalar o‘sha qishloqlar jumlasidandir”, deb yozadi. Buxoro shakllanib, shahar martabasiga yetganidan keyin ham Nurga bo‘lgan ehtirom davom […]

28.03.2026 | 13:33

img2133

JEFFRI XINTON – SUN’IY INTELLEKT “OTASI” SIFATIDA TANILGAN NOBELCHI

BIOGRAFIYASI 1947-yil 6-dekabrda Londonda tug‘ilgan. Buyuk Britaniya va Kanada fuqarosi. Kembrij va Edinburg universitetida o‘qigan. U o‘tgan asrning 80-yillaridayoq ko‘pchilik shubha bilan qaragan neyron tarmoqlari g‘oyasiga ishongan. Olim o‘z faoliyati davomida sun’iy intellekt (SI), neyron tarmoqlar sohalarida ilmiy izlanishlar olib borib, bu sohadagi eng mashhur tadqiqotchilardan biriga aylandi. Noodatiy algoritmni ommalashtirib, zamonaviy sun’iy intellekt (masalan, […]

26.03.2026 | 14:37

img1856

NAVRO‘ZNI ULUG‘LASH INSONNI ULUG‘LASHDIR!

Xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini o‘zida yaqqol mujassam etgan, ona tabiat va odamlar ruhiyatida yuz beradigan yasharish, yangilanish va yuksalishlarni asrlar davomida to‘la namoyon qilib kelayotgan Navro‘z eng ardoqli milliy bayramlarimizdan biri hisoblanadi. Buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida Quyosh yili hisobidagi dastlabki oy to‘g‘risida so‘zlab: “Bu oyning […]

19.03.2026 | 08:47

img2793

MUSHTIPARNING NEGA MUSHTI PAR?

Mushtipar so‘ziga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da shunday izoh berilgan: Qo‘lidan biror ish kelmaydigan, ojiz, bechora (ayollar haqida). Boshqa lug‘atlarda ham izohlar shu ma’noda keladi va dard ustiga chipqonday notavon degan xunuk sifatni ham qo‘shib qo‘yishadi. Ehtimol, bu so‘z paydo bo‘lgan ilk davrlarda shu ma’noni anglatgandir. Lekin keyin ma’no o‘zgargan. Men bolaligimdan bu so‘zni ko‘p eshitganman, […]

18.03.2026 | 14:48

img2484

BIZ “KASHF” ETAYOTGAN SO‘ZLAR

“Yillar kesimida” nima degani? Bugun og‘zaki nutqimizdan tortib rasmiy davlat hujjatlari, qonunlarimiz matnigacha o‘rnashib qolayotgan g‘alati so‘z va iboralarimiz bisyor. Masalan, “yillar kesimida” degan jumlaga deyarli har bir dastur va reja, statistik ma’lumot va ilmiy-tahliliy maqolalarda duch kelish mumkin. “Yillar kesimida olib qaraganimizda”, “sarf-xarajatlar yillar kesimida” va hokazo. Menimcha, buning o‘rniga “yillar davomida”, “muayyan yil bo‘yicha” […]

18.03.2026 | 10:14

img2146

MILLATNI KIM UYGʻOTADI?

XX asr boshlarida Turkistonda uyg‘onish shamoli esa boshladi. Jadidlar juda yaxshi anglardiki: millatni uyg‘otish uchun, avvalo, uning onasi va bo‘lajak onalari – xotin-qizlarni uyg‘otish kerak edi. Tarbiya beshigini onalar tebratadi. Demak, ilmli ona – ma’rifatli avlod, ma’rifatli avlod esa ozod va qudratli millat, demak. Jadidlar ayolni faqat oila doirasidagi shaxs emas, balki jamiyatni shakllantiruvchi kuch […]

17.03.2026 | 14:53

img1939

MARIYA KYURI – TARIXDA O‘CHMAS IZ QOLDIRGAN, MATONAT VA VATANPARVARLIK TIMSOLI BO‘LGAN NOBELCHI

Mariya Sklodovskaya-Kyuri 1867-yilning 7-noyabrida Polshada kambag‘al o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. O‘sha vaqtda vatanida xotin-qizlar uchun oliy ta’lim olish taqiqlangani bois 24 yoshida Fransiyaning Sorbonna universitetiga o‘qishga kiradi. FAQAT BIRINCHI Mariya Kyuri hayoti va faoliyatida “birinchi” sifatiga takror-takror duch kelamiz. U Fransiyada fan doktori darajasini olgan birinchi ayol. Parij universiteti (Sorbonna) tarixidagi birinchi ayol o‘qituvchi va professor. […]

09.03.2026 | 15:32

img3279

“JAHOLAT BIR DAVOSIZ DARD”

Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, yurtimizda 2017-yildan tashkil etila boshlagan ijod maktablari o‘quvchilarning milliy tafakkurini tarbiyalaydigan o‘ziga xos maskanlarga aylandi. Shunday ibratli ta’lim muassasalaridan biri Xorazm viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan Ogahiy nomidagi ijod maktabidir. Ulug‘ shoir tug‘ilgan joyda, uning nomida barpo etilgan bog‘ hududida bunyod etilgan ushbu maskanda 179 nafar o‘quvchi bilim oladi. […]

03.03.2026 | 16:45

img3583

“RO‘ZAMISIZ, KO‘ZAMI?”

Muborak Ramazon oyi kirib kelishi dillarga quvonch bag‘ishlaydi. Ammo shu g‘animat kunlarni ko‘ngildagiday o‘tkazish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Masalan… Ro‘za boshqa oylarga qaraganda kam yeb, kam ichishni talab etadi. Ixtiyoriy och qolish orqali ham jismni, ham nafsni tarbiyalash ko‘zda tutiladi. Ibratli jihati, majburlikdan, yo‘qchilikdan och qolayotganlar holini ham his qiladi odam. Dilda shukrona va saxovat […]

02.03.2026 | 17:55

img3337

“YETTI IQLIM” IBORASINI BIRINCHI BO‘LIB KIM QO‘LLAGAN?

Biz iqlim so‘zini ko‘p ishlatamiz. Ayniqsa, keyingi  paytlardagi  iqlim o‘zgarishlari sabab bo‘lib, bu so‘z jonli tilda ham, ommaviy axbort vositalari  tilida ham yanada faollashdi. Xo‘sh, iqlim so‘zining tarixi qanday? Tilimizdagi noyob iboralardan sanalgan yetti iqlim birikmasi qanday paydo bo‘lgan? Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobining oxiridagi izohlarda shunday bir ma’lumot bor: “Iqlim – yunoncha klima […]

27.02.2026 | 16:19

img3511

POL MILGROM – AUKSIONNI AQL BILAN BOSHQARISHNI O‘RGATGAN NOBELCHI

Zamonaviy dunyoda iqtisodiyot faqat raqamlar va grafiklar yig‘indisi emas. U qarorlarga ta’sir qilish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish va cheklangan resurslarni adolatli taqsimlashda muhim rol o‘ynovchi san’atdir. Shu murakkab jarayonlarni chuqur anglab, ularga ilmiy asoslangan yechim taklif qilgan, nazariyani amaliyotda real foydaga aylantira olgan noyob olimlardan biri Pol Robert Milgrom hisoblanadi. Biografiya Pol Milgrom 1948-yil 20-aprelda […]

26.02.2026 | 12:38

img2692

YOSINORI OSUMI – HUJAYRA AUTOFAGIYASINI OCHIB BERGAN NOBELCHI

Biologiya va tibbiyotda tub burilish yasagan olimlardan biri yaponiyalik Yosinori Osumidir. U autofagiya mexanizmini, ya’ni hujayra o‘zining zararlangan qismlarini parchalab, tozalab, qayta ishlashi jarayonini ilmiy jihatdan isbotlab bergan. Ushbu kashfiyot orqali u ixtiyoriy ochlikning inson salomatligiga foydalarini anglashga yo‘l ochdi. ILMIY BIOGRAFIYA Yosinori Osumi 1945-yil 9-fevralda Yaponiyaning Fukuoka shahrida tug‘ilgan. Tokio universitetini tamomlab, molekulyar biologiya […]

23.02.2026 | 09:54

img3023

QALDIRG‘OCH

Ey qaldirg‘och, shoshqaloq sanam,Ketma, qorlar yog‘sa nima g‘am,Qush iniga tunda yoqib shamTutgan elni qaydan topasan? Munavvara Usmonova Bu shoshqaloq sanamning nomi tilimizda qadimdan yashab kelayotgan so‘z bo‘lib, dimog‘ingizga ko‘klam isini olib keladi. U dastlab kichkina, chaqqon, qora-ola rangli qush nomini bildirgan bo‘lsa, keyinchalik biror hodisaning boshlanishi, ijobiy o‘zgarishlarning darakchisi ma’nosida ham qo‘llanila boshlagan. Bejiz qaldirg‘ochni […]

19.02.2026 | 11:35

img1732

AZADAGI “TO‘Y”

Sarlavhani o‘qib hayron bo‘lmang, bugungi azalardagi tayyorgarlik va ovoragarchilik ham bir to‘ydan kam emas. To‘ylardagi dabdabani kamaytirish haqida ibratli chiqishlar ko‘p. Ammo aza va unga oid marosimlar e’tibordan chetda qolayotganday. Aza – o‘ta nozik marosim. Avvalo, bu bir inson umrining poyoniga yetishi, tiriklik va yaqinlaridan uzilib, boqiy dunyoga o‘tishi jarayoni. Qolaversa, bunda marhumga bo‘lgan hurmat, […]

18.02.2026 | 10:47

img3262

ALAN MAKDIARMID – O‘TKAZUVCHAN POLIMERLAR ORQALI ELEKTRONIKA VA KELAJAK TEXNOLOGIYALARIDA INQILOB YASAGAN NOBELCHI

Zamonaviy kimyo, materialshunoslik va nanotexnologiya fanlarining rivojlanishida olim, kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Alan Makdiarmidning o‘rni beqiyos. Uning o‘tkazuvchan (conductive) polimerlar sohasida olib borgan ilmiy tadqiqotlari an’anaviy elektronika tasavvurini tubdan o‘zgartirib, yangi avlod funksional materiallarining yaratilishiga asos soldi. Uning ilmiy yutuqlari jahon miqyosida keng e’tirof etilgan bo‘lib, tadqiqotlari asosida organik elektronika, LED displeylar, sensorlar va […]

18.02.2026 | 09:20

img2869

OVJAZSOY MEHR MARKAZIDA

Tog‘lar Yaratganning inoyatidir. Qoyalarning abadiy sukuti va viqori ko‘ngilga allatovur sokinlik beradi. – Biz tog‘larimiz bilan faxrlanamiz, – derdi tog‘lik oshnam. Tog‘larga boqib, shoir Azim Suyunning mana bu satrlari yodga keladi: Bu dunyoning jannati – tog‘larMeni chorlar bag‘riga bot-bot.Quchog‘ida kezganim chog‘larZamzamaday suyumli hayot. Nurafshondan sakson kilometr uzoqlikdagi Ovjazsoy qishlog‘i ana shunday tog‘li hududda joylashgan. Qurama […]

17.02.2026 | 10:02

img2617

JADID KUTUBXONASI