KUTUBXONA
Bo'lim: Yangiliklar
“BOBURNOMA” QIRGʻIZ TILIDA
2023-yili buyuk shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan anjumanda o‘zbek olimlari tomonidan “Boburnoma” asarini qirg‘iz tiliga tarjima qilish taklifi bildirildi. So‘nggi yillarda “Boburnoma” qoraqalpoq, qozoq va italyan tillariga tarjima qilingani ham mening bu bebaho asarni qirg‘izzabon o‘quvchilarga yetkazish niyatimni mustahkamladi. Shundan so‘ng, o‘tgan ikki yil davomida “Boburnoma”ning Porso Shamsiyev, Sodiq Mirzayev […]
18.12.2025 | 09:28
3426
QARZ BERISHGA SHOSHILMANG!
UZCERT xizmati tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida, so‘nggi paytlarda “Telegram” orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlari keskin o‘syapti ekan. Firibgarlar ochiq guruhlarga qo‘shilmasdan turib, undagi a’zolarni kuzatmoqda. Ular guruh a’zolaridan birining profilini to‘liq o‘rganib, ko‘chirib va quyidagi ma’lumotlarni nusxalamoqda: profil rasmi, ism-sharifi, @username, bio va boshqa elementlar. Keyinchalik firibgarlar ushbu profildan foydalanib, guruhdagi boshqa ishtirokchilarga shaxsiy […]
17.12.2025 | 16:52
3108
NAQD HAM, VAQT HAM TEJALADI
TO‘LOVLARDAGI YANGI TARTIB HAQIDA O‘zbekistonda keyingi yillarda iqtisodiyotni shaffoflashtirish, zamonaviy to‘lov tizimlarini keng joriy etish, eng muhimi, odamlar uchun qulay va xavfsiz moliyaviy muhit yaratish yo‘lida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq, afsuski, bozorda hamon naqd pul aylanmasining yuqoriligi, turli sohalarda to‘lovlarning hisob-kitobga to‘liq kirmasligi, yashirin iqtisodiyotning saqlanib qolishi kabi muammolar yo‘q emas. Do‘kon yoki xizmat […]
17.12.2025 | 14:47
2821
YAQO TUTAMLAB
Noxush kunlardan birida tilpo‘nda pidbo‘l ko‘rib o‘tirib, tanaffusda dunyoga ham bir bo‘ylab qo‘yay deb ivirsib, bir juft yuvuqsizning nahslashgan gurungini bilmay bosib oldim. Taassurot budur: Istig‘for aytganim aytgan:erkakmi bul, ayol yoki,Ko‘rganim alvasti tushmu yo,ajina xayol yoki. IT*dan tarqagan nusxasimuxannasdan bichim olgan,Bul erlarga so‘roq yoki,xotunlarga savol yoki. Chalib surnay – chirmandalar,shuhratlanur sharmandalar,Yuvuqsizlar arzandalar…uyat topdi zavol yoki. […]
16.12.2025 | 16:31
2551
YURAKDAN GAPIRAMIZ!
Nodira SHARIPOVA, oliy toifali kardiolog: – Ba’zan odamlarimizning sog‘ligiga befarq va ishonuvchanligi meni hayron qoldiradi. Deylik, ko‘krak qafasining chap sohasida og‘riq yoki bezovtalik boshlandi. Tushungan odam bunday vaziyatda oilaviy poliklinikaga chiqadi yoki boshqa shifoxonaga yo‘l oladi. Biz ko‘pincha nima qilamiz? “Qo‘lbola” tashxis qo‘yishga o‘tamiz: “O‘pkam shamollagan”, “Nervdan bo‘lsa kerak”, “Buyrak pristup berdimikan”, “Yurak ham bo‘lishi […]
16.12.2025 | 15:33
2418
CHIVINMI YO PASHSHA?
O‘zbek xalqini, turfa bo‘linishlardan tashqari, yana ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: biri chivin deb ataydigan hasharotni ikkinchisi pashsha deydi va pashshani chivin. To‘g‘rirog‘i, bir hasharotni O‘zbekistonning yarmi – pashsha, ikkinchi yarmi – chivin deydi va aksincha. Ma’lumki, Toshkent shahri va viloyati, Farg‘ona vodiysidagi ba’zi shevalarda “chivin” deganda – kichkina, qon so‘radigan hasharot, ruscha aytganda, “комар”; […]
15.12.2025 | 15:00
6441
ORZULAR RO‘YOBI
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqimiz takliflari va muallifligida ishlab chiqilgan va qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – bu nafaqat huquqiy hujjat, balki el-yurtimizning kelajakka bo‘lgan ishonchi, taraqqiyot va farovonlikka intilishining yorqin ifodasidir. Jadidlar orzu qilgan adolatli, erkin va taraqqiy etgan davlat qurish g‘oyasi bugungi kunda yangi Qomusimiz timsolida o‘z ro‘yobini topdi. Bu […]
09.12.2025 | 14:22
2978
ISROF FAQIRLIKKA YETAKLAYDI
Inson zoti borki, o‘z oldiga yorug‘ maqsadlar qo‘yib yashaydi, ularga erishish uchun mudom harakatda bo‘ladi. Shunday ezgu orzu-niyatlardan biri – farzand kamolini ko‘rishdir. Afsuski, bugungi kunda bu orzuni to‘y-hasham, dang‘illama imorat, turli rusumdagi avtomashinalar bilan bog‘lab tushunadigan, shu maqsadda yelib-yuguradigan avlodga aylandik. Kimo‘zarga to‘y qilish, yetti mahallaga dong‘i yetadigan ma’rakalar o‘tkazishni go‘yoki qadriyatga, an’anaga aylantirdik. […]
09.12.2025 | 09:19
2709
KUNLARIM
Yoshlik – tentaklikning bir turi, demish mashoyixlar. Kaminaga ham bu inqirozni chetlab o‘tish imkoni bo‘lmay, aql tanqisligidan bir muddat yetim yumron kabi xirmon-u shiyponlarda tunab, ko‘b xo‘rliklar ko‘rgonim bor. Emdi ul ko‘rguliklarga “zed” avlod yo‘liqmasun debon, ushbu pandnomani havola eturman. Hayf, yuz ming hayf ketdi Layloni kutgon kunlarim,Ko‘ngli bo‘sh ma’shuqa deb ko‘zyoshni yutgon kunlarim. Kechalar […]
05.12.2025 | 16:07
2968
QALIN PULI
Qalin puli – uch ming. Ming – qizi uchun.Yana ming – sandig‘i, kiygizi uchun.Xo‘sh, yana ming nega? Har lahza sengaSanchib turadigan bigizi uchun. Erkin Vohidovning hazil tariqasida yozilgan ushbu to‘rtligi ming yillik tarixga ega bo‘lgan bir an’anani eslatadi. Qalin puli, ya’ni nikoh marosimida qiz uchun kuyov tomonidan beriladigan mol-mulk yoki pul. Qalin puli qadimiy turkiy […]
04.12.2025 | 16:32
2939
OGOHLIK QO‘NGʻIROGʻI
Bugun jahon hamjamiyati iqlim o‘zgarishini insoniyat oldida turgan eng jiddiy muammolardan biri deb tan olgani bejiz emas. Buning oqibatida oxirgi 20 yil ichida yer yuzida 4,5 milliardga yaqin odam yirik tabiiy ofatlardan jabr chekkani, 1,2 million kishi halok bo‘lgani, iqtisodiy zarar esa qariyb 3 trillion dollarni tashkil etganini tasdiqlovchi ma’lumotlar bor. Mutaxassislarning fikricha, Markaziy Osiyo […]
02.12.2025 | 09:44
2495
UTUK
Xo‘sh, “utyug” turkiy so‘z ekan, nega uni tilimizga qaytarmaymiz? Nega adabiy tilda “dazmol” deb ishlatamiz? (“darzmol” – forscha: “darz”(“chok”) + “molidan” (“surtmoq, ishqalamoq”) so‘zlaridan). Vaholanki, eronliklarning o‘zlari uni “darzmol” emas, turklar singari, “utuv” (turkcha: “ütü”) deb atashadi. Hozirda deyarli barcha turkiy xalqlar (turk, qozoq, qirg‘iz, ozarbayjon, tatar, boshqird…, qisman tojiklar ham) utukni – “utuk” deydi […]
27.10.2025 | 09:03
5923
TANASI BOSHQA…
“Jadid” gazetasining shu yil 40-sonida Jamoliddin Badalovning “Xufiyona qotillik qissasi” maqolasini o‘qigach, tibbiy madaniyatimizni oshirish yo‘lida hali ko‘p ishlar qilinishi zarurligiga amin bo‘ldim. Muallifning fikrlariga qo‘shimcha ravishda, turmushda tez-tez uchrab turadigan yana bir og‘riqli holatga e’tibor qaratmoqchiman. Choyxonada qadrdonlar bilan o‘tirgandik. Bir sherigimiz tishi qattiq og‘riyotganini aytib qoldi. Boshqa do‘stimiz ertagayoq stomatologga borishni tavsiya berdi. […]
22.10.2025 | 16:36
5399
VIJDON KO‘ZGUSI
So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida yurtimizda mahalla institutining vakolatlari kengayib, uning jamiyatdagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Bugun mahallaga shunchaki o‘zini o‘zi boshqarish organi emas, balki aholining hayotiy ehtiyojlariga javob beruvchi, jamiyatning har bir bo‘g‘inida taraqqiyot va farovonlikni ta’minlovchi qudratli institut sifatida qarash odat tusiga kirdi. Mahalla deganda, […]
22.10.2025 | 09:45
4821
KO‘PIK USTIDAGI KO‘PRIK
Bu ikki so‘zning ma’nosi haqida uzundan uzoq izoh berib o‘tirishning hojati yo‘q. Hamma taniydigan, hamma ishlatadigan so‘zlar. Xo‘sh, ularning bir-biriga qarindoshligi bormi? Yo aka-ukaday uyqash bu so‘zlar shunchaki shakldoshmi? Ayniqsa, “ko‘pik hosil qilish” ma’nosidagi ko‘pir fe’li ko‘prik so‘ziga yanada uyg‘un keladi. Avvalo, bu ikki so‘z ildizidagi ko‘p so‘ziga to‘xtalaylik. Turkiy tillar etimologik lug‘atida kӧp so‘zi “puflash”, […]
16.10.2025 | 15:39
2787
TAYYORLANISHI YENGIL, ASORATI OGʻIR
Hatto suv ham me’yoridan ortiq ichilsa buyrak, yurak va o‘pkaga zarar keltiradi. Endi boshqa barcha yegulik va ichimliklarning o‘lchovini unutish nimalarga olib kelishini tasavvur qiling. Bugun odamlar yurib emas, “uchib” yuribdi, ayniqsa, yoshlar. Shunday sharoitda tez tayyor bo‘ladigan ovqat – “fast food” (fastfud) ko‘pchilikning doimiy tanloviga aylandi. XX asr boshida amerikalik ishchilar va talabalar mehrini […]
14.10.2025 | 15:49
2140
OQIBATLI ITTIFOQ
Turkiy dunyo oilasining ikki muhim a’zosi – O‘zbekiston va Ozarbayjon davlatlari o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga joriy yil 2-oktyabr kuni 30 yil to‘ldi. Bu davr ichida tomonlar o‘rtasida ko‘plab muhim hujjatlar imzolandi, tarixiy davlat tashriflari amalga oshdi, oliy darajadagi uchrashuvlar o‘tkazildi. Ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik yo‘nalishlarida salmoqli ishlar amalga oshirildi. O‘zaro munosabatlar, ayniqsa, so‘nggi sakkiz […]
13.10.2025 | 17:12
1771
TAKLIF VA TASHABBUSLAR SAMMITI
Ozarbayjonning Gabala shahrida “Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik” shiori ostida o‘tkazilgan navbatdagi sammitda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning iqtisodiy, siyosiy va xavfsizlik, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarini kengaytirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi. O‘zbekiston yetakchisi bu safar ham turkiy davlatlar o‘rtasida strategik sheriklik, abadiy do‘stlik va birodarlik to‘g‘risida shartnoma ishlab chiqishni taklif […]
13.10.2025 | 10:14
1298
QUTQARIB QUTLASH
Tilimizda qadim-qadimgi zamonlarda baxtli odam iborasi bo‘lmagan, uning o‘rniga qutli odam deyishgan. Bir so‘z bilan aytganda, qut so‘zi baxt ma’nosini bildirgan. “Qutlug‘ bo‘lsin” degan ibora shundan qolgan. Baxt so‘zi asli forsiy bo‘lib, “taqdir”, “nasiba”, “ulush” ma’nolarini anglatgan. Bu so‘z tilimizga keyingi zamonlarda kirib kelgan. “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”ga ko‘ra, qadimgi tilimizda qut degan fe’l bo‘lgan […]
09.10.2025 | 15:34
1505
Pokiston nashrida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi eʼtirof etildi
Xalqaro ekspert, bir necha xalqaro loyihalar muallifi doktor Mehmud ul Hasan Xonning Oʻzbekiston buyuk mutafakkirlar, donishmandlar va yaratuvchan shaxslar zamini sifatida tarixda alohida oʻrin tutgani, bilimga asoslangan jamiyat, mantiqqa tayangan ishonch, barqarorlik va farovon hayot ruhini eʼtirof etgani haqidagi maqolasi Pokistonning “Pakistan Observer” nashrida eʼlon qilindi. Muallif maqolada bugun Oʻzbekiston yana bir bor Markaziy Osiyoda […]
07.10.2025 | 19:40
1385
SUQ
Bolalikda: “falonchining ko‘zi bor, kinnasi bor”, “bolam yoki molim suqlandi”, “suq kirdi” kabi gaplar ko‘p quloqqa chalingan. Deylik, qarashi yomonroq yoki o‘tkir biror kimsa bo‘lsa, “bu odamning ko‘zi bor”, deb gumon qilinardi. “Falonchi chaqalog‘imga bir qaragandi, bolam ertalabgacha yig‘lab chiqdi”, “falonchining suqi kirib, sigirimning qorni damlab ketdi” va hokazo… Qizig‘i shundaki, bolaning qorni og‘risa, shamollasa, […]
06.10.2025 | 14:52
1305