KUTUBXONA
Muallif: admin
“Jadidlar orzusi” nomli spektakl premyerasi bo‘lib o‘tdi
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari saroyida taqdimot tadbirlari oʻtkazildi. Mazkur anjumanda poytaxtimizdagi oliy taʼlim muassasalari rektorlari, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektorlar, shuningdek, maktab direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari ishtirok etdi. Тadbir avvalida Maʼnaviyat va maʼrifat kengashlarining ishchi tuzilmasi sifatida hududlardagi 4 ta sektorga qoʻshimcha sifatida […]
18.05.2024 | 20:47
578
QARDOSHNING QADRI
O‘zbek adabiyotining dunyodagi boshqa xalqlar adabiy-ma’naviy muhitiga kirib borishida, tabiiyki, fidoyi ziyolilar, xususan, tarjimon va adabiyotshunoslarning xizmatiga hamma zamonlarda ehtiyoj seziladi. Bugungi adabiy hayotga nazar tashlansa, ko‘plab turk adiblarining asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinganiga guvoh bo‘lamiz. Ikki qardosh adabiyot muammolariga doir ayrim qiyosiy tadqiqotlar ham maydonga keldi. Ayni chog‘da, mumtoz va zamonaviy o‘zbek adabiyoti namunalari turk […]
18.05.2024 | 14:50
321
YORUG‘ KUNLAR KUYCHISI
Hur yashash uchun olib borilgan kurashlar maydoni bo‘lgan insoniyat tarixida erk tuyg‘usi millatlarning tomirlarida doimo jo‘shqin bir shaklda kezgandir. Bu mislsiz tuyg‘u, tarixiy vaziyat va sharoitlarning majburiyatlariga uyg‘un holatda, bir millatning qalbida ba’zan kuchli jo‘sh urgan bo‘lsa, ba’zan kimningdir ko‘ngil dunyosida o‘zini muhofaza qilib, yashirin holatda yashab kelgan, albatta. Azaldan hech bir xalq vatanini erkin […]
18.05.2024 | 14:06
427
DORILOMON KUNLAR KELDI
MUQADDAS AYOL! Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo‘ldi, Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo‘ldi, Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo‘ldi, Sen baribir muqaddassan, Muqaddas Ayol! Avval: “Kel-ey, quchog‘imga to‘l, balq”, dedilar, Unamading, “ayol o‘zi ters xalq”, dedilar, Icholmagach, yuz o‘girib: sho‘r, talx… dedilar, Sen baribir muqaddassan, Muqaddas Ayol! Sen daryosan, o‘pganini qirg‘oq yashirar, Juftim […]
18.05.2024 | 11:05
7188
18-MAY – XALQARO MUZEYLAR KUNI
Bugun respublikadagi barcha davlat muzeylari aholiga bepul xizmat ko‘rsatadi. Ushbu kun dasturlari doirasida muzeylarda turli ko‘ngilochar tadbirlar, ko‘rgazmalar va mahorat darslari tashkil etiladi
18.05.2024 | 10:39
740
Asosiy
BOTIR ZOKIROV HAYKALI OCHILDI
Toshkent shahrida milliy estrada san’ati asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi. Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi. – Bugun o‘ziga xos san’at va madaniyat bayrami. Ushbu quvonchli voqea bilan siz, azizlarni, rahmatli Botir Zokirovning yaqinlari va muxlislarini, butun xalqimizni samimiy muborakbod etaman, – dedi Prezident. San’atkor xotirasini e’zozlash, ijodiy merosini o‘rganish bo‘yicha […]
18.05.2024 | 08:41
931
HALIMA HAM O‘TIB KETDI, BILMADIK…
Hayot minglab-millionlab tasodiflarning bir nuqtada bizga mutlaq noayon qonuniyatlar asosidagi kesishuvlari jamlanmasidan iboratdek. Balki shu sabablidir, kechmish voqeliklariga nisbatan “agar” istilohini qo‘llash nojoizday tuyuladi. Ammo… “Mening Toshkentga kelib qolishimga jannatmakon ustoz, davlat arbobi Sharof Rashidov sabab bo‘lganlar. U kishi Sirdaryoga borganlarida “Sirdaryo haqiqati” gazetasida mening she’rlarimni o‘qib, o‘sha yillardagi viloyat hokimi (oblast partiya qo‘mitasining kotibi […]
17.05.2024 | 17:23
576
YURTIMIZ QUDRATI TIMSOLI
Biz bir avlod Vatan haqida otashin she’rlar yozdik, jo‘shqin qo‘shiqlar kuyladik. Ona yurtga muhabbatimizni shunday izhor etdik. Bugun esa Vatan ishqi bilan yashashning mutlaqo boshqacha, yangi bir davri boshlandi. Ertangi kunning egalari bo‘lgan yoshlarimiz biz madh etgan sadoqat va burch tushunchalarini amaliy tarzda namoyon etmoqdalar, go‘yo. Ular butunjahon taraqqiyoti rivojidan ortda qolmay, har jabhada yangiliklar […]
17.05.2024 | 09:44
371
17-MAY – HALIMA XUDOYBERDIYEVA TUG‘ILGAN KUN
Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini “Saodat” jurnalida bo‘lim boshlig‘iligidan boshlagan. Ilk she’riy to‘plami 1968-yil “Ilk muhabbat” nomi ostida chop etilgan. Shoiraning “Oq olmalar”, “Chaman”, “Suyanch tog‘larim”, “Bobo quyosh”, “Issiqqor”, “Sadoqat”, “Muqaddas ayol”, “Bu kunlarga yetganlar bor”, “Hurlik o‘ti”, “To‘marisning aytgani”, “Yo‘ldadirman” va boshqa she‘riy kitoblari o‘zbek kitobxonlari qalbidan munosib […]
17.05.2024 | 09:00
1347
“SHUM BOLA”NING JOZIBASI
“Shum bola” asari Gʻafur Gʻulom ijodining nasrdagi yuksak cho‘qqisi hisoblanadi. Qissaning fazilatlari juda ko‘p. Aynan shu asarida adibning cho‘ng badiiy mahorati yaqqol ko‘rinadi. Muhimi, “Shum bola” o‘zbek adabiyoti tarixidagi mingdan ortiq qissalar orasida o‘z poetik qimmati bilan hamon birinchilar qatorida turibdi. Bu asarni o‘qigan borki, Gʻafur Gʻulomning ibrat maktabidan saboq olishi tabiiy. -1- Gʻafur Gʻulomning […]
16.05.2024 | 19:50
9177
URCHUQ YIGIRIB, BAXT TO‘QIDIM
105 yoshida dunyodan o‘tgan ammamizning tutdan yasalgan urchug‘i bo‘lardi. U ip yigirganida ko‘z oldimizda kurrai zamin aylanayotganday bo‘lib, urchuqning chirillagan ovozidan zavqimiz oshardi. Ammam urchug‘ini asrab-avaylab, yosh bolalarga hech ushlatmasdi. Biz opa-singillar uning ko‘zini shamg‘alat qilib, o‘zimizcha urchuq yigirishga urinardik, – deydi Sayxunobod tumani, “Paymard” mahallasida istiqomat qiluvchi taniqli hunarmand Asiba Botirova. – Onamning boshqirdistonlik […]
16.05.2024 | 15:54
1106
16-MAY – FATHULLA MA’SUDOV TUG‘ILGAN KUN
Fathulla Ma’sudov 1963-yil 16-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘z faoliyatini 1986-yilda O‘zbek Milliy akademik drama teatrida rejissyor yordamchisi sifatida boshlaydi. Fathulla Ma’sudov dublyaj sohasida ham besh yuzdan ortiq film qahramonlariga ovoz berib, tomoshabinlar qalbidan joy egallagan. Barchamizga tanish “Shaytanat” serialidagi Anvar obrazini Fathulla Ma’sudovning ovozisiz tasavvur etish qiyin. Ijodkor suratga tushgan “Tangalik bolalar”, “Kichkina tabib”, “Dada” […]
16.05.2024 | 10:36
644
HAQGO‘Y ADIB VA INSON
Tog‘lar uzoqlardan haybatli ko‘rinadi va yaqiniga borsangiz, ularning qorli cho‘qqilari ko‘klarga tutashib ketganday tuyuladi. Har qaysi odamning bir o‘zak xislati bo‘ladi. Boshqa barcha xislatlarini shu o‘zak xislat boshqaradi va o‘z ortidan ergashtiradi. Shoir, adib dramaturg Shuhrat (Gʻulom Alimov)ning ham shunday o‘zak xislati bo‘lgan. Uning haqgo‘yligi – odamiyligi va adiblik faoliyatining o‘zak-negizi edi. Shuhrat aka haqgo‘y […]
16.05.2024 | 10:20
410
XOTIRA UYG‘ONSA GO‘ZAL
Yaqinda Urganch shahrida filologiya fanlari nomzodi Sayyora Samandar va tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Umid Bekmuhammad hammuallifligida “Xorazm jadidlari: islohotlar, ta’lim va adabiyot” monografiyasining nashr qilinganini o‘zbek jadidshunoslarining navbatdagi yutuqlaridan biri sifatida baholash mumkin.Yaqinda Urganch shahrida filologiya fanlari nomzodi Sayyora Samandar va tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Umid Bekmuhammad hammuallifligida “Xorazm jadidlari: islohotlar, ta’lim va […]
15.05.2024 | 17:53
581
ADABIYOT OTAMDAN KUCHLI
Otamni taniysiz. Bir paytlar “O‘lka rivoji” (nom ijtimoiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan o‘zgartirildi) partiyasida targ‘ibotchi bo‘lib dong taratganidan mahalla-ko‘yda Farhod firqa nomi bilan ardoqlanib kelinadi. Ko‘p yillik tajriba tufayli otamiz oilamizni ham firqa yacheykasiga aylantirib, partokratlarga xos byurokratik intizom o‘rnatganki, u kishining aytgani aytgan, degani degan. Har qanday oilaviy mashvaratni navbatdan tashqari sessiyaga aylantirib, kun tartibini […]
15.05.2024 | 11:04
502
15-MAY – SHOIR VA JURNALIST BOTU TUG‘ILGAN KUN
Jadidlik harakatida faol bo‘lgan Botu (Mahmud Hodiyev) Toshkent shahri Shayxontohur dahasining “Qatorterak” mahallasida tug‘ilgan. Adabiyotga bо‘lgan mehr Botuga xalq ijodiyotiga qiziqqan va uni yod olishga kо‘maklashgan onasi Zayniddin qizi Tо‘xtaxondan о‘tgan. Ma’rifatparvar Botu 19 yoshida oʻzbek-arab alifbosini lotin grafikasi asosidagi alifboga almashtirish tashabbusini ilgari surgan. 1925-yili Toshkentda uning “Umid uchqunlari” she’riy tо‘plami nashr etiladi. Shundan […]
15.05.2024 | 11:02
639
15-MAY – ABDUSAID KO‘CHIMOV TUG‘ILGAN KUN
Abdusaid Ko‘chimov 1951-yil 15-may kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan. Ilk kitobi 1978-yil “Kashfiyotchi bolalar” nomi ostida nashr etilgan. Undan so‘ng “Mening O‘zbekistonim”, “Toshburgut” , “Mening yulduzim”, “Chanoq” nomli publitsistik, she’riy va nasriy kitoblari chop etilgan. Ijodkorning bir nechta qissa va she’rlari rus, ukrain, uyg‘ur, turk va boshqa jahon tillariga tarjima qilingan. “Baland tog‘lar” qissasi […]
15.05.2024 | 11:01
2381
Asosiy
“Oltin qalam” milliy mukofotining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofotining tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tanlov televideniye, radio, bosma nashrlar, internet nashrlari, chet ellik jurnalistning Oʻzbekiston haqidagi eng yaxshi materiali va boshqa bir qancha rag‘batlantiruvchi nominatsiyalari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.Marosimda bosma nashrlar yoʻnalishi boʻyicha 1-o‘ringa “Jadid” gazetasi boʻlim mudiri Shoyim Boʻtayev munosib deb topildi.Ushbu nominatsiya bo‘yicha 2-o‘rinni “Narodnoye […]
15.05.2024 | 05:54
400
ABSURDGA QARSHI ISYON
Kafka kitobining taqdimoti – milliy ma’naviyatimizdagi voqeadir. Biz yaqindagina Jaloliddin Rumiy “Masnaviy”si tarjimasi nashr etilganda shunday hayajonni boshdan kechirgan edik. Avvalo Kafka va “Qal’a” haqida… Kafka qattiq isitma, bezgak ichida yozgandek tuyulaveradi menga. Bu uning migren bilan og‘riganidan miyamda tug‘ilgan paralleldir ehtimol. Lekin ilhom ham aslida, qattiq isitmaga, talvasaga o‘xshaydi. Demak, Kafka hamma vaqt kuchli […]
14.05.2024 | 15:00
465
14-MAY – DANTE ALIGYERI TUG‘ILGAN KUN
Italyan shoiri Dante Aligyeri 1265-yil 14-mayda Florensiyada tug‘ilgan. Dastlabki “Yangi hayot” asari sevgilisi Beatrichega bag‘ishlangan sonetlardan va nasriy lavhalardan iborat. Dunyoga mashhur “Komediya” asari Dante ijodining choʻqqisi hisoblanadi. Uning vafotidan so‘ng qo‘shilgan ilohiy so‘zi shoirning muxlislari tomonidan asarning badiiy jihatdan yuksakligini ifodalash uchun qo‘llanilgan. Doston 3 qism (“Do‘zax”, “A’rof”, “Jannat”)dan iborat. “Do‘zax” qismidagi 4-qo‘shiqda jahonning […]
14.05.2024 | 14:42
539
14-MAY – UYG‘UN TUG‘ILGAN KUN
Uyg‘unning dastlabki sheʼrlar toʻplami “Bahor sevinchlari” nomi bilan chop etilgan. Uning ijodi 3 bosqichdan iborat bo‘lib, dastlabki bosqichida lirik shoir sifatida shakllangan. “Jontemir”, “Brigadir Karim”, “Gulasal”, “Ukraina yellari” kabi liroepik asarlari bilan shu davr dostonchiligi taraqqiyotiga sezilarli hissa qoʻshgan. Urush va urushdan keyingi mashaqqatli yillarga bag‘ishlangan “Hayot qoʻshig‘i”, “Oltinkoʻl”, “Navbahor” dramalarini yaratdi. Uning adabiy merosida […]
14.05.2024 | 12:15
498