KUTUBXONA
Muallif: admin
UKAMNI OKASI
– Iya-iya, qo‘shni, bu kotta oshda nimaqib yuribtila? Ovvolgi duxim bo‘ganda san jipiriqqa bu dodaxo‘ja to‘yxonada pishirib qo‘yibdimi degan bo‘lardim-u, hozir zamon ko‘tarmaydi. Sani qaysi xumbosh miyasi chayqalib bu ochildasturxonga chaqiraqoldi? Yo pasl chalkashib, kalta ishtonla oshpazqalpoq bo‘pkettimi? He, okasini ukasi! Nima? Kim taklif qildi? Yo‘g‘e? Hali bu oshga tak-lifnomangam bormi? Yopiray! Kuch-u qayuga chiqibdi-de! […]
11.02.2026 | 09:45
3282
PASTЕRNAKKA MAKTUBLAR
Pasternak!Siz mening birinchi shoirimsiz. Tirik shoirim. Sizning ertangi kuningizga o‘zimnikiga ishonganday ishonaman. Beqiyossiz, shoirim. Pasternak men hayotimda ko‘p shoirlarni ko‘rdim: kattasini ham, kichigini ham. Ular she’r yozuvchilar edi, hatto ajoyib qilib yozib qo‘yishardi. Vassalom. Ularning birontasining manglayida shoirlik qismatini ko‘rmadim. Bu qismat, mashaqqat olis-olislarga borib yetguvchi, yondirguvchidir! Shoirlikni yorliq qilib olganlar ham ko‘p ekan, aytgancha […]
10.02.2026 | 21:00
942
ZIYOLI KIM?
Tilimizda “Ziyoli” degan so‘z bor. Bu kalima qanday ma’nolarni tashiydi, u ifodalaydigan tushunchalar qatorida bugun dolzarb bo‘lib turgan masalalarga daxldorlik qirrasi bormi, umuman, ziyoli kim va uning jamiyatdagi vazifasi nimalardan iborat? Yaqin o‘tmishimizda shu so‘zga muqobil tarzda “Intelligent” kalimasi faol qo‘llangan, lekin o‘sha davr lug‘atlarida uning tarjimasi sifatida “Ziyoli” ma’nosi ko‘rsatilmagan ekan. Bu so‘z o‘tgan […]
10.02.2026 | 12:51
1260
BIR ASHULA HAQIDA
Alisher Navoiyning “Badoye’ul vasat” devonidagi 615-g‘azal yor hijronidan yurakzada oshiqning dilidan kechayotgan o‘ylar, vahm-iztiroblari tasviriga bag‘ishlangan. Oshiq yorni ko‘zda tutib, “o‘lturgusi” der ekan, uning hajri – qotilvash, visoli – halokangiz ekanini aytadi. O‘tmish adabiyotimizda ko‘p shoirlar bu g‘azaldan ta’sirlanib, ayni vazn va “o‘lturg‘usi” radifida talay g‘azallar bunyod etganlar. Chunonchi, Andalibning bir va Uvaysiyning ikki g‘azali […]
10.02.2026 | 10:26
1478
AZIZ SANJAR DNK TA’MIRLASH MEXANIZMLARI ORQALI INSON SALOMATLIGI VA KELAJAK TIBBIYOTIGA YO‘L OCHGAN NOBELCHI OLIM
Zamonaviy molekulyar biologiya va genetika fanining rivojlanishida taniqli olim, Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjarning o‘rni beqiyos. Uning DNK ta’mirlash mexanizmlari bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari inson genomining barqarorligi, saraton kasalliklari va biologik soat tizimini tushunishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Aziz Sanjarning ilmiy yutuqlari nafaqat jahon miqyosida, balki O‘zbekistonda ham yuksak e’tirof etilmoqda. Jumladan, 2018-yil […]
06.02.2026 | 14:11
4232
Asosiy
“BIR O‘CHIB SO‘NIB… YANA YONISH BOR”
XIX asr oxiri – XX asr boshlariga kelib Turkiston ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojlanish sur’ati jihatidan Yevropa davlatlaridan yaqqol ortda qolayotgani anglashila boshlandi. Sanoat, fan va ta’lim sohasidagi bu tafovut mahalliy ziyoli qatlam orasida jiddiy mulohazalarni keltirib chiqardi. O‘lkada an’anaviy musulmon ta’lim tizimini yangilash, Yevropa ilm-fani yutuqlarini o‘zlashtirish va ularni amaliyotga joriy etish zarurligi haqida bong uruvchi […]
06.02.2026 | 10:10
1862
“AYOL UYGʻONMASA, UYGʻONMAS MILLAT”
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Farida ABDURAHIMOVA bilan suhbat Farida opa, bu yil yurtimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi. Bu ezgu maqsadga erishishda, albatta, xotin-qizlarning ishtiroki g‘oyat muhim. Suhbatimizni Yangi O‘zbekiston ayoli haqidagi mulohazalardan boshlasak. – Bugun […]
05.02.2026 | 15:16
1536
HEY, LUIZA! MIYANGIZNI BOSHQARING!
Abdulla A’zam:Tarjima va nashr qilganlar – zararkunanda. * * * Zuhra Ochilova:Tavba. Bo‘lar-bo‘lmas kitoblarni o‘qimagan ma’qul. Shunaqa bemaza kitoblar ham inson ongini buzuvchi “virus”. O‘zimizni sharqona axloqimizga oid kitoblarni chop qilishni ko‘paytirish lozim. Avvallari bola yoshiga qarab kitob mazmuni belgilanib chop etilardi. Hozir tayinsiz kitoblar biznes uchun chop qilinadi, tarjimonni farosatlisi kamayib ketdi chog‘i. * […]
05.02.2026 | 10:54
3679
JINLAR BAZMI (HIKOYA)
Otam bu hikoyasini boshlagan vaqtda mening vujudimni qo‘rquv o‘rab olar edi-da, ichimdan: «Meni ham shunday jinlarga yo‘liqtirma», deb tangriga yolborib qo‘yar edim. Kecha xolam bizning uyga mehmon bo‘lib kelgan edi. Kechasi oshdan keyin otam, oyim, xolam uchovlari choy ichishib o‘ltirar va o‘tgan-ketgandan so‘zlashar edilar. So‘z aylanib kelib yana o‘sha jinlar, parilar, devlar to‘g‘risida to‘xtadi. Otam […]
04.02.2026 | 21:00
1584
“O‘TKAN KUNLAR” FORS TILIDA
Tarjima – millatlar o‘rtasidagi madaniy va adabiy-ma’rifiy aloqalarni ta’minlaydigan asosiy vosita hisoblanadi. U orqali turli xalqlarning ilmiy va adabiy merosi umuminsoniy boylikka aylanib boradi. Boshqacha qilib aytganda, tarjima bir jamiyatning tafakkuri, dunyoqarashi, tarixiy tajribasi hamda ma’naviy qadriyatlarini boshqa jamiyatga yetkazishning samarali vositasidir. Shuning uchun ham, yuksak saviyada amalga oshirilgan tarjima muayyan xalqning madaniyati va […]
04.02.2026 | 16:05
4202
O‘KTAM
Qadimgi turkiy manbalarda bu so‘z “ögdäm”, “ögtäm” shakllarida uchraydi. Eski turk yozuvida qoyaga bitilgan bitiglardan birida “Ögdäm Inal” kishi oti qayd etilgan. Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig”da bu so‘zni “ögtäm” shaklida “mag‘rur”, “g‘ururlangan” ma’nolarida qo‘llagan: “Beduk so‘zladi so‘z bu o‘gtam tiling” (ma’nosi: “bu mag‘rur, maqtanchoq tiling katta gapirdi”). Bu so‘z (ism) nafaqat o‘zbek, balki ko‘pchilik […]
04.02.2026 | 14:28
1000
TOSHKENTDAGI SAFEDBULON
Ahmadjon Meliboyev haqida gap ketganda, avvalo, bir narsani ta’kidlashim zarur. Uch-to‘rt kishilik mo‘jazgina qur bo‘ladimi yo uch yuz-to‘rt yuz kishilik katta davra bo‘ladimi, baribir, o‘sha joyda Ahmadjon akaning o‘rni, lafzi, fikri alohida ajralib turadi, so‘zlaganda atrofidagilarning diqqat-e’tiborini ba’zan bir voqea yo hangoma, ba’zan esa, hatto, bir jumla bilan tortib ketadi. Gapni o‘rniga qo‘yish katta farosat […]
04.02.2026 | 11:00
1047
ER-XOTIN (HIKOYA)
Yo‘q, ular Anhor bo‘yida uchrashmadi. Uchrashuvda o‘ziniki qilib aytish uchun kitoblardan she’rlar ko‘chirib olmadi. O, men seni sevaman, sensiz yashay olmayman qabilidagi mavsumiy so‘zlarni so‘zlashmadi. Lablar topishganda qizning uzun tovoni yerdan sal ko‘tarilmadi. Yo‘q, yigit qizni bezorilardan qutqarib qolmadi… Yaxshi shoir O‘rolboy ko‘rpaga burkanib, ishqiy she’r bitdi. Misralarini farzandiday ardoqlab, voyaga yetkazdi. Beixtiyor o‘zining birinchi […]
03.02.2026 | 21:00
1784
KO‘NGIL (HIKOYA)
Qor tushishi bilan bizga jon kirardi. Tong bo‘zarganda qarabsizki, miltiq yelkada, hali iz tushmagan bog‘ ko‘chadan g‘izillab ketib boryapmiz toqqa qarab. Goh o‘rtoqlar bilan chiqsak, goho… yakka o‘zim chiqardim. U yerda Nazrulla degan o‘rtog‘imning tomi – keksa tollarga ko‘milgan uylari bor. U yolg‘iz onasi bilan yashardi. Otasi urushda o‘lgan. Qiziq bola edi u. Kim, ovga […]
02.02.2026 | 21:00
1395
FASLLARNING FARQI QOLMADI
Yarim asr ilgari bir “kuf-suf” bilan “ochil dasturxon”da qish oylarida yangi uzilgan meva-sabzavotlar paydo bo‘lishini ertaklarda o‘qirdik. Hatto chorak asr ilgari ham qish oylarida bozor peshtaxtalarida meva-chevalar narxi osmonga sapchir – bir kilo olmaning puliga shu miqdor go‘sht xarid qilish mumkin edi. Eslaymiz, o‘sha yillari qaysidir Sharq mamlakatidan keltirilgan, har biriga alohida tamg‘a taqilgan olmalar […]
02.02.2026 | 15:00
1159
ENG KATTA BOYLIK
O‘zFA O.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik Abbosxon TO‘RAYEV bilan suhbat – “Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish xayrlik”, deb yozgandi Abdulla Qodiriy. Ushbu muassasa qariyb yarim asr avval tashkil etilgan ekan. Bunga qanday ehtiyoj tug‘ilgan edi? Bu dargohga nega aynan Obid Sodiqov nomi berilgan? – Juda o‘rinli savol berdingiz: bugungi yutuqlar, istiqboldagi rejalar kafolatining poydevorini […]
30.01.2026 | 14:25
1653
TO‘Y IXCHAM – O‘Y IXCHAM
Biror xalq-u elatning farovonligi uning bozoridan ayon bo‘lishi qadimiy hikmatlarda naql qilinadi. Ayni biror millatning qadriyati esa oilaviy marosimlar, xususan, to‘y va ma’rakalarda zohir bo‘lsa, ajab emas. O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov yozganidek, bir to‘y xarajatida bir boy yaponning bir kambag‘al o‘zbekka teng kela olmasligi chin. Shu ma’noda, donishmand olim Albert Eynshteynning ushbu so‘zlari xotirga […]
30.01.2026 | 10:17
1682
“DARIG‘O, SARMOYA YO‘Q…”
1883–1964-yillarda yashagan toshkentlik jadid Mo‘minjon Muhammadjonov taqdir taqozosiga ko‘ra kechroq – o‘ttiz yoshlar atrofida uylangan va buning eng katta sababini dasti qisqalik – kambag‘alchilikda deya bilgan. U yosh yigitlarning kechikib uylanishi yoki umuman uylanmay o‘tishini to‘ylarga sarflanadigan ortiqcha xarajatga bog‘lagan. Toshkentdagi turli marosimlar qancha mablag‘ talab qilishini o‘z kundaliklarida yozib borgan va 1926-yilda bu qaydlarini […]
29.01.2026 | 16:19
3377
BUGUNGI YEVROPA ADABIYOTIGA BIR NAZAR
Hozirgi zamon jahon adabiyoti olami, xususan, Yevropa adabiyoti bag‘rida kechayotgan jarayonlarni kuzatar ekanmiz, bir paytlar urf bo‘lgan “Adabiyot – adabiyot uchun”, “San’at – san’at uchun” qabilidagi tamoyillardan keskin chekinish yoki bu singari adabiy aqidalarni ortda qoldirib, yana ham ilgarilash manzarasiga guvoh bo‘lamiz. Garchand, zamonaviy Yevropa adabiyotida ham ommaviy did va iste’molga mo‘ljallangan ikkinchi, uchinchi va […]
29.01.2026 | 12:58
1421
SIZ HAM TOPIB O‘QING!
Maktabda o‘qib yurgan kezlarimizda, adabiyotdan yodlashga berilgan ba’zi tumtaroq she’rlar bo‘lardi – qayta-qayta o‘qisak ham xotiraga kirmay tixirlik qilar, yoddan aytganingda satrlari chalkashib, so‘zlari tumtaraqay qochib ketaverardi. Nega bir she’rni osongina yodlayman-u boshqasi hech esda qolmaydi, deb hayron bo‘lardim. Keyinchalik bildimki, azbaroyi bandni to‘ldirish yoki qofiya uchun bitta qatorga majburlab yig‘ilgan so‘zlar baribir birikmas, shu […]
29.01.2026 | 09:00
3302
O‘QITUVCHINI BECHORA QILIB KO‘RSATMANG!
Hurmatli rejissyorlar, adiblar, dramaturglar! Film, serial olayotganingizda, pyesa sahnalashtirayotganingizda, hikoya, she’r yoki doston yozayotganingizda o‘qituvchi personajini o‘ta oddiy, keragidan ortiq kamsuqum shaxs, yashash sharoiti achinarli darajada bechorahol qilib ko‘rsatmang, ifodalamang. Ko‘p kuzatganim, deyarli barcha kino va badiiy asarlarda o‘qituvchi xalqi bir xil gavdalantiriladi: allazamonlardan beri kiyilaverib yaltirab ketgan kastyum-shim, ohori to‘kilgan ko‘ylakda, qo‘lida ka-a-atta popka, […]
28.01.2026 | 16:00
2938