KUTUBXONA
Muallif: admin
MAHALLA – KATTA OILA
Olmazor tumani “Orzu” MFY raisi Elmira UMAROVA bilan suhbat – Elmira Abdumannopovna, mahalla – katta bir oila ekanini bilamiz. Hamma oilalarda bo‘lgani kabi bu “ro‘zg‘or”ning ham o‘ziga yarasha past-balandi, yutuq-muammolari bo‘lishi tabiiy. Shu ma’noda, katta hovlining bekasi bo‘lish qiyin emasmi? – Juda chiroyli o‘xshatish qildingiz. Men 16 yildan buyon mahalla tizimida ishlayman. O‘tgan vaqt mobaynida […]
28.01.2026 | 10:06
1474
MЕNING O‘G‘RIGINA BOLAM (HIKOYA)
Otamizning o‘lganiga anchagina yil o‘tib ketdi. Bu yil – o‘n yettinchi yilning ko‘klamida onamizdan ham ajralib, shum yetim bo‘lib qoldik. Biz to‘rt yetimdan xabar olib turishga katta onam – onamning onalari Roqiyabibi kelib turibdilar. Bu kishini biz erkalab «qora buvi» deb ataymiz. Oqshomlari buvim boshliq hammamiz oldi ochiq ayvonda uvun-to‘da ko‘rpa-yostiqlarga o‘ralib, bittagina O‘ratepaning kir […]
27.01.2026 | 21:00
1793
“HAR KO‘NGILGA ATIRGUL ATRIDAN BER…” (SHE’RLAR)
O‘ZBEKISTON BITTA-YU BITTA Bu olamda gul ko‘p, chaman ko‘p,O‘zbekiston bitta-yu bitta.Atrofda yaxshi ko‘p, yomon ko‘p,O‘zbekiston bitta-yu bitta. Daryo ko‘rgan, cho‘qqi ko‘rgan el,Azal boshi do‘ppi ko‘rgan el,O‘zi aytsin, ko‘pni ko‘rgan el,O‘zbekiston bitta-yu bitta. Tinchlik qadrin bilmaslar qancha,Xudo bilsin, hali ko‘p ancha,Notinch olam aro bir parcha,O‘zbekiston bitta-yu bitta. Har o‘g‘lon-u qizin shashti zo‘r,Bolang sendan o‘tsa, gashti zo‘r,Mushtumzo‘rmas, […]
27.01.2026 | 12:45
550
Asosiy
SANGTAROSH VA TUHMAT TOSHI
“Qatag‘on qurbonlari” kitobini varaqlar ekansiz, sovet tuzumining qonli objuvozi ming-minglab begunoh insonlarning hayotini barbod qilganiga amin bo‘lasiz. Kitobdagi Navoiy viloyatiga oid ro‘yxatda g‘ozg‘onlik to‘rt nafar yurtdoshimiz nomi qayd etilgan. Zoirov Juma, Kamolov Karim, Musayev Ismoil, Turdiyev Abdurahimlar soliq komissiyasining yig‘ilish qarori bilan 1930-yillarda quloq qilinib, mol-mulki davlat foydasiga musodara qilinadi. Lekin sovet yuhosi shu bilan […]
27.01.2026 | 10:00
1551
YANGA (HIKOYA)
Akmal qo‘ng‘iroq tugmasini bosishi bilan ichkaridan ovoz eshitildi: — Ana, Akmalxon keldilar. «Kelinoyim», deb o‘yladi u yangasini ovozidan tanib.Yangasi negadir uning ismiga «xon» qo‘shib gapirardi.Akmal yangasi kelganidan quvondi. Har safar uni ko‘rsa onasini ko‘rgandek bo‘lardi. Eshikni yangasining o‘zi ochdi. Akmalning yelkasidan quchoqlab ko‘rishdi. U yashil jemper kiygan, shtapel durra o‘rab olgan, qoracha, ozg‘in yuzida iymanuvchan […]
26.01.2026 | 21:00
1248
Asosiy
YILLAR VA YO‘LLAR
Sobiq tuzumning qatag‘on davrida begunoh kishilarni “xalq dushmani” degan dahshatli ayblov bilan hibsga olish, otib yuborish sotqin va tamagir amaldorlarga kamdek ko‘ringan. Ular kommunistik partiyaga sadoqatini bildirish uchun markazdan tushgan har bir topshiriqni ortig‘i bilan ado etish maqsadida ayblovlar doirasini kengaytirgan. Mahkum kim, qaysi jinoyatda aybli deb topilayotganidan qat’i nazar, deyarli barcha ishga Jinoyat kodeksining […]
26.01.2026 | 14:24
1141
SHE’RNING ZO‘RI
(Saodatmand ustozlarimizning ulug‘i “She’rning zo‘ri – to‘rt satr”, deb lutf urg‘on edilar. Kamina ham bu yo‘sinda manglay qashqa, tirsak yag‘ir bo‘lmog‘idan cho‘chib turmadim, boz yo‘nilmagan qalam birla tilpon tugmachalarini turtib, ushbuni qoralagan joyim. Andak hadik ham yo‘q emaski, injiq she’rxonlar to‘rtligimizga burun jiyib, “to‘rt tarafing qibla” deb, yo‘llanma bervormasalar…) MABODOU seni samimiy yomon ko‘radi,Agar buloq […]
26.01.2026 | 11:01
2787
CHO‘QQIDA QOLGAN OVCHI
(Chingiz Aytmatov aytib bergan afsona) Juda uzoq yillar muqaddam bepoyon sahrolaru ulug‘vor tog‘lardan iborat bo‘lgan azaliy qirg‘iz yurtida Xo‘jayosh ismli yoshgina ovchi yashagan edi. U hurkak yovvoyi echkining ko‘zini bexato mo‘ljalga oladigan usta mergan edi. Bo‘rining izidan qush kabi shiddat bilan quvlab yetardi, yirtqichni yiqitardi. Bahaybat tog‘ cho‘qqilarini bemalol zabt etardi, dovyurak edi. U qo‘lga […]
23.01.2026 | 21:00
974
QOR (HIKOYA)
Qirq kundirki, Buxoro qor kutar, lekin bu oppoq sehru jodudan hamon darak yo‘q edi. Qizilqumning bepoyon kengliklari, Amu sohillari visolga tashna oshiqning bo‘saga intiq labidek bo‘lib, birinchi qorni kutardi. Niliy toqu gumbazlarning ming yillik xarsanglari samoga ko‘z tikkan, lekin ilk muhabbatga monand oppoq momiq qor yo‘q edi. Qor… Qor… Butun borliq tabiatning ana shu moʻjizasiga […]
22.01.2026 | 21:00
1724
VULKANDAN OTILIB CHIQQAN VULQON
Vulqon so‘zi ko‘rinishidan ham tabiatidan sof o‘zbekchaday tuyuladi. Bu so‘z tilimizga o‘z farzandiday singishib ketgan. Bu so‘zga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da shunday izoh berilgan: “VULKAN (lotincha vulkanus – o‘t, olov) – qadimgi Rim mifologiyasida olov va temirchilik ma’budi nomi. Yer po‘stidagi yoriqlar, kanallar orqali lava, issiq gaz, suv bug‘lari va jins bo‘laklarini chiqarib turadigan geologik […]
22.01.2026 | 18:22
469
HAMMASI O‘Z QO‘LIMIZDA
Biologiya fanlari doktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi To‘raxon UZOQOVA bilan suhbat – Ilm yo‘li murakkab. Xotin-qizlarning umrini ilm-fanga bag‘ishlashi esa katta jasorat. Quvonarlisi, yurtimizda bugun ana shunday jasorat sohibalari safi kengayib bormoqda. Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz? – Ilm yo‘lidan borganlar – eng baxtli insonlar, deb hisoblayman. Bir sulolada bitta olima bo‘lsa ham, […]
22.01.2026 | 08:58
2009
TAFT (HIKOYA)
Qobulda bog‘i Bobur degan qadamjo bor. Uning baland to‘rida shoirning qabri saqlangan. Oyoq tomondagi qari tutni o‘sha vaqtlarda o‘tqazilgan, deb tushuntirishadi. Qadamjoni ikkinchi bor ziyorat qilganimda yonimda menga bog‘lab qo‘yilgan soqchidan bo‘lak odam yo‘q edi. Uning oti Ma’rif, kambag‘algina askar bola. Men bu safar tutga uzoq tikilib qoldim. U qarib, yo‘g‘on tanasi tamoman chirib, o‘q […]
21.01.2026 | 21:00
1464
O‘ZI USTOZ BO‘LAR USTOZ KO‘RGANLAR
“– Meni tanimadingizmi, axir men falonchi blogerman!– Uzr, qaysi nom bilan qanday mavzularda blog yuritasiz?– Barcha mavzuda. Internetda hamma “Haqqush” nomi bilan biladi meni.– Shunaqami? Men bilgan ko‘pgina blogerlar aniq bir yo‘nalish bo‘yicha faoliyat yuritadi.– Ular menga o‘xshab ko‘p sohani tushunmaydi-da, shuning uchun bittasi bilan cheklanadi.– Qaysi soha bo‘yicha mutaxassissiz?– Oliy ma’lumotim yo‘q. Maktabni bitirganman”. […]
21.01.2026 | 15:56
3468
MATEMATIKA – MUVAFFAQIYAT MANBAYI
Suhbatdoshimiz O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Butunjahon Fanlar akademiyasi akademigi, Davlat mukofoti laureati O‘tkir Roziqov ayni paytda O‘zFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori o‘rinbosari sifatida faoliyat olib bormoqda. U qariyb qirq yillik faoliyati davomida matematik analiz, algebra va ehtimollar nazariyasining zamonaviy usullari bilan fizik va biologik sistemalarning termodinamikasi va dinamikasi nazariyalarini yaratib, ularni tabiiy fanlarga qo‘llashda […]
21.01.2026 | 12:50
1158
OGʻAMIZ OMON BO‘LSINLAR!
Men Murodboy Nizanov bilan ilk bor 2004-yilda tanishganman… Yo‘q, adashdim. Bu insonni ancha avvalroq, o‘spirin chog‘larimda iste’dodli ijodkor sifatida taniganman. Maktabda o‘qib yurgan paytlarimda adabiyotga havasim baland edi. Qo‘limga tushgan kitob va gazeta-jurnallarni ishtiyoq bilan mutolaa qilaman. Kolxozda brigadir bo‘lib ishlaydigan rahmatli amakim o‘zi obuna bo‘lgan “Yoshlik”, “Sharq yulduzi”, “Mushtum” jurnallarini o‘qib bo‘lgach, menga berardi. […]
21.01.2026 | 09:46
1162
BADIIYAT DARGʻASI
Mustabid tuzum illatlarini chuqur anglab yetgan adabiyotshunos, tanqidchi va tarjimon Asil aka Rashidov haqida gapirganda, har gal ichki bir taraddud sezaman. Bu gal ham shunday bo‘ldi. Asil Rashidov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan “E’tirof” kitobini o‘qir ekanman, butun umrini milliy adabiyotimiz, ma’naviyatimiz rivojiga bag‘ishlagan, chin ma’nodagi fidoyi, serqirra ijodkorning badiiy-ijodiy salohiyati va benazir shaxsiyati ko‘z o‘ngimda […]
20.01.2026 | 10:43
1295
BEHBUDIY YILI
O‘zJOKU professori, filologiya fanlari doktori Halim SAIDOV bilan suhbat – Domla, Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligi va bu sana bilan bog‘liq voqealar Sizda qanday taassurot qoldirdi? – Albatta, har bir o‘zbekistonlik uchun xayrlashgan yilimiz o‘z sohasida betakror o‘tgan bo‘lishi mumkinligini va ularning fikrlarini hurmat qilgan holda ta’kidlab aytamanki, 2025-yil kamina uchun betakror vatandoshimiz, xalqimiz donishmandlaridan biri […]
19.01.2026 | 17:39
1321
ILM AZIZ QILGAN ZOT
Azizxon Qayumov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi Po‘latjon Qayyumiy xonadonida 1926-yilning 19-yanvar kuni dunyoga kelgan. Bu ma’rifatparvar oiladan keyinchalik ikki mashhur adabiyotshunos yetishib chiqishi bejiz bo‘lmagan. XX asr boshi Qo‘qon shahrida yangi usuldagi maktablarning mohir muallimi, jadidona yangicha qarashli Po‘latjon domla farzandlari tarbiyasiga maxsus e’tibor berar, oilada ilm-u adabiyot ruhi ustun turardi. Keyinchalik “Xo‘qand tarixi va […]
19.01.2026 | 10:30
1517
BO‘RBOY
“Bo‘rboy” (“bo‘rbay”, “bo‘rvay”) degan so‘zni eshitganmisiz? Bu so‘z izohli lug‘atda yo‘q, demak, adabiy tilda ham yo‘q, lekin shevalarda bor, shuning uchun “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”da bor. Xo‘sh, “bo‘rboy” nima? Adabiy tildagi “boldir” bilan aynan bir ma’noga ega, ya’ni oyoq tizzasi yoki taqimdan to to‘piqqacha bo‘lgan qismi ba’zi shevalarda – “bo‘rboy” ataladi. Kimdadir “taqim nima?” degan […]
19.01.2026 | 09:42
3201
TOMCHIDA QUYOSH
“Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi raisi Rustam KALONOV bilan suhbat “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi. Aynan mahalladagi yo‘l, suv, elektr va transport ta’minoti, bog‘cha, maktab va oilaviy poliklinikadagi shart-sharoitlarga qarab, odamlar islohotlarimizga baho beradi. Mahalla infratuzilmasini tubdan yaxshilash orqali biz mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, uning qiyofasini yanada go‘zal va obod qilish borasidagi ishlarni davom ettiramiz”. […]
16.01.2026 | 12:27
1564
YOZUVMI, YOZUQMI?
Avvallari safardagi otaga, harbiy xizmatdagi akaga, sevgan yoriga yozilgan xat oddiy so‘z emas, qalb qo‘ri to‘kilgan jumlalar bilan bezalar edi. So‘z o‘ylab tanlanar, jumla qayta-qayta tuzatilar, hatto husnixatga o‘zgacha ahamiyat berilardi. Otaga yoki akaga yozilgan maktubda nafaqat mazmun, balki yozuvning o‘zi ham ahamiyat kasb etardi. Ayrim muhim so‘zlarni yozishda gul, qush yoki ramziy bezaklar bilan […]
15.01.2026 | 14:48
3608