KUTUBXONA
Muallif: admin
QALDIRG‘OCH
Ey qaldirg‘och, shoshqaloq sanam,Ketma, qorlar yog‘sa nima g‘am,Qush iniga tunda yoqib shamTutgan elni qaydan topasan? Munavvara Usmonova Bu shoshqaloq sanamning nomi tilimizda qadimdan yashab kelayotgan so‘z bo‘lib, dimog‘ingizga ko‘klam isini olib keladi. U dastlab kichkina, chaqqon, qora-ola rangli qush nomini bildirgan bo‘lsa, keyinchalik biror hodisaning boshlanishi, ijobiy o‘zgarishlarning darakchisi ma’nosida ham qo‘llanila boshlagan. Bejiz qaldirg‘ochni […]
19.02.2026 | 11:35
1732
Asosiy
NAVOIY HIROTDA, KOBULDA BOBUR
Tengri taoloning inoyati va Sarvari koinotning shafoati va ham pok ko‘ngilli chahoryorlarning himmati birlan tarix ming to‘rt yuz qirq yettida, sha’bon oyining o‘n birida, muborak jum’a kuni ko‘hna va navqiron shahri Shoshdan ulug‘ hazratlarimiz yotgan tuproqni ziyorat etmoq ilinjida yo‘lga tushdim. Alqissa, faqiringiz ozod-u obod va ham saodatmand Vatanimizning muborak tuproqlaridan olisda yotqan Abu Rayhon […]
19.02.2026 | 10:17
1228
ASQAD MUXTORNING “CHINOR” ROMANIDAN IQTIBOSLAR
Asqad Muxtorning bu romani sharq adabiy an’analarini eslatuvchi yangi bir shaklda yozilgan. Chinorning azim shoxlariday har tomonga tarvaqaylab ketgan qissalar jonli voqelikni aks ettirsa, uning teran ildizlari – hikoyatlar yaqin o‘tmish haqida, rivoyatlar esa pildirab uchgan yaproqlar singari yengil, ular badiiy tafakkur qanotida qadim afsonalarga borib tutashadilar… Bularning hammasi ham bir o‘zbek oilasi haqida. Bu […]
18.02.2026 | 17:34
2523
Asosiy
BIR ASRLIK “O‘TKAN KUNLAR”
Bundan bir yuz o‘n yil muqaddam Ismoilbek Gʻasprali o‘spirin Abdulhamid Yunusov – Cho‘lpon savollariga javob maktubida: “Adabiyot o‘tda yonmas, suvga botmas”, deb yozgan edi. Darhaqiqat, chinakam san’at durdonalari oradan asrlar oshsa ham, bashariyat oldidagi o‘zining tarixiy missiyasini bajaraveradi. Olam va odamni anglatadi, ko‘ngillarga zavq-shavq bag‘ishlaydi, ishq-muhabbat atalmish bebaho yurak javharini, his-tuyg‘ularni yangilaydi. Abdulla Qodiriyni jismonan […]
18.02.2026 | 15:31
1299
AZADAGI “TO‘Y”
Sarlavhani o‘qib hayron bo‘lmang, bugungi azalardagi tayyorgarlik va ovoragarchilik ham bir to‘ydan kam emas. To‘ylardagi dabdabani kamaytirish haqida ibratli chiqishlar ko‘p. Ammo aza va unga oid marosimlar e’tibordan chetda qolayotganday. Aza – o‘ta nozik marosim. Avvalo, bu bir inson umrining poyoniga yetishi, tiriklik va yaqinlaridan uzilib, boqiy dunyoga o‘tishi jarayoni. Qolaversa, bunda marhumga bo‘lgan hurmat, […]
18.02.2026 | 10:47
3262
ALAN MAKDIARMID – O‘TKAZUVCHAN POLIMERLAR ORQALI ELEKTRONIKA VA KELAJAK TEXNOLOGIYALARIDA INQILOB YASAGAN NOBELCHI
Zamonaviy kimyo, materialshunoslik va nanotexnologiya fanlarining rivojlanishida olim, kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Alan Makdiarmidning o‘rni beqiyos. Uning o‘tkazuvchan (conductive) polimerlar sohasida olib borgan ilmiy tadqiqotlari an’anaviy elektronika tasavvurini tubdan o‘zgartirib, yangi avlod funksional materiallarining yaratilishiga asos soldi. Uning ilmiy yutuqlari jahon miqyosida keng e’tirof etilgan bo‘lib, tadqiqotlari asosida organik elektronika, LED displeylar, sensorlar va […]
18.02.2026 | 09:20
2869
BILIM BO‘LMASA, TARAQQIYOT BO‘LMAYDI
O‘zFA M.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti direktori Karim SULTONOV bilan suhbat – Domla, bu yil Toshkent zilzilasiga oltmish yil to‘ldi, dunyoni titratgan Turkiyadagi yer silkinishiga ham uch yil bo‘libdi. Institut nomini o‘qiganda, mana shunday voqealar yodga tushadi. Suhbat avvalida muassasa tarixi, shakllanish bosqichlari va bugungi faoliyat yo‘nalishlari bilan gazetxonlarimizni tanishtirib o‘tsangiz. – […]
17.02.2026 | 11:48
1142
OVJAZSOY MEHR MARKAZIDA
Tog‘lar Yaratganning inoyatidir. Qoyalarning abadiy sukuti va viqori ko‘ngilga allatovur sokinlik beradi. – Biz tog‘larimiz bilan faxrlanamiz, – derdi tog‘lik oshnam. Tog‘larga boqib, shoir Azim Suyunning mana bu satrlari yodga keladi: Bu dunyoning jannati – tog‘larMeni chorlar bag‘riga bot-bot.Quchog‘ida kezganim chog‘larZamzamaday suyumli hayot. Nurafshondan sakson kilometr uzoqlikdagi Ovjazsoy qishlog‘i ana shunday tog‘li hududda joylashgan. Qurama […]
17.02.2026 | 10:02
2618
“LISON UT-TAYR” – ISHQNOMA
Alisher Navoiyning “Foniy” taxallusi bilan bitgan “Lison ut-tayr” dostoni sovet davrida eng ko‘p xato bilan talqin etilgan asari hisoblanadi. Shuning uchun uni “ishqnoma” deb atash dabdurustdan ko‘pchilik tomonidan to‘g‘ri qabul qilinmasligi ham mumkin. Chunki biz “ishqnoma” deganda, ikki jins vakili bo‘lgan oshiq va ma’shuqa muhabbati aks ettirilgan, “Tohir va Zuhra”, “Farhod va Shirin”, “Layli va […]
16.02.2026 | 16:05
1362
“ZANJIRBAND SHER”NI KIM CHIZGAN?
Alisher Navoiy “Zanjirband sher” rasmida o‘zini tasvirlagan, degan qarash hammaga yaxshi tanish. Bunda Oybekning 1942-yilda yaratilgan “Navoiy” romani hamda Izzat Sulton va Uyg‘unning 1941-yili yozilgan, 1948-yili sahnaga qo‘yilgan “Alisher Navoiy” dramasida “Zanjirband sher” nomli suratning tilga olinishi katta rol o‘ynagan ko‘rinadi. Bu ikki asarda, garchi ular badiiy ijod namunalari bo‘lsa-da, zanjirband sher suratida Navoiy o‘zini […]
16.02.2026 | 10:27
1535
MANQURT
Chingiz Aytmatovning “manqurt”ini hamma biladi. Qadimda qullarning taqir boshiga tuyaning xom terisini qisib qoplashgan va ularni jazirama oftob tig‘ida o‘tirg‘izib qo‘yishgan, teri qurigach, qulning boshini qattiq qisgan. Bu jazo miyani ishdan chiqarib, qulning xotirasini butunlay o‘ldirgan. Men bu so‘z xususida to‘xtalishimga uning tub ma’nosini bilishdan ham avval boshqa bir sabab bor. “Kuntug‘mish” dostonida shunday joyi […]
16.02.2026 | 09:00
1492
SHOIRLAR ICHRA SHOH, SHOHLAR ICHRA PODISHOH
SHE’RIYAT Bobur she’riyatining o‘ziga xosligi samimiyligida, shuningdek, barcha birdek tushuna olishidadir. Shoir lirikasi markazida muhabbat va hijron, pok sevgini ulug‘lash, visol orzusi, vafodorlik mavzulari turadi. Har bir she’rida shoir hayotining manzaralari aks etadi. Shu bois, Bobur she’riyatini uning biografiyasi sifatida baholash mumkin. Bobur o‘zbek va fors tillarida ijod qilgan zullisonayn shoir. Bir ruboiysida va “Boburnoma”ning […]
14.02.2026 | 12:01
1680
ZARRANING ZALVORI
Bu gal an’anamizdan biroz chekingan holda, akademiklar bilan emas, ilm-fan olamida yosh olimlardan hisoblangan yurtdoshimizni savolga tutdik. Suhbatdoshimiz – fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, O‘zFA U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutining katta ilmiy xodimi Ilyos Abdisaidov. – “Uglerod nanonaychalarining past haroratdagi sintezi uchun nanokatalizatorlar va ularning xossalari” mavzusida ilmiy ish yoqlabsiz. Ma’lum bo‘lishicha, bu O‘zbekistonda […]
13.02.2026 | 16:12
1357
USTOZLARNING USTOZI
Musiqa olamida har bir davr san’ati o‘z sarbonlariga, hofizlik an’analarini munosib davom ettirgan darg‘alariga, yoshlarga ibrat bo‘la oladigan ustozlariga ega. Ota Jalol, Ota G‘iyos, Xudoybergan Muhrkon, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Mulla To‘ychi Toshmuhamedov, Hamroqul Qori, Domla Halim Ibodov, Hojixon Boltayev, Yunus Rajabiy kabi zabardast san’atkorlar orasida beqiyos iste’dod egasi, xalq va mumtoz musiqamizning mohir ijrochisi, sohir […]
13.02.2026 | 10:51
1413
Asosiy
XONZODA JADID BO‘LGANMI?
Jadid harakati haqida so‘z ketganida, ko‘pchilik asosan ziyolilarni tasavvur qiladi. To‘g‘ri, Turkistonda jadid harakati paydo bo‘lishi va mustahkam ildiz otishida ziyoli insonlar: shoir-yozuvchilar, muallimlar, ulamolar, matbuot xodimlari o‘z hayotlarini tahlikaga solib bo‘lsa-da, oldingi saflarda turgani ayni haqiqat. Ammo bu bilan jadidlik faqat davrning ma’lum bir qatlami vakillari harakati edi, degan xulosa chiqmaydi. Bilamizki, bu harakatga […]
12.02.2026 | 15:11
1389
IMTIHON OLDIDAGI ODAM
El nazariga tushgan taniqli adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, professor Bahodir Karimni uning kitoblari orqali taniganman. Olimning kitoblaridan biriga so‘zboshi yozgan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malikning bir fikri e’tiborimni tortgan: “Kitobga jamlangan maqolalarni o‘qib chiqqach, men muallifning o‘zini “Imtihon oldidagi odam” deb atadim. Chunki o‘quvchiga bir gap aytmoqchi bo‘lgan har bir qalam ahli o‘zini imtihondagi talaba […]
11.02.2026 | 15:27
1384
HALOLLIK VA ADOLAT ESKIRGAN TUSHUNCHAMI?
“Barqaror jamiyat” deganda, odatda, iqtisodiy o‘sish, siyosiy tizimning mustahkamligi yoki xavfsizlik masalalari tilga olinadi. Biroq tarixiy tajriba va ijtimoiy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bu omillar o‘z-o‘zidan barqarorlikni ta’minlamaydi. Iqtisodiy resurslar yetarli bo‘lgan, ammo ma’naviy me’yorlar zaiflashgan jamiyatlarda inqiroz, norozilik va ichki ziddiyatlar yuzaga kelgan holatlar kam emas. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, barqarorlik faqat tashqi tizimlar bilan […]
11.02.2026 | 12:36
1204
UKAMNI OKASI
– Iya-iya, qo‘shni, bu kotta oshda nimaqib yuribtila? Ovvolgi duxim bo‘ganda san jipiriqqa bu dodaxo‘ja to‘yxonada pishirib qo‘yibdimi degan bo‘lardim-u, hozir zamon ko‘tarmaydi. Sani qaysi xumbosh miyasi chayqalib bu ochildasturxonga chaqiraqoldi? Yo pasl chalkashib, kalta ishtonla oshpazqalpoq bo‘pkettimi? He, okasini ukasi! Nima? Kim taklif qildi? Yo‘g‘e? Hali bu oshga tak-lifnomangam bormi? Yopiray! Kuch-u qayuga chiqibdi-de! […]
11.02.2026 | 09:45
3280
PASTЕRNAKKA MAKTUBLAR
Pasternak!Siz mening birinchi shoirimsiz. Tirik shoirim. Sizning ertangi kuningizga o‘zimnikiga ishonganday ishonaman. Beqiyossiz, shoirim. Pasternak men hayotimda ko‘p shoirlarni ko‘rdim: kattasini ham, kichigini ham. Ular she’r yozuvchilar edi, hatto ajoyib qilib yozib qo‘yishardi. Vassalom. Ularning birontasining manglayida shoirlik qismatini ko‘rmadim. Bu qismat, mashaqqat olis-olislarga borib yetguvchi, yondirguvchidir! Shoirlikni yorliq qilib olganlar ham ko‘p ekan, aytgancha […]
10.02.2026 | 21:00
939
ZIYOLI KIM?
Tilimizda “Ziyoli” degan so‘z bor. Bu kalima qanday ma’nolarni tashiydi, u ifodalaydigan tushunchalar qatorida bugun dolzarb bo‘lib turgan masalalarga daxldorlik qirrasi bormi, umuman, ziyoli kim va uning jamiyatdagi vazifasi nimalardan iborat? Yaqin o‘tmishimizda shu so‘zga muqobil tarzda “Intelligent” kalimasi faol qo‘llangan, lekin o‘sha davr lug‘atlarida uning tarjimasi sifatida “Ziyoli” ma’nosi ko‘rsatilmagan ekan. Bu so‘z o‘tgan […]
10.02.2026 | 12:51
1256
BIR ASHULA HAQIDA
Alisher Navoiyning “Badoye’ul vasat” devonidagi 615-g‘azal yor hijronidan yurakzada oshiqning dilidan kechayotgan o‘ylar, vahm-iztiroblari tasviriga bag‘ishlangan. Oshiq yorni ko‘zda tutib, “o‘lturgusi” der ekan, uning hajri – qotilvash, visoli – halokangiz ekanini aytadi. O‘tmish adabiyotimizda ko‘p shoirlar bu g‘azaldan ta’sirlanib, ayni vazn va “o‘lturg‘usi” radifida talay g‘azallar bunyod etganlar. Chunonchi, Andalibning bir va Uvaysiyning ikki g‘azali […]
10.02.2026 | 10:26
1474