KUTUBXONA
Muallif: admin
ESIMIZNI KIM O‘GʻIRLADI?
Yoki yana TV mavzusida Ayrim iddaolarga ko‘ra, chinakam ma’rifiy eshittirish va ko‘rsatuvlarning muxlislari yengil-yelpi, ko‘cha-ko‘yning gapi sifatida olib chiqilayotgan ko‘rsatuvlarga nisbatan ancha kam emish. Boringki shundaydir, biroq bu teran so‘z, ezgu fikr oshuftalarining hafsalasini pir qilishga asos emas-ku. Shaxsan men ilmni boyitadigan, dunyoqarashni to‘g‘ri shakllantiradigan, ma’rifatni va odob-axloqni targ‘ib etadigan dasturlar tarafdoriman. Bir vaqtlar Nikolay […]
09.06.2025 | 15:07
971
Asosiy
“AYBING SHUKI, ISTE’DODLISAN…”
1929-yil 6-noyabr. Toshkent. Jadidlik harakati peshqadamlaridan biri Munavvar qori Abdurashidxonov xonadoni. Oqshom chog‘i hovli atrofida to‘rt kishining sharpasi izg‘ib, sukunatni gurs-gurs qadam tovushlari buzadi. To‘rtovlondan ikkitasi harbiy formada, lekin el qatori kiyinganlarining turqi sovuqroq ko‘rinadi. Kutilmagan “yo‘qlov” sababini hali so‘rab ulgurmay, formalilardan biri qo‘lidagini uy egalari peshonasiga niqtaydi: “Hibsga olish orderi”. Uyda tintuv boshlanib ketadi. […]
08.06.2025 | 10:38
555
“O‘TKAN KUNLAR”NI YOD BILGAN ADVOKAT
“O‘tkan kunlar”ni boshidan oxirigacha yoddan aytadigan, umrini qonunchilikda adolat ustuvorligi uchun sarflagan, xalqining ma’rifatli bo‘lishi, o‘z-o‘zini tanishi, anglashi yo‘lida qayg‘urgan bu insonni tez-tez yodga olaman. Vafotidan so‘ng deyarli chorak asr vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, ishxonam eshigi ochilib, ko‘zlarining tub-tubida mahzunlik, ma’yuslik in qurgan bu inson kirib keladiganday tuyulaveradi. Adham Muzaffarov ism-sharifli bu kuyinchak zotni haligacha qo‘msayman. […]
07.06.2025 | 11:43
578
BIRINCHI DODXOH AYOL
“Millat onasi” degan nomga har qanday ayol ham munosib bo‘la oladimi? Qurbonjon dodxoh haqida bilasizmi? Unda keling, hammasini bir boshidan boshlaymiz. 1811-yil 22-may. O‘sh yaqinidagi qirg‘iz ovullaridan birida ayni Hayit kuni bir qizaloq dunyoga keladi. Unga Qurbonjon degan ism qo‘yishdi. U yigirma yoshiga qadar oddiy oilaning qizlariday o‘sgan bo‘lishiga qaramay, nigohi o‘tkir, aql jihatdan boshqalardan […]
06.06.2025 | 16:14
725
NOMSIZ BARMOQNING NOMI BOR
Borliqda hamma narsa o‘z ismi bilan yaratilgan. Nimaningdir qanday atalishini bilmasligimiz uning nomsiz ekanini anglatmaydi. Masalan, barmoqlarimizni olaylik. Ularning ham o‘z oti bor: boshmaldoq, ya’ni boshbarmoq, keyingisi – ko‘rsatkich (shahodat) barmoq, o‘rta barmoq… jimjiloq (ba’zi shevalarimizda chinaqay, chinaqoch, chinchaloq, chinachoq). Ha, nomsiz barmog‘imiz ham bor-a. Shoshmang, nega nomsiz? Surishtirib ko‘rsak, manaman degan tillarda ham ahvol […]
06.06.2025 | 13:14
1947
OKEY
O‘ziga Ali Fonus (Alfons) deb nom qo‘yib olgan bir takasaltang o‘zini bozorga solib, onasiga qarata: “Onam, umr savdosi deysiz, har qanday savdoni soqqa gullatadi” deb irpayib turgan joyi ekan. Bu iddao “Lo‘m-lo‘m, Mamajon” qo‘shig‘i ohangida kuylanadi. Oq terakmi – ko‘k terak, demang, onam,Senga qanday qiz kerak, demang, onam.Kallami bu yo chelak, demang, onam,Chelagi bolga botgan […]
05.06.2025 | 16:52
672
DO‘ST…
Asqad Muxtor 1956-yillarning boshlarida yetimxonada birga o‘sgan tengdoshlaridan birini uchratib qoladi. Ular qariyb yigirma yildan buyon ko‘rishmagan bo‘lsa-da, adib do‘sti haqida uncha-muncha narsalarni eshitib yurgan ekan. U asli tarix muallimi edi. 1941-yilda urushga ketgan. Keyin ko‘p o‘tmay, bedarak yo‘qolgani haqida xabar kelgan. Urushdan keyin ma’lum bo‘ldiki, u asirlikda emish. To‘rt yil konslager dahshatlarini boshidan kechiribdi. […]
05.06.2025 | 15:05
578
Asosiy
“2% SAVODXONLIK”YOXUD 100% YOLGʻON
Katta avlod vakillari ongiga singdirilgan: “…oktyabr inqilobigacha Turkiston aholisining atigi ikki foizigina savodli edi” mazmunidagi ma’lumot barcha maktab va oliy o‘quv yurtlarining darsliklariga kiritilgan edi. Bu katta yolg‘on ortida yana “…sovetlar Turkistonga madaniyat, ma’rifat olib keldi” degan iddao ham bo‘lardi. Necha avlod shu yolg‘onlarga ishonib yashadi. Xonlik davrida qaysidir madrasani bitirib oxun darajasiga yetgan, bir […]
05.06.2025 | 12:31
485
DARYO BO‘YIDAGI O‘YLAR
Taniqli sharqshunos olim, akademik Ne’matilla Ibrohimovning qutlug‘ yoshi sabab u kishi haqida bir nima qoralashga jazm qildim. Chunki anchadan beri taniyman, ko‘p bor suhbatdosh bo‘lganman. Dastlabki satrlar qog‘ozga tushib-tushmay, negadir xayolim chalg‘idi, ustoz Erkin Vohidov aytib bergan bir muhim gapni esladim. “Alixonto‘ra Sog‘uniy domla ishtirokida bir to‘p ziyolilar har oyda davra qurib turardik. “Mulla bilganini […]
05.06.2025 | 09:19
684
“UNUTILGAN ASHULA”
Adabiyot – bu xalqning xotirasi, qalbi va ruhiyatining eng teran aksi. Paydo bo‘lgan chinakam asarlar esa vaqt sinoviga bardosh berib, avlodlar ongiga iz soladigan badiiy hodisalardir. Iste’dodli ijodkor Obid Qo‘ldoshning yaqinda kitobxonlar hukmiga havola etilgan “Unutilgan ashula”si ana shunday kitoblardan biridir. Mazkur to‘plamdagi hikoyalar bugungi o‘zbek nasrida o‘ziga xos badiiy ifoda vositalari, teran ma’naviy-falsafiy mushohadalari […]
04.06.2025 | 17:02
625
“RASSOM – SHAKL VA HOLAT SHOIRIDIR”
O‘zbek Milliy akademik drama teatri bosh rassomi,O‘zbekiston san’at arbobi Baxtiyor To‘rayev bilan suhbat – Baxtiyor aka, “rassom” so‘zi juda qadimiy bo‘lib, “dono va chaqqon qo‘l” degan ma’noni anglatar ekan. Buni qarangki, dastlab qushning qanoti tasvirini chizib, so‘ng uni yasab samoga parvoz qilgan Dedal insoniyat tarixida birinchi afsonaviy rassom sifatida qabul qilingan. Siz bir suhbatingizda “O‘zim […]
04.06.2025 | 12:31
591
FIGARONING QAYTISHI
Taniqli fransuz dramaturgi Pyer Bomarshe tomonidan yozilgan “Sevilyalik sartarosh” komediyasi qahramoni Figaro ilk bor 1775-yili sahnada paydo bo‘lgandi. Shundan buyon mazkur komediya jahonning turli teatrlari talqinida dunyoning yetakchi sahnalarida namoyish etib kelinmoqda. Joakkino Rossinining betakror musiqasi asosida yaratilgan ushbu durdona opera bosh qahramoni Figaro ariyasida yangraydigan “Figaro shu yerda, Figaro u yerda” degan qanotli ibora […]
04.06.2025 | 09:13
367
TILDOSH-U DILDOSH QARDOSHIMIZ
Taniqli qrimtatar jurnalisti, Qrimdagi “Nenkajan” jurnali bosh muharriri Zera Bekirovaning qrimtatar tilida “Bekir Cho‘banzoda izlaridan” nomli kitobi chop etildi. XX asrning 20–30-yillarida sobiq Ittifoq bo‘ylab juda keng ko‘lamli ilmiy-adabiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan qrimtatar ziyolisi Bekir Cho‘banzoda (1893–1937) hayoti va ijodining bir qirrasi O‘zbekiston bilan ham bog‘liq. Muallif o‘z kitobida olim, shoir, jamoat arbobi Bekir […]
03.06.2025 | 16:32
521
SHE’RNING ASL DEHQONI
Mening armonlarimdan biri Mirtemir kabi ulug‘ shoirni ko‘rolmay qolganimda. Domlaning vafotidan bir yil keyin, 1979-yilda Toshkentga o‘qishga kelganman. Doimo ich-ichimda Mirtemir sog‘inchi bor. Shoirning yuragi chaqnab ko‘rinib turgan she’rlarini o‘z-o‘zimga shivirlab takrorlaganimda bu sog‘inchni yanada teranroq his etaman. Men keyinroq ustozlarning uzoq gurunglarini eshitib, o‘zbek shoiri qanday bo‘lishi kerak deyilganda, Mitemirday bo‘lishi kerak degan xulosaga […]
03.06.2025 | 12:31
596
KITOBSEVAR TADBIRKOR
Yodimda, yulg‘unzorda mol, qo‘y boqib yurardim. Qo‘limda kitob. Fikr-u xayolim asar qahramonlarida. Ba’zan kitobga asir bo‘lib, mol yo qo‘y qayoqqa ketganini bilmay qolardim. Keyin… zir yugurib qidirardim. Shu alfozda yuzlab kitob o‘qidim. Bu o‘quvchilik paytimdagi gaplar. U vaqtlar kitob ko‘p bo‘lganmi yo hamma kitob o‘qirmidi, bilmadim. Bitta rayonda o‘rta hisobda 20 ta kolxoz, 80 ta […]
03.06.2025 | 09:02
619
MUDOFAA SANOATIDA INNOVATSIYA
Innovatsion loyihalar har qanday sohaning taraqqiyoti va barqaror rivojlanishida muhim kalit vazifasini o‘taydi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda mudofaa sohasini isloh qilish, milliy armiyamizning jangovar salohiyatini mustahkamlash, uni zamonaviy texnologiyalar asosida qayta shakllantirish bo‘yicha ulkan loyihalar amalga oshirilmoqda. Natijada qo‘shinlarimiz zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan […]
03.06.2025 | 08:58
359
Asosiy
ADVOKATLIK OSONMI?
(Bir pardalik kulgi)Turkiston turmushidan olinub yozilmishdur. O‘YNOVCHILAR Davronbek – musulmon advokat, 24 yoshinda.Xudoyberdi – yer sotg‘on chol, qulog‘i kar, 55 yoshinda.Xushvaqt – ot yo‘qotgan tojik, 30 yoshinda.Haydarali – mol yo‘qotgan dudug‘, 24 yoshinda.Rapoil – nasiyag‘a mol sotg‘on, 60 yoshinda.Egamberdi – to‘y qilub qarzdor bo‘lg‘on arobakash, 35 yoshinda.Mehriniso – eri bilan urushub, chiqmoqchi bo‘lg‘on xotun, 32 yoshinda.Abdujabbor […]
02.06.2025 | 17:54
1532
Asosiy
“QOYILMISAN INSONGA, ZAMIN?!”
Bir kun choshgohda do‘stlarim menga shu xabarni yetkazdi: “Olmaotada “Az i Ya”ning ellik yilligi nishonlanarkan. Unda O‘ljas Sulaymonning shaxsan o‘zi ham qatnasharkan. Dunyoning manaman degan olimlari to‘planarkan”. Shu on Bilga To‘nyuquqday sapchib o‘rnimdan turdim. Ochig‘i, “Bu gapni eshitib, tunlar uyqum kelmadi. Kunduz o‘tirgim kelmadi”. Undan so‘ng Bosh muharririmga iltimos qildim: “Boraylik. Yozaylik. Bosaylik”. Ruxsat tegdi. […]
02.06.2025 | 16:15
845
KICHIKLARNING KATTA BAYRAMI
Bolalar… Ular haqida aytilaverib yod bo‘lib ketgan gaplar bu kun yana va yana takrorlanajak. Biz, kattalar ham mana shu beg‘uborlik bayrami bahona aqalli bir kun o‘zimiz ham yosh go‘dakka aylanamiz, qadrdon bola ko‘nglimizga qaytamiz. 1-iyun – ona sayyoramizdagi milliardlab go‘dakning xos kuni. Ular millatidan, irqidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar bu bayramga doxildirlar. Qaniydi, ularning […]
02.06.2025 | 08:55
468
SI bilan ishlaydigan ilmiy platforma ustida ish olib borilmoqda
Bugun ilm-fan rivojida anjumanlarning ahamiyati beqiyos. Bunday muhim konferensiyalarda aytilgan o‘tkir fikrlarni to‘plam holida chop etish orqaligina ko‘proq odamlarga yetkazish va saqlab qolish mumkin. Ammo bu ishni amalga oshirishda juda ko‘p mehnat talab etiladi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining bir guruh doktorantlari ish olib borayotgan platforma har bir tadbir uchun alohida link taqdim qiladi. […]
01.06.2025 | 15:46
365
“SALFETNITSA” EMAS – “SOCHIQDON”, “GRAFIN” EMAS – “TUNCHA”
Aziz mushtariy, nutqimizdagi har jumlaning birida qo‘llayotganimiz ajnabiy so‘zlar sizni ham bezovta qilayotgan bo‘lsa kerak. Ehtimol, ularning tilimizdagi muqobili bor-yo‘qligi haqida o‘yga ham tolgandirsiz. Biz ham shunday qilamiz: begona kalomlarga peshonamiz urilaverib, yo o‘zbekcha muqobilini topish, yo o‘sha ma’noni beradigan yangi so‘z yasash kerakligini ko‘p o‘ylaymiz. Holbuki, bu istakni kichik bo‘lsa-da amaliy harakatlargina ro‘yobga chiqara […]
30.05.2025 | 16:50
721