KUTUBXONA
Muallif: admin
AXBOROT ASRIDA JURNALISTIKA
Global axborot muhitida, o‘ziga xos voqealar va yangiliklar bilan to‘la dunyoda axborotning o‘rni va qiymati kundan-kunga ortib bormoqda. Hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib borayotgan axborot bugun bizdan nafaqat ongli tanlov qilish, balki ko‘plab xabarlarning mantiqsiz, keraksiz yoki hattoki zararli ekanligini farqlash qobiliyatini ham talab etadi. Vaqt o‘tishi bilan axborot olish jarayoni soniyalar ichida amalga oshadi, yuqoridan […]
30.05.2025 | 13:10
314
Asosiy
BO‘HTONLAR ISKANJASIDA
Gazetxonlarimizga yaxshi ma’lum, biz jadidlik harakati ishtirokchisi, qatag‘on qurboni bo‘lgan millat oydinlari haqida ma’lumot, xotiralar, surat va arxiv hujjatlari, yodnomalar, ularning ijodiy merosidan namunalar taqdim etishlarini va bu bilan tariximizning qorong‘i sahifalariga aniqlik kiritishda ko‘maklashishlarini so‘rab murojaat qilgan edik. Tabiiyki, savobtalab va ma’rifatparvar yurtdoshlarimiz bu so‘rovimizni javobsiz qoldirmadi. Kunda-kunora tahririyatimizga shaxsan tashrif buyurib, ota-bobolari, ona-momolarining […]
30.05.2025 | 12:30
454
O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir tavallud topgan kun
Mirtemir Tursunov 1910-yil 30-may kuni Turkiston shahri yaqinidagi Eski Iqon qishlog‘ida tug‘ildi. “Shu’lalar qo‘ynida”, “Zafar”, “Qaynashlar”, “Kommuna”, “Tong”, “Kipriklarim”, “Yodgorlik”, “Dilkusho”, “Suv qizi”, “Oysanamning to‘yida”, “Surat” dostonlari va “Qoraqalroq daftari” kabi she’riy to‘plamlari bilan o‘zbek she’riyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan. Badiiy tarjima Mirtemirning ijodiy faoliyatida katta o‘rin egallaydi. 1979-yil Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti, 1977-yil […]
30.05.2025 | 10:37
10602
O‘Z-O‘ZINI QUVVATLOVCHI TEXNOLOGIYA
Ekologiya najotkori sifatida qaralayotgan elektromobillar nafaqat zarari kamligi, balki qimmatligi bilan ham ajralib turadi. Elektromopedlar-chi, deysizmi? Ular ham cho‘ntakbop emas, shu bilan birga, ko‘p masofaga chidamaydigan, tezligi qisman cheklangan, akkumulyatori ham uzoq muddat turib bera olmaydigan “nozikoyim”. Shu muammoni his qilgan Nodirbek Boltaboyev boshchiligidagi TATUning bir guruh ko‘ngillilari yangi yechimlarni taklif qilmoqda. Xo‘sh, Nodirbek Boltaboyev […]
29.05.2025 | 14:48
386
“ALDANGAN KUTILGANLIK” LINGVOPOETIKASIGA CHIZGILAR
Har qanday san’at asarida, xususan, badiiy asarda voqeaning ham, undagi lisoniy tasvirning ham kutilmaganligi, favquloddaligi, ohorliligi mutlaqo ayricha ahamiyatga molik, mazkur sifatlarga sohiblik badiiy matn rasoligining azaliy o‘lchovlaridan biri bo‘lib kelgan. Dunyo tilshunosligida “aldangan kutilganlik effekti” (inglizcha – “defeated expectancy” yoki “amalga oshmagan bashorat” degan hodisa ko‘pdan beri tadqiqotchilar e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Mazkur termin dastlab […]
29.05.2025 | 12:32
749
“MA’RIFAT YO‘LI, ALBATTA, BOSIB O‘TILG‘USI”
Shunday suhbatdoshlar bo‘ladiki, ularning har bir gapi – tajriba, har bir mulohazasi – tahlil, har javobi – tadqiq. Kinematografiya agentligi direktori, adabiyotshunos, jadidshunos olim, professor Shuhrat Rizayev ana shunday dilkash suhbatdoshlar sirasidan. Olim bilan bevosita bugungi adabiy jarayonlar, o‘zbek dramaturgiyasi, kino va teatr asarlari mohiyati, yoshlar ijodi yuzasidan fikrlashdik. – Siz serqirra ziyolisiz. Avvalo, jadidshunos […]
29.05.2025 | 09:15
714
Asosiy
HERMAN VAMBERI VA IKKI O‘ZBEK SHOIRI
Dunyoga mashhur mojar sayyohi Herman Vamberi o‘z asarlarida Turkistonning tarixi, geografik muhiti, madaniyati, san’ati, tili va adabiyoti to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beradi. Bevosita o‘zi tanishib suhbatlashgan ayrim tarixiy shaxs va adiblarni eslab o‘tadi. Biroq Herman Vamberining Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va adabiyoti, o‘zbek adiblari ijodiga oid qarashlari bugunga qadar adabiyotshunoslikda tugal tasavvur beradigan holda atroflicha o‘rganilgani […]
28.05.2025 | 12:33
752
VATAN UNUTMAYDI QAHRAMONLARNI
O‘tgan yili Ozarbayjonga borganimda yurt bo‘ylab sayohatni “Birinchi faxriy xiyobon” va “Ikkinchi faxriy xiyobon”lardan boshlagandik. Ularda Vatani va xalqi tinchligi yo‘lida qurbon bo‘lgan mardlar dafn etilgan. Quroldoshlar go‘yo qabristonda ham saf tortib, yelkama-yelka yotardi. Qora va oq marmarlarda harbiy libos kiygan, qo‘lida qurol tutgan qahramonlarning mag‘rur surati yarqiraydi. Har qabr boshida bir bayroq olovdek hilpiraydi. […]
28.05.2025 | 09:17
644
FIDOYILIK MEZONI
Dahbediylar XVI asrda Samarqand yaqinidagi Dahbed qishlog‘i bu yerga Namanganning Kosonidan kelib, o‘rnashgan Maxdum A’zam Kosoniy – Dahbediy sharofatidan naqshbandiyaning yirik markaziga aylangan edi. Urgutiylar XIX asr oxirlari – XX asr boshlarida Dahbediy pirlarning muridi bo‘lgan bir avlod sharofati bilan Urgut tariqatning muhim manzillaridan biri sifatida nom qozondi. Urgutiy pirlar orasidan shunday bir sulola yetishib […]
27.05.2025 | 16:45
403
Asosiy
MILLATPARVAR
Taniqli tarixchi, arxivshunos Sirojiddin Ahmadning navbatdagi “Solihbek dodxoh – millat qahramoni” kitobi ko‘hna Turkistonda XIX asrning ikkinchi yarmida sodir bo‘lgan o‘ta murakkab tarixiy voqealarga, xalqimiz orasidan yetishib chiqqan millat qahramonlarining siyosiy-ijtimoiy, harbiy faoliyatiga, ularning yurtni himoya qilishga yo‘naltirilgan kurashiga bag‘ishlanganligi bilan alohida ilmiy ahamiyatga ega. Muallif davrning qarama-qarshiliklarga to‘la, ziddiyatli jihatlarini yaxshi bilishi, tarixiy, rasmiy […]
27.05.2025 | 12:31
764
TARIX CHARXPALAGIDA BIR BUTUN MAKON
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Arda Xiva” xalqaro turizm markazining ochilish marosimida so‘zlagan tantanali nutqida ta’kidlanganidek: “Amudaryoning ikki sohilida joylashgan Xorazm va Qoraqalpog‘iston elini Xudoyi taoloning o‘zi taqdirdosh qilib yaratgan. Bu ikki qo‘shni hududning tarixi, madaniyati va urf-odatlarini bir-biridan alohida tasavvur qilib bo‘lmaydi”. Bu asosiy yaqinlik uzoq tarixiy jarayon natijasida vujudga kelgan. Ushbu hududlar qadimgi […]
27.05.2025 | 09:14
564
YETTI XAZINANING ASOSIYSI – MEHNAT
Kambag‘allikdan chiqish uchun tovuq, quyon, asalari boqinglar deyishganda ko‘p qatori men ham miyig‘imda kulib qo‘ygandim. Ammo adashgan ekanman. Kechiringlar… Hozir hovlida 10 ta tovuq boqyapman. Har kuni xonaki tuxum bor. Oilamiz bilan maza qilib yeyapmiz. Ortgan tuxumdan inkubatorda jo‘ja ochtirdim. Birinchi partiyada 30 dan ortiq jo‘ja chiqdi. Ayni paytda ikkinchi bor ochish arafasida. Tovuqni bekorga […]
26.05.2025 | 16:24
748
ABSURD DRAMALAR TAQDIMOTI
XX asr jahon adabiyotida absurdizm hayotning ayrim tomonlari bema’ni, mutlaqo mantiqsiz ekanini tasvirlaydigan oqim sifatida shakllangan. Uzoq vaqt mobaynida absurd dramalariga quruq safsata sifatida qarab kelingan. Lekin o‘tgan asrning 70-yillaridan bu oqim vakillari davr oldiga qo‘ygan muammolar dolzarbligi ayon bo‘ldi. Absurd dramaturgiya vakillarining asarlari kishilarning teatr va sahna haqidagi tasavvurlarini yangiladi, unga zamonaviylik baxsh etdi. […]
26.05.2025 | 15:57
1037
Shoir va tarjimon Tilak Jo‘ra tug‘ilgan kun
Adabiyotshunos, tarjimon va shoir Tilak Jo‘ra 1947-yilda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi Sayyod qishlog‘ida tug‘ilgan. Shoir “Rayhon”, “Olam ostonasi”, “Yulduzlar tabassumi”, “Chorrahadagi uy”, “Sanduvoch”, “Ruhiyat” she’riy to‘plamlari, tarjima ishiga oid “Tarjima san’ati” va adabiyotshunoslikka oid “Nozim Hikmat va O‘zbekiston”, “Hozirgi turk sheʼriyati” kabi bir qator kitoblari bilan o‘zbek adabiyotida munosib o‘rin egallagan. ONA NIYATI Ot choptirib […]
26.05.2025 | 09:32
10370
Asosiy
30 YIL MAVHUMLIKDA
BIRINCHI O‘ZBEK BIBLIOGRAFI AKBARBEK DOLIMOV HAQIDA Eski Jo‘va. Toshkentning eng ko‘hna mavzelaridan biri. Bu o‘sha makon – Abdulla Qodiriy, Oybek, Gʻafur Gʻulom kabi ulug‘ yozuvchilarimiz asarlarida ko‘p martalab tasvirlagan joy. Zero, asarlar jadid ma’rifatparvarlari faoliyati Eski Jo‘vada keng quloch yoyganini tasdiqlaydi. Ayniqsa, bunda jadidlar tashkil qilgan “Turon” kutubxonasi va qiroatxonasi – Sag‘bon, Chorsu, Shayxovand Tahur, […]
23.05.2025 | 18:12
952
YANGI AVLOD TASHABBUSLARIGA DOIR ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI
Bugun taraqqiyot yo‘lida yurtimiz yoshlariga bildirilayotgan ishonch, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar va ilm-fan sohasiga bo‘lgan e’tibor bevosita kelajak bunyodkorlariga berilayotgan yuksak bahodir. Zero, innovatsion g‘oyalarga boy, startap loyihalarga ega, ekologik faol va axborot texnologiyalarini puxta egallagan yangi avlod vakillari – ertangi kunimiz poydevorini barpo etish yo‘lida o‘qib-o‘rganmoqda, izlanishlar olib bormoqda. Bunda ularga yanada qulay sharoitlar yaratib […]
23.05.2025 | 16:00
924
“O‘TIR” SO‘ZI QANDAY PAYDO BO‘LGAN?
O‘tirmoq fe’lini katta-yu kichik yaxshi tushunadi. Izohga hojat yo‘q. Bu so‘zning ildizi o‘t qadimgi tilimizda ot bo‘lgan va oturdï shaklida bo‘lgan, o‘tiradigan joyga otruq deyilgan. Menimcha, bu so‘z ro‘baro‘, yuzma-yuz bo‘lmoq ma’nosidagi otrï so‘zidan kelib chiqqan bo‘lsa kerak. “At-tuhfa” lug‘atida ham bu so‘zlar yuqoridagiday ko‘rinishda ko‘rsatilgan. Alisher Navoiyning “Munojot” nomi bilan mashhur “kelmadi” radifli g‘azalida […]
23.05.2025 | 09:21
665
Asosiy
QUVONISH KERAKMI YO HADIKSIRASH?
O‘ZQIR SULAYMON HAQIDA HIKOYA Yozuv emas – kodifikatsiya Avvalo, nima deb o‘yladim: hikoya yozildi, demak, uni yozgan bor. Bu “bor” kim? U odammi? Sun’iymi? Qalammi? Klaviaturami? Har qanday asar muallifni talab qiladi. Mazmuni bor fikr, ruhi bor obraz, vaqti va makoni bor voqelik faqat his etadigan, anglaydigan kimsalar tomonidan yaratiladi. Kuzataman, “Jadid” anchadan buyon yasama […]
22.05.2025 | 12:35
772
OLIMPNI ZABT ETGAN OLTINBOSH AVLOD
Jadidlarning birlamchi maqsadi – o‘sib kelayotgan yosh avlodga zamonaviy bilim berish orqali jamiyatning barcha bo‘g‘inida yetuk kadrlarni tayyorlash edi. Zero, taraqqiyot chambaragi ilm egalari qo‘lidadir. Bugun ham oramizda “millat bolalarini o‘qutmak” kabi ezgu ishga umrini bag‘ishlagan fidoyi ustozlar, jadid bobolarning munosib izdoshlari talaygina. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi direktori, professor Ortiqboy Eshonqulov ana shunday […]
22.05.2025 | 09:27
587
O‘ZANLARGA QACHON QAYTAMIZ?
Jiyanim qo‘ng‘iroq qilib qoldi:– Ammajon, suyunchi bering, o‘g‘illi bo‘ldim.– Qutlug‘ bo‘lsin, muborak bo‘lsin! – xursand bo‘lib ketdim xushxabardan, – Istiqboli nurli bo‘lsin, ilohim…– Rahmat, ammajon, aytganingiz kelsin. Ismini Umar qo‘ymoqchiman, nima deysiz?– Umarbek yaxshi ism. Umarjon desa ham bo‘ladi. (Har qalay qulog‘imga shunday eshitildi).– Yo‘q, Umar emas, “O” bilan boshlanadi, Omar, ya’ni arabcha haqiqiy aytilishini […]
21.05.2025 | 16:10
846
“ZED”AVLODNI YAXSHI KUTIB OLING!
Bugun dunyo sahnasida yangi qahramonlar paydo bo‘ldi. Ular raqamli olamda tug‘ildi, internet bilan birga ulg‘aydi. Ular voyaga yetganda YouTube allaqachon mavjud edi. Bu avlod boshqalar kabi telefonni faqatgina aloqa vositasi emas, balki shaxsiy yordamchisi, o‘z fikr va hissiyotlari, bilim va tajribasini ulashuvchi ijodiy maydon, vaqti-vaqti bilan terapevt, ko‘ngilochar, hatto daromad keltiruvchi vosita sifatida ham ko‘radi. […]
21.05.2025 | 15:42
1025