KUTUBXONA
Muallif: admin
SHOIRNI SEVDIRDI, SHE’RNI SEVDIRDI
Har bir shoirning o‘ziga xos she’r o‘qish uslubi bor. Ammo hamma shoirning uslubi ham ommalashavermaydi. Aksariyatiniki o‘zi bilan qolib ketadi. O‘zbekiston xalq shoiri, sevimli ustozimiz Halima Xudoyberdiyevaning she’r o‘qishi ommalashdi. O‘tgan asrning yetmish, saksoninchi yillarida adabiyot dunyosiga qadam qo‘ygan shoira borki, deyarli hammasi o‘z she’rlarini Halima opamga taqlid qilib o‘qirdi. Hatto yozish uslubiga ham taqlid […]
21.05.2025 | 12:38
629
SHIYPON SUHBATLARI SOG‘INCHI
Said Shermuhamedov 1930-yil 12-mayda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida tug‘ilgan. 1948–1953-yillarda Samarqand davlat universitetida ta’lim olgan. O‘qishni tugatib, ushbu universitet aspiranturasida tahsilni davom ettirgan. Falsafa fanining dolzarb masalalari bo‘yicha 1960-yilda nomzodlik, 1974-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1994-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining a’zosi etib saylangan. Said Shermuhamedov o‘zining 60 yildan ortiq mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Fanlar akademiyasining falsafa […]
21.05.2025 | 09:51
338
“MENIKI, SENIKI, UNIKI” EMAS, BARCHAMIZNIKI
Yashil iqtisodiyot degani bu faqat daraxt ekish yoki chiqindini qayta ishlash emas. Bu, eng avvalo, resurslarni tejash, ekologik toza texnologiyalardan foydalanish va iqtisodiy yutuqlarni tabiatga zarar yetkazmagan holda qo‘lga kiritish demakdir. Biroq, afsuski, bu tushuncha hanuzgacha ko‘pchilik ongida chuqur joy olganicha yo‘q. Ayrim yurtdoshlarimiz hali-hanuz eski, tabiatga zararli usullardan voz kechishga shoshilmayapti. Bu holat o‘z-o‘zidan […]
20.05.2025 | 16:57
668
DEVORNING YORIG‘IDAN SIZIB CHIQQAN QIZG‘ALDOQ
Iroda UMAROVA – 1987-yil 3-martda Jizzax viloyati Forish tumani, Garasha qishlog‘ida tug‘ilgan. Hozirda Toshkent viloyatida istiqomat qiladi. 2006-2010-yillarda Nizomiy nomidagi TDPUda tahsil olgan.2009-2021-yillarda “Bekajon” gazetasida mutaxassis, 2022-2023-yillar “Akademnashr” nashriyotida muharrir bo‘lib ishlagan. HAYKALTAROSHGAU dag‘al toshlarni yechib oladinafis badanlardan,gulday boshlardan,harir liboslarning ustidan yechar,changlarni sidirar sizg‘in yoshlardan. Uning qo‘llari… o, uning qo‘llarijarroh qo‘llariday sezgir va tingchi.Toshlardan odamni […]
20.05.2025 | 12:38
957
HAZIL ORTIDAGI HAQIQAT
Tasviriy san’at bu – sukutdagi so‘z, chizgidagi falsafa, rangdagi ruhiyat. Ayniqsa, illyustratsiya – bu xalq qalbiga kirib boruvchi chuqur tasvir tilidir. Yaqinda Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi mohir rassom, karikaturachi Husan Sodiqovning “Turkum illyustratsiyalar” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ayni shu haqiqatni yana bir bor isbotladi. Ko‘rgazma yurtimizning […]
20.05.2025 | 09:51
1054
DENGIZLAR TUTASHGANDA
Ko‘hna Ko‘nyada Rumiy va Navoiy “diydorlashdi” Turkiyaning ma’naviy boshkenti – Ko‘nya shahrida yetti iqlimdan kelgan olim-u fozillar nafis majlis qurdilar. Nufuzli anjuman Sharqning ikki ulug‘ mutafakkiri, maoniy mulkining sohibqironlari – Mavlono Jaloliddin Rumiy hamda Hazrat Alisher Navoiyning bebaho merosiga bag‘ishlandi. Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 7-fevral kuni imzolagan “Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher […]
19.05.2025 | 15:35
1034
Asosiy
JASORATNING TIRIK YODNOMASI
Poytaxtimizda qad rostlagan muhtasham “Gʻalaba bog‘i” o‘zining boy ma’naviy qimmati, tarixiy nafasi, yodgorlik va timsollari, shuningdek, xalqimizning Ikkinchi jahon urushidagi matonati va g‘alabaga qo‘shgan beqiyos hissasini mujassam etgani bilan aholi, ayniqsa, yoshlar orasida tobora ommalashib bormoqda. Xo‘sh, yangitdan bunyod etilgan ikki majmua haqida nimalarni bilamiz? Undagi nozik ramzlar va milliy qadriyatlar nimalarda aks etadi? Keling, […]
19.05.2025 | 09:51
850
Asosiy
ALUSHTADAN ESGAN YELLAR
1979-yil kuzida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutining yosh ilmiy xodimlari – yigirma to‘rt yigit paxtaga jo‘nadik. Chinozning bir qishlog‘idagi maktab binosida yotib, “oqoltin” teramiz. O‘sha kez hammamiz yosh, orzular katta, dunyoda bizdan bearmon odam yo‘qday. Bu qishloq aholisi qrimtatarlar ekan. Sarishta el, har bir uy oqlangan, ko‘chalar orasta. Odamlari xushmuomala, lekin og‘irkarvon. Yaxshi […]
18.05.2025 | 16:53
690
OV QUSHINING GALSTUGI
It bo‘yniga taqiladigan tasma qadimgi tilimizda qaloda deb atalgani haqida aytib o‘tgan edik. Ov qushlarining bo‘yniga taqiladigan maxsus bo‘yinbog‘ qarg‘i deb atalishi haqida “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” kitobining 3-jildida ma’lumot keltirilgan. Shu kitobning 8-jildida jig‘avul so‘ziga shunday izoh berilgan: “bu so‘zning asl ma’nosi ov qushining bo‘yniga boylanadigan bo‘yinbog‘ bo‘lib, folklorda “shikor begi” ma’nosida ham qo‘llanadi” […]
17.05.2025 | 13:12
589
IGNA BILAN YOZILGAN ROMAN
Adabiyot inson tafakkuri va qalbida kechmish ruhiy to‘lqinlar, zamon og‘riqlarini ifoda eta oladigan kuchli vositadir. Ikkinchi jahon urushi o‘zbek adabiyotida ham qalam ahlining ruhiy sinovlar oldidagi mavqeyini ko‘rsatib berdi. Bu davrdagi asarlar nafaqat urushning o‘zini, balki xalqning sabr-u matonati, fidokorona mehnati, orzu-umidlari, ajdodlarga sadoqat va istiqbolga ishonchini ham o‘zida mujassam etdi. O‘sha dahshatli yillarda xalq […]
16.05.2025 | 12:32
965
Asosiy
“MENI HAMON O‘QIRLAR VA UNUTMASLAR” YOXUD ASALAT AYANING NURLI XOTIRALARI
Asalat aya – momom. Suhbatlashib o‘tirgan edik, quloq ilg‘amas pichirlab “Abdulla Qodiriy. Julqunboy. “Mushtum”, dedilar. – Nima-nima? Aya, nima dedingiz?– Julqunboy.– Kim haqda gapiryapsiz? “…O‘n ikki yoshlarda edim. Jamalaksoch, yerga ursa ko‘kka sapchiydigan sho‘x-shodon bola paytlarimiz. Chimkent shahrining Gulbog‘ degan joyida katta hovlimiz bo‘lardi. Otam Komil boyvachcha Turdixo‘jayev yurtning taniqli kishilaridan biri edi. O‘zi qassob, […]
16.05.2025 | 09:05
1151
Asosiy
QATTOL QIRGʻIN ASORATLARI YOXUD NEGA YUZ MILLIONLIK NUFUSGA YETMADIK?
Ikkinchi jahon urushi yillarida endigina o‘n yoshidan hatlagan qizaloq – onam kattalar qatorida kolxozda ishlashga majbur bo‘lgan. Majbur qilingan. Onam rahmatli ko‘p aytardi: “Och o‘tiray-to‘q o‘tiray, sira urush bo‘lmasin!” Go‘dakligidayoq jismiga singib ketgan urush vahmi onamni umri poyonigacha tark etmadi. Nogoh nevaralari tushirib qoldirgan non ushog‘ini ko‘rib qolsalar, darrov terib olib, peshonalariga surtib bosh chayqardilar: […]
15.05.2025 | 15:52
699
DARD YOMONI…
Juda yaqin o‘tmish. So‘ridagi oqsoqollardan biri gazetni ikki ayirib, so‘nggi sahifadagi tibbiy maslahatdan bir shingilni teng-to‘shlariga havola qiladi: “Boshni sovuq, oyoqni issiq tut, shunda bod senga yo‘lamaydi”. Boshqasi ma’qul, deganday bosh irg‘ab, ko‘k choydan simiradi. Biri gazetxonlik oyoqlaganini ilg‘ab, radio qulog‘ini buraydi. Qadrdon ohangini topadi-yu, ko‘zini yumib, bosh tebrata boshlaydi. O‘sha qo‘shiq taxminan bundog‘: “Dard […]
15.05.2025 | 12:38
649
JONBAXSH KUY ORZUSIDA
Shoir she’r yozmaydi, ko‘ngil yozadi. Uning olamida: “Boshdan oyoq ho‘l bo‘lgan daraxtNovdasidan gul toshar bo‘rtib.Maysalarning ustidan oftobBarmoqlarin olar yugurtib”. Yana uning olamida “oy – siymtan”, “Yulduzlarning chanoqlari chaqilgan”, “Baxtning darvozasi gullar zangori”, “Quyosh qo‘llarini o‘pgan tunlarning Bag‘rida qayg‘ular yashamas, o‘lgan…” Chin shoirlar “Bir jonbaxsh kuy orzusida” “qamish poyasidan nay yasamoq” istaydi. “Va ilohiy borliq haqida […]
15.05.2025 | 09:32
509
BOR BO‘L, QOZOQ BOVURIM!
Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan X Xalqaro she’riyat va musiqa festivali turkiy tilli mamlakatlar adabiyot va san’at sohasi vakillarini o‘z bag‘riga chorladi. Bu galgi festival tashkilotchilari Turkiyaning Chukurova adabiy uyushmasi, Qozog‘istonning “Muqali” xalqaro xayriya fondi va “AR” nashriyot uyi bo‘ldi. Festivalda Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tatariston, Boshqirdiston, Sharqiy Turkiston (XXR), Mo‘g‘uliston, Mojariston, Qorachoy, Dog‘iston, Oltoy, […]
14.05.2025 | 16:50
951
Asosiy
HUZURJONOV HAMMANI HAYRON QOLDIRDI
Xabaringiz bor, gazetamizning o‘tgan sonida sun’iy intellekt dasturi tomonidan o‘zbek tilida yozilgan ilk badiiy asar – “O‘zqir Sulaymon haqida hikoya” chop etilgan edi. E’tiborli jihati, ushbu asar mushtariylarimiz o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. Taniqli ijodkorlardan tortib, turli soha vakillari ham biz bilan bog‘lanib, bu mavzuda o‘z fikrlarini bildirishmoqda. Quyida ana shunday munosabatlardan ayrimlarini sizlarga ham ilindik. […]
14.05.2025 | 12:31
587
O‘TMISHGA EHTIROM ILA KELAJAK BARPO ETILMOQDA
Boburshoh orzulari ro‘yobi Zahiriddin Muhammad Bobur ulug‘ bobokalonlari Amir Temur va Mirzo Ulug‘bek singari o‘zidan meros qilib ilm-fani gullab-yashnagan davlat, dunyo ahli havasini keltiradigan imoratlar, so‘lim bog‘lar, obod shahar-u qishloqlar qoldirishni orzu qilib o‘tdi. Afsuski, o‘z ona yurtida bu orzuni amalga oshirish nasib etmadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvarda qabul qilingan “Buyuk shoir va olim, […]
14.05.2025 | 09:26
500
BAXSHILI EL – BOTIR EL
Baxshilik – ruhiyat. Baxshilik – millat qalbidagi botirlik, elga sadoqat tarannumi. Baxshilik – tirik tarix, benazir san’at. Baxshi esa elning shonli o‘tmishini jonli kuylab qonda jur’at, shijoatni uyg‘otuvchi, ertangi kunga yuksak umid bag‘ishlovchi ma’naviy posbondir. So‘lim Parkent tumanida joylashgan Parkent ijod uyida O‘zbekiston xalq baxshisi, xalq og‘zaki ijodi an’analarini munosib davom ettirib kelayotgan betakror ijodkor, […]
13.05.2025 | 16:32
685
Asosiy
EZGULIK CHAROGʻI
O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan ziyolilarning dil izhorlari Joriy yilda 9-may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi e’lon qilgan “2025-yil – Xalqaro tinchlik va ishonch yili”, shuningdek, Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi tadbirlari bilan uyg‘un hamda hamohang nishonlanmoqda. Muhimi, bundan ko‘zlangan maqsad – Vatan himoyasi yo‘lida mardonavor kurashgan buyuk ajdodlarimizga alohida […]
13.05.2025 | 12:31
545
OILADA GAP KO‘P…
Gʻarb davlatlari va Rossiya ko‘p muammolarning sababi oila institutining yo‘qolib borayotgani ekanini tushunib yetgan ko‘rinadi. Shaxsiy kuzatuvlarimda shunday xulosaga kelyapman... Masalan, Rossiyaning ichki ishlar xodimi haqida ishlangan “Birinchi bo‘lim” serialining oxirgi qismlarida oila, farzand tarbiyasi haqida epizodlar ko‘paytirilgan. Yaqinda “Netfliks” tomonidan ishlangan “Balog‘at davri” seriali ham aynan oilaviy qadriyatlarning muhimligini targ‘ib qilmoqda. Ya’ni, oila instituti […]
13.05.2025 | 09:20
640
URUSH VA TINCHLIK
9-may – Xotira va qadrlash kuni nafaqat tarixni yodga olish, balki yurtga muhabbat, sadoqat, vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg‘ularini qalbimizda uyg‘otadigan muqaddas sana hisoblanadi. Bu kuni biz fashizmga qarshi kurashda mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatgan buyuk ajdodlarimizni chuqur ehtirom bilan yodga olamiz. Gʻalabaga o‘z joni, mehnati va sabr-u matonati bilan ulkan hissa qo‘shgan millionlab yurtdoshlarimiz – […]
12.05.2025 | 16:47
543