KUTUBXONA
Muallif: admin
Oʻzbekiston xalq artisti Lutfulla Saʼdullayev tavallud topgan kun
Lutfulla Sa’dullayev 1940-yil 18-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Teatr va rassomchilik institutini tugatgan. 1963-yildan kinoda rol ijro eta boshlagan. Faoliyati davomida taxminan 200 ga yaqin spektaklda rollar ijro etgan. Kino va videofilmlar, televizion miniatyuralar dasturida ijro etgan rollari esa 500 dan oshadi. O‘zbek kinotomoshabini uni «Bahor qaytmaydi» videofilmidagi Alimardon To‘rayev, «Odam bo‘lish qiyin»dagi Abdulla, «Shaytanat» serialidagi […]
18.12.2024 | 09:25
662
POPURRI
Popurri cholg‘u musiqasining bir turi hisoblanadi. U mashhur opera, operetta, balet kuylari, biror bastakorning asarlari, xalq qo‘shiqlari, kino yoki estrada kompozitsiyalaridan olingan parchalardan tuziladi. Bundan tashqari, bu so‘z parfyumeriyada ham qo‘llaniladi – masalan, uy uchun turli xil xushbo‘y hidlar aralashmasi shunday nom bilan ataladi. Dastlab, bu so‘z pazandalik atamasi sifatida paydo bo‘lgan. Fransuz oshpazlari maxsus […]
17.12.2024 | 17:13
510
BIZ HAM KITOB O‘QIYAPMIZ
Qirq millionta samolyotni bus-butun holda yashirib qo‘yish mumkinmi? Davrimizda buning iloji yo‘q. Hatto, AQSh yo Xitoy kabi rivojlangan davlatlarning ham qo‘lidan kelmaydi. Ammo shunday voqea sodir bo‘lgan. 2016-yilda 40 millionta yo‘lovchi reysi o‘z manziliga xavfsiz qo‘nib, 10 ta reys halokatga uchragan. Ammo jurnalistlar faqat halokat tafsilotlarini qayta-qayta yoritgani uchun odamlarda har kuni aviahalokat yuz berayotganday […]
17.12.2024 | 16:50
538
Milliy kino sanʼati saroyida hind filmlari festivali boʻlib oʻtadi
Joriy yilning 17-dekabridan 21-dekabriga qadar poytaxtdagi Milliy kino sanʼati saroyida hind kinolari namoyish etiladi. 17-dekabr, soat 16:00 da tashkil etiluvchi tantanali marosimda hind kinosi dargʻalaridan biri Raj Kapur byustining ochilish marosimi oʻtkaziladi. Quyida filmlar nomi va namoyish vaqti bilan yaqindan tanishishingiz mumkin: 17-dekabr⏰ 17:30 – «Janob 420» (1955-yilgi film) 18-dekabr⏰ 16:00 – «Alibobo va qirq […]
17.12.2024 | 10:49
657
Asosiy
CHINGIZ AYTMATOV
Muallifdan: 12-dekabr – Chingiz Aytmatov tug‘ilgan kun… Bu kunda nafaqat bitta yozuvchi tavallud topdi, balki qirg‘iz tarixida yangi davr tug‘ildi. Qirg‘iz ma’naviyati, erkin tafakkuri cho‘qqilari bevosita shu nom bilan chambarchas bog‘liq… Shu kuni u dunyomizga o‘z davriga, zamonga, cheksizlikka, insoniy tuyg‘ularga sig‘maydigan alohida tafakkur shakllari, ma’naviy quvvat bayroqdori sifatida kirib keldi. Uning So‘zi avloddan avlodga […]
17.12.2024 | 10:34
1040
YIGIT OMON BO‘LSA…
Poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hududida yangitdan bunyod etilgan Mudofaa vazirligi “Ma’naviyat va madaniyat departamenti” binosi foydalanishga topshirildi. Mazkur yangi binoning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Mudofaa va Madaniyat vazirligi rahbariyati, turli idora va jamoat tashkilotlari mas’ullari, ijod ahli va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Tadbir doirasida “Harbiy jadidlar xotirasi […]
17.12.2024 | 09:43
659
17-dekabr kuni tavallud topganlar
Ogahiy – shoir, tarixchi, tarjimon;Boymirza Hayit – Turkiston va Oʻrta Osiyo boʻyicha tarixchi va sharqshunos olim;Hamza Umarov – Oʻzbekiston xalq artisti;Xudoyberdi Toʻxtaboyev – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi;Iroda Aliyeva – Oʻzbekiston xalq artisti.
17.12.2024 | 09:00
455
YOSUMAN
Hozirda ko‘pgina o‘zbek oilalarida yangicha arabcha yoki boshqa tillardagi ismlarni qo‘yish udum bo‘lgan. Ko‘pincha ota-onalar bunday ismlarning ma’nosi yoki qaysi tildan ekanligiga e’tibor qilishmaydi, muhimi, yaxshi jaranglasa, quloqqa yaxshi eshitilsa, ular uchun bu buyuk topilma. Shunday otlardan biri – Yasmina, Yasmin yoki Jasmin, “ismlar.com” degan bir saytda bu ismni – “jannat guli” deb izohlashibdi, bilmadim, […]
16.12.2024 | 15:26
1507
“SHU YURTDA TUG‘ILGANIM – MENING BAXTIM!”
“Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti – til va adabiyotidir”, deb aytgan edi mohir pedagog Abdulla Avloniy. O‘zga millat vakilasi bo‘lgan yurtdoshimiz Irina Zelenova bilan suhbatimiz davomida jadid bobomizning tilimiz haqida aytgan mazkur hikmatli so‘zlari mag‘zini chuqurroq anglaganday bo‘ldim. – O‘zbek tili men uchun juda qadrli va aziz. Men rus oilasida voyaga yetdim. […]
16.12.2024 | 14:56
530
Melburnda 95 yoshli rassom Yayoi Kusama ko‘rgazmasi ochildi
Hozirda 95 yoshda bo‘lgan va ijtimoiy tarmoqda taniqli shaxsga aylangan yaponiyalik avangard rassomning 180 ta asari Avstraliyadagi Viktoriya milliy galereyasida namoyish etilmoqda. Ko‘rgazmadagi eng dastlabki ijodiy ishlar 1930-yillarga to‘g‘ri keladi va eng oxirgisi 2024-yilda yaratilgan. Viktoriya milliy galereyasida Yayoi Kusamaning «Muhabbat chaqiryapti» (2013) nomli asari. Surat: Shon Fennessi tomonidan olingan. «Yuragim yaltiroq nur bilan limmо-lim […]
16.12.2024 | 14:00
304
TILA TILAGINGNI, DEB QOLSA…
Xotun qo‘yg‘an bir errayim tug‘ushqan ulpating bo‘lsa,Halol ersa oning ilki, saning ham sunnating bo‘lsa. Ayal zotin kiro‘rog‘a jamlab, quysa mag‘zavolar,“Yasha, erkak!” deb pishanglar bermaka jur’ating bo‘lsa. Mayxonadin choyxonag‘a sahar qaytsang oshikoro,Choyxona bo‘lsa boshpanoh, mayxona xilvating bo‘lsa. Qizilko‘z mirg‘azab qo‘qqis so‘rab qolsa hasbu xoling,Qo‘yinda hujjating bo‘lsa, hujjatda suvrating bo‘lsa. Burnig‘a ter toshsa oning, ki hujjat iskagan […]
16.12.2024 | 11:53
514
YouTube xorijiy tildagi videolarni avtomatik ravishda dublyaj qilish funksiyasini ishga tushiradi
YouTube yaqinda platformada avtomatik dublyaj xizmati paydo boʻlishini eʼlon qildi. Bu xususiyat boshqa tilda soʻzlashuvchilarning ijod namunalaridan bahramand boʻlish istagidagi tomoshabinlar uchun juda muhim yangilik hisoblanadi. Kompaniya quyidagilarni maʼlum qildi:…agar til bilmasangiz, YouTubening yangi avtomatik dublyaj xizmati tufayli bu muammongiz hal etiladi. Fransuz oshpazidan haqiqiy graten tayyorlashni oʻrganmoqchimisiz, hindistonlik tikuvchidan anʼanaviy kiyim tikishni oʻrganmoqchimisiz yoki […]
16.12.2024 | 11:36
360
Malayziyada Beruniy va Firdavsiyning oʻrta asrlardagi qoʻlyozmalari topildi
Malayziyadagi Xalqaro Islom tafakkuri va sivilizatsiyasi instituti xuzuridagi Islom sivilizatsiyasi kutubxonasidan Abu Rayhon Beruniyning “At-Tafhim” asarining toʻqqiz asrlik va Abulqosim Firdavsiy qalamiga mansub “Shohnoma” asarining salkam olti asrlik qoʻlyozmalari topildi. Bu haqda Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida “Rossiya – Islom olami” strategik qarashlar guruhi tashabbusi bilan “Shakllanayotgan koʻpqutblilik davrida Rossiya va Islom olami munosabatlari” mavzusida xalqaro […]
16.12.2024 | 11:02
343
XO‘RLIKDAN HURLIKKACHA…
Asar muallifining ichki tuyg‘ulari, fikr va g‘oyalari o‘z qahramonlarining hislariga, xatti-harakatlariga qorishib ketgan. Yantoqning ildizi toshni ham yorib o‘ta olishi, toki suvga yetmagunicha o‘sib, chuqurlashib boraverishi tabiatning eng hayratlanarli hodisasi. U sahroda ham, tog‘-u toshlar orasida ham bemalol o‘sa oladi. Mayda yaproqlari to‘kilsa-da, ninachalarining bahordan qishga qadar yashab qolishida ham ajib hikmat bor. Ninachalar yantoq […]
16.12.2024 | 09:48
420
Salim Ashur tavallud topgan kun
Salim Ashur 1964-yil 16-dekabr kuni tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. Uning “Yashil giyoh”, “Atirgul”, “Siz ertaga kelasiz”, “Kechikkan tong”, “Atalgan kunlar”, “Sensiz”, “Darz”, “Kelajakka qadam”, “Ona tilim”, “Mashinalar karvoni”, “Muhabbat kitobi”, “Titroq” nomli kitoblari nashr etilgan. * * * Mana gugurt, mana tosh, manaBitta zarb. Va tugaydi umr.Faqat chaqmoq — cho‘g‘ oshiqona –Faqat […]
16.12.2024 | 09:31
587
Oʻzbekiston davlat musiqali teatrida “Jadidlar” spektakli premyerasi boʻlib oʻtdi
Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatrida rejissyor Doston Haqberdiyev tomonidan sahnalashtirilgan “Jadidlar” (“Millat oydinlari”) musiqali dramasining premyerasi boʻlib oʻtdi. “Jadid” gazetasi muxbiri Abdumannon Muhammad spektakldan fotoreportaj tayyorladi.
14.12.2024 | 18:36
402
Asosiy
BO‘RONLARGA BO‘YIN EGMAGAN AYOL
Qatag‘on – bu vahshat va qo‘rquvning jirkanch basharasi. U nafaqat shaxs, balki tarix, adolat va millatning ma’naviy ildizlarini qirqib tashlaydi. Mamlakatimizda 1920-yil oxirida boshlangan qatag‘onning sovuq shamollari 1938-yilda qattol bo‘ronga aylandi. Bu davrda inson qadr-qimmati toptalib, mehr-shafqat tuyg‘usi izsiz yo‘qoldi. Minglab begunoh insonlar “xalq dushmani” tamg‘asi bilan ayovsiz jazolandi. Arxiv hujjatlariga qaraganda, 1937-yil 10-avgustdan 1938-yil […]
14.12.2024 | 15:58
778
Firdavs Abduxoliqov: “Ayrim jabhalarda shu paytgacha yaratilgan koʻpchilik allomalarimizning yuz qiyofalari bir-biriga oʻxshab ketishini kuzatish mumkin. Ularni gavdalantirishda juda ehtiyot boʻlishimiz zarur”
13-dekabr kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi vakillari, yetuk olimlar va mutasaddilar ishtirokida buyuk allomalarning yagona siymosini yaratish, qabul qilish hamda tarixiy filmlar ishlab chiqarishda ulardan foydalanish masalasida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbir avvalida 100 nafar buyuk allomalarning yagona siymosini yaratish boʻyicha olib borilayotgan ishlar taqdimoti, istiqboldagi vazifalar boʻyicha maʼlumot berildi. Islom […]
14.12.2024 | 13:09
271
KO‘NGLI NOZIK, TABIATI FIDOYI
San’atkor xalqi ijoddan boshqa narsa bilan qiziqmaydigandek, ko‘proq o‘z ichki dunyosi, asarlari, ijro etayotgan qo‘shiqlari, teatr, kino, televideniyedagi faoliyati bilan band bo‘ladi. Bu soha vakillarining ko‘ngli nozik, tabiati o‘zgacha bo‘lishi ham haqiqat. Bunday insonlarga rahbarlik qilish, ularning ko‘ngli bilan hisoblashish, qalbiga yo‘l topish mushkullik tug‘dirishi bor gap. Ijodkorlar jamoasini boshqarish uchun rahbar nafaqat soha bilimdoni, […]
13.12.2024 | 15:41
302
Javlon Jovliyevning “Qo‘rqma” romanidan iqtiboslar
Roman voqealarini qisqacha so‘zlar bilan ifoda etib bo‘lmaydi. Barchasi shu qadar tig‘izki, shoshirib qo‘yadi. Majoz, obraz, ifoda, o‘t, hech kimnikiga o‘xshamagan lirizmni his qilasiz. Milliyat, sof muhabbat, ko‘rinmas va oshkor fojialar, tarix, bugun va ertaning bir-biriga kavsharlangan halqasi, rostlik davosidagi yolg‘onlar, ruh va qondagi paradokslar sizni o‘tmish va kelajak kuyiga asir qiladi, o‘ylatadi, yig‘latadi va […]
13.12.2024 | 14:20
1794
BIZNI SHOIR QILGAN GULLARNING SO‘ZI…
Men Jayhunbo‘yi taraflarda ulg‘ayganman. Tengdoshlarim qatori enalarimizning: – Hoy, g‘o‘ra teraman deb daraxtlarning shoxini sindirmanglar. Ular oddiy chiviq emas. Joni bor, nafas oladi. Qarsillatib sindirsalaring, xuddi qo‘llaring singaniday, ularning ham joni og‘riydi, – degan tanbehlarini eshitardik. Lekin bola ekanmiz-da, u qulog‘imizdan kirib, bunisidan chiqib ketardi. Maktabdan qaytishda papkalarimizni bir chekkaga qo‘yardik-da, avval nimtatir g‘o‘ralarga, so‘ngra […]
13.12.2024 | 12:29
231