KUTUBXONA
Muallif: admin
Asosiy
ONA YURTIN SEVMAGAN CHIN IJODKOR BO‘LOLMAS
O‘zbekiston xalq rassomi Javlon Umarbekov bilan suhbat – Hurmatli Javlon aka, avvalo, qimmatli vaqtingizni ayamay, intervyuga rozi bo‘lganingiz uchun katta rahmat. Mana, siz bilan ijodiy ustaxonangizda suhbatlashyapmiz. Adashmasam, tasviriy san’at muxlislariga olam-olam zavq bag‘ishlayotgan eng go‘zal asarlaringiz aynan mana shu maskanda yaratilgan. Shu topda ko‘nglimda oldindan rejalashtirilmagan bir savol paydo bo‘ldi: xo‘sh, siz uchun ustaxona […]
16.10.2024 | 13:50
960
Yangi Toshkentda quriladigan Alisher Navoiy markazi loyihasi taqdim etildi
“Zaha Hadid Architects” arxitektura byurosi Yangi Toshkent uchun madaniyat markazining tasvirlarini e’lon qildi. Majmuada Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazi joylashishi kutilmoqda. Ma’lumotga koʻra, adabiyot muzeyida 3,5 mingta noyob qo‘lyozma va kitob namunalari saqlanadi. Bundan tashqari, muzeyda restavratsiya ustaxonalari va 13 ta ko‘rgazma zali bo‘ladi. Majmuada o‘zbek tili, adabiyoti va musiqa maktabi ham faoliyat ko‘rsatadi. Ta’kidlanishicha, […]
16.10.2024 | 10:45
625
Asosiy
Bizga nima kerak?
Dunyoda o‘zining hayotini himoya qilmoqchi va o‘z maishatini ta’min etmakchi bo‘lg‘on kishining tabiat qonunlari va hayot sharoitlari mujibincha qanday tadbirlar ko‘rarga va qanday choralar izlarga tugunmog‘i qancha lozim bo‘lsa, sarbastona va mas’udona bir suratda yashamakchi bo‘lg‘on bir millatning hay’at majmuasi ham ijtimoiy hayotindagi vazifalarini lozimincha ifo etmak yo‘linda harakat etishi o‘shancha lozimdir. Aks holda, ul […]
16.10.2024 | 10:24
520
NOSHIRLIKDAGI NOQISLIK
Bugun noshirni qiynayotgan muammolardan biri bu – bozordagi plagiat asarlardir. Deylik noshir biror kitobni chop etish huquqiga ega bo‘ldi va uni nashr etdi. Bu asarga talab yaxshi ekanligini bilgan ayrim uddaburon noshirlar ham xuddi shu kitobni noqonuniy tarzda nashr etib sotuvga chiqaradi. Albatta, u nashr etish huquqini olmagani uchun, kitobni chop etish unga moddiy jihatdan […]
15.10.2024 | 17:12
214
“San’at va dunyo” biyennalesi ish boshladi
Shu yilning 14-oktabr kuni poytaxtimizdagi Markaziy ko‘rgazmalar zalida “San’at va dunyo” deb nomlangan X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi o‘z ishini boshladi. Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Xalq rassomi Akmal NUR mazkur anjumanning ahamiyati haqida gapirar ekan, jumladan, shunday dedi: Aytish joizki, bu yilgi biyennaleda 40 dan ortiq xorijiy mamlakatdan ellikka […]
15.10.2024 | 15:11
417
EHTIYOT BO‘LING: QALBAKI DORILAR!
Yaqinda bir dori qidirib, oyog‘imda oyoq qolmadi. Shahar ko‘chalari bo‘ylab qator tizilgan dorixonalarning mo‘lligi-yu, ulardagi bir-biridan chiroyli qilib qadoqlangan dorilarning turli-tumanligidan boshim aylanib ketdi. Uzoq izlanishlardan so‘ng va nihoyat dori ham topildi. Ammo… ming mashaqqat va mo‘maygina pul evaziga sotib olingan dori qalbaki bo‘lib chiqdi. Bu holga birinchi marta duch kelganim bois real vaziyat haqida […]
15.10.2024 | 14:54
573
Mixail Lermontovning «Zamonamiz qahramoni» asaridan iqtiboslar
«Zamonamiz qahramoni» asari rus adabiyotidagi ilk ijtimoiy-psixologik romanlardan biri hisoblanadi. Men butun olamni sevishga tayyor edim, ammo meni hech kim anglamadi, shundan keyin hamma narsani yomon ko‘rishga o‘rgandim. Ikki do’stdan biri har doim ikkinchisining quli bo’ladi, lekin ko’pincha ularning hech biri buni tan olmaydi… Ajalim yetgani va o‘lib ketishim mumkinligi to‘g‘risida o‘ylarkanman, faqat o‘zimni o‘ylayman: […]
15.10.2024 | 14:16
3195
“Sahna nutqi masalalari: muammo va yechimlar” Respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda ma’naviyatning o‘rni beqiyos. Ayniqsa, kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarning aqliy salohiyatini oshirish, ularni barkamol inson qilib tarbiyalash hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirish bugungi kun pedagogining asosiy vazifasi hisoblanadi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida uzoq yillardan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Sahna nutqi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bo‘lajak san’atkorlarning sahnaviy nutqini tarbiyalash barobarida madaniyatimizning, […]
15.10.2024 | 14:12
527
IBRAT DOMLANING IBRATI
Davlatimiz rahbari 2017-yil 7-iyul kuni Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘z davrining yetakchi ziyolilaridan biri Is’hoqxon To‘ra haqida to‘xtalib, bu atoqli ma’rifatparvar ajdodimiz o‘ziga Ibrat taxallusini bejiz tanlamagani, uning el-yurt taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona hayoti nafaqat o‘z davrida, balki bugun ham barchamiz uchun haqiqiy ibrat namunasi bo‘lib qolayotganini alohida ta’kidlagan edi. Shuningdek, o‘shanda jadid bobomizga atab zamonaviy […]
15.10.2024 | 12:51
423
15-oktyabr kuni tavallud topgan adiblar
Mirzakalon IsmoiliyMirzakalon Ismoiliy 1908-yil Qirg‘izistonning O‘sh shahrida dunyoga keldi. 1928–1930 yillarda O‘rta Osiyo davlat universitetining Sharq fakultetida o‘qidi, o‘qituvchilik qildi.Adib 1950-yil qatag‘onga uchrab, hibsga olingan. 1955-yil gunohsiz topilib, ozodlikka chiqarilgan.Mirzakalon Ismoiliy ozodlikdan mahrum chog‘ida ham tushkunlikka tushmay, qo‘liga qalam olib xalqi uchun mehnat qildi. Jumladan, “Farg‘ona tong otguncha” romanini yozdi va ozodlikka chiqqach, romanga sayqal […]
15.10.2024 | 11:58
1081
“OYDIN SO‘QMOQLAR ELCHISI”
So‘nggi yillarda jadidlar hayoti va ijodiga e’tibor kuchayib, bu borada ko‘plab tadqiqotlar olib borilyapti, ilmiy-badiiy, tarixiy-xronologik kitoblar chop etilyapti. Fidoyi ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini o‘rganish, o‘rgatish masalalariga yurtimizning chekka hududlarida ham alohida e’tibor berilmoqda. Odatda jadid ma’rifatparvarlari haqida so‘z borganda nari borsa o‘n-o‘n beshta millat oydini yodimizga tushadi. Aslida bunday jonfido insonlar […]
15.10.2024 | 09:24
420
SHE’RIYATNING O‘KTAM OVOZI
Odam odamning ko‘ngliga yaqin bo‘lsa, bir-birining diydorini, suhbatini sog‘inadi, bunday ichkin tuyg‘u samimiy va chin-haqqoniy bo‘ladi. Eng muhimi, ko‘ngildoshlik biror mahalla, makon yoki zamonni ham, geografik hududni ham tanlamaydi. A’zam O‘ktamning chin do‘stlaridan biri chiroqchilik, ikkinchisi ishtixonlik edi. Garchand “Bitta do‘stim yo‘q mening, oh, Shu bo‘ldimi taqdirim?” deb yozgan bo‘lsa-da, shoir ikkita jonajon do‘st topgan […]
15.10.2024 | 08:35
702
OTISHGA HUKM QILINGAN olim Nikonor Yaroshevichning achchiq qismati
Yaroshevich Nikonor Kazimirovich 1885-yil 11-iyulda Minsk guberniyasi, Novo Sverjen bo‘lgasida belorus dehqoni xonadonida dunyoga kelgan. 1903–1906-yillarda Chernigov guberniyasidagi Gluxov o‘qituvchilar institutida o‘qigan. 1906–10-yillarda Minskdagi Golovenchiskiy, Kiyevdagi Shosten va Guluxova bilim yurtlarida dars beradi. Shundan so‘ng Moskvada qishloq xo‘jaligi institutiga kirib, 1914-yil uni bitiradi. Talabalik yillarida belorus yoshlari to‘garaklarida faol ishtirok etdi. “Наша Нива” gazetasida o‘z […]
14.10.2024 | 16:46
229
“YO‘LINGIZ OYDIN, SAFARINGIZ BEXATAR BO‘LSIN!”
…Hamon eslayman: hali istiqlolgacha bo‘lgan davrda Urganch shahrida ish bilan ushlanib qolsam, kechqurun qirq besh chaqirim yo‘l bosib, uyimga yetib olishim ming azob edi. Kechqurun majlisdan so‘ng tasodifiy ulovlarga minib, yarim tunda uyga yetib olgan vaqtlarim ko‘p bo‘lgan. U paytlari jamoat ulovlari shomdan so‘ng harakatini to‘xtatardi. Shahardagi “taksopark” atalmish korxonaga tegishli mashinalar esa kechqurun tumanlarga […]
14.10.2024 | 14:04
687
Asosiy
CHIN ZIYOLI GʻOYASI yoki jadidlarning xayriya jamiyatlari haqida
“Milliy g‘oya”ning falsafiy ma’nosi bir millatning birlashuvi va milliy o‘zlikni anglab yetishni bildiradi. Jadidlik harakati asoschilaridan biri Ismoil Gʻaspraliga ko‘ra, milliy g‘oya millat taraqqiyoti uchun zarur va eng muhim ishlarni hayotga tatbiq etishga qaratilgan dastlabki poydevorni yaratishni anglatadi. Gʻaspralining Turkistondagi eng yaqin hammaslagi Mahmudxo‘ja Behbudiyning ta’kidlashicha, ta’lim maktablari va millatning isloh etilishi milliy g‘oya bo‘lib, […]
14.10.2024 | 11:51
1235
Asosiy
MAXTUMQULI, XALQ YODIDAN AYRILMA!
KETSANG Dedim: “Yuzi tobonim”. Dedi: “Go‘yo Menglixon!”Dedim: “Qo‘yding armonga”. Dedi: “Ko‘ngildur vayron”.Dedim: “O‘larman endi”. Dedi: “Qolarsan omon”.Dedim: “Kipriklaring o‘q”. Dedi: “Qoshlarim kamon”.Dedimki: “Libos kiymish”. Dedi: “To‘ni zarafshon”. Dedim: “Yuzda xollar bor”. Dedi: “Yuzda gullar, hay”.Dedim: “Qumri zabondir”. Dedi: “Shahddir tillar, hay”.Dedim: “Kel, xabarlash”. Dedi: “Sezar ellar, hay”.Dedim: “Ul ne sarvdir”. Dedi: “Nozik bellar, hay”.Dedim: “Tovus […]
14.10.2024 | 11:12
4266
Asosiy
JONIM VATAN, TANIM VATAN, KO‘ZIM VATAN yoxud bir tatabbu’ tafsiloti
Ma’rifatparvar shoir Sidqiy Xondayliqiy domlaning “Vatan nadir, tuqqon yerim, turg‘on yerim” satri bilan boshlanadigan ushbu g‘azalini birinchi bor o‘qishimdayoq, menga manzur kelib, xotiramga jo bo‘lganini aytib o‘tmoq joiz. Ilk taassurot shuki, qadrdon va tug‘ishgan og‘am bilan ko‘rishganday, ancha vaqtgacha shod va masrur holatda, jozib misralarni takrorlab yurdim. Gʻazaldagi “Ot-eshakda o‘rdan-qirdan bug‘doy tashib, O‘roq bilan xor-u […]
14.10.2024 | 10:34
1850
LAHZALARGA JO BO‘LGAN UMR
Yaqinda poytaxtimizdagi Fotosuratlar uyida O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, grafik rassom Nusratulla Abdullayevning “Unutilmas lahzalar” nomli shaxsiy ko‘zgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada rassomning saksondan ortiq rangtasvir va grafik asarlari, qator kitoblarga ishlangan muqova va illyustratsiyalari namoyish etildi. Ko‘rgazma muallifi Nusratulla Abdullayev uzoq yillardan buyon Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida talabalarga sabob keladi. Uning […]
14.10.2024 | 09:46
270
BIYENNALE – MULOQOTLAR JARAYONI
Bugun zamonaviy tasviriy san’atga yangi yo‘nalishlar, yangicha ifoda usullari shitob bilan kirib kelmoqda. Bunday o‘zgarishlar ortida, avvalo, tezkor zamon ruhi, qolaversa, sohaga dadil qadam qo‘yayotgan yosh ijodkorlarning o‘ziga xos fikrlashi, tasvirda rang-baranglikka, muhimi, mustaqil ijodiy yo‘lini yaratishga bo‘lgan intilishi turibdi. Ayni paytda tajribali rassomlar va haykaltaroshlar ijodida ham zamon bilan hamnafaslikka intilish kuzatilayotir. 14–18-oktyabr kunlari […]
14.10.2024 | 09:27
216
Asosiy
KUZ ILHOMLARI
Yurtimiz bo‘ylab kuz manzaralari o‘z tarovatini kun sayin namoyon qilib bormoqda. Biz kuz kayfiyatidagi eng sara she’rlarni jamladik va e’tiboringizga havola etamiz. Abdulhamid CHO‘LPONKUZ Ko‘m-ko‘k ekan, sarg‘aydilar yaproqlarOg‘riq, mag‘lub, tutqun Sharqning yuzidek.Bo‘ronlarning ko‘zlarikim o‘ynoqlar,G‘olib G‘arbning qonga to‘lgan ko‘zidek. Qora bulut to‘dasikim ko‘klarniSharqni yopgan parda yanglig‘ yopmushdir.Kuz qo‘shini – og‘u to‘lug‘ o‘qlarniYoz bag‘riga hech sanoqsiz otmishdir. […]
13.10.2024 | 10:00
1507
Asosiy
Sharof Boshbekovning “Temir xotin” pyesasidan iqtiboslar
Sharof Boshbekovning “Temir xotin” dramasini butun o‘zbek xalqi yaxshi biladi. O‘tgan asrning 80-yillarida yaratilgan, o‘z vaqtida shov-shuv bo‘lgan, 20 dan ortiq tilga tarjima qilingan bu asar hozirgacha sevib o‘qiladi. Asar asosida tasvirga olingan film miriqib tomosha qilinadi. Uning bu qadar mashhurlashishi va milliy dramamizning gultoji darajasiga ko‘tarilishining sababi esa asar zamirida yotadigan millat fojiasi, alamli […]
12.10.2024 | 13:29
2136