KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
O‘ZBEK TILI O‘ZBEKONA TAFAKKUR TILI BO‘LSIN
Bu olamda har bir xalqning mavjudligi va ma’naviy qiyofasi uning milliy tilida namoyon bo‘ladi. Shu bois, milliy til – ota-ona va Vatandek tabarruk tushunchalar sirasiga kiradi. Madaniyatli xalqlar o‘z tillari yer yuzining barcha qit’alarida keng tarqalishi, shu tilda boshqalarning so‘zlashi bilan faxrlanadilar. Har bir millat tilining asrlardan asrlarga o‘tishi va insonlararo muloqot maqomini saqlab qolishi […]
08.10.2025 | 09:37
746
BIZ VATANGA KERAK, BIZLARGA – VATAN! (SHE’RLAR)
Erkin VOHIDOV,O‘zbekiston Qahramoni, Xalq shoiri:Xuddi kechagidek esimda, A’zamjonning she’rlarini “Yoshlik” jurnaliga Anvar Obidjon olib kelgandi. Favqulodda teran, nihoyatda dadil, samimiy, quyma misralarni o‘qiyotib, uning muallifi talaba ekanligiga ishongim kelmagan. Ular havaskor talabaning mashqlariga umuman o‘xshamasdi. Tengdoshlaridan farqli mukammallik, til va so‘zga, adabiyotga mas’uliyat, millat taqdiriga daxldorlik yaqqol sezilib turardi. She’rlarida yolqin, isyon, o‘ktamlik bor edi. […]
07.10.2025 | 14:53
1373
DUNYOGA TUTILGAN KO‘ZGU
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining yaqinda bo‘lib o‘tgan 80-yubiley sessiyasida dunyodagi murakkab geosiyosiy jarayonlarga to‘xtalib, xalqaro institutlar nufuzi zaiflashib borayotgan bir vaziyatda global hamjihatlikni mustahkamlash zarurligini alohida ta’kidladi. Prezidentimizning bu ma’ruzasini, ta’bir joiz bo‘lsa, bugungi dunyoga tutilgan ko‘zgu, deb atash mumkin. Keling, jahon ayvonida kechayotgan manzaralarga bir qur nazar tashlaylik. 2022-yilda boshlangan Ukraina […]
07.10.2025 | 09:23
450
AVVAL VATAN, KEYIN JON
Bu shiorni tasavvuf ilmining yetuk namoyandalaridan biri, Kubroviya tariqatining asoschisi Najmiddin Kubro aytgan, degan rivoyatlar bor. Ulug‘ olim kuch-qudratda tengsiz bo‘lgan mo‘g‘ul qo‘shiniga yuzlana turib, o‘z shogirdlariga bergan topshiriqlarini shu so‘z bilan yakunlagan ekan. Aytimdan murod esa: to shogirdlar jon va Vatan tanlovi qarshisida qolsa, bilib olsinlar, eng birinchi tanlov hamisha Vatandir. Shayx Najmiddin Kubroning […]
06.10.2025 | 16:11
833
Asosiy
NOZIMAXONIM NIDOSI
Nozimaxonimning tabarruk ismi mumtoz shoiralar safining oxirida va XX asr ijodkor ayollari ro‘yxatining avvalida keladi. U xonliklarning tugatilishi, Turkiston Muxtoriyati va sovet hukumatining tashkil etilishi pallasida umr o‘tkazdi. U ijodini salaflari singari sham shu’lasida aruzdan boshlab, xalaflari kabi elektr chiroq nurida barmoq vaznida tugatdi. Ha, u xalqimizning ikki asr oralig‘idagi turmushini o‘zidan o‘tkazib ko‘rdi. Natijada, […]
06.10.2025 | 09:28
1032
YOMBIDAN QADRLI
“Quyma” deganimiz barcha zamonlarda har qanday pul birligi o‘rnini bosadigan tabiiy unsur – oltinning foydalanish uchun qulay shaklga keltirilgani. Xonlik davrida quyma katta odam mushti hajmicha bo‘lgan. Bu esa savdogarlar uzoq yurtlarga ot yoki tuyalarda xurjunlarga solib olib borishlarida qo‘l kelgan. Savdogarlar uzoq o‘lkalarga yo‘l olganida olib borayotgan va keltirayotgan mollari miqdoriga qarab saltanat chegaralarida […]
03.10.2025 | 16:06
1630
“TILIMIZNI… TIRGIZMAK KERAK”
Ma’lumki, O‘rxun–Enasoy yozma yodgorliklari turkiy tilning sof namunasi sanaladi. Turkiy xalqlar adabiyotida arab va fors tillaridan olingan so‘zlar eski turk tili davrida paydo bo‘la boshlagan. Xususan, arabcha so‘zlar Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonida 5–7 foizni, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” asarida 15–20 foiz va Nosiriddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asarida 39 foizni tashkil etadi. XIV–XV asrdan […]
03.10.2025 | 08:44
840
Asosiy
O‘ZIMIZNING “BEGONA”
Qatag‘on davrlarining mash’um manzarasi bu gal hikoya qilmoqchi bo‘lgan qahramonimizning achchiq taqdiri misolida yanada oydinlashadi, deb o‘ylaymiz. Muhitdin Tursunxo‘jayev 1900-yili Toshkent shahridagi taniqli shifokor Abdurasul Xo‘ja xonadonida dunyoga keladi. U 1914-yili Toshkentdagi rus-tuzem maktabini tamomlaydi. Madrasa ta’limini ko‘rgan, shuning barobarida dunyoviy fanlarga ishtiyoqi baland bo‘lgan yosh Muhitdin o‘qishni davom ettirish maqsadida Toshkent real bilim yurtiga […]
02.10.2025 | 17:25
815
JILGʻALAR BOSH QO‘SHIB DARYO BO‘LADI
“Jadid bobomga maktub” ijodiy insholar tanlovi yurtimiz maktablarida tahsil olayotgan izlanuvchan o‘quvchilarning qalbi va qalamiga yangi umidlar hamda ilhom berdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Hafta davomida yurtimizning turli manzillarida bo‘lib, g‘olib va sovrindorlarni taqdirladik, har birining ota-onasi, ustozlariga cheksiz minnatdorlik izhor etish imkoniga ega bo‘ldik. Safarimizni Ajiniyoz, Berdaq kabi yetuk oqin va jirovlar kuylagan qo‘shiq ohanglari […]
02.10.2025 | 12:25
429
MA’NO MA’VOLARI
Hazrat Alisher Navoiy izidan “Yurgan – daryo, o‘tirgan – bo‘yra”, deydi xalqimiz. Ilm talabida jahon kezmoq – bizga bobomeros odat. Safar asnosida rub’i maskunning sir-asroridan voqif bo‘lasiz, yangi bilimlar orttirasiz, hikmat sohiblariga oshno tutinasiz. Yaqinda bir guruh o‘zbekistonlik navoiyshunos olimlar Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashabbusi va homiyligida Eron Islom Respublikasining Tehron, Mashhad, Tus, […]
02.10.2025 | 09:36
517
“SENING BILAN ESKILAR YANGI…”
MUALLIM Odamtog‘lar bordir, odamdaryolar –Dunyoni yetaklab yurgan dunyolar. Ilk hayot kitobin yozgan ulardir,Maxluqdan Insonni tuzgan ulardir. Ulardir ming yillik zulmat yo‘lidanO‘tgan avlodlarning tutib qo‘lidan. Ko‘z nurini berib ham berib jonin,Ko‘zlarini ochgan so‘qir dunyoning. Ilk harfda koinot kalitin topgan,Ilk so‘z-la jaholat yo‘lini yopgan. Yonidan kiborlar o‘tsa valaqlab,Ular sukut qilgan kitob varaqlab. Tuproqday xokisor, suvday hayotbaxsh,Yo‘lsizlarga yo‘lbaxsh, […]
30.09.2025 | 16:20
1638
TARIXNI TIKLASH MASHAQQATI
Akademik Ahmadali ASQAROV bilan suhbat – Domla, Mustaqillik davri avlodi Siz yozgan darsliklar orqali Vatan tarixidan boxabar bo‘ldi. Sizning faoliyatingizda ustozlaringiz armoni ushaldi. Ayting-chi, sovetlar tomonidan tahrir qilinib, tanib bo‘lmas holga kelgan tarixni tiklash qanday kechgan? – Ha, men baxtli olimlardanman. O‘zbekiston Istiqloli tarix fanini ham mutelik zanjirlaridan xalos qildi. Shu bilan birga, olimlar oldiga milliy […]
30.09.2025 | 12:27
818
YAXSHILIK ELCHISI
Yangi asrning yangi qutblari Bashariyat yaralgandan beri qarama-qarshilik ham bardavom, hozirgacha na jamiyat, na millat, na davlatlar orasidagi ziddiyatlarga barham berishning imkoni bo‘lgan emas. Tabiat, koinot, hatto borliqning o‘zi turli qutblardan iborat ekanini inobatga olsak, hamma bir tomonda bo‘lishining o‘zi mantiqsizlikday, Yaratganning irodasiga zidday tuyuladi. Insoniyatning bizga ma’lum bo‘lgan o‘tmishi Gʻarb va Sharq, Shimol va […]
30.09.2025 | 08:58
1212
KARMANALIK ERKSEVAR QIZ
Milliy ozodlik harakati ishtirokchilari qatorida xotin-qizlar borligi ko‘pchilik uchun yangilik. Aslida, Turkiston ayollarining chavandozlikda, qilichbozlik, kamondan o‘q uzish singari harb ishlarida mohir ekani, temuriylar qo‘shinida ham nozik xilqat vakilalari bo‘lganiga tarix guvohlik beradi. Ularning munosib avlodlaridan biri Nodira Rahmatillaboy qizidir. U haqidagi ma’lumot ko‘p emas. Faqat tarixchi olimlar Qahramon Rajabov hamda Said Mansur Olimiyning izlanishlari […]
29.09.2025 | 15:36
3974
“O‘T-O‘LAN”DAGI O‘LAN NIMA?
O‘t-o‘lan so‘zini ko‘p qo‘llaymiz. Lekin bu birikmadagi o‘lan nima ekanini bilmaymiz. Qadimgi tilimizda ho‘l so‘zi o‘l(ӧl) shaklida, “h” siz qo‘llangan, ӧl keyin ho‘l bo‘lib ketgan. Hozirgi tilimizda ho‘l so‘zining asl ko‘rinishi o‘l faqat o‘lan so‘zida saqlanib qolgan. “Turkiy tillar etimologik lug‘ati”ga ko‘ra, o‘lan so‘zi “yashil o‘t” va “o‘tloq” ma’nosini bildirgan. Sersuv, yosh, ho‘l o‘tlarni o‘lan […]
29.09.2025 | 15:24
3809
Asosiy
RO‘YXATDAGI 9-MAHBUS
Tarix sharafli nomlarda mujassam. Ismoil G‘asprali deyishimiz bilan butun bir ma’rifatparvarlik to‘lqini, tafakkur islohoti va ijtimoiy uyg‘onish jarayoni ko‘z oldimizda gavdalanadi. Professor Begali Qosimov ta’kidlaganidek: “Bu nom yuz yil muqaddam turkiy dunyodagi eng mashhur nom edi. Uni Qashqardan Londongacha, Sankt-Peterburgdan Bombeygacha bilar edilar”. Ismoil G‘aspralining Qrimda boshlagan jadidlik harakati bir muddat o‘tib, Xorazmga ham kirib […]
27.09.2025 | 14:44
4796
TO‘YLAR MUBORAK…
To‘y abadiy hayot tantanasidir. To‘yda ikki yosh ahd-paymon qilib bir-biriga qo‘l beradi, murod-maqsadiga yetadigina emas, o‘tgan ajdodimiz bilan kelajak avlodimizni bir-biriga bog‘laydigan oltin halqa, go‘zal va xushaxloq kishilarni yetishtiradigan tarbiya o‘chog‘i vujudga keladi. Shuning uchun to‘y nihoyatda ulug‘vor, nihoyatda go‘zal marosim bo‘lishi kerak. Hozir shahar va qishloqlarimizda bo‘layotgan to‘ylarga razm solsangiz, yosh-qari hamma shunga intilayotganini […]
26.09.2025 | 09:18
1689
BUYAM BIR ASHULA
– O‘v, paqirkalla, nega men gap boshlasam, qiyomiga yetgan pivaxo‘rga o‘xshab, tizzangni tizzangga ishqab, sovutilgan otday depsinasan? Bir paytlar “Men dardimni kimga aytaman?” degan qo‘shiq bo‘lgich edi. Vaqtida “Ha, endi, buyam bir ashula-da”, deb uncha parvo qilmagan ekanmiz. Bechara shoir azbaroyi ichi kuyganidan nima qilishini bilmay yozganakan-da endi bilsam. Xo‘p, gapni oxirigacha eshit, eriyman, yarimtaga […]
25.09.2025 | 17:27
1144
QODIRIYDAN QOLG‘ON QAYG‘U
Yaqinda oshnamiz nevarasini uylantirdi. “Kelin salom” marosimiga bir xalfa ayolni aytgan ekan – kelin ulovdan tushayotganida “To‘ylar muborak”ni chalaroq aytdi-yu, “Ana langur, mana langur…” deb mazmuni ortida uyatli holat tushuniladigan termani boshlab yubordi, deng. Yoshi ulug‘roq kishilar uyatdan ko‘zlarini qayga yashirishni bilmas, qiz-u juvonlar yigitlar bilan o‘rtada javlon urishar, nihoyada duoga qo‘l ochadigan imom yerga […]
25.09.2025 | 12:27
1219
VORISLIK MAS’ULIYATI YOXUD QASHQADARYO VILOYATIDAGI YODGORLIKLAR HAQIDA
Qashqadaryo – qadimiy va tabarruk voha, bu ko‘hna zamindan ko‘plab allomalar, sarkardalar, olim-u fuzalolar yetishib chiqqan. 2700 yillik tarixga ega Qarshi va Shahrisabz shaharlari qadimgi dunyo sivilizatsiyasida alohida o‘rin tutadi. Amir Temur bobomiz huzuriga Ispaniya qirolligidan elchi bo‘lib kelgan Rui Gonsales de Klavixoning: “Parijning eng nozik didli zodagonlari ham Oqsaroyni ko‘rganida hayratdan lol qolar edi”, […]
25.09.2025 | 09:36
1297
Asosiy
YOZUVCHI YON DAFTARIDAN
Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emas. * * * Agar yozuvchining axloq kodeksi tuziladigan bo‘lsa, men halollik bilan shijoatni birinchi modda qilib qo‘yar edim, chunki yozuvchining boshqa hamma xislatlari uning qay darajada halol, naqadar shijoatli zehniga bog‘liqdir. * * * Yaxshi yozolmaganligingni kechirish mumkin, lekin yaxshi yozishni istamaganingni kechirish […]
24.09.2025 | 12:27
994