Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Maqolalar

Asosiy

ONA TILIM O‘LMAYDI!

O‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’rlar va hikmatli so‘zlar Alisher NAVOIYTURKIY TIL NAZDIDA Chunki toptim ul kalom ichra kamol,Turk alfozi bila surdum maqol…Turk nazmida chu men tortib qalam,Ayladim ul mamlakatni yakqalam… * * * Men turkcha boshlabon rivoyat,Qildim bu fasonani hikoyat; Kim shuhrati jahonga to‘lg‘ay,Turki bila dag‘i bahra olg‘ay. Chunki bu kun jahonda atrokKo‘ptur xush tab’, sof […]

21.10.2025 | 12:12

img23464

“SUNBULIN LAYLO OCHIPTUR…”

Navoiy shahrida “Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosining umumbashariyat ma’naviy va ma’rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida V xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi. Alisher Navoiy avvalboshdan o‘z oldiga juda katta va o‘ta mas’uliyatli vazifa qo‘ygan. Bu turkiy, ya’ni o‘zbek so‘z san’atini forsiy adabiyotdan hech ham kam bo‘lmagan yuksakdan yuksak darajaga ko‘tarish maqsadi edi. Ochig‘i, bu maqsad turkiy adabiyot […]

21.10.2025 | 09:25

img932

ILOHIY NE’MAT

Til millatning qalbi, qadim ajdodlardan meros buyuk xazina, avlodlarni avlodlarga bog‘lovchi ma’naviy ko‘prik hisoblanadi. Har qanday tilda u mansub xalqning ma’naviy-axloqiy olami, insoniy fazilatlari, urf-odatlari-yu orzu-umidlari o‘z ifodasini topadi. Tilini yo‘qotgan xalq o‘zligini ham yo‘qotadi. Milliy xotirani saqlab qolishda tilga teng keladigan boshqa qudratli vosita yo‘q. Tilning moʻjizaviyligi shundaki, kishi o‘zi uchun mutlaqo begona tildagi […]

20.10.2025 | 17:00

img663

TILNI ASRASH MILLATNI ASRASHDIR

OZODLIK FALSAFASI Yurt deganda ko‘z oldingizga nimalar keladi? Yaratgan bizga xalq o‘laroq yashashimiz uchun ato etgan tabarruk tuproq, tog‘-u toshlar, dasht-u dalalar, daryo-yu ko‘llar, cho‘llar-u o‘rmonlardan iborat makon, yana bizni qurshab katta qilgan ota-ona, qavm-qarindosh, do‘st-u yor, mahalladoshlar, to‘y-ma’raka, urf-odat, an’ana va qadriyatlarimiz kelmaydimi? Axir, yurt – shular bilan yurt-ku! Ammo bu omillar bilangina yurt […]

17.10.2025 | 17:39

img938

BOBOLARIMIZDAN QARZDORMIZ

O‘zbekiston xalq artisti Karim MIRXODIYEV bilan suhbat – Karim aka, Mustaqillik ayyomi arafasida “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” unvoni bilan taqdirlanganingiz san’at ixlosmandlari va muxlislaringiz uchun ham quvonchli voqea bo‘ldi. Gazetamiz tahririyati va ko‘p sonli o‘quvchilarimiz nomidan, kechroq bo‘lsa-da, ushbu oliy mukofot bilan muborakbod etamiz. – E’tibor uchun rahmat! Bu mukofot, to‘g‘risi, men uchun kutilmagan voqea […]

16.10.2025 | 12:42

img928

CHATJIPITI VA TIRIK SHOIR

Alqissa, N. shahrining Ilonzor tumanidagi dong taratgan mavzega xizmat yuzasidan borishga to‘g‘ri kelib qoldi. Ko‘rsatilgan manzilga yetib, o‘ttiz uch qavatli boloxonador uyning yap-yangi liftiga qadam qo‘ydim. Ichkarida qotmadan kelgan, qanshariga qalin shishali ko‘zoynak qo‘ndirgan bir nusxa ikki kaftini shimining orqa cho‘ntagiga tiqib, parvozga shaylangan bedanaday chog‘lanib turar, chap burchakda bir sirmako‘ylak, do‘rdoq lab oynaga o‘zini […]

16.10.2025 | 10:03

img969

LASLO KRASNAHORKAI. AKROPOL SARHADLARIDA (HIKOYA)

Taksi haydovchilar rasvo bo‘lishadi-da juda, tiqilinchda odamning holi-joniga qo‘ymay xira pashshadek yopishib olishgani-chi, nega shunaqa qilishadi-ya, ko‘rib turishibdi-yu, ahvol-tirikchilikni – haydasang ketmaydi, boshida, yo‘q, kerakmas, qo‘yasanlarmi-yo‘qmi, bo‘ldi-da endi, deya javob qilib charchamayotgan odamning oxiri indamay, namoyishkorona yuzini burib olishdan o‘zga chorasi qolmadi, ular shunchalik shilqim bo‘lib ketganidan uning g‘ijinayotgani, ko‘zlarida chaqnagan g‘azabni sezmasdilar, tavba, qochib […]

15.10.2025 | 16:51

img733

ATOQLI NAVOIYSHUNOS

Sharq xalqlari madaniyati va adabiy merosining bilimdoni Yevgeniy Eduardovich Bertels (1890–1957) navoiyshunoslik taraqqiyotiga ham munosib hissa qo‘shgan yirik tadqiqotchilardan biridir. Olimning Ikkinchi Jahon urushi yillari bir muddat Toshkent shahrida istiqomat qilishi uning ilmiy faoliyatida nihoyatda samarali iz qoldirdi. U respublikamizning boy qo‘lyozma fondlari bilan yaqindan tanishdi, ulardan unumli foydalandi, oliy o‘quv yurti talabalariga ma’ruzalar o‘qidi, […]

15.10.2025 | 15:34

img762

ASL SHARAF

Barmoq chiziqlari mutlaqo mos keladigan ikki odam bo‘lmaganidek, hayot yo‘li butkul o‘xshash odamlarni ham topish mushkul. Taqdir Asil Rashidovga mutloq o‘ziga xos hayot yo‘li, yirik davlat arbobi va mashhur adibga ukalik baxtini nasib etdi. Lekin navqiron Asiljon bundan mag‘rurlanmadi, ongli, samarali hayotning kaliti mehnat va faqat mehnat ekanini erta anglab yetdi. U o‘ziga nomzodlik ishi […]

15.10.2025 | 09:28

img380

Asosiy

ADABIYOT BO‘YICHA 2025-YILGI NOBEL SOVRINDORINING MUKOFOTGA MUNOSABATI

Vengriyalik yozuvchi Laslo Krasnahorkai “qiyomat dahshati sharoitida san’atning kuchini yana bir bor tasdiqlagan ishonchli va bashoratli ijodi uchun” 2025-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi. “Krasnahorkai Laslo – Kafka va Tomas Bernxardga borib taqaladigan Markaziy Yevropa an’analariga mansub buyuk epik yozuvchi”, – deya ta’kidladi Nobel qo‘mitasi. Laslo Krasnahorkai 1985-yilda “Satanin tangosi” romani nashr etilgandan so‘ng […]

14.10.2025 | 17:00

img973

ADOLAT MUZEYIDAGI SUKUT FARYODI

Xabaringiz bor, mamlakatimizda har yili oktyabr oyining birinchi haftasida siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi o‘tkazilishi belgilangan. Kuni kecha haftalik doirasida O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiga press-tur tashkil etildi. Unda Toshkent shahrining barcha tumanlaridan mahalla faollari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti olimlari, professorlar, magistrlar, mustaqil tadqiqotchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari, jamoatchilik faollari hamda huquqshunoslik yo‘nalishida tahsil […]

14.10.2025 | 16:36

img389

TARAQQIYOTNING BOSH OMILI NIMADA?

KO‘PCHILIKNI O‘YLANTIRGAN SAVOLGA JAVOB Faqat johil kishi inson huquqlari va erkinligi borasidagi me’yorlarni toptashi, o‘zgalarni undan mahrum etish asnosida, o‘zi va yaqinlarini ham bu mahrumlikka sherik qilishi mumkin. Bunga asosiy sabab nima, degan savolga esa, jamiyatdagi diniy qarashlarning xato talqinidan kelib chiqqan johilona qadriyatlar, deb javob beruvchi kishilar ham bor. Ammo boshqa omillarni ham unutmaslik […]

14.10.2025 | 12:25

img536

SHUHRATNING “OLTIN ZANGLAMAS” ROMANIDAN IQTIBOSLAR

Asarda urushdan oldingi va keyingi davrda mudhish qatagʻonga duchor etilgan halol, imon-eʼtiqodli kishilarning fojiali qismati badiiy tasvirlangan. Olam naqadar chiroyli! Har narsaning o‘z hayoti, o‘z husni, o‘z kamoloti bor. O‘z ko‘rki, o‘z fazilati bilan bir-birini to‘ldiradi, bir-birining husnini ochadi, bir-biridan ajralmas bir butunlik tashkil etadi. Ko‘pchilikka suyaning, ko‘pchilik qo‘llaydi. Lekin mutolaani susaytirmang. Men sizning harakatingizga […]

14.10.2025 | 09:38

img919

XUFIYONA QOTILLIK QISSASI

“Ehtiyot bo‘lib yut bol tutganda ham, boldan ham goh chiqar shisha sinig‘i”, deb yozgandi shoirlardan biri. Munojot shunga ham rozi bo‘lardi, faqat bolasi omon qolsa bas edi. Ammo nafsiga qul kimsalarning jinoyati, oilada tibbiy madaniyatning yetarli emasligi, shifokorlarning befarqligi oqibatida norasta go‘dak hayotdan bevaqt ko‘z yumdi. * * * Munojot – bog‘chada tarbiyachi, Otabek – […]

10.10.2025 | 15:53

img1025

QODIRIYGA TAHSIN AYTISHGA BURCHLIMIZ

Adabiy tilning shakllanishi, baland maqomi, sheva xazinasidagi so‘zlarni iste’molga olib kirish va esdan chiqqan tub so‘zlarni qayta qo‘llashda ijod ahlining badiiy tafakkuri benazir vosita bo‘ladi. Xalq ichidan olingan jonli so‘zlar ularning ijod xumdonida toblanib sayqal topadi va til boyligiga aylanadi. Albatta, o‘zbek tilining tarixi uzoq. Ammo zamonaviy o‘zbek adabiy tilining shakllanishida jadid adiblari, shuningdek, XX […]

10.10.2025 | 12:01

img978

SAVOB VA TAVOB

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori,“Shahidlar xotirasi” jamoat fondi raisi Baxtiyor HASANOV bilan suhbat. – Ayni kunlarda Xotira va tarbiya haftaligi davom etmoqda. Bu tadbir Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga bevosita daxldordir. Suhbatni ushbu muassasaning bugungi faoliyatidan boshlasak. – Muhtaram Prezidentimiz joriy yil Shahidlar xotirasi xiyobonida davlat va jamoat tashkilotlari […]

10.10.2025 | 09:04

img619

Asosiy

QABRGA KO‘MILGAN KITOBLAR

Jaholatga botgan tuzumlarning eng katta dushmani kitobdir. Shu bois, tarixda insoniyat zakosi mahsuli bo‘lgan qanchadan qancha kitoblar gulxanlarda yoqilgan, daryolarga oqizilgan. Mintaqamizda “Avesto”dan to yaqin kunlargacha ming-minglab kitoblarning kuli ko‘kka sovurilgan. Shuning uchun ham buyuk ajdodlarimizning aksar asarlari nomi faqat ro‘yxatlardagina saqlanib qolgan. Bu fojia XX asrda, ayniqsa, keng miqyos kasb etib, sovetlar o‘tgan asrning […]

09.10.2025 | 11:58

img838

OLIM-U ILM-U AMAL

Mashhur orif va muhaddis Sufyon Savriy “Ko‘ngildan kibr zangini ketkazishdan ko‘ra tog‘ni igna bilan quduqqa aylantirish osonroq”, degan ekan. Mavlono Jaloliddin Rumiyga ko‘ra esa, takabburlikning eng tuban ko‘rinishi ko‘pincha ilm ahli orasida uchraydi, binobarin, kibr-u havo bois ilohiy dargohdan haydalgan Iblis ham dastavval farishtalarga ustozlik qilgan. Alhol, ilmiga shoista amal qilgan xoksor olimlarning maqomi ham, […]

09.10.2025 | 09:34

img669

HAMISHA XALQIMIZ QALBIDA

2024-yildan e’tiboran har yili oktyabr oyining birinchi haftasi Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida belgilangan. Bu yil ushbu xayrli tadbir Xotira va tarbiya haftaligi sifatida o‘tkazilmoqda. Bu muhim sananing aynan mana shu vaqtda o‘tkazilishi sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz boshiga tushgan mudhish tarixiy voqealar bilan bog‘liq. 1938-yil 4–15-oktyabr kunlari SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasining […]

08.10.2025 | 16:17

img584

BEHBUDIY VA SULTON QOBUS

O‘mon – Arabiston yarimorolning janubi-sharqiy qismida joylashgan davlat. Maydoni – 309,5 ming kvadrat kilometr. Aholisi – 5,3 million kishi (2025). Poytaxti – Maskat shahri. Ma’muriy jihatdan 59 viloyatga bo‘linadi. Sho‘ro kengashi va Davlat kengashidan iborat O‘mon Kengashi maslahat organi mavjud. Ijrochi hokimiyatni sulton va hukumat amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi “Turkiston jadidlik harakatining […]

08.10.2025 | 13:55

img716

Asosiy

“O‘TKAN KUNLAR” BOSHIDAN O‘TGAN KUNLAR

1 Stalin hukumati otamiz Habibullo Qodiriy (1918–1988)ni ham “xalq dushmanining o‘g‘li” degan tamg‘a bilan qamagan. U kishi hayotining o‘n yilini mahkumlikda o‘tkazgan. Otam o‘sha yerda bo‘lgan bir voqeani quyidagicha eslagandi: “1949-yilning oxiri – 1950-yilning boshlari edi. Shimoliy O‘rol lagerlaridagi (unda qirqdan ortiq lager bor edi) barcha siyosiy mahbuslarni etap qilib, qizil vagonlarga ortib Qarag‘anda shahriga […]

08.10.2025 | 12:23

img1254

JADID KUTUBXONASI