Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Maqolalar

FAN MILLAT TANLAMAYDI

Akademik Jaloliddin AZIMOV bilan suhbat – Omma parazitlarni zararkunanda mavjudot bilib, tabiat va inson uchun mutlaqo keraksiz deb hisoblaydi. Ammo biologiyada aynan ularni o‘rganuvchi alohida tarmoq mavjud va Siz bu tarmoqning dunyoga tanilgan vakilisiz. Bu sohani tanlashingizga nima turtki bo‘lgan? – Parazitologiya – odamlarda, hayvonlar va o‘simliklarda parazitlik qiluvchi, ya’ni tekinxo‘rlik bilan kun kechiruvchi organizmlarni […]

24.09.2025 | 09:11

img858

OY TO‘LIN BO‘LGANDA SHUNDAY OQARSA KERAK…

Ha, oy to‘lin bo‘lganda shunday oqarsa kerak… Men barcha mo‘ylari bunchalar oppoq oqarib ketgan odamni hech ko‘rmagan edim. Hatto qoshlari, kipriklari ham oppoq edi. Qora – kuch, oq – aql deb shuni aytsalar kerak. 1963-yil edi, shekilli, Navoiy kutubxonasi qarshisidagi uyda Abdulla Qahhorning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘ldi. Abdulla aka: “Avval yoshlar gapirsin, yoshlar”, dedilar. Biroz […]

23.09.2025 | 15:38

img1010

OGOH BO‘LING: “INTERNETOMANIYA”

“Jadid” gazetasida Mizrob Bo‘ronovning “Internet xumori yoxud asalning ham ozi shirin” maqolasini o‘qidim. Darhaqiqat, bu masala bugun jiddiy tus olgan. Bilamizki, tabiiy gazning hidi yo‘q. Ana shu ko‘zga ko‘rinmas ne’matsiz turmush tarzimizni tasavvur qila olmaymiz. Lekin tabiiy gaz ehtiyotsiz yondashuv tufayli inson hayoti uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin. Hamma gap me’yorga va foydalanish qoidalariga amal […]

23.09.2025 | 12:24

img720

PAXTA – KECHAGI AZOB, BUGUNGI IMKONIYAT: OQ VA QORA

Paxta – o‘zbek xalqi uchun yaqin tariximizda faqatgina majburiy mehnat va azob ramzi bo‘lib kelgan ekin. Yuz yildan ortiq davom etgan bu zahmatdan endigina qutuldik. Ammo shuni anglash kerakki, paxtadan butunlay voz kechish emas, balki uni isloh qilish, innovatsion texnologiyalar yordamida hosildorlikni oshirish va chidamli navlarni ekish orqali yangi marralarga erishish zarur. Joriy yilgi paxta […]

22.09.2025 | 10:46

img959

Asosiy

“KOTIB HAR MUDDAONI YOZMOQCHI BO‘LSA…”

Ma’rifatparvar jadid bobolarimiz yosh avlod ta’limi hamda ilm-fanning muhim sohalarini o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratganlarini tarixdan yaxshi bilamiz. Yangi usul maktablari ochilar ekan, albatta, bu dargohlar uchun zamonaviy darslik hamda o‘quv qo‘llanmalari ham yaratish lozim edi. Jadidlar bu ishning ham uddasidan chiqdi. Birgina Mahmudxo‘ja Behbudiyning o‘zi “Risolayi asbobi savod” (“Savod chiqarish kitobi”), “Risolayi jug‘rofiyayi umroniy” (“Aholi […]

19.09.2025 | 09:00

img1343

Asosiy

MILLAT TOLEYIDA PORLAGAN YULDUZ

O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilov xotiralari Bir kuni ustozim Shukur Burhon “O‘tir moshinaga!” dedi. Ketdik. Hech qachon so‘ramasdim qayerga deb, u kishiyam aytib o‘tirmasdi. Ulug‘vor binoga keldik. Yaxshi qo‘riqlanar ekan, ustozni tanib yo‘l berishsa ham, menga shubha bilan qarardi qo‘riqchilar. “Shogirdim!” dedi ustoz savolga o‘rin qoldirmaydigan qilib. Oltinchi qavatga ko‘tarildik. Ustoz bir eshikni dadil ochib […]

18.09.2025 | 12:20

img987

OLIM QALBINING LIRIK LAHZALARI

Iste’dodli yozuvchi do‘stim Bahodir Qobul bilan akademik Baxtiyor Nazarov (1945–2022)ning uyiga borgan edik. Domla bizni ko‘rib, jo‘ra ekanimizni eshitib  nihoyatda mamnun bo‘lgandi. “Adabiyot ziyosi” gazetasining birinchi sahifasida u kishining katta rasmi, ichki betida zukko adabiyotshunos Ibrohim Haqqulning domla xususida yozgan “Ilm yo‘li – izlanish va sabotdir…” nomli maqolasi bor edi. Bu mujdadan domla ikki karra […]

18.09.2025 | 09:43

img910

Asosiy

SAODAT VA KULFAT

Saodat Shamsiyeva 1908-yili To‘rtko‘l shahrida, novvoy Polvon Allaqulov oilasida tug‘ilgan. Asli Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog‘idan bo‘lgan otasi savodli odamlarni hurmat qilar, shu sababdan farzandlari, xususan, qizlarini ham maktabga bergan edi. Afsuski, Polvon ota 1916-yilda vafot etadi, onasi Roziyabibi va katta akasining qaramog‘ida o‘n nafar bola qoladi. Kichkinalar ip yigirar, kattalar sut sotar – tirikchilik shundan […]

17.09.2025 | 12:34

img739

VAQF – ILMDAN VOQIFLIK

Mushtdek bola vaqtimizdan kuzda paxta terimiga majburan haydalgan avlod vakilimiz. 1-sentyabrda o‘qish boshlanar, hafta o‘tmay maktablar yopilar va qora qishgacha otizdan chiqmasdik. Shunday zamonlar edi. Hozir gap bu haqda emas. Elatimizdagi brigadaga tegishli yer maydonlarining o‘z atamalari bo‘lardi: “Chovdur karta”, “Traktor surgan otiz”, “Shavak”, “Cho‘plik” kabi. Yana ikki yerda “Vaqf karta” atalmish otizlar bo‘lib, u […]

17.09.2025 | 09:31

img456

SIFATLI TA’LIM KAFOLATI

2025-yil boshidan buyon Davlatimiz rahbari ta’lim sohasi vakillari bilan o‘n marta uchrashdi. Ularda oliy, kasbiy, maktabgacha va maktab ta’limi, nodavlat ta’lim, sport va harbiy ta’lim, xorijdagi ta’limni qo‘llab-quvvatlashga oid taqdimotlar bilan tanishdi hamda videoselektor yig‘ilishlari o‘tkazdi. Bu tadbirlar allaqachon o‘z mevasini bera boshladi. O‘qituvchilarning oylik maoshiga 10 dan ortiq ustamalar joriy qilindi. Bugun o‘z ustida […]

16.09.2025 | 16:41

img422

O‘ZBEK FUTBOLI MO‘JIZASI

Futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz mamlakatimiz tarixida ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, ko‘p yillik orzu-umidimizni ro‘yobga chiqardi. Kuni kecha O‘zbekiston terma jamoasi “CAFA Nations Cup 2025” o‘yinlarida Eron terma jamoasini mag‘lub etib, Osiyoda tengsiz jamoalardan biriga aylanganini ko‘rsatdi. 2024-yildan boshlab o‘zbek futboli rivojida yangi sahifa ochildi – 23 yoshgacha bo‘lgan terma jamoamiz birinchi […]

16.09.2025 | 12:20

img761

“YUTSAM YUTDIMKI, KAM BO‘LMADIM…”

Emma AN:Bundan 33 yil oldin menda o‘zbek tilini o‘rganish fikri tug‘ilgandi. Bu, albatta, O‘zbekistonning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi bilan bog‘liq. 1991-yildan so‘ng yurtimizda o‘zbek tili kurslari faoliyati sezilarli darajada rivojlandi. Bu kurslarda asosan boshqa millat vakillari til o‘rganishardi. Boshqa koreys millatdoshlarim qatorida men ham o‘zbek tilini mukammal o‘rganishga kirishgandim. Biroq o‘sha paytlar o‘tish davri bo‘lgani […]

16.09.2025 | 09:34

img599

QARMOQQA KIM ILINDI?

Odamzod tafakkuri o‘sib, ajdodlaridan ko‘ra kengroq fikrlashga o‘tgani haqida bong uradi olimlar. Zamonaviy dunyodagi ulkan o‘zgarishlar bunga dalil bo‘ladi. Lekin ba’zi masalalarda yurtdoshlarimiz tutumlarini ko‘rib, eshitib “Nahotki, shu XXI asr odami bo‘lsa?!” deb hayron qolaman. Navbatdagi sud jarayonidan chiqar ekanman, shu o‘ylar ongimni band etdi. Voqea bunday bo‘lgan edi… * * * Sudlanuvchi Baxtiyor Qo‘ziboyev […]

15.09.2025 | 15:45

img688

Asosiy

CHO‘LPONNING XITOYLIK SAN’ATKORGA BAHOSI

Tarixdan ma’lumki, jadid bobolarimiz jahon ilm-fani yangiliklari qatorida dunyo adabiyotini ham o‘qib, kuzatib borgan. Sara asarlarni tarjima qilib, adabiy maqolalar yozgan. Bunday keng qamrovli adabiy ishlarning bir qirrasi bevosita xitoy adabiyoti va san’atiga tegishlidir. Bu jabhada ham Mahmudxo‘ja Behbudiy yetakchilik qilganini ta’kidlash joiz. Alloma aslan xitoycha bo‘lgan “Tasoduf” hikoyasini 1909-yilda “Turkiston viloyatining gazeti”da erkin tarjima […]

15.09.2025 | 12:30

img742

XO‘SH, O‘ZIMIZ-CHI?..

Inson o‘z fe’lidan ko‘rmaydi-da, hayotning beshafqatligidan noliydi, o‘z dangasaligi, uquvsizligini hisobga olmaydi-da, tuzumdan, tizimdan shikoyat qiladi. O‘zining xudbinligidan qutulish xususida bosh qotirmaydi-da, omad kulib boqmayotganidan, quyosh uning yelkasiga ko‘proq nur yog‘dirmayotganidan o‘kinadi. O‘zgalarga mehr qo‘yish, naf yetkazish borasida qayg‘urmaydi-da, unga iltifot-u muruvvat ko‘rsatishmayotganidan g‘ijinadi. Yo shunday emasmi?.. Ha, hasratga, nolishga, zorlanishga, domangirlikka moyillik aksariyat kishilarga […]

15.09.2025 | 08:55

img529

UCH UCHRASHUV

1970-yil. Jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirolmagach, O‘shga qaytib, viloyat gazetasi tahririyatida musahhih bo‘lib ish boshladim. Shavkat Rahmon nomini dastlab o‘sha yerda eshitganman. Shoir, chamasi biron yil shu dargohda musahhih bo‘lib ishlabdi, bu orada yozgan she’rlarini ruschaga tarjima qildirib, Moskvaga yuborgan ekan, Oliy adabiyot kursidan o‘qishga qabul qilingani to‘g‘risida xat kelibdi – she’rlari shunchalik yaxshi ekan. Bilishimcha, […]

12.09.2025 | 16:42

img1825

UMRIM KO‘CHKILARDAY JIMJIT, SHIDDATLI

* * *Hali biror ishni uddalamadim,hali hech kimsani qilmadim rozi,behuda o‘tibdi go‘zal umrimningqanchalab chiroyli bahori, yozi.Farog‘at borligin unutib qo‘ydim,bag‘rimga chaqinlar tegdi daf’atan,Sendan-da ulug‘roq narsa yo‘qliginsochim oqarganda angladim, Vatan!Buncha kech angladim,nega muncha kech…Anglasam loaqal o‘ttiz yil avval,loaqal tug‘ilmay turib anglasam…Ko‘rgan bo‘larmidim seni mukammal.Hali asl Vatan bo‘lmog‘ing uchunovozi toshlarni yorar kuychilar,qanchalab sehrgar shoirlar kerak,qancha bilim kerak,qancha kuch-chidam.Umrim […]

12.09.2025 | 12:38

img1466

EZOP MASALLARIDAN IQTIBOSLAR

Ushbu kitobdan eramizdan oldingi VI asrda yashab o‘tgan mashhur yunon masalchisi Ezopning ibratli va talim-tarbiyaga yo‘g‘rilgan masallari o‘rin olgan. Unda siz yaxshilikning yomonlik ustidan g’alaba qozonishi, yolg’onchilik va tamagirlik, albatta, jazoga tortilishi, maqtanchoqlik hech qanday naf keltirmasligini biror buyum yoki jonzot ishtirokidagi hikoyalardan bilib olasiz. Do‘stlikka xiyonat qilgan kishi dili og’rigan do’stining qasosidan qutulib qolishi […]

11.09.2025 | 17:42

img1495

Asosiy

ERKSEVAR MUHARRIR

Bugun o‘zbek jadid ziyolilari bilan yelkadosh bo‘lib, xalqning ma’naviy uyg‘onishi va milliy ozodligi yo‘lida bor kuchini ayamagan atoqli shaxslardan biri – tatar ziyolisi Sodiq Abdusattorov haqida so‘z yuritmoqchimiz. Sodiq Abdusattorov 1884-yili Ufa guberniyasi, Sentovskiy qishlog‘ida savdogar oilasida tavallud topgan. Boshlang‘ich ta’limni dastlab rus maktabida, so‘ngra Orenburg shahridagi mashhur jadid maktabi – “Husayniya”da olgan. Bu muassasada […]

11.09.2025 | 16:35

img1004

G‘URBAT ELI

Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan insonparvar siyosat natijasida dunyoning turli nuqtalarida yashab, ijod qilayotgan vatandoshlar oldiga qo‘yilgan to‘siqlar olib tashlandi. Endi ular ota yurtlariga erkin kelib-ketishi, ijodini o‘quvchilarga yetkazishi mumkin. Agar o‘zi olamdan o‘tgan bo‘lsa, ularning xotirasiga hurmat ko‘rsatish uchun ham yurtimizda barcha sharoitlar yaratilgan. Bugun kindik qoni Andijon tuprog‘iga to‘kilgan, taqdir taqozosi bilan Saudiya Arabistonining […]

11.09.2025 | 15:58

img419

ILM TOGʻINING UCH CHO‘QQISI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 23-avgustda imzolagan “O‘zbekistonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum olim va ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni xalqimiz tomonidan ko‘zda yosh, qalbda quvonch bilan kutib olindi. Taqdirlanganlar ro‘yxatini o‘qir ekanmiz, zodagoniy iftixor tuyamiz. Bu ezgu ishning mohiyatini odamlarga yetkazish biz – ziyolilarning vazifamizdir. Shu […]

11.09.2025 | 12:47

img571

JADID KUTUBXONASI