KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
“QURG‘UR” MINAN “OTISHMA”!
Erkaklar bayramini nishonlash uchun bir gala armiya ko‘rmagan qorinboylar “anov o‘lgur” bilan “otishma” qilgani Chori shilpildoqni tapchaniga yig‘ildik. Bu yog‘i molni tuyog‘i – halpana! Boshida no‘vbat-no‘vbat degandik, gali kelganda qisir ammasi tug‘ib qoladiganlar, kuchugi bolalab, ko‘zi ochilmaguncha uydan chiqolmayman degan xotinparvarlar, yonboshi og‘rib, tabibga silatgani oqsoqlanib chopgichlar ko‘payishib qoluvdi. Eskidan qolgan gap bor: Dard kelganda […]
30.01.2025 | 12:24
352
“SADOYI TURKISTON” GAZETASI
Jadidlarning eng sevimli nashrlaridan bo‘lgan. Bu milliy gazeta jamoasiga birinchi marta zamonaviy – Yevropacha ilm olgan shaxs boshchilik qilgan. Jarida muharriri Ubaydulla Asadullaxo‘jayev (1885-1938-yillar) Saratov shahrida huquqshunoslik bo‘yicha zamonaviy oliy ta’lim olgan bo‘lib, Turkistonga qaytgach, milliy-ozodlik orzusida yurgan mahalliy ma’rifatparvarlar safiga kelib qo‘shildi. Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy singari jadidlarning yirik siymolari bilan hamkorlikda “Sadoyi Turkiston” […]
30.01.2025 | 11:05
1192
“Gilgamish” dostonidan iqtiboslar
To‘rt ming yillik tarixga ega sopol lavhalarda mo‘jizaviy tarzda saqlanib qolgan Uruk shohi Gilgamish dostoni dunyodagi eng qadimgi epos hisoblanadi va Gomerdan bir necha asr oldin yaratilgan. Dostonda Gilgamishning yovvoyi odam Enkidu bilan sarguzashtlari, shuningdek, abadiy hayot sirini izlash uchun mashaqqatli sayohati haqida hikoya qilinadi. Gilgamish dostoni oila, do‘stlik va podshohlarning burchlari mavzularini qamrab olgan […]
30.01.2025 | 10:42
2586
JAHOLATGA QARSHI “VAKSINA”
Yuz yil oldin jadid bobolarimiz “millat oyog‘iga tushov” deb qoralagan to‘y-hasham, ma’rakabozlik masalasi bugun ham taraqqiyotimiz yo‘liga g‘ov bo‘lyapti. Tojikistonlik taniqli adib Sattor Tursunning bir hikoyasi bor. Qo‘shnisi bilan hashamat bobida kimo‘zardan charchagan hikoya qahramoni qotil yollab, unga o‘zini o‘ldirib, jasadini qo‘shnisining hovlisiga tashlashni buyuradi. Mubolag‘a zamiridagi achchiq haqiqat shuki, bebaho umrimizni loaqal bir lahzaga […]
30.01.2025 | 08:44
247
Anton Chexovning “Vanya tog‘a” pyesasidan iqtiboslar
Mazkur dramada butun umrini boshqalarning toʻq va farovon yashashlari uchun xazon qilgan kishining achchiq qismati orqali XIX asr rus jamiyatidagi muammolar ochib beriladi. Atrofga qarasang, seni tentak odamlar qurshab olganini ko‘rasan, ularning bari tentak; ular bilan bir-ikki yil yashasang bormi, tentak bo‘lganingni o‘zing ham sezmay qolasan, kishi. Bu odam rosa yigirma besh yildan buyon san’at […]
29.01.2025 | 12:39
776
Asosiy
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY
Samarqandlik jadidlardan biri, o‘z vaqtida munaqqid sifatida tanilgan Vadud Mahmud (1897–1975) quyidagi asarida o‘z ustozi Mahmudxo‘ja Behbudiyning dunyoqarashi, amalga oshirgan ishlari hamda Samarqand muhitidagi jadidlar harakati bilan bog‘liq voqealarni esga oladi. Behbudiy faoliyatining matbuot, kutubxona, usuli savtiya maktablari, mohir siyosatchilik bilan bog‘liq qirralari haqida tarixiy sharoit, muayyan shaxslar va voqealar bilan bog‘liq holda hikoya qilinadi. […]
29.01.2025 | 11:22
1361
TARAQQIYOTGA TO‘G‘ANOQ
Keyingi yillarda mamlakatimizda turmush darajasi farovonlashib, aholi daromadlari oshib borayotgani yaxshi, albatta. Biroq kishilarning asosiy mablag‘lari to‘y-hasham, boshqalarga o‘zini ko‘rsatishdek havoyi maqsadlarga sarflanayotgani achinarli. Bugun hayotimizda ko‘payib borayotgan oilaviy mojarolar, nizo-janjallar, ajralishlar, er-xotin o‘rtasidagi sovuqchilik sabablari ham, aksariyat hollarda, aynan serxarajat to‘ylarga, ular bilan bog‘liq behad ortiqcha isrofgarchilikka borib taqalishi hech kimga sir emas. Bir […]
28.01.2025 | 12:23
607
Uolter Ayzeksonning “Eynshteyn: uning hayoti va koinoti” asaridan iqtiboslar
Eynshteyn yoshligidanoq isyonkor va an’analarga qarshi edi, bu xislatlari uning ham hayotiga, ham ilmiy faoliyatiga turtki bo‘ldi. Ushbu asarda Valter Ayzekson olimning fikrlash tarzini va u kashf etgan koinot sirlarini tushuntirib beradi. Kollej ta’limining nufuzi ko‘plab faktlarni o‘rganishda emas, balki aqlni fikrlashga o‘rgatish orqali belgilanadi. Bizni tushkunlikka soladigan yoki g‘azablantiradigan narsalarga bor diqqatni safarbar qilish […]
28.01.2025 | 11:33
982
O‘ZBEK KINO SAN’ATINING DARG‘ASI
O‘zbekiston xalq artisti, professor Shuhrat Abbosov o‘zbek kino san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan atoqli san’atkor, o‘zbek madaniyatining darg‘alaridan biridir. Milliy kino san’atimizning, milliy teatr san’atimizning, milliy san’at pedagogikasining juda ko‘p sahifalari Shuhrat Abbosov nomi bilan chambarchas bog‘liq. Ayniqsa, hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida qirq yildan ortiq pedagogik faoliyatida professor Shuhrat Abbosov yuzlab shogirdlar […]
27.01.2025 | 17:57
799
HALOKATNING SIRI NIMADA? Qo‘shiluvchilarning o‘rni almashganda yig‘indi o‘zgaradi
Fransuz ma’rifatparvari Antuan Rivarolning bir gapi yangi dunyoning chalkash mohiyatini ochib tashlaydi. Bu shunday: “Volter: “Odamlar qanchalik ma’rifatli bo‘lsalar, shunchalik erkindirlar”, deb ta’lim bergandi. Uning izdoshlari esa xalqqa: “Siz qanchalik erkin bo‘lsangiz, shunchalik ma’rifatlidirsiz”, deb uqtirdilar. Halokatning siri ana shunda!” Qarang-a, bir qarashda ikki talqin ham aslida bir xil, ko‘p farqi yo‘qday, shunchaki so‘zlarning o‘rni […]
27.01.2025 | 16:09
654
MAESTROGA MAKTUB
Qadrli maestro! Ma’lumingiz bo‘lsinkim, bu maktubni sizga qariyb uch asr beridan yozmoqdaman. Bilaman, endilikda vaqtingiz ko‘p. Tug‘ilgan kuningiz bilan eng avvalo, o‘zimni tabriklayman, keyin Yupiterni. Bo‘lmasa, o‘ziga atalgan bunday muhtasham simfoniyadan bebahra o‘tardi. Shuning totidanmi sarmast bo‘lib, haligacha boshi aylangani aylangan, yettinchi osmonda uchib yuradi. Hali o‘smir edim, ilk marta sizni menga “Lya major” sonatasi […]
27.01.2025 | 10:02
707
“ODAMLARGA ISHONISH KERAK!”
Ishdan qaytishda non olmoqchi bo‘lib, bir nechta novvoyxonalardan o‘tib keldim. Nogoh yo‘l chetida turgan “Non” yozuvini ko‘rib to‘xtadim. Kolyaskada usti o‘ralgan non, to‘rt ming degan yozuv bor. Ammo sotuvchi yo‘q. Shu atrofdagi to‘rt beshta darvozani taqillatdim, hech kim chiqmadi, chiqqaniyam bizniki emas, deyishdi. Nima qilishni bilmay tursam, bir yigit: “Aka nonni olib, pulni qo‘yib ketavering” […]
24.01.2025 | 19:19
525
Asosiy
ABDULLA QODIRIYNING BIRINCHI MAQOLASI
“YANGI MASJID VA MAKTAB” “Mahallamizning taraqqiyparvar ag‘niyolaridan1 muhtaram Yo‘ldosh Hoji janoblari Beshog‘och daha, Eshonguzar mahallasida g‘ishtdan bir masjid bino qildirdilar. Mazkur masjid yoniga uch derazali xibzisihatga muvofiq bir maktab ham soldirdilar. Ishonchli odamlar so‘ziga qaraganda shu sovg‘a maktablariga usuli jadid ila o‘qitadigan muallim keltirib qo‘ymoq niyatida emishlar. Ollohi taolo mazkur boy janoblarini yaxshi niyatlariga yetkazib, […]
24.01.2025 | 10:53
1467
“TUJJOR” GAZETASI
1907-yilning 21-avgustidan Said Karimboy Said Azimboyev muharrirligi va noshirligida chiqa boshladi. Gazeta asosan, aholining savdogarlar tabaqasiga mo‘ljallangandi. “Tujjor”ning 1-sonida “Matbuot olami yoki sababi ta’sisi g‘azetai “Tujjor” sarlavhali bosh maqola e’lon qilingan. Unda mazkur nashrning yo‘nalishi, maslagi bayon qilingan. Muharrir bayon etishdan oldin gazetaning tavsifini keltiradi. Gapni “…zamonamiz matbuot olamining eng taraqqiy qilg‘on zamonidir” degan fikrdan […]
23.01.2025 | 18:30
1123
Said Ahmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” pyesasidan iqtiboslar
”Kelinlar qo‘zg‘oloni” asari O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad asari asosida sahnalashtirilgan bu spektaklni yodga olishingiz bilan yuzingizga tabassum yuguradi. Uni qayta-qayta tomosha qilsangiz-da g‘ashingizga tegmaydi. 1984-yil sahna yuzini ko‘rgan spektakl yillar osha hamon sevimli bo‘lib yashab kelayotgan san’at durdonalaridan biridir. Unda Farmonbibi mehribon, ammo juda qattiqqoʻl ona boʻlib, oʻzining yetti oʻgʻli va ularning oilalari bilan […]
23.01.2025 | 17:01
1856
YOLG‘ONNI YAMLAMAY YUTIB, “SEMIRAYOTGAN” YouTube
…Universitetda tahsil olayotgan jiyanimning savol aralash so‘ragani ajablantirdi: “Bu… nomlari abadiylashtirilganlarning hammasi ham adolatli odamlar emas ekan-ku!” Gap kim haqida ketayotgani bilan qiziqdim. U qo‘l telefonidagi bir lavhani ko‘rsatdi. Sarlavhasiga ko‘z tashladim: “Oq oltin” qullari. Paxta mafiyasi”. Lavhaga ikki tarixiy shaxs surati ilova qilingan – Sharof Rashidov va Ahmadjon Odilov. Qiziqib, besh-olti daqiqa kuzatdim va […]
23.01.2025 | 15:03
788
ES
…Bunga dudlangan baliqning aloqasi yo‘qdir – kecha kechqurun yesa bir tuyur yeb, ustidan yarim stakan qaynagan suv ichdi, xolos. Abdimo‘min rosa manzirat qilsayam o‘zini tiydi: imtihondan o‘tib olaylik, keyin; balki pivo bilan qo‘shib urarmiz. Buni eshitib ko‘zlari chaqnab ketgan hamxonasi lab-lunjini yig‘ishtirolmay qoldi; aftidan, pivo desa o‘zini tomdan tashlaydiganlardan. Ammo shu bolaga tan berish kerak: […]
23.01.2025 | 11:09
376
BU – MENING VATANIM!
Xalqimizda “sut bilan kirgan jon bilan chiqadi” degan naql bor. O‘zbekiston Respublikasi koreyslar madaniyati markazlari assotsiatsiyasi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Viktor Pak bilan suhbatlashgan odam uning koreys millatiga mansub ekaniga shubha qiladi. Sababi, Viktor aka (uni ko‘pchilik shunday ataydi)ning qoniga o‘zbek tili ona suti bilan singgan. U O‘zbekistonsiz o‘zini, o‘zbeklarsiz hayotini, o‘zbek tilisiz […]
22.01.2025 | 15:25
809
Asosiy
JADIDLIK MILLIY HARAKATI VA TIL-IMLO MASALASI
Til millatning eng katta boyligi, ma’naviy mulkidir. U millatni millat, xalqni xalq qilib turuvchi kuch hamdir. O‘zbek xalqi o‘z tilini saqlab qolish maqsadida butun tarixi ichra juda ko‘p marta bosqinchilar tilini qabul qilmaslik uchun kurashgan va jonini fido qilgan. XX asr boshlarida ham bu muammo bo‘lgan va Turkiston jadidlari turkiy tilni yot so‘zlardan asrash, uning […]
22.01.2025 | 12:50
1411
YURT QAYG‘USI
Onam! Seni qutqarmoq uchun jonmi kerakdir?Nomusmi, vijdon bila imonmi kerakdir?Temur bila Chingiz qoni toshdi tomrimizdan,Aytgil! Seni qutqarmoq uchun qonmi kerakdir?Yov suqg‘ali kelgach qilichini yuragingga,Tush oldiga, ol ko‘ksumi – qalqonmi kerakdir?Boq, boq, mana turk tengizi toshqun qila qoldi,Turon yovini quvgali to‘fonmi kerakdir?Turon, yigiting, barchaga boq, qalqdi oyoqg‘a,Yurtda qorovul qo‘yg‘ali arslonmi kerakdir? YURT QAYG‘USI(Sochma) Ey Ulug‘ Turon, […]
22.01.2025 | 11:22
1690
MA’RIFATPARVAR GENERAL QISMATI
Ismoil Gʻasprali, uning fojiali o‘limi munosabati bilan “Tarjimon” gazetasida chop qilingan yirik ta’ziyanomada “General Jo‘rabek tug‘ma askar o‘ldig‘i holda ilm va maorifni ham juda sevgan bir kishi edi. Alloh undan o‘z rahmatini darig‘ tutmasin”, deya hamdardlik bildirgan. “…1877-yilda Toshkentda “shahar nizomi” degan hujjat qabul qilinadi. Shu nizomga asosan shahar dumasi a’zolari va shahar boshlig‘i saylangan. […]
22.01.2025 | 09:43
465