KUTUBXONA
Bo'lim: Maqolalar
Asosiy
ALISHER NAVOIY FENOMENI – JAHON AHLI NIGOHIDA
Buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi, Sharq Uyg‘onish davrining yorqin namoyandasi Mir Alisher Navoiyning porloq nomi va bebaho merosi xalqimiz tarixida, milliy ma’naviyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Ulug‘ ajdodimiz o‘zining o‘lmas asarlarida ona tilimizning so‘z boyligi va ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, o‘zbek adabiy tiliga asos soldi. […]
09.02.2025 | 11:08
1192
Asosiy
51- RAQAMLI MAHBUS
1937–1953-yillarda mustabid tuzum tomonidan xalqimizning yuz mingdan ziyod vakili qatag‘on siyosati qurboni bo‘lganini yaxshi bilasiz. Ularning otib tashlangani qancha, nohaq quloq qilingani-yu, surgunga jo‘natilgani qancha?! Ayni raqamlarga aniqlik kiritish borasida hamkasblarimiz tomonidan izchil tadqiqotlar olib borilmoqda. Bugungi kun tasavvuriga ham sig‘maydigan ayanchli taqdir egalari orasida atoqli arboblar, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilar, harbiylar, sud-huquq tizimi xodimlari, […]
08.02.2025 | 12:00
516
O‘ZINGGA O‘XSHA, QIZIM!
Quyi qavatimizdagi xonadonni yaqindagina ijaraga olib, yashayotgan ayolning ovozi o‘tkir ekan. Dam-badam shang‘illagani-shang‘illagan. Tong demaydi, tun demaydi, “ijro”sini boshlayveradi. “Avj”i ham uzoq davom etadi, avval chiyildoq ovozda “nola qiladi”, so‘ng qarg‘anadi, keyin o‘zining sho‘rpeshanaligidan yozg‘irib, faryod chekadi. Eshitmaslikka, e’tibor bermaslikka har qancha urinmay, befoyda – teshik quloq ekan-da. Men-ku, kun bo‘yi ishdaman, boshqa devordarmiyonlar bunga […]
07.02.2025 | 12:48
348
TIL MASALASI
Hozirda bizlar uchun eng muhim masalalardan biri, shubhasiz, til masalasidir. Biz Turkiston turklari ona tilimiz bo‘lg‘on turkiy til bilan birga yasharg‘a va turkiy tilimizni o‘z hayotimiz va o‘z huquqimiz bilan barobar muhofaza etarga tevishmiz. Eski huqumat zamoninda biz turkistonlilar hukumatning rasmiy idora va maktablari nari tursin, o‘z maktablarimizda ham ona tilimizda ilm va fan o‘qumoqqa […]
06.02.2025 | 16:30
611
GUGURT NARXIGA TENG QADR
Rahmatli ammam Halima Hasan qizi 1906-yil tug‘ilgan edi. 28 yoshida qishloqda tashkil qilingan ilk kolxozga kiradi va 32 yil ishlab, 6 so‘m bilan keksalik nafaqasiga chiqadi. Bu pulga o‘sha vaqtda – o‘tgan asrning oltmishinchi yillari boshlarida bir yarim kilo go‘sht bergan. “Kolxozda ish og‘ir edi – erkaklar qatori ishlardik. Brigadirlar boshimizda qamchi o‘qtalib turishardi. Qish […]
06.02.2025 | 15:05
536
“SADOYI FARG‘ONA” GAZETASI
Farg‘ona viloyatida chiqqan ilk milliy gazetadir. Muharrir va noshiri – tog‘-kon mutaxassisligi bo‘yicha muhandis Obidjon Mahmudov (o‘z davrida laqabi Obid Chatoq bo‘lgan). Gazeta Qo‘qondagi O. Mahmudovning o‘z xususiy matbaasida bosilgan. 1-soni hijriy 1332-yilning 22 jimodulavvali, milodiy 1914-yilning 3-aprelida chop etilgan. Adadi 1500 – 1700 nusxa atrofida bo‘lgan. Uning maqsad va maslagi ilk sonida muharrir tomonidan […]
06.02.2025 | 12:40
1247
“ONAMDEK E’ZOZLADIM, U MENI YUKSALTIRDI…”
– Men Jizzax viloyatining Zomin tumanida dunyoga keldim. Qirg‘izman. Yetti ota ajdodim ham Zominda tug‘ilgan. Ular: otam – Mamat, Mamatning otasi – Jabbor, Jabborning otasi – Qo‘jas, Qo‘jasning otasi – Rahmat, Rahmatning otasi – Navro‘z, Navro‘zning otasi – Doovlot, Doovlotning otasi – Ummet. Demakki, yetti otamning har biri o‘rta hisobda 70 yildan umr ko‘rgan, deb […]
06.02.2025 | 09:00
448
Asosiy
MAQBUL QURBONLAR
Butun dunyodagi hurriyatchilar orasida bir so‘z bor: «Hurriyat berilmas, olinur. Hech narsa ila olub bo‘lmas, faqat qon va qurbon ilagina olub bo‘lur». Mana bu jumlalar haqiqatga shul qadar muvofiqdurki, hazrati Odamdan shul vaqtgacha hech bir davlat va mamlakatda hurriyatning berilgani, qon va qurbonsiz berilgani tarixlarda ko‘rilmaydur. Balki, har zamon va yerda hurriyat berilmagan, olingan ham […]
05.02.2025 | 15:00
351
O‘LMAS ASARLAR YOZGAN BAXTLI ADIB
Kitobday sehrli, kitobday qudratli moʻjiza bo‘lmasa kerak bu olamda. Kitob bizni o‘tmishga, necha-necha asrlar oldin ro‘y bergan voqealar olamiga olib kiradi, kelajakda bo‘ladigan hodisalar bilan tanishtiradi. Kitob – Alloh tomonidan odam bolasiga berilgan buyuk va noyob ne’mat – tafakkur mahsuli. O‘lmas Umarbekovning “Sevgim, sevgilim” qissasini o‘qib, o‘quvchilik davrimni “boshimdan kechirdim”. Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijod […]
05.02.2025 | 12:49
1160
OTAXONNING MAKTABI
Yozyovonda uni Mahmud hoji deb e’zoz va ehtirom bilan tilga olishadi. U kishi o‘n farzandli katta oilada tug‘ilib o‘sgan. Otasi Zokir hoji qishloqda nom qozongan imoratsoz usta bo‘lib, joyi kelsa, qo‘li qisqaroq odamlarga beminnat, tekinga xizmat ko‘rsatgan. Hatto ba’zi ehtiyojmand oilalarga qurilish ashyolarini o‘z hisobidan olib bergani, uyini butlab berganiga el guvoh. Otaning bunday serhimmatligini […]
05.02.2025 | 09:07
230
Lev Tolstoyning “Anna Karenina” romanidan iqtiboslar
“Anna Karenina” Lev Tolstoy qalamiga mansub sevgi va baxt haqidagi fojiali jahon adabiyotining klassik asari hisoblanadi. Romanning bosh qahramoni Anna Karenina turmushga chiqqan ayol, uning turmush o‘rtog‘i esa u bilan birga o‘g‘lini tarbiyalayotgan nufuzli vazir hisoblanadi. Taqdir Anna va Vronskiyni uchrashturguncha oilaviy hayot odatdagidek davom etardi. Tasodifiy uchrashuv uning butun taqdirini o‘zgartiradi. Qahramonlar bir-birlarini sevib […]
04.02.2025 | 14:44
2559
Asosiy
KELAJAK YOSHLAR QO‘LIDA. YOSHLAR-CHI?..
Ommaviy axborot vositalaridagi axborot oqimida tez-tez ko‘zga tashlanayotgan salbiy qarashlar, xudbin o‘y-fikrlar, ijtimoiy muhitda uchrayotgan ayrim muammolar xususidagi bo‘rttirishlar urchigandan urchib borayotgan bir pallada bu savol o‘ta keskin tuyular, ehtimol. Ammo xulosa chiqarishga shoshilmay, mavjud manzaraga xolis ko‘z bilan qarab, bir qancha savollarga javob izlab ko‘rish lozim. Aminmizki, shu yurt uchun befarq bo‘lmagan, o‘z xalqining […]
04.02.2025 | 12:40
1005
KURRAYI QUTLUG‘NI ASRAMOQ KERAK!
O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi professori, akademik Nurislom TO‘XLIYEV bilan suhbat – Hurmatli Nurislom aka, davlatimiz rahbarining tashabbusiga binoan 2025-yil mamlakatimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi. Yil nomida o‘z aksini topgan ikki katta muammo yechimiga qaratilgan davlat dasturi loyihasi ham jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Dastavval ana shu ikki tushuncha mohiyatiga to‘xtalib o‘tsangiz. – […]
04.02.2025 | 09:36
543
Asosiy
“MENKIM, SUN’IY INTELLEKT…”
So‘nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlangan. Unga ko‘ra, SI (sun’iy intellekt)ga tayyorlik bo‘yicha xalqaro indeksda O‘zbekistonni birinchi 50 ta davlat qatoriga kiritish ko‘zda tutilgan. Yurtimizda tashkil qilingan Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish […]
03.02.2025 | 17:28
2164
Behbudiy ayollarning huquqlari borasida qanday masalalarni ilgari surgan?
Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi. Jadid ajdodlarimiz oila masalasi haqida so‘z yuritar ekan, xotin-qizlarni jamiyatning teng va haqiqiy a’zosiga aylantirishning birdan-bir yo‘li ularning ma’naviy va ma’rifiy ravnaq etishidadir deb hisoblaganlar. Mahmudxo‘ja Behbudiy “Turkiston viloyatining gazeti”, “Samarqand” gazetalari, “Oyina” jurnali va bir qator matbuot sahifalarida o‘zining […]
03.02.2025 | 14:48
839
“CHO‘LPON TARG‘IBOTCHISI”
Ozod Sharafiddinov adabiyotshunos, munaqqid sifatida ma’lum va mashhur. Lekin ular haqida gapirganda yana bir jihatga to‘xtalish kerakki, buni yodga olmaslik insofdan bo‘lmas. U “Cho‘lpon targ‘ibotchisi” hamdir. Vaqtida bu nom bilan qora ro‘yxatga kiritilgan, ammo hozir ularni aynan shu ta’rif bilan ulug‘laymiz. Muallif oltin qalami bilan yillar yashirgan sirni, yuziga qorakuya surtilgan millatparvarlar haqidagi barcha haqiqatlarni […]
03.02.2025 | 14:08
828
Tog‘ay Murodning “Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi” romanidan iqtiboslar
Adib “Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi” romanida oʻz ijodiy mezonlariga sodiq qolib, yolgʻon eʼtiqodlar, soxta shiorlarga aldanib, hayotini yelga sovurgan sobiqfirqa rahbarlarining majoziy obrazlarini hajviy boʻyoqlarda tasvirlagan. Tagi ko‘rmaganga gilam bitmasin. – Otangni ko‘rdim, ahmadi forig‘, enangni ko‘rdim, tovoni yoriq, deydilar. Otang shul, enang shul, nima qilasan, osmonga chiqib? Tush pastga, tush! 1934-yil oyoqladi. Non chuchukdan-da […]
03.02.2025 | 10:20
1147
Asosiy
BIRINCHI MILLIY YURIST YOXUD O‘Z HUQUQINI HIMOYA QILOLMAGAN TOSHPO‘LATBEK NORBO‘TABEKOV
Hujjatlarga ko‘ra, O‘zbekistonda inqilobga qadar o‘zbeklar orasida yagona oliy ma’lumotli kishi Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekistonning birinchi rahbarlaridan Akmal Ikromov o‘z ma’ruzalaridan birida ta’kidlab o‘tarkan, yig‘ilganlarda uning hayoti, faoliyatiga qiziqish uyg‘ongan. Chindan ham, u kim edi? Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov 1898-yili Toshkentning Olmazor mahallasida kosib To‘raxon domla xonadonida tug‘ilgan. “Beshikdagi bolaning bek bo‘larin kim bilar?” deganlaridek […]
31.01.2025 | 16:46
592
Arastuning “Poetika” asaridan iqtiboslar
Arastuning «Poetika» asari she’riyat haqida yozilgan eng ta’sirchan kitoblardan biri hisoblanadi. Yevropa estetikasi va adabiy tanqidchiligi asosi bo‘lgan mazkur asar yozuvchilik, jumladan, she’riyat, drama va nasrning yaratilishi hamda uning insoniyatga ta’siri to‘g‘risidagi zamonaviy tushunchamizning ko‘p qismini shakllantirgan. Arastu fikricha, tasvirlash san’ati tarix yoki falsafa saboqlaridan ko‘ra osonroq idrok etiladigan umumbashariy haqiqatlarni aks ettiradi. Qisqa risolasida […]
31.01.2025 | 13:57
13406
“YER BU – ULKAN SIR”
Sayyoramizda yil davomida yuz minglab turli sezimdagi zilzilalar sodir bo‘ladi. Ularning aksari faqat seysmograflargina ilg‘aydigan tebranishda bo‘lib, oddiy aholi payqaydigan darajaga yetmaydi. Lekin har qanday yer silkinishi tirik mavjudotni tahlikaga solishi tayin. Eramizning 115-yilida 260 ming rimlik umriga zomin bo‘lgan Antioxiya; 856-yili 200 ming fors aholisining yostig‘ini quritgan Damg‘on, 1556-yili 830 mingdan ortiq xitoylikni hayotdan […]
31.01.2025 | 09:43
455
YENGILTAKLIKNING OGʻIR OQIBATI
U tug‘ilganida ota-onasi juda baxtiyor edi. Ayniqsa, Bahodir akaning shodligi ichiga sig‘mas, naslining davomchisi, uyining chirog‘i dunyoga kelganidan o‘zini qo‘yarga joy topolmasdi. Katta orzular bilan chaqaloqqa Murodjon deb ism qo‘yishib, el oldida boshimizni ko‘klarga ko‘taruvchi murodimiz bo‘ladi, deya niyat qilishgandi. Ammo yolg‘iz o‘g‘il ota-onadan ko‘ra ko‘chadagi o‘rtoqlariga mehribon bo‘lib o‘sdi, ular uchun vaqtini ayamaydigan, ulfatchilik […]
30.01.2025 | 16:34
351